O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə215/235
tarix22.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#97644
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   235
marketing 57

Elektron marketing 
(ingl. electronic marketing; e-marketing) 
— iste’-
mol bozorini aniqlash va belgilash elektron vositalaridan 
foydalaniladigan hosilaviy marketing. 
Firma 
- bu korxonadan farqli o‘laroq, ishlab chiqarish sohalarida 
turli – tuman tadbirkorlik faoliyatini bildiradi. Masalan, sanoat kor-
xonasi, davolash muassasasi, qurilish tresti va vositachilik uchun savdo
sayyohlik va boshqa tashkilotlarga nisbatan qo‘llash mumkin. 
Firma stili 
(ingl. house style) — 
kompaniya tomonidan mahsulot 
o‘tkazish bo‘yicha reklama xabarlarida, tadbirlarida, veb-saytlarida, 
tovarlar qadoqlarida, broshyuralarda, savdo va texnikaga oid adabiyot-
larda, boshqa nashrlarda foydalaniladigan maxsus, o‘ziga xos, oson 
tanib, ajratib olinadigan bir uslub. Bu stil logotip, firma ranglari, maket, 
shrift garniturasi va bosmaxona dizayniga nisbatan olganda yagona 
uslubda namoyon bo‘ladi. Kompaniyaning firma stili korxonaning 
kanselyariya jihozlari, emblemasi, savdo nuqtalari, ko‘rgazma pavilonlari, 
stendlar, xodimlarning yagona bichimdagi maxsus liboslarida aks 
ettiriladi. 
Forfeyting
— ko‘pincha, tashqi savdo aloqalarida qo‘llanadigan 
eksport qiluvchilarni kreditlash shakli, ochiq hisobraqami bo‘yicha kredit. 
forfeyting operatsiyasi faktoring operatsiyasiga aynan o‘xshaydi. For-
feyting, mablag‘larni jalb etish bo‘yicha forfeytor chiqimlarini 
kompensatsiyalash, sug‘urta va valuta tavakkallari bilan bog‘liq bo‘lgan 
ancha ko‘proq xarajatlar bilan birga kechadi, bu sotuvchi va xaridor 
o‘rtasidagi kredit munosabatlarining bir shakli bo‘lib, unda sotuvchi 
tovarni sotib oluvchiga to‘lovsiz jo‘natadi, ammo bir vaqtning o‘zida 


399 
xaridor kontraktdagi shartlashib olingan muddatda to‘lashi majburiy 
bo‘lgan tovar hujjatlarini (to‘lovga hisobraqam) ham berib yuboradi. 
Bundan tashqari sotuvchi xaridorga nisbatan debetiga qarzdorlik kiritib 
qo‘yiladigan hisobraqami ham ochadi. 
Franchayzer
— ma’lum bir vaqt mobaynida, maxsus tarzda ko‘rsatib 
o‘tilgan joyda bitim bilan aniq belgilab qo‘yiladigan shaklda ishlarni 
yuritish huquqlarini mayda mulkdorga havola etadigan yirik firma (savdo 
yoki sanoat kompaniyasi). Firma (kompaniya, korxona) uchun 
franchayzer bo‘lish — bozorda o‘z ta’sir zonasini yanada kengaytirish, 
xo‘jalik yuritish tavakkallarini kamaytirish usullaridan biridir. 
Franchayzi
— franchayzer rahbarligi ostida o‘z ishini boshlovchi 
mayda tadbirkor. Masalan, AQSh restoranlar, gahvaxonalar, buxgalteriya 
va soliq xizmatlari, yuridik markazlar, kotibiyatlar, mahsulot yetkazib 
berish byurolari, baholovchilar, avtoservis, oziq-ovqat va baqqollik 
do‘konlari franchayzi taomili bo‘yicha ishlaydi. 
Franchayzing
— yirik va mayda kompaniyalar o‘rtasidagi bitimni 
o‘zida ifoda etuvchi iqtisodiy tashkilot kontraktli tipi bo‘lib, u mayda 
kompaniyalarga kompaniya uchun asosiy sanalgan faoliyat turi bilan 
shug‘ullanishga, shuningdek, uning savdo markasidan foydalanishga 
ruxsatnoma olish huquqini beradi.
Franshiza 
— sug‘urta shartnomasining sharti, bunda sug‘urtachining 
ayrim miqdordan oshirilmagan zarar to‘lovlaridan ozod qilinishi ko‘zda 
tutiladi. 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə