O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti mikro makro iqtisodiyot fanidan ma’ruzalar matni toshkent – 2013


Qaytariladigan va qaytarilmaydigan xarajatlar



Yüklə 387,58 Kb.
səhifə38/108
tarix28.11.2023
ölçüsü387,58 Kb.
#134291
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   108
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t-fayllar.org

Qaytariladigan va qaytarilmaydigan xarajatlar 
Qaytariladigan xarajatlar – firma qaytarib olishi umkin bo‘lgan xarajatlar 
(faoliyatini to‘xtatgandan so‘ng ham).
Qaytarilmaydigan xarajatlar – firma hech qachon qaytarib ololmaydigan 
xarajatlar. Bularga misol, firma registratsiyasi va lisenziya olishi uchun qilingan
xarajatlar. Qaytarilmaydigan xarajatlar firmani bozorga kirishi va chiqishi uchun 
qilinadigan xarajatlardir. Qaytarilmaydigan xarajatlar oldin qilingan xarajatlar
bo‘lib, ularni qaytadan tiklash mumkin emas. Bu xarajatlar qaytarilmasligi uchun 
ham firmaning qaror qabul qilishiga ta’sir qilmaydi. Masalan, firma 100 ming
so‘mga maxsus uskuna sotib oldi, lekin firmaning qarori o‘zgardi va bu uskuna 
umuman kerak bo‘lmay qoldi, undan alternativ foydalanish varianti mavjud emas.
Firma ushbu uskunani 60 ming so‘mga sotib, 40 ming so‘m zarar ko‘rdi. 40 ming 
so‘m qaytarilmaydigan xarajat hisoblanadi va firmaning harakatiga ta’sir qilmaydi.

4. Ishlab chiqarishning qisqa muddatli xarajatlari 
Qisqa muddatli davr mobaynida resurslarning bir qismi o‘zgarmas holatda, 
boshqa bir qismi ishlab chiqarish xajmining ortishi yoki kamayishi natijasida
o‘zgarishi mumkin.
Unga mos ravishda qisqa muddatdagi xarajatlar doimiy (o‘zgarmas) va
o‘zgaruvchan xarajatlarga bo‘linadi. 


O‘zgarmas xarajat (FC - fixed cost) - bu qisqa muddatli oraliqda mahsulot
ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq bo‘lmagan xarajatdir (mahsulot ishlab chiqarish 
hajmi oshganda ham, kamayganda ham o‘zgarmaydigan xarajat). O‘zgarmas
xarajatlarga binodan, texnikadan, inshootlardan, ishlab chiqarish uskunalaridan 
foydalanish bilan bog‘liq xarajatlar, ijara haqi, Sug‘urta to‘lovlari, Bank kreditlari
bo‘yicha foiz to‘lovlari, Amortizasion ajratmalar, kapital ta’mirlash, ma’muriy 
xarajatlar kiradi.

O‘zgaruvchan xarajat (VC - Variable Cost) - mahsulot ishlab chiqarish
hajmiga bog‘liq bo‘lgan xarajat, ya’ni mahsulot hajmi oshganda yoki kamayganda 
o‘zgaradigan xarajat. O‘zgaruvchan xarajatlarga xom ashyoga, elektroenergiyaga,
gazga, yordamchi materiallarga bo‘lgan xarajatlar hamda ish haqi kiradi. 
Doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlarning yig‘indisi yalpi xarajatlarni keltirib
chiqaradi.



Yüklə 387,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə