O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti hisob va audit fakulteti


-jadval  5800 – «Qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar» schyoti bo’yicha



Yüklə 438,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/20
tarix26.10.2023
ölçüsü438,53 Kb.
#131905
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
investitsiyalar hisobini buxgalteriya hisobining milliy standartlari

1-jadval 
5800 – «Qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar» schyoti bo’yicha 
schyotlar korrespondentsiyasi 
№ 
Xo’jalik
 
muomalalarning
 
mazmuni
 
Schyotlar
 
korespodentsiyasi
 
Debet
Kredit
1. 
Asosiy
vositalarni
berish
hisobiga
qimmatli
qog’ozlarning
qabul
qilinishi
5810 
9210 
2. 
Nomoddiy
aktivlarni
berish
hisobiga
qimmatli
qog’ozlar
qog’ozlarning
qabul
qilinishi

5810 
9220 
3. 
Qimmatli
qog’ozlarni
ularning
qiymatini
hisob
-
kitob
va
valyuta
schyotlaridan
to’lash
orqali
xarid
qilinishi
.
5810 
5110, 5210 
5220 
4. 
Qimmatli
qog’ozlarning
naqd
pul
hisobiga
xarid
qilinishi
5810 
5010 
5. 
Qimmatli
qog’ozlarning
sotilishi
5110 
5810 
6. 
Boshqa
korxonalardan
qisqa
muddatli
qarzlarning
qaytarilishi

5110 
5830 
7. 
Mol
etkazib
beruvchilardan
bo’lgan
qarzning
qimmatli
qog’ozlarni
berish
hisobiga
uzilishi
6010 
5810 
Korxonalarda ochilgan analitik schyotlar mamlakat hududidagi va chet 
eldagi qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar to’g’risidagi ma’lumot olish 
imkonini berish kerak.
2.2. Milliy standartlar asosida investitsiyalarni baholash tartibi 
Aktsiyalar, obligatsiyalar va unga o’xshash qimmatli qog’ozlar 0610 
“Qimmatli qog’ozlar” schyotining debeti bo’yicha sotib olingan qiymatida 
hisobiga olinadi va qimmatli qog’ozlar hisobiga olingan avvalgi schyotlari 
kreditida ularning hisobiga berilgan qiymatliklar aks ettiriladi. Korxona 
tomonidan uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar uchun mablag’lar o’tkazilsa, 
lekin hisobot davrida korxonaga ularga egalik huquqini beruvchi tegishli 
hujjatlar (aktsiyalar, obligatsiyalar, boshqa korxonalarga o’tkazilgan qo’yilmalar 
summasi guvohnomalar va boshqalar) olinmasa, bular 0610 “Qimmatli 
qog’ozlar” schyotida alohida ko’rsatiladi. Agarda, korxonalar tomonidan sotib 
olingan aktsiyalar,obligatsiyalar va boshqa shunga o’xshash qimmatli qog’ozlar 
to’liq qiymati nominal qiymatidan yuqori bo’lsa, u holda har safar ularga to’g’ri 
keladigan daromad hisoblanganda harid qilish va nominal qiymatlar orasidagi 
farqi quyidagicha buxgalteriya yozuvlari orqali hisobdan chiqariladi:


29 
Debet 0690- «Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa harajatlar»,
Kredit 0610 -«Qimmatli qog’ozlar». 
Agarda, korxona tomonidan xarid qilingan obligatsiyalar va boshqa 
shunga o’xshash qimmatli qog’ozlarning xarid qiymati ularning nominal 
qiymatidan past bo’lsa, u holda har safar ularga daromad hisoblanganda harid 
qilish va nominal qiymatlar orasidagi farqning bir qismi qayta hisoblanadi 
(to’ldiriladi) va quyidagicha buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi: 
Debet 0610- «Qimmatli qog’ozlar»,
Kredit 9590- «Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa daromadlar». 
Qimmatli qog’ozlar daromad hisoblanganda (olinadigan daromad 
miqdorida) buxgalteriya hisobidan quyidagicha aks ettiriladi: 
1. Obligatsiyalar uchun olinadigan foizlar:
Debet 4830- «Olinadigan foizlar»,
Kredit 9530- «Foiz ko’rinishidagi daromad».
2. Aktsiyalar uchun olinadigan dividendlar:
Debet 4840 –«Olinadigan dividendlar»,
Kredit 9520- «Dividend ko’rinishidagi daromad»
Qimmatli qog’ozlarga dividend hisoblanganda xalqaro moliyaviy 
hisobotlar standartlarga muvofiq ikkta usuldan foydalanish mumkin:
1.Qiymat usuli. Ushbu usul qo’llanganda. Investor o’z mablag’ini boshqa 
korxonaga dastlabki qiymati bo’yicha qo’yadi. Uning asosiy tamoyilari shundan 
iboratki, investitsiyalar qiymati sho’’ba tizilmalarining moliyaviy ahvolidan 
qat’iy nazar o’zgarmaydi, ulardan olinadigan dividendlar bosh jamiyat daromadi 
sifatida hisobga olinadi.
Bu usulni quyidagi hollarda qo’llash tavsiya etiladi:
- sho’’ba jamiyatini keyinchalik yaqin kelajakda sotish uchun olingan va 
uni nazorat qilish ham vaqtinchalik bo’lganda;
- sho’’ba jamiyati uning bosh jamiyatiga mablag’ o’tkazish qobilyatini 
jiddiy darajada kamaytirilgan belgilangan uzoq muddatli muhim sharoitlar 


30 
doirasida faoliyat yuritganda. Masalan, sho’’ba jamiyatiga qarz bergan tashkilot 
tomonidan quyiladigan dividendlarni to’lashda cheklashlar mavjud bo’lishi 
mumkin. 
2. Ulushbay ishtirok usuli. Bu usulni bosh jamiyat tomonidan sho’’ba 
jamiyatiga sezilarli darajada ta’sir o’tkazish va nazorat qilish hollarida qo’llash 
tavsiya qilinadi, u quyidagilardan iborat:
- investitsiyalarning joriy qiymati sho’’ba jamiyatining xo’jalik faoliyati 
natijalariga bog’liqlikda o’zgaradi: u foyda olganda investitsiyalar qiymati 
oshadi, zarar esa kamayadi;
- bosh jamiyat investitsiyalardan foydani egalik ulushiga munosib 
ravishda aks ettiriladi: uning sho’’ba jamiyatidagi ulushi qancha ko’p bo’lsa, 
bosh jamiyat balansida investitsiyalar qiymati shuncha ko’p summaga oshiriladi;
- olingan dividendlar daromad sifatida qaralmaydi, balki investitsiyalar 
qiymatini kamaytirish tarzida ifodalaydi.
Misol. «1-Avtokorxona» OAJ (bosh jamiyat) sho’’ba jamiyatining 
aktsiyalarini 60 foizini 28000 ming so’m nominal qiymati bo’yicha sotib oladi 
va buxgalteriya hisobidan quyidagicha yozuvlarni amalga oshiradi:
Debet 0620 -«Sho’’ba xo’jalik jamiyatlariga investitsiyalar» - 28000 ming 
so’m
Kredit 5110- «Hisob-kitob raqami» - 28000 ming so’m
Hisobot yili tugagach, sho’’ba jamiyati 4400 ming so’m sof foyda oladi 
va u bosh jamiyat nazoratida bo’lganligi bois investitsiyalar qiymatining 
oshganligini hamda daromad summasini egalik ulushiga munosib ravishda, 
(4400x 60 %) 2640 ming so’mni buxgalteriya hisobidan quyidagicha aks 
ettiradi:
Debet 0620- «Sho’’ba xo’jalik jamiyatlariga investitsiyalar»- 2620 ming 
so’m
Kredit 9590- «Moliyaviy faoliyatidan boshqa daromadlar» -2620 ming 
so’m. 


31 
Mazkur muomaladan so’ng investitsiyalarning balans qiymati 30620 
(2800+2620) ming so’m, ya’ni, sho’’ba jamiyatining foydasi darhol bir 
tomondan – investitsiyalar qiymatining oshishi, boshqa tomondan – bosh 
jamiyatning daromadi sifatida aks ettiriladi. Bunda o’ziga yarasha mantiq bor: 
sho’’ba jamiyati bosh jamiyat nazoratida bo’ladi, uning ruxsatisiz bu foydani 
ishlatib bo’lmaydi, shuning uchun sho’’ba jamiyati tomonidan ishlab topilgan 
foyda bosh jamiyat daromadi hisoblanadi. Shuni ta’kidlash joizki, sho’’ba 
jamiyatidan olingan dividendlarni bosh jamiyatga daromad sifatida aks ettirib 
bo’lmaydi, aks holda bir daromad ikki marta ifodalangan bo’ladi. Bunda 
dividendlar investitsiyalarning kamayishi (qaytishi) sifatida e’tirof etiladi.
Faraz qilaylik, sho’’ba jamiyati dividendlar sof foydaning 50 foizi 
miqdorida, ya’ni 2200 ming so’m to’lash haqida ma’lum qiladi. Bu holatda bosh 
jamiyat o’zining ulushiga mutanosib ravishda-mazkur summasining 60 foizini 
olishi va buxgalteriya quyidagicha aks ettirilishi lozim:
Debet 4840- «Olingan dividendlar»- 1320 ming so’m
Kredit 0620- «Sho’’ba xo’jalik jamiyatlariga investitsiyalar» 1320 ming 
so’m. 
Bu muomalalardan keyin investitsiyalarning balans qiymati 29300 
(30620-1320) ming so’mni tashkil qiladi. Ya’ni, ulushbay ishtirok usuli 
bo’yicha sho’’ba jamiyatiga investitsiyalar hajmi sho’’ba jamiyat olgan foyda 
(zarar) ning tegishli ulushini undan olingan dividendlarni ayirgan holda vaqti-
vaqti bilan uzatib boriladi. Bizning fikrimizcha, ushbu usul bizning 
iqtisodiyotimizda qo’llanilsa maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Yuqorida ko’rsatilgan ikkala holatda: qimmatli qog’ozlar bo’yicha 
korxonaga tegishli bo’lgan daromadni hisoblashda hisobdan chiqariladigan xarid 
va nominal qiymat o’rtasidagi farq umumiy farq summasidan va qimmatli 
qog’ozlar bo’yicha daromad to’lashning belgilangan muddatlaridan kelib chiqib 
aniqlanadi; qimmatli qog’ozlarni so’ndirish (sotib olish) muddatiga:


32 
1) Qiymat usulida ularning 0610- «Qimmatli qog’ozlar» schyotida bahosi 
milliy standartlarga asosan nominal qiymatiga xalqaro standartlarga asosan eng 
past qiymatga to’g’ri kelish kerak.
2) Ulushbay ishtirok usulida ularning 0610- «Qimmatli qog’ozlar» 
schyotidagi bahosi xalqaro standartlarga asosan balans qiymatiga to’g’ri kelishi 
kerak. Uzoq muddatli investitsiyalarni so’ndirilishi (sotib olinishi) va sotilishi 
quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 9220- «Boshqa aktivlarni hisobdan chiqarish»,
Kredit 0600- «Uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar» 
(tegishli schyotlari bo’yicha). 
Aktivlarni qayta baholash natijasida tashkil qilinadigan zaxira kapitalini 
yaratish va to’ldirib borish 8510- «Mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar» 
schyotining krediti bo’yicha qayta baholash natijasida qiymatning o’sishi 
aniqlangan aktivlarning schyotlari bilan korrespondenttsiyalanib aks ettirilishi 
maqsadga muvofiqdir. Biroq, yuqorida ta’kidlanganidek uzoq muddatli 
qimmatli qog’ozlarning balans qiymati ularning sotilish vaqti kelguncha 
nominal qiymatiga teng bo’lishi lozim. Demak, uzoq muddatli qimmatli 
qog’ozlarning qiymatini nominal bahosi keltirish uchun ularning balans qiymati 
ko’payishi (kamayishi) 9560- «Qimmatli qog’ozlarni qayta baholashdan 
daromad», 9690- «Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa sarflar» schyotlari bilan 
korrespondenttsiyalanadi.
Qayta sotish uchun xarid qilingan qimmatli qog’ozlarni sotishdan tushgan 
tushum 9220- «Boshqa aktivlarni hisobdan chiqarishlar» schyotlarining debeti 
uzoq muddatli investitsiyalarni hisobiga olish schyotlarining krediti bilan 
korrespondenttsiyalanadi.
21- sonli «Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy-xo’jalik faoliyati 
buxgalteriya hisobi schyotlarining rejasi» buxgalteriya hisobining Milliy 
standartiga muvofiq, bizningcha 5810- «Mulkni qayta baholash bo’yicha 


33 
tuzatilishlar» schyotida qayta baholash natijalari bo’yicha aniqlanadigan 
qimmatli qog’ozlar qiymatini o’sishi hisobiga olinishi kerak. 
Bundan tashqari 12-son «Moliyaviy investitsiyalarni hisobi» BHMS ning 
21-bandiga muvofiq «uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni qayta baholash 
natijasida paydo bo’lgan qo’shimcha miqdor xususiy kapitalda aks ettirilgan 
o’sha investitsiyalarni oldingi baholash qiymati hisobidan amalga oshiriladi. 
Agar moliyaviy investitsiyalar qiymatini kamayishi miqodri, ilgari qayta 
baholashdan olingan daromad miqdoridan ko’p bo’lsa bu tafovut harajat sifatida 
hisobga olinishi lozim. Qiymati pasaytirilgan investitsiyalarni qo’shimcha 
baholash miqdori, mazkur investitsiyalardan kelgan zarar qoplangandan so’ng, 
xususiy kapital ko’payishiga kiritiladi».
Shularni hisobga olganda yuqorida ifodalangan 21-sonli «Xo’jalik 
yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy-xo’jalik faoliyati buxgalteriya hisobi hisob-
varaqlarning rejasi» BHMS dagi 0610 «Qimmatli –qog’ozlar» va 8510- 
«Mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar» va 12-sonli «Moliyaviy 
investitsiyalarni hisobi» BHMS orasidagi mutanosibliklarni bartaraf etish uchun 
ushbu me’yoriy hujjatlarga bizning fikrimicha quyidagi o’zgartirish kiritilsa 
maqsadga muvofiq bo’lar edi:
21- sonli «Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy-xo’jalik faoliyati 
buxgalteriya hisobi schyotlarining rejasi» BHMS ning 6 paragrifi 0600 «Uzoq 
muddatli investitsiyalarni hisobi schyotlari» schyotining 59- moddasida 
keltirilgan. 

Yüklə 438,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə