O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


TURISTLIK XIZMAT BOZORINING XUSUSIYATLARI



Yüklə 3,8 Mb.
səhifə19/24
tarix19.07.2018
ölçüsü3,8 Mb.
#57031
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24

18. TURISTLIK XIZMAT BOZORINING XUSUSIYATLARI

Reja:


18.1. Turistlik xizmat bozorining funksiyalari va tarkibi

18.2. Turistlik xizmat bozorini segmentatsiyalash

18.3. Turizm xizmat bozoriga ta’sir qiluvchi asosiy omillar
18.1. Turistlik xizmat bozorining funksiyalari va tarkibi
Turistlik xizmat bozori turistlik mahsulotni sotish va sotib olish jarayonini ta’minlovchi talab va takliflarni birlashtiruvchi, ishlab chiqaruvchi va turistlik mahsulot iste’molchisi o‘rtasida jamoa iqtisodiy munosabatlarini yuzaga keltiruvchi jabhadir. Natijada turistlik xizmatning pulga aylanishi (sotish-sotib olish) jarayoni vujudga keladi.

Har bir turmahsulot ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o‘rtasida bir-biriga mos tushmaydigan iqtisodiy manfaatlar bo‘ladi. Ularning bir-biriga mos kelishi oqibatida esa turmahsulotni sotish va sotib olish jarayoni vujudga keladi. Bozorda o‘ziga xos xususiyat sodir bo‘ladi, bunda xizmat ko‘rsatuvchi va iste’molchi qiziqishlarining kelishuvidir. Bozorda markaziy holatni iste’molchi yaratadi. Yaxshi sotuvchining vazifasi esa o‘z mijozlari talablarini qondirish hisoblanadi

Turistlik xizmat bozori murakkab hisoblanib, bunda uning mahsuloti to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki o‘rtadagi dallol orqali (xo‘jalik sub’ekti-turoperator-turagent) sotiladi.

Ushbu omillardan tashqari yana bir holatni e’tiborga olish kerak, ya’ni ko‘rsatib o‘tilgan bitim har doim bir joyda amalga oshirilmaydi (masalan, mehmonxona, turistlarni qabul qilish joyi yoki turoperatorlarda). Turistlik xizmat bozori ma’lum bir o‘ziga xos joy yoki geografik hudud bilan chegaralan-magan. Shuning uchun turistlik mahsulotning oldi-sotdi ishlari sotuvchi va haridorlarni jalb qilmagan holda teleks, telegramma, faks, telefon, aniq hisob-kitob orqali amalga oshirilishi mumkin.

Quyidagi aniq shart-sharoitlarga amal qilgandagina bozor samarali faoliyat yuritadi:


  • Erkin raqobat, bunda bozorning barcha ishtirokchilari o‘z maqsadlari (maksimal foyda bilan mahsulotni sotish yoki minimal harajat bilan mahsulotni sotib olish) ga intiladilar;

  • Ko‘rsatilayotgan xizmat va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifati va xavfsizligi bo‘yicha asosiy qoidalarning borligi;

  • Iste’molchining erkin xolatda tanlay olish imkoni.

Zamonaviy turistlik xizmat bozori quyidagi o‘ziga xos bo‘lgan funksiyalarni bajaradi:

1.Turistlik mahsulotdagi iste’molchilik qiymati va sotuv qiymati funksiyasi. Bu turistlik mahsulot va o‘zaro pul almashuvida ayon bo‘luvchi qiymat harakatini bildiradi. Buning natijasida jamiyat takror ishlab chiqarishning normal yo‘nalishi ta’minlanadi, turizmni rivojlantirish uchun pul mablag‘i paydo bo‘ladi va yig‘iladi.

2.Iste’molchi (turist)ga turistlik mahsulotni yetkazib berish jarayonini tashkillashtirish funksiyasi. Turist o‘z mablag‘ini turistlik mahsulotga sarf qilgan holda o‘zining moddiy va ma’naviy ehtiyojini qondiradi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, turistlik xizmat bozori ishchi kuchining harajatini qoplagan holda jamoaning asosiy ishlab chiqarish kuchini qayta tiklaydi.

3.Mehnatga moddiy manfaatni iqtisodiy tomondan ta’minlab berish funksiyasi. Taqsimlash bozoridagi o‘zaro pul va turistlik mahsulotni taqsimlash jarayonining tugallangan shaklidan iborat.

Turistlik xizmat bozori o‘ziga xos xususiyatlariga ega:



  • Turistlik mahsulotni amalga oshirishda mahsulotni sotib olish va uni iste’moli orasida vaqt uzilishi bo‘ladi, shuning uchun turmahsulotni taklif qilish kanallarining (mahsulotni sotuvchi) aniqligi va ishonarli bo‘lishi o‘ta muhimdir.

  • Turistlik talabga mavsumiy almashuvlar va turistlik oqimning shakli ta’sir qiladi. Ushbu salbiy hodisalarning oldini olish uchun narx-navoni differensatsiyalash (xizmat ko‘rsatuv elementlari bo‘yicha mavsumga qarab) shuningdek turistlarni yetkazib berish hajmini muvozanatlash orqali erishish mumkin.

  • Mahsulot sifati ko‘p hollarda aniq ijrochilarga bog‘liq, shuning uchun turistlik korxonalar ichidagi menejment doimo rivojlanishi lozim.

  • Turistlik xizmat bozorida iste’molchi va ishlab chiqaruvchi o‘rtasida hududiy tarqoqlik mavjud, shuning uchun uzoqlashgan hamkorlar bilan tezkor aloqalar o‘rnatish muxim hisoblanadi.

Turistlik talab deganda-to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lgan aholining turmahsulotga bo‘lgan talabi tushiniladi. Turistlik talab amaldagi narx-navolarda aholi tomonidan aniq bir turistlik-ekskursiya xizmatlarini sotib olishi bilan belgilanadi.

Bozordagi talabga muvofiq turizmda takliflar vujudga keladi, ya’ni turist uchun uning dam olishi va sayohati jarayonida lozim bo‘lgan turli xildagi xizmatlar shular jumlasiga kiradi. Takliflar-bu mahsulot ishlab chiqaruvchining bozorga talab qilinadigan aniq mahsulotni yetkazib berish uchun ideal tayyorgarlik va aniq imkoniyatga ega bo‘lishi tushuniladi. Bu holatda takliflar ishlab chiqarish bilan bir xil bo‘lmagan holda undan soni jihatidan farq qiladi. Aniq bir turistlik mahsulot (marshrut) ning taklif qilinadigan soni bozordagidan yuqori bo‘lishi mumkin. Turistlik mahsulotga bo‘lgan taklif - ishlab chiqarilgan mahsulot soni, turistlik industriyaning rivojlanish darajasiga va turistlik resurslar hajmiga bog‘liq bo‘ladi.

Talab va taklif o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik bo‘ladi: talab faqatgina taklifni yuzaga keltirmaydi, bundan tashqari taklif aniq bir tarzda talabga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan: turistlik xizmatga bog‘liq bo‘lgan talab hajmi unga bo‘lgan narx ko‘tarilganda ortib boradi, narx tushsa takliflar soni ham kamayadi.

Turistlik xizmat bozorida turistning xizmatga bo‘lgan talabi uchun pul vositasining almashinuvi sodir bo‘ladi. Muvofiqlashtirilgan holatdagi almashinuvda bir tomondan turistlik mahsulot ikkinchi tomondan esa turistlik industriyaning kirib kelishi uchun sharoit yaratiladi.



Turistlik mahsulotni sotib olish istagi va imkoniyati bor iste’molchilar



Turistlik mahsulot uchun takliflar


Turmahsulotga talab

Daromad olish maqsadida turistlik mahsulot ishlab chiqarish



Turistlar talabini sifatli va har biri bilan aloxida qondirish maqsadidagi turistlik mahsulot ishlab chiqarish



Rasm 18.1. Turistlik xizmat bozoridagi talab va takliflar
Turistlik xizmat bozori o‘zining qabul qila olish chegarasi (sig‘imdorligi) bilan tavsiflanadi, ya’ni aniq bir belgilangan davrda (mavsum bir oyda) belgilangan turistlik mahsulotni amaldagi narxlar va takliflarga muvofiq sota olishidir. Bozorning sig‘imdorligi aholining talab doirasida to‘lov qobiliyatiga egaligi, narx darajasi va turistlik takliflarning tavsifiga bog‘liq bo‘ladi. Turistlik mahsulotga bo‘lgan talab va narx darajasiga qarab qisqarishi yoki bo‘lmasa, aksincha oshib borishi mumkin. Bozorning sig‘imi va uning o‘zgarish tendensiyasini biladigan korxona ushbu bozordan ravnaqi darajasi uchun foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Turistlik xizmat bozorida: bir-biriga qarama-qarshi harakatlanadigan hamda turistlik aylanma harakatni yaratuvchi pul oqimi yo‘nalishi va turistlik mahsulotning muntazam harakatlanishini yaratib beruvchi omil vujudga keladi



Turistlik aylanma harakat-iqtisodiy aloqalar tarkibiga kiruvchi xizmatni pulga yoki bo‘lmasa pulni xizmatga almashtiruvchi jarayon kiradi. Ushbu jarayon turistlik mahsulot oqimining harakatlanish yo‘nalishi, investitsiyalarning turizm sohasini rivojlantirish va turistlik faoliyatdan keladigan daromadning byudjetga kelib tushishini ko‘rsatib beradi.

Turistlik aylanma harakat quyidagi sxema bo‘yicha amalga oshiriladi:



  1. Turist yo‘llanmani sotib oladi va turistlik kompaniyaga pul to‘laydi.

  2. Oqibatda turist o‘zining istak-talabini qondiradi.

  3. Turistlik korxona sotilgan turistlik mahsulot uchun pulni oladi, Turistlik indutriyaning rivoji uchun investitsiya o‘tkazadi yoki bo‘lmasa yangi turdagi turistlik mahsulotni sotib oladi.

  4. Turistlik korxona sotilgan turistlik mahsulot uchun boj to‘laydi, turli shakldagi to‘lovlarni bajaradi, o‘z ishchi xodimlariga oylik to‘laydi.

Turistlik korxona doimiy o‘zgarib turuvchi raqobatchilik muhitida barqaror tarzda qattiq tartib vaziyatida ish olib borishi lozim. Ushbu muhit elementlari bo‘lib bir nechta bozorlar hisoblanadi. Ular turistlik mahsulot konyukturasini aniqlab beruvchi va turistlik korxonaning iqtisodiyotiga ta’sir o‘tkazuvchi hisoblanadi:

  1. Mexnat bozori;

  2. Moliyaviy bozor;

  3. Investitsiyalar bozori;

  4. Turistlik mahsulotlar bozori.

Mexnat bozori-ushbu bozor turistlik faoliyatni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan intellekt va ishchi kuchi jalb qilinuvchi jabha hisoblanadi.

Moliyaviy bozor-ushbu bozor davlat-kredit siyosati tomonidan boshqariluvchi bo‘lib shaxsiy jamg‘armaga ta’sir o‘tkazadi, yig‘ilgan mablag‘larni iste’mol va investitsiyaga bo‘linishini belgilaydi.

Investitsiyalar bozori-bu korxonalar tomonidan “Uzoq muddatli moddiy foyda” (asosan uy-joy qurilish) hisoblanuvchi narsalar uchun sotib olinuvchi narsadir. Investitsiyalar bozori kreditlar bo‘yicha qilinadigan talab va foiz stavkalariga bog‘liq holda rivojlanadi. Ishlab chiqarish uchun investitsiya ajratish ish bandligiga sabab bo‘lib, yangi asbob-uskunalarni ishlatish va yangi ish o‘rinlarini yaratib beradi.

Ma’lumki bozor-bu turli mexanizmlardan iborat bo‘lib, turli mahsulot turlari va xizmatlar uchun tug‘ilajak talab va takliflarni muvofiqlashtirib turadi. Unda katta hajmdagi bir-biri bilan bog‘liq bo‘lmagan aniq bir mahsulot -ya’ni, turistlik mahsulotni sotib olishga xohishi va iloji bor potensial haridorlar harakat qilishadi. Bu yerda tovarni sotuvchi hamda bozor harakatlanishi sharoitini o‘zgartiruvchi haridorlar, dallollar shuningdek aniq va faol raqobatchilarni aniqlab olish mumkin.

Turizm xizmat bozorida sotish va sotib olishning asosiy manbai xizmat hisoblanadi. Haridor va sotuvchidan tashqari turistlik xizmat bozori mexanizmiga sezirarli darajada dallollik bug‘inlari ham kiradi.

Turistlik xizmatga bo‘lgan talablar bir necha xil xususiyatlarga ega: moddiy imkoniyatli ishtirokchilarning turli - tuman qatnovi, yoshlari, maqsad va sabablar: egiluvchanligi, alohida harakterli va differensiyalan-ganlikning yuqori darajasi: turistlik takliflardan vaqt va masofa bo‘yicha uzoqligi.

Turistlik xizmat bozorining muxim xususiyatlaridan yana biri uning komplementarligidir (jamlanmadorlik) bu xususiyat turistlik mahsulot va xizmatning bir-birini to‘ldira olishidir. Bu xususiyat shunday tushiniladi, ya’ni iste’molchi tomonidan sotib olinuvchi tovar ko‘pincha butun bir boshqa tovar va xizmatlar sotib olishga olib keladi. Masalan, transport xizmati avtomatik ravishda boshqa turdagi xizmatlar (ovqatlanish, ko‘ngil ochar dasturlar) sotib olinishiga sabab bo‘ladi Bu esa o‘z navbatida turistlik tovar va xizmatlarni kengaytirish uchun harajatga olib keladi, shuningdek turli holdagi turistlik mahsulot ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida daromadning taqsimlanshiga olib keladi.

Turistlik mahsulot iste’molchilarining sanoqbay tavsifiga ko‘ra uch xil turdagi turizm bozorlari ajratiladi: ommaviy, mashhur va individual.



Ommaviy turistlik xizmat bozori-katta guruhlardan iborat sayohat qiluvchi asosiy turistlar massasini o‘z ichiga qamrab oladi. Bunday turlarning haridorlari ilgari kelishilgan dasturlar, xizmat va ko‘ngil-ochar tadbirlar, hamda oldindan to‘lab qo‘yilgan xizmatlarning standart jamlanmasiga rozi bo‘lgan kishilardir.

Mashhur turistlik xizmat bozori-bir muncha kamchiliklardan iborat turistlardan tashkil topgan bo‘lib, qimmatroq, inklyuziv turlar, ya’ni yuqori darajadagi servis va qimmatbaho mehmonxonalardan iborat, shuningdek sayohat davrida istaklariga qarab qo‘shimcha xizmatlar uchun haq to‘lanadi.

Individual turistlik xizmat bozori-ushbu holatda turistlar yakka tartibda o‘z marshrutlarini mustaqil belgilaydilar, zaruriy hollarda transport xizmati va mehmonxonada joylashish uchun buyurtmalar beradilar. Bu turlar badavlat kishilar uchun ancha qiziqarli bo‘lib, ularni o‘ziga jalb qiladi. Bundan tashqari o‘z dam olishlarini biznes yoki boshqa bir mashg‘ulot bilan birgalikda davom ettiradilar, bu esa o‘z navbatida oldindan dam olishni tugallash yoki qaytish muddatini belgilashlari kerakligiga yo‘l qo‘ymaydilar.

Sayohatni tashkil qilishning tavsiflanishi bilan bog‘liq bo‘lgan tashkillashtirilgan va tashkillashtirilmagan turizm xizmat bozorlariga ajratiladi.

Harakatlanish uslubiga ko‘ra: piyoda, temir yo‘l, aviatsiya, dengiz va daryo, hamda avtomobil turizm xizmat bozorlariga ajratiladi.

Har bir qayt etib o‘tilgan turistlik xizmat bozorlari xilma-xil bo‘lib: ish bilan bog‘liq turizm o‘z ichga delegatsiyalar yoki alohida shaxslarning kelishuvlarda, majlislarda, ko‘rgazma va yarmarkalarda ishtirok etish maqsadini o‘z ichiga oladi. Boshqa turdagi ish bilan bog‘liq turizm maxsuslashgan guruhlar (kasb, ixtisoslik) bo‘yicha tuzilgan, ammo ularning yo‘naltirilgan maqsadli holdagi aniq bir dastur orqali sayohatlari ularni ish bilan turizmning alohida bir guruhiga ajratish lozimligini bildiradi.

Marketing faoliyatining alohida xususiyati va tarkibiga ko‘ra quyidagi bozorlar ajratiladi:


  • Maqsadli, bunda korxona o‘z maqsadini amalga oshiradi yoki oshirmoqchi bo‘ladi.

  • Asosiy, korxonaning asosiy xizmati amalga oshiriladi (sotiladi).

  • Qo‘shimcha, bunda bir qancha hajmga ega bo‘lgan xizmatlarning sotilishi ta’minlanadi.

  • O‘sib borayotgan, sotish hajmining real oshish imkoniyati.


18.2. Turistlik xizmat bozorini segmentatsiyalash
O‘zbekiston bozorlarida turistlik xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar o‘rtasida raqobatchilik bir qadar keskin ravishda kechadi, chunki korxonalar soni tobora ortib bormoqda. Ko‘pgina korxonalarning moliyaviy, mehnat va boshqa resurslari cheklangan bo‘lib, ular barcha mijozlar istaklarini to‘liq amalga oshira olmaydilar. Turistlik korxonaning ish faoliyatini unumli va daromad keltira oladigan qilib tashkillashtirish uchun ular bozor segmentatsiyasidan foydalanadilar.

Bozor segmentatsiyasi - iste’molchilarning talablarini birlashtiruvchi harakterga ega bo‘lgan bozor qismlarini tushunamiz. Ushbu segment (qism) larning har biri maqsadli bozor sifatida tanlanishi mumkin. Iste’molchilarning talabini har bir mahsulot qondira olmasligi bois, segmentatsiyaning asosiy maqsadi-turistlik mahsulotni aniq (manziliy) ta’minlashga qaratiladi. Turistlik xizmat bozorining segmentatsiyasi vujudga keluvchi savollarga, ya’ni: xususiyati, qiziqishi, fikrlashi, qabul qilishi, ma’naviy qadriyatlar va har bir segment vakilining zaruriyatiga qarab javob beradi. V.Saprunova tomonidan taklif qilingan turistlik faoliyat savollariga javob beruvchi me’zonlar segmentatsiyasining asosiy guruhi 18.1. jadvalda keltirilgan.

Jadval 18.1.



Turistlik mahsulotga talab segmentatsiyasi



Mezonlar

Talab segmentlari

Geografik mezonlar

1.Turist tashrif buyuradigan mamlakat

Chiquvchi

Kiruvchi


Ichki

2.Turistlik sayohatdan geografik maqsad



Dunyo davlatlari bo‘ylab turizm

Dunyoning aloxida xududlari bo‘ylab turizm

Turist yashaydigan davlatning aloxida xududlari bo‘ylab turizm


Ijtimoiy mezonlar

  1. Yoshi

Yoshlar turizmi ( 30 yoshgacha )

“Seniorlar” turizmi (30 dan -45 yoshgacha va 45 dan 55 yoshgacha )

Bolalar turizmi


  1. Jinsi

Ayollar turizmi

Aralash turizmi



  1. Turistning kasbi

Kasbiy belgilar bo‘yicha sigmentlar ko‘pligi maxsus turlar

Iqtisod, siyosat va jamiyat hayotining turli sohalarida ishlaydigan xodimlar uchun maxsus turlar



  1. Oila boshlig‘ining kasbi

Jamiyatning turli ijtimoiy qatlamlari bo‘yicha segmentlar(yuqori menejment, xizmachilar va h.k.)

  1. Doimiy yashash joyidagi aholi punkitining kattaligi.

Katta, o‘rta va kichik shaharlardan turistlar

Qishloq joylardan turistlar



  1. Oilaviy turizm

Yolg‘izlar turizmi

Bolasi yo‘q oilalar turizmi

Bolasi bor oilalar turizmi

Ko‘p oilaviy turizm



  1. Millati

Etnik turizm

  1. Diniy yo‘nalishlar

Diniy turizm

  1. Oila daromadi

Ijtimoiy turizm

Lyuks turizm

Uncha qimmat bo‘lmagan –ekonom turizm

Eksklyuziv turlar



Psixologik mezonlar

  1. Sayohatlar

Rekreatsion turizm

Ishga bog‘liq turizm

Sport turizmi

O‘rganiladigan turizm

Kommunikatsion turizm


  1. Turistning toifasi

Turli xildagi klassifikatsiyalar (masalan, S-, F-, V-, A-, B-toifadagi turistlar va hokazo )

  1. Mavsumiylik

Asosiy mavsum

Oraliq


Mavsumlararo

Yilning oylari bo‘yicha



  1. Sayohatning tashkillashtirilishi

Mustaqil

Vositachi orqali



  1. Sayohat turi

Guruh bilan

Individual



  1. Foydalaniluvchi transport turi

Avtoturizm

Aviaturizm

Veloturizm

Avtobus turizmi

Dengiz kruizli turizmi

Daryo kruizli turizmi

Shaxsiy transport

Boshqa turdagi transport vositalari



  1. Turar joy bilan ta’minlanish

Mehmonxona

Motel


Kempinglar

Shaxsiy uylar va xonalar

Boshqa turdagi binolar


8.Turistlik maqsadning uzoqligi

Segmentatsiyalashning turli me’zonlari

9.Sayohat muddati

Uzoq muddatli (21 kundan oshiq)

O‘rta muddatli (7-14 kun)

Qisqa muddatli (2-4 kun)


10.Moliyalanish shaxobchalari

Ijtimoiy turizm (kam ta’minlangan aholi uchun ijtimoiy sug‘urta tomonidan mablag‘ ajratiladi

Intensiv turlar (firma xodimlari va ularning oilasi uchun firma tomonidan to‘lanadigan rag‘batlantiruvchi turlar)

Oilaviy byudjet


11.Turistlik sayohatni amalga oshirishda qaror qabul qilishga yordam beruvchi konsultantlar, dallollar)

Turoperatorlar

Turagentlar

Tanishlar

Ommaviy axborot vositalari


Eng ko‘p tarqalgani bu-geografik me’zondir. Bu yerda me’zon sifatida davlat yoki bir guruh mamlakatlarda tarixiy, etnik urf-odatlar va boshqa umumiyliklar ko‘riladi. Bu me’zonning asosiy segmentlari -kurortda dam olish maqsadida uzoq masofani bosib o‘tuvchi turistlar: xududiy keluvchilar (tur markazdan tashqarida yashovchilar va u yerga 4 soat davomida yetib boradiganlar) va mahalliy turistlar. Qonun kabi turistlik yo‘nalishning yaqinligi muhim omil hisoblanadi. Agar tur markaz o‘zining maqsadi yo‘naltirilgan bozorga qanchalik yaqin bo‘lsa, shunchalik tashrif buyuruvchilar sonining oshish ehtimoli katta bo‘ladi. Qandaydir tur markazning faoliyatini rivojlantirish uchun turfirma o‘zlarining reklamalari bilan, ko‘p aholi yashaydigan punktlarga va tur markazga yaqinroqda istiqomat qiladigan aholiga murojaat qiladi.



Ijtimoiy me’zonlar-bu turistlarning yoshi, jinsi, kasbi-turistlar doimiy yashaydigan aholi punktining kattaligi, oila a’zolarining soni, turistlarga xizmat ko‘rsatuvchilar, oilasining tarkibi, millati, diniy aqidalari, oilasining umumiy va har biriga to‘g‘ri keladigan daromadi, oilada transport vositasining bor yoki yo‘qligi. Hozirda ayollar o‘rtasida maxsus kasbiylashgan turizm katta ahamiyat kasb etmoqda. (Masalan, bank xodimlari, qishloq xo‘jaligidagi ishchilar va ishlab chiqarishning turli sohalarida ishlovchilar) shuningdek yoshlar va bolalar turizmi ham.

Psixologik o‘zini idora qilish segmentatsiyasi (yo‘nalish tartibini o‘zi belgilaydi) -bunda iste’molchilar yashash tarzi va maqsadli yo‘nalishlari, ya’ni ularning bo‘sh vaqtini belgilash tartiblari, shaxsiy tavsiflari bo‘yicha guruhlarga bo‘linadi. Bunday turistlik harakat me’zonlariga sayohat maqsadi, turistning psixologik sur’ati, mavsumiylik, sayohat turi va uni tashkil qilish, foydalaniladigan transport vositalari, sayohat davrida turar-joy, moliyaviy mablag‘i, konsultantlar va o‘rtadagi dallollarning harakati tur sayohatda qaror qabul qilishga sabab bo‘ladi.

Turizm xizmat bozoridagi ko‘plab segmentlar yana kichik segmentlarga bo‘linadi. Masalan, rekreatsion turizmda - bu da’volanish maqsadidagi va ta’til turizmi hisoblanadi. Ko‘pincha motivatsiyaning aloxida segmentlari bo‘yicha aniq chegaralar o‘tkazish oson emas. Ishga bog‘liq turizm vaziyatni o‘rganish bilan bog‘liq turizmga va sport turizmi esa rekreatsion turizmga bog‘lanib ketadi. Masalan, turizm xizmat bozorining segmentatsiyasi hayot tarzining me’zoni bo‘yicha quyidagi iste’molchilar guruhlarini ajratadi:



  • Hayotdan lazzat izlovchi shaxs

  • Aniq bir maqsad sari intiluvchi faol shaxs

  • Ishbilarmonlar davrasining a’zosi

  • “Ko‘k yoqaliklar”

  • An’anaviy uy egasi

Hayotdan lazzat izlovchi shaxs- bir xil ishni bajaruvchi va toza havoda haqiqiy faoliyat turlaridan qoniqish hosil qilishni istovchi shaxs. Baliq ovlashga, ovchilikka, sport bilan shug‘ullanishga va qimmatbaho sport avtomobillariga qiziqadi. Uning daromadi yaxshi, lekin harid bo‘yicha qarorlar u tomonidan qo‘l uchida hal qilinadi. Hayotini uzoqni ko‘zlab rejalashtirmaydi. Sport, sarguzasht va boshqa dasturlarning doimiy muxlisi.

Aniq bir maqsad sari intiluvchan faol shaxs-o‘zida barcha mahoratini va energiyasini kasbi bo‘yicha ko‘tarilish uchun ishga soladi va o‘z ishiga katta qizaqish bilan qaraydi. O‘ziga ishongan, hayotning liberal bo‘lishini xoxlaydi va zamonaviy hisoblanadi. Doimo faol faoliyat, yangi taassurotlar olishga harakat qiladi. Masalan, yaxtada suzish, chetga sayohat qilish, chang‘ida uchish va hokazo. Zamonaviy madaniyatning oxirgi yo‘nalishlaridan, hamda voqea va hodisalardan doimo xabardor bo‘lishi uchun turli jurnallar o‘qiydi. Xabarlar, ko‘ngilochar va sport dasturlarini ko‘radi.

Yüklə 3,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə