O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti “mehnat ta’limi” kafedrasi


 Metallarning allotropik shakl o‘zgarishlari



Yüklə 3,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/114
tarix19.12.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#150991
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   114
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi u

3. Metallarning allotropik shakl o‘zgarishlari. 
Allotropiya yoki polimorfizm deb, metallarning qattiq holatga turli kristall 
shakllarga ega bo‘lish xossasiga aytiladi. Bitta kristall shakldan boshqa shaklga 
o‘tish protsessi allotropik o‘zgarish deyiladi. Toza metall qizdirilganda allotropik 
o‘zgarish issiqlik yutilishi hisobiga o‘zgarmas temperaturada sodir bo‘ladi, bu esa 
kristall panjarani qayta qurish uchun ma’lum energiya sarflash zaruriyatini 
tug‘diradi. Temir, qalay, titan kabi ko‘pgina metallar allotropik o‘zgarishlarga ega. 
Masalan, temir 911-13920 S temperatura oralig‘ida yoqlari markazlashgan kub 
γ=Fe panjaraga (YOMK) ega (7-rasm). 9110S gacha va 1393 dan 15390S gacha 
oraliqlarda temir hajmiy-markazlashgan kub (HMK) α=Fe panjaraga ega.
Metallning allotropik shakllarni α, β, γ va h.k. harflar bilan belgilanadi. 
Metallning eng past temperaturadagi mavjud allotropik shakli α harfi bilan 
belgilanadi, bu harf metallning ximiyaviy element simvoliga indeks sifatida 
quyiladi va h.k. 
Allotropik o‘zgarishlarda metallning xossalari, ya’ni metall hajmi (bu ayniqsa, 
qalay uchun xarakterlidir) va uglerodning eruvchanligi (temir uchun xarakterli) 
o‘zgaradi. 


39 
Metallar tuzilishini o‘rganish usullari. Metallar va qotishmalarning tuzilishi 
makro va mikroanaliz, rentgen, shuningdek defektoskopiya (rentgen, magnit, 
ultratovush) usullari bilan o‘rganiladi.
Makroanaliz usuli bilan makrostruktura, ya’ni oddiy ko‘z bilan yoki lupa 
yordamida ko‘rinadigan struktura o‘rganiladi. Bunda yirik nuqsonlar, ya’ni darzlar, 
cho‘kish 
chuqurchalari, gaz pufakchalari va boshqalar, shuningdek 
aralashmalarning metallda notekis taqsimlanganligi aniqlandi. metallning singan 
joyi, makroshlifi bo‘yicha aniqlanadi. Makroshlif metall yoki qotishma namunasi 
bo‘lib, uning bir tomoni jilvirlangan, yaxshilab yog‘dan tozalangan, maxsus 
reaktivlar ta’sir ettirilgan bo‘ladi va u 5-10 marta kattalashtiradigan lupa ostida 
kuzatiladi.
Mikroanaliz yordamida metall yoki qotishmaning strukturasi makroshliflar 
bo‘yicha aniqlanadi. Mikroshliflar makroanalizga tayyorlangani kabi tayyorlanadi, 
lekin u oyna kabi qo‘shimcha jilolanadi. Shliflar 3000 marta kattalashtiradigan 
optik mikroskop ostida qaytgan yorug‘likda ko‘riladi. Metall zarralari turlicha 
yo‘nalganligi sababli maxsus reaktivlar ularga turlicha ta’sir qiladi va ulardan 
mikroskop ostida yorug‘lik ham turlicha qaytadi. Qotishmada struktura hosil 
qiluvchilar ham reaktiv ta’sirdan turlicha yeyiladi. Elektron mikroskopda juda 
yupqa strukturaga ega bo‘lgan bloklar, fragmentlar, dislokatsiyalar replika – 
nusxalar 100 000 marta kattalashtirib ko‘riladi. Bu muhi analiz bilan zarralarning 
o‘lchamlari va shakli, strukturani hosil qiluvchilar, metall bo‘lmagan aralashmalar 
va ularning xarakterlari (darzlar, g‘ovkalar va h.k.), termik ishlov berish sifati 
aniqlanadi. Mikrostruktura aniq bo‘lsa, metall xossalarining o‘zgarish sabablarini 
tushuntirib berish mumkin. 
Rentgen analizi yordamida metallarning atom strukturasi, kristall 
panjaralarning turi va parametrlari, shuningdek uning ichkarisidagi nuqsonlar 
o‘rganiladi. Bu analiz kristall panjara atomlari qatori rentgan nurlarining 
difraksiyasiga (qaytarishiga) asoslangan bo‘lib, u nuqsonlarni (g‘ovaklik, darzlar, 
gaz pufaklari, shlakli aralashmalar va boshqalarni) metallni sindirmay aniqlash 


40 
imkonini beradi. Rentgen nurlari metallning nuqsonli yerlarida yaxlit metallga 
qaraganda kam yutiladi. Shuning uchun fotoplyonkada bunday nur shakliga mos 
bo‘lgan qora dog‘lar hosil qiladi. 
Magnit usulda magnitli metallardagi (po‘lat, nikel va h.k.) 2 mm gacha 
chuqurlikda joylashgan nuqsonlar (turli xildagi darzlar, metall bo‘lmagan 
aralashmalar va h.k.) aniqlanadi. Buning uchun sinalayotgan buyum magnitlanadi; 
buyum sirti temir kukuni bilan qoplanadi, sinchiklab tekshiriladi va 
magnitsizlantiriladi. Nuqson atrofida bir jinsli bo‘lmagan maydon hosil bo‘ladi, 
natijada magnit kukuni nuqson shaklini ko‘rsatib turadi. Magnit induksion usul 
ko‘pincha termik ishlov berilgan qotishmalardagi (buyumlardagi) struktura 
o‘zgarishlarga baho berishda ishlatiladi.
Ultratovushli usul bilan amalda istalgan o‘lchamdagi buyum va zagotovkalar 
metallning sifatini tekshirish mumkin. Impulsli, ultratovushli defektoskoplarda 
ultratovush to‘lqini shchup-tarqatkichdan tekshirilayotgan buyumlarga yuboriladi. 
Ultratovush u yoki bu nuqsonga duch kelganda undan qaytadi. Ultratovushdan 
butun holicha saqlab qolish zarur bo‘lgan rotorlar, relslar, pokovkalar, prokatlar 
kabi buyumlarni tekshirishda foydalaniladi.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə