O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə218/235
tarix22.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#97644
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   235
marketing 57

Konversion marketing 
— konversion marketingning xarakterli 
belgisi zarur shart-sharoit yaratib, mahsulot va xizmatlarni taklif qilish 
uchun talabni yuzaga keltirish va shakllantirishdir. Konversion 
marketingning maqsadi ma’lum bir mahsulotga nisbatan ayrim toifadagi 
fuqaro va korxonalar salbiy munosabatini bartaraf etish, shu tariqa ularni 
potensial iste’molchilar doirasiga jalb qilishdan iborat. Buning uchun esa 
maqsadga muvofiq yo‘naltirilgan reklama faoliyati, har tomonlama 
tarqalgan servis xizmati va yuqori darajadagi ta’minot o‘ta zarurdir. 
Kooperativ marketing
— bir sxema bo‘lib, unga ko‘ra turli 
kompaniyalar — muayyan biznes ishtirokchilari sxemaning barcha 
ishtirokchilari uchun ma’lum bir bozorda faollikni oshirish uchun 
hamkorlik qiladilar, har bir ishtirokchi kompaniya mahsulotning o‘zini 
reklama qilish uchun reklamaga va jamoatchilik bilan aloqalarga pul 
sarflaydi.
Kommunikatsiya
—kompaniya va xaridorlarning o‘zaro aloqasi. 
Ko‘rgazma
— mahsulotlar, xizmatlar yoki san’at asarlari namoyish 
etish uchun joylashtirilgan, tijorat bitimlari tuzish, tekshirish yoki 
ko‘ngil ochish uchun mo‘ljallangan joy. 
Ko‘rgazma-yarmarka
— professional, savdo va texnikaviy 
xaridorlar uchun mahsulotlar va xizmatlarni reklama qilish maqsadida 
tashkil qilingan ko‘rgazma.
Litsenziyalash 
(ingl. liecensing) 
— davlat organlari tomonidan sotuvchi-
larga savdo va tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishga ruxsat-
noma (maxsus ruxsatnoma) berilishi. 
Loyallik 
(ingl. loyalty) 
— iste’molchining markaga, brendga 
munosabati xarakteristikasi, aynan shu mahsulotni iste’mol qilishdan 


402 
qanoatlanishni tavsiflovchi sadoqat va takror xaridni amalga oshirishi 
ehtimoli. 
Mikromarketing
— korxonalar va tashkilotlar faoliyatini marketing 
tamoyillariga asoslangan boshqarish tizimi. Makromarketing davlat 
organlarining bozor sohasida iqtisodiy dastaklar va stimullar tizimi 
(kredit, soliq, investitsiya, shuningdek, siyosat)dan foydalanadigan 
faoliyatini, shuningdek, tijorat tashkilotlari faoliyatini o‘z ichiga oladi.

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə