O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti “mehnat ta’limi” kafedrasi



Yüklə 3,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/114
tarix19.12.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#150991
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   114
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi u

oltin, kumush, platina, mis, 
alyuminiy

rux, magniy, qo‘rg‘oshin, qalay, titan, nikel
va boshqalar kiradi. 


77 
Shularning ichida biz alyumin va mis qotishmalari to‘g‘risida qisqacha ma’lumotni
ko‘rib chiqamiz. 
2. Alyumin qotishmalari 
Texnik shartlarga ko‘ra 13 ta markali alyumin ishlab chiqariladi. 
Alyuminlarning bu markasi tozalik darajasiga qarab 3 guruxga bo‘linadi. 1-
guruxga tarkibida 0,0001% qo‘shimchalar bo‘lgan nixoyatda toza alyumin kiradi 
va A-999 bilan markalanadi. 
2-guruxga juda toza alyuminlar, jumladan A-995, A-99, A-97, A-95 lar kiradi. 
3-guruxga esa texnikaviy jixatdan toza alyuminlar A-85, A-8, A-7,
A-6, A-5, A-0, AYE va Ats kiradi. A-markalarida qo‘shimcha element 1% 
ga yetadi. Sof alyumin elektrotexnikada kimyoviy apparatlar alyumin qog‘oz, 
elektr simlari ishlab chiqarishda ishlatiladi. Mashinasozlikda esa alyumin 
qotishmalari ishlatiladi. 
1-rasm
22
Alyuminiyning olinishi. Sanoat miqyosida alyuminiy olish uchun asosan 
boksit va nefelin rudalaridan foydalaniladi. Boksitning ximiyaviy tarkibi Na2 (K2) 
22
William F.Smith Foundations of materials science and engineyering, 2013. 34


78 
O·A12Oz-2SiO2 formula bilan ifodalanadi. Boksid tarkibida 30—70% glinozem 
A1203, 2—20% kremnezem SiO2, 2—50% temir ikki oksidi Fe2Oz va 0,1 —10% 
titan oksidi TiO2 bo‘ladi. Alyuminiy ishlab chiqarish ikkita asosiy protsessdan 
tashkil topadi: boksitdan glinozem A1203 olinadi va suyultirilgan kriolit 
(Na3A1F6) da glinozem eritmasidan elektroliz usuli bilan metall alyuminiy 
tiklanadi. 8-10% glinozem, shuningdek, A1F3 va NaF qushilgan kriolit elektrolit 
xizmatini utaydi. Elektroliz natijasida hosil bo‘ladigan suyuq alyuminiy vanna 
tubida elektrolit qatlami ostida tuplanadi. U alyuminiy x o m a sh yo s i deb ataladi. 
Alyuminiy xom ashyosi tarkibida metall (Fe, Si, Su, Zn va hokazo) va nometall (S, 
A12O3 va hokazo) aralashmalar, shuningdek gazlar-kislorod, vodorod, karbonat 
angidrid va is gazlari bo‘ladi. Bu aralashmalar, kovshdagi suyuq alyuminiy xom 
ashyosini xlorlab (xlor bilan puflab) ketkaziladi. Bunda hosil bo‘ladigan bugsimon 
alyuminiy xloridi A1S13 suyultirilgan alyuminiy orqali utib, aralashma 
zarralarining pufakchalarini ilashtirib, alyuminiyda erigan gazlar bilan birgalikda 
ularni olib chiqadi. Xlor bilan rafinirlangandan (tozalangandan) so‘ng alyuminiy 
quymalari hosil qilinib, iste’molchilarga jo‘natiladi. 
Jadvalda keltirilgan alyuminiy qotishmalari tarkibi, ichki tuzilishi, xossalari va 
boshqa muhim jihatlarini ko'rib chiqaylik
23
Before discussing some of the important aspects of the structure, properties, 
and applications of aluminum alloys, let us examine the precipitation-
strengthening (hardening) process that is used to increase the strength of many 
aluminum 
and 
other 
metal 
alloys.
23
William F.Smith Foundations of materials science and engineyering p417-418 


79 
Birlamchi alyuminiy (davlat texnik nazorat 11060—94) uchta gruhga bo‘linadi: 
alohida toza (A999 markasi), yuqori darajada toza (to‘rtta markasi bor) va texnik 
toza alyuminiylar bo‘ladi. Yuqoridagi davlat texnik nazoratda 0,15—1% 
aralashmalar bo‘lishiga ruxsat etilgan sakkizta alyuminiy markasi kursatilgan. 
Markaning nomi alyuminiyning tozaligini bildiradi. Masalan, A8 markasi metallda 
99,8%, A99 markasi esa 99,99% alyuminiy borligini bildiradi. Texnik toza 

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə