O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti hisob va audit fakulteti


Sho’’ba jamiyatlariga yo’naltirilgan investitsiyalarni baholash



Yüklə 438,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/20
tarix26.10.2023
ölçüsü438,53 Kb.
#131905
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
investitsiyalar hisobini buxgalteriya hisobining milliy standartlari

 
2.3. Sho’’ba jamiyatlariga yo’naltirilgan investitsiyalarni baholash 
xususiyatlari
Birlashtirilayotgan jamiyatlar hisobdorligining tegishli moddalarini 
jamlash natijasida olingan jamlangan balans umumlashtirilgan balansni 
tuzishning asosi hisoblanadi. Biroq, ushbu jamlangan balans Bosh va sho’’ba 
korxonalari guruxining mulkiy ahvolini aniq aks ettirmaydi. Chunki, uning 
ko’pgina moddalari qayta hisoblashni o’z ichiga oladi, yoki Birlik nazariyasi 
nuqtai nazaridan ba’zi bir moddalarni g’ayri qonuniy aks ettirish hisobidan 
“bo’rttirilgan”. Ushbu muammolar o’z ichiga quyidagi tarkibiy qisimlarni 
oladigan umumlashtirilgan balansni tuzishda hal etiladi: 
- kapitallarni umumlashtirish; 
- «majburiyatlar»ni birlashtirish. 
Jamlangan balansda bosh korxonaning sho’’ba jamiyati kapitalidagi 
ishtiroki kabi, sho’’ba jamiyatining shaxsiy kapitali ham aks ettiriladi, ya’ni u 
o’z ichiga istisno qilinishi lozim bo’lgan qayta hisoblashni oladi. Buning uchun 
kapitallarni umumlashtirish davomida bosh korxona balansida u yoki bu 
jamiyatda ishtirok etish qiymati va sho’’ba jamiyati shaxsiy kapitalidagiunga 
tegishli ulush taqqoslanadi. Ular bir-biri bilan qayta hisoblashadi va shu tarzda 
qayta hisoblash istisno qilinadi. 
Kapitallarni umumlashtirish yangi sho’’ba jamiyatidagi ulush u yoki bu 
uslubda sotib olingan bo’lsa yoki u yoki bu jamiyat boshqa sabablarga ko’ra 
oxirgisining tavsifiga javob bersa amalga oshiriladi. Umumlashtirish nazariyasi 
bunga olib keladigan va bosh korxonaning sho’’ba jamiyatidan ulushni turli 


36 
yo’llar bilan sotib olishga asoslangan ikkita asosiy yo’lni ko’zda tutadi. Ulushni 
sotib olish usullaridan qat’iy nazar kapitallarni umumlashtirish ikki uslubdan 
birida amalga oshiriladi: 
1.Sotib olish uslubi (aktsiyalar paketini sotib olish) (purchase-method) 
yoki, 
2.Birlashtirish uslubi (manfaatlarni birlashtirish) (poling-of-interrests-
method). 
Birinchi uslub-
sotib olish uslubi 
bosh korxona yoki boshqa sho’’ba 
jamiyati tomonidan birorta jamiyatda ishtirok ulushini sotib olish jarayonini 
nazarda tutadi. Bu jarayon mulkchilik huquqi berish va odatda (biroq, hamma 
vaqt emas) yangi sotib olingan ulush haqqini avvalgi egasiga to’lash hamda pul 
mablag’larining Bosh va sho’’ba korxonalari guruxi tashqarisiga ketishi bilan 
bog’liq bo’ladi.
Ikkinchi uslub- b
irlashtirish uslubi 
ikki yoki undan ko’p jamiyatlarni 
birlashtirishda, sotuvchi va sotib oluvchi o’rtasida ulushlar bilan o’zaro 
almashishda foydalaniladi. Bunda sotib oluvchini aniqlab bo’lmaydi, 
jamiyatlarning o’zaro ishtiroki esa operatsiya natijasi hisoblanadi. Bir jamiyat 
birinchi holatdagidek, boshqasini sotib olmasligi ushbu uslubni qo’llash uchun 
dastlabki shart hisoblanadi va bunda mulkchilik munosabatlar tuzilmasi 
o’zgarmaydi.
Birinchi uslub-sotib olish uslubi foydalanish uchun asosiy uslub 
hisoblanadi. Chunki, odatda sho’’ba jamiyatini sotib olish jarayoni natijasida 
nazorat qilish imkoniga ega bo’ladi. Ikkinchi uslub esa birinchisiga muqobil 
hisoblanmaydi, u juda kam va faqat qat’iy belgilangan holdagina, ya’ni ma’lum 
bir qat’iy shartlar va cheklanishlarni bajarishda qo’llaniladi. 
BHXSga muvofiq ular quyidagilar: 

Birlashayotgan korxonalarning ko’pchilikni tashkil qiladigan qismi 
yoki barcha ovoz berish huquqiga ega aktsiyalari (ulushlar) almashinadi yoki 
qo’shiladi; 

Har ikkala jamiyatning bozor qiymati bir-biridan farq qiladi; 


37 

Har bir jamiyat ishtirokchilari birlashganidan so’ng bir-biriga nisbatan 
umumlashtirilayotgan iqtisodiy birlikdagi ovozlar soni yoki kapital ulushiga 
nisbatan tenglikni saqlab qoladi. 
Bunda shartlardan birortasi bajarilmasa, birlashtirish uslubini qo’llashning 
imkoni bo’lmaydi va sotib olish uslubidan foydalaniladi. Aynan mana shuning 
uchun ko’pchilik hollarda sotib olish uslubidan foydalaniladi. 
Ta’kidlaganidek, xarid qilish uslubidan agarda sho’’ba jamiyati sotib 
olinsa foydalaniladi. Buning natijasida bosh korxona uni nazorat qilish imkoniga 
ega bo’ladi. Bunda kapitallarni umumlashtirish davomida hal qilinishi lozim 
bo’lgan bir qancha masalalar paydo bo’ladi: 

Sotib olish qiymatini aniqlash; 

Firma bahosini aniqlash va aks ettirish; 

Sho’’ba jamiyatining shaxsiy kapitalidagi shu narxda sotib olingan 
ulushni aniqlash; 

Kelgusi davrlada kapitallarni umumlashtirish; 

Ozchilik ulushni aks ettirish va hakozo. 
Xarid qilish qiymati u bilan bog’liq barcha zararlar summasidan 
jamlanadi. Biroq, jamiyat «qarzga» sotib olinsa, ya’ni bosh korxona sotib 
olinayotgan jamiyatning barcha qarzlarini o’z zimmasiga olsa qo’shimcha 
qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Bunday vaziyatda odatda kreditorlarga 
to’lanishi lozim bo’lgan pul mablag’lari summasi sotib olish qiymatiga aylanadi. 
Ulushni boshqa ob’ekt yoki qimmatli narsalarga almashtirish yo’li bilan sotib 
olinsa, sho’’ba jamiyatini sotib olish paytidagi bozor qiymati sotib olish 
qiymatiga aylanadi. Bunda ushbu bozor qiymati hujjat asosida tasdiqlanishi va 
asoslsnishi kerak.
Kapitallarni bevosita umumlashtirishga kelsak, ushbu uslubning ikkita 
asosiy turi mavjud. Birinchi uslub manfaatlar nazariyasida asoslangan va 
Amerikaning GAAP andozalariga muvofiq foydalanish uchun yagona bo’lgan-
yangi baholash uslubi. Ikkinchi uslub –manfaatlar nazariyasiga balansli baholash 
uslubi.


38 
Majburiyatlarni umumlashtirish shunday jarayonki, uning davomida Bosh 
va sho’’ba korxonalari guruhi jamiyatlarining bir-biriga nisbatan qarzdorlik 
xususiyatiga ega barcha munosabatlar va ularning natijalari yo’qotilishi lozim. 
Chunki unda Bosh va sho’’ba korxonalari guruhining mulkiy holati noto’g’ri 
tasavvur qilinadi. Majburiyatlarni umumlashtirish, birinchi navbatda Bosh va 
sho’’ba korxonalari guruhi jamiyatlarining bir-biriga nisbatan debitorlik, 
kreditorlik qarzlari, bir biriga berilgan zaym va kreditlar, avans to’lovlari, 
qimmatli qog’ozlarga qo’yilmalar, kelgusi davrlarning yuzaga kelgan xarajat va 
daromad bandlari hamda Bosh va sho’’ba korxonalari guruhi ichidagi 
munosabatlari natijasida yaratilgan zaxiralariga aloqador. Barcha mazkur 
ko’rsatkichlar majburiyatlarni umumlashtirish jarayonida bir-biri bilan qayta 
hisoblanadi va umumlashtirilgan hisobotga kiritilmaydi. 
Yuqorida 
Sho’’ba 
jamiyatlariga 
qo’llaniladigan 
to’liq 
umumlashtirishning tarkibiy qismlari ko’rib chiqildi. Avval ta’kidlanganidek 
birgalikda nazorat qilinadigan jamiyatlar va birgalikdagi faoliyatning 
umumlashtirilgan hisobotga kiritilishi mos ravishda umumlashtirish uslubidan 
foydalanish vositasida amalga oshiriladi. Bu uslub tarkibi va tartibiga ko’ra 
to’liq umumlashtirish uslubiga o’xshash hamda quyidagilar bilan farqlanadi: 

birgalikda nazorat qilinadigan jamiyatning mol-mulki va majburiyatlari, 
xarajat va faoliyat natijalari umumlashtirishning birinchi boskichida bandma-
band va chiziqli qo’shishda to’liq hajmda emas, tegishli jamiyatda Bosh va 
sho’’ba korxonalari guruhining ulushiga mos hajmda hisobga olinadi; 

kapitallarni umumlashtirish uchun xarid uslubi qo’llanadi, ayni paytda 
ko’shilish uslubiga yo’l qo’yilmaydi; 

ozchilik ulushi hisobga olinmaydi va aks ettirilmaydi (bu balans va 
yangi qiymat uslublari bir-biriga mos kelishiga olib keladi). 
Majburiyatlarni, 
oraliq 
natijalarni, 
daromad 
va 
xarajatlarni 
umumlashtirish to’liq umumlashtirishga o’xshab, ammo mos ravishda amalga 
oshiriladi. Bosh kompaniyaning Bosh va Sho’’ba korxonalari guruhining u yoki 
bu jamiyatiga ta’siri darajasiga asoslangan bosqichli kontseptsiyaga muvofiq, 


39 
keyingi bosqich Bosh va Sho’’ba korxonalari guruhi hisobdorligiga Equity 
uslubi yordamida qo’shiladigan bog’liq jamiyatlardir. 
Mazkur uslubning asosiy xislati shundan iboratki, to’liq va mos ravishda 
umumlashtirish uslubidan farqli o’laroq, alohida jamiyatning hisobdorligidan 
mol-mulk va majburiyatlar, daromad yoki xarajatlar Bosh va Sho’’ba 
korxonalari guruhi hisobdorligiga kiritilmaydi. Unda faqat ishtirok qiymatining 
«rivojlanishi» (inglizcha- Equity) - bog’liq jamiyatning o’z kapitaliga, bosh 
kompaniyaning ishtirok ulushiga mos ravishda aks etadi. Equity qiymatini 
aniqlash uchun (to’liq umumlashtirishdagi kapitallarni umumlashtirishga 
o’xshash tarzda) ikki uslub qo’llanishi mumkin: 

Yüklə 438,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə