O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə217/235
tarix22.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#97644
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   235
marketing 57

Jahon bozori narxi
— xalqaro oldi-sotdi bitimlarida yoki narxlar 
to‘g‘risidagi boshqa ishonarli manbalarda (tijorat takliflarida, birja 
kotirovkalarida, narxlarning ma’lumotnomalarida, preyskurantlar va 
boshqalarda) qat’iy qayd etib qo‘yilgan narxlarning eng umumiy ifodasi 
—jahon tovar bozori bahosidir.
Kompaniya
— marketing maqsadlarini amalga oshirishga yo‘nal-
tirilgan izchil va mufassal tuzilgan sxema. Marketing rejalashtirish va 
tatbiq etishining barcha bosqichlari mahsulot va xizmatning birlamchi 
konsepsiyasidan boshlab to ana shu sxema yaratilganidan keyin amalga 
oshirilgan marketing kampaniyasini o‘tkazishiga reaksiya monitoringi-
gacha unga kiritiladi. Marketing tadbirlari va mahsulot o‘tkazishni 
rag‘batlantirishning barcha elementlari ham kampaniya sxemasiga kiradi, 
jumladan: mahsulot yaratish, brending, qadoqlash, distributsiya, reklama, 
bevosita pochta orqali jo‘natma, teledo‘konlar, jamoatchilik bilan aloqalar, 
sotuvlarni rag‘batlantirish, elektron tijorat metodlari, iste’molchilar bilan 
aloqalarni boshqarish va sotuvdan keyin xizmat ko‘rsatish. 
Kliring
— o‘zaro talab va majburiyatlarni hisobga olib amalga 
oshiriladigan naqd pulsiz hisob-kitob tizimi.
Komissioner 
(commision agent) — 
tovarlar xarid qilinishi va sotilishini 
ularga nisbatan mulkdorlik huquqlarini olmasdan turib amalga oshiruvchi 
ulgurji vositachi. 
Kompaniya 
(company) 
— yuridik shaxslarning turli iqtisodiy (ishlab 
chiqarish, savdo, vositachilik, moliya, sug‘urta) faoliyatni amalga oshirish 


401 
uchun birlashishi. Kompaniya o‘zi ham yuridik shaxs maqomiga ega 
bo‘ladi. 
Kompaniyalar o‘rtasidagi marketing
tijorat kompaniyalari va 
ulgurji yoki chakana distribyutsiya kanallaridan foydalanmaydigan 
korporatsiyalar o‘rtasidagi mahsulotlar va xizmatlar marketingi. 
Kommunikatsiya 
— 1) aloqa, xabar, aloqa vositasi, axborot, axborot 
vositasi, tutashma, muloqot, ulanma. 2) axborot uzatish usullari va 
vositalari. 
Konvergensiya
— 1) marketingda: talab xarakteriga muvofiq ravish-
da bozorning turli segmentlari yaqinlashuvi. 2) birjada real va fyuchers 
kontraktlarga narxlarning yaqinlashuvi, fyucherslar tugashi muddati 
yaqinlashishiga qarab sodir bo‘ladi. 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə