O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti hisob va audit fakulteti


  II BOB. MILLIY STANDARTLAR ASOSIDA MOLIYAVIY



Yüklə 438,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/20
tarix26.10.2023
ölçüsü438,53 Kb.
#131905
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
investitsiyalar hisobini buxgalteriya hisobining milliy standartlari

 


24 
II BOB. MILLIY STANDARTLAR ASOSIDA MOLIYAVIY 
INVESTITSIYALAR HISOBINI TASHKIL QILISHNING HOZIRGI 
HOLATI 
2.1. Moliyaviy investitsiyalar hisobini yuritish tartibi 
O’zbekistonda ro’y berayotgan iqtisodiyotni modernizatsiyalash qimmatli 
kog’ozlarga bo’lgan qiziqishni qayta uyg’onishiga sabab bo’ladi. Qimmatli 
qog’ozlarning turli bozori shakllandi va rivoj topdi.
Mulkchilik turli shaklidagi korxonalarda qimmatli qog’ozlarning 
buxgalteriya hisobi bo’yicha muomalalar yagona (umumiy) tamoyillar asosida 
amalga oshirilishi lozim. Qimmatli qog’ozlarga yo’naltirilgan moliyaviy 
investitsiyalarning hisobi qimmatli qog’ozlarning qoplanish muddati, ularning 
turi (iqtisodiy mazmuni), hisob-kitob shakllari, qimmatli qog’ozlarni sotib olish 
uchun manba va boshqa omillarga bog’liq bo’ladi. 
21-son «Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy-xo’jalik faoliyati 
buxgalteriya hisobi schyotlarining rejasi» BHMS ga muvofiq 0600 “Uzoq 
muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar” schyotida 
mamlakatimizda va undan tashqarida barpo etilgan korxonalarning qimmatli 
qog’ozlarga, sho’’ba, qaram bo’lgan jamiyatlarning hamda chet el sarmoyali 
korxonalarning nizom kapitali (jamg’armasi) ga uzoq muddatli qo’yilmalar 
(investitsiyalar) ni mavjudligi va harakati to’g’risidagi ma’lumot quyidagi 
hisobvaraqlaridan kelib chiqib umumlashtiriladi:
0610- “Qimmatli qog’ozlar”;
0620- “Sho’’ba korxonalarga invectitsiyalar” 
0630- “Qaram birlashmalarga investitsiyalar” 
0640- “Qo’shma korxonalarga investitsiyalar” 
0690- “Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar”. 
0610-“Qimmatli qog’ozlar” schyotida aktsionerlik jamiyatlarining 
aktsiyalari, obligatsiyalari va boshqa qimmatli qog’ozlari (optsion, fyuchers va 


25 
boshqalar) ga uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarning mavjudligi va 
harakati aks ettiriladi.
0620 – «Sho’’ba korxonalariga investitsiyalar», 0630 – «Qaram 
birlashmalarga investitsiyalar» schyotlarida mos ravishda sho’’ba, qaram va 
qo’shma korxonalarga investitsiyalarning mavjudligi va harakati aks ettiriladi.
0690 – «Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar» schyotida kelajakda 
moliyaviy daromad olish maqsadida korxonaning davlat korxonasiga, xayriya 
yoki ekologiya tashkilotlariga investitsiyalarning mavjudligi hisobga olib 
beriladi.
Bu schyotlar aktiv bo’lib, debetidagi qoldiqlar har oyning boshiga 
korxona tomonidan sotib olingan qimmatli qog’ozlar qiymatini ifodalaydi. 
Debet tomonidagi oboroti oy davomida sotib olingan qimmatli qog’ozlar 
qiymatini, investitsiya uchun sarflangan mablag’lar miqdorini, kredit 
tomonidagi oborotlar hisobdan chiqarilgan sotib yuborilgan, qaytarib berilgan 
qimmatli qog’ozlar qiymatini yoki investitsiyalarning uzilishini aks ettiradi.
Aktivlarni investitsiyalar qatoriga qo’shish tartibi va ularning turlari 12-
son «Moliyaviy investitsiyalar hisobi», 8-son «Konsolidatsiyalashtirilgan 
(umumlashtirilgan) moliyaviy hisobotlar va sho’’ba xo’jalik jamiyatlariga 
investitsiyalar hisobi» O’zbekiston Respublikasining BHMSlari orqali tartibga 
solinadi.
0600 «Uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar» schyoti 
bo’yicha analitik hisob uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar va ular 
joylashtirilgan ob’ektlar (qimmatli qog’ozlarni sotuvchi korxonalar va boshqa 
korxonalarni qatnashchilari orasida bo’lgan korxona va h.k.) turlari bo’yicha 
amalga oshiriladi. Bu holatda analitik hisobni tashkil etish mamlakatimiz hududi 
moliyaviy investitsiyalar to’g’risidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatini tanlab 
berishi kerak.
Qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar – o’zida muomala muddati 12 
oydan oshmaydigan, engil sotiladigan moliyaviy investitsiyalarning xarid 


26 
qilinishiga oid investitsiyalardir. Ularning statistik hisobi 5800 – «Qisqa 
muddatli moliyaviy investitsiyalar» schyotida yuritiladi. Ushbu schyot muddatli 
bo’lib, xo’jalik yurituvchi subektlarning investitsiyalarni, ya’ni boshqa bir 
korxonalarning qimmatli qog’ozlari, foizli davlat va maxalliy obligatsiyalari, 
shuningdek, bir korxonaning boshqa korxonaga bergan qarzlarining xolati va 
harakati to’g’risidagi ma’lumotlari umumlashtirish uchun xizmat qiladi. Ushbu 
schyot foizli obligatsiyalarga nivestitsiyalar va shu kabi qimmatli qog’ozlar, 
shuningdek, boshqa korxonalarga berilgan qarzning holati va harakati 
to’g’risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun xizmat qiladi. 
Agarda foizli obligatsiyalarga investitsiyalar va shu kabi qimmatli 
qog’ozlar, shuningdek, boshqa korxonalarga berilgan qarzlarni qaytarish 
muddati bir yildan oshmasagina, bu investitsiyalar 5800-«Qisqa muddatli 
moliyaviy investitsiyalar» schyotida hisobga olib boriladi. Bundan tashqari 
qaytarish muddati ko’rsatilmagan boshqa qimmatli qog’ozlar uchun 
investitsiyalar, agar ulardan daromad olish mo’ljali bir yildan ortiq bo’lmasa 
ham korxonalar 5800- «Qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar» schyotida 
statistik hisobini olib boradilar. 
Schyotlar rejasiga muvofiq ushbu schyot bo’yicha quyidagi schyotlar 
ochilishi mumkin:
5810 – «Qimmatli qog’ozlar» 
5830 – «Berilgan qisqa muddatli qarzlar» 
5890- «Boshqa joriy investitsiyalar».
Korxonalarda 5810- «Qimmatli qog’ozlar» schyotida aktsiya, davlat va 
maxalliy zayomlarning foizi obligitsiyalarga bir yildan kam muddatga qilingan 
investitsiyalarning holati hisobiga olib boriladi.
Korxonalar daromadli va barqaror faoliyat yurituvchi boshqa bir 
korxonalar aktsiya yoki obligatsiyalarni bir yildan kam muddatga xarid qilganda 
5810- «Qimmatli qog’ozlar» schyoti rag’batlanib, 5110 – «Hisob-kitob» schyoti, 


27 
5210- «Valyuta schyoti» yoki boshqa material va har xil qiymatliklarni hisobga 
oluvchi schyotlar kreditlanadi.
Ushbu qimmatli qog’ozlarni sotish va qayta sotish jarayonida 9220- 
«Bank aktivlarini sotilishi va turli chiqimi» schyoti debetlanib, 5810 – 
«Qimmatli qog’ozlar» schyoti kreditlanadi. 
5830 –«Berilgan qisqa muddatli qarzlar» schyotida korxonalarning 
boshqa bir korxonaga bergan qisqa muddatli qarzlarining harakati hisobiga 
olinadi.
Ushbu berilgan qarzlarga quyidagicha: debet 5830- «Berilgan qisqa 
mudatli qarzlar» schyot, kredit 5110- «Hisob-kitob schyoti» yoki boshqa 
schyotlar yozuvi beriladi. 
Korxonalar bergan qarzlari qaytarib berilganda 5110- «Hisob-kitob 
schyoti» debetlanib, 5830 - «Berilgan qisqa muddatli qarzlar» schyoti 
kreditlanadi. 5890-«Boshqa joriy investitsiyalar» schyotida korxonalarning 
mamlakat va chet el valyutalarida omonat sertifikatlari, banklardagi depozit 
schyotlariga qilingan investitsiyalarning va boshqa joriy investitsiyalarning 
harakati hisobiga olinadi.
Korxonalarda 5800-»Qisqa muddatli moliyaviy 
investitsiyalar» schyoti bo’yicha analitik hisob investitsiyalar va ob’ektlarning 
turlari bo’yicha ya’ni sotib olingan qimmatli qog’ozlar turlari va ularni 
chiqargan korxonalar bo’yicha yuritiladi.
Masalan, korxonalar 5810- «Qimmatli qog’ozlar» schyotida alohida 
«Davlat obligatsiyalari» maxalliy zayom obligatsiyasi», «Korxonalar 
obligatsiyasi», shuningdek aktsiyaning turlari bo’yicha «Oddiy aktsiyalar» va 
«Imtiyozli aktsiyalar» uning ob’ektlari ochib, ularning harakatini hisobga 
oladilar. 
5830- «Berilgan qisqa muddatli qarzlar» schyotida analitik hisob 
qarzlarini olgan korxonalar bo’yicha berilgan qarzni qaytarib olish muddatlari 
bo’yicha yuritiladi.


28 

Yüklə 438,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə