O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


To‘rtkatakli «mahsulot-bozor» matritsasi



Yüklə 3,8 Mb.
səhifə21/24
tarix19.07.2018
ölçüsü3,8 Mb.
#57031
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24

To‘rtkatakli «mahsulot-bozor» matritsasi.


Mahsulot Bozor

An’anaviy mahsulot

Yangi mahsulotlar

O‘zlashtirilgan bozorlar

1. Bozorning chuqurroq

o‘zlashtirilishi.



3. Yangi mahsulot ishlab chiqish.

Yangi bozorlar.

2. Bozor chegaralarining

kengayishi



4.Diversifikatsiya.


Boston konsalting guruhi (BKG) matritsasi
BKG matritsasi korxonaga uning har bir mahsulotlarini asosiy raqobatchilarga nisbatan bozordagi uning ulushi va sotishning o‘sish sur’ati bo‘yicha guruhlashga imkon beradi. Matritsada boshlang‘ich strategik holati o‘xshash bo‘lgan mahsulotlar bir xil to‘plamga biriktiriladi. “Sotish hajmini o‘sishi – bozorning nisbiy ulushi” koordinatalar tizimida mahsulotning o‘rni aniqlangandan so‘ng ularning har biri uchun marketing strategiyasini tanlash zurur. Marketing amaliyotida uchta asosiy strategiya turi mavjud.

Hujumga o‘tish strategiyasi bozorda firmaning faol, agressiv pozitsiyasini ko‘zda tutadi va o‘z oldiga bozordagi ulushini qozonish hamda kengaytirishni maqsad qilib qo‘yadi. Mazkur strategiyadan foydalanish quyidagi holatlarda maqsadga muvofiqdir:



  • Agar bozor ulushi zarur bo‘lgan minimumdan past bo‘lsa yoki raqobatchilarning keskin harakatlari natijasida bozor ulushi tubdan qisqartirilsa va yetarli bo‘lgan darajani ta’minlamasa;

  • Bozorga yangi mahsulot joriy qilinsa;

  • Raqib-firmalar o‘z pozitsiyasini yo‘qotsa va kamgina harajatlar bilan bozor ulushini saqlab qolishni va bozordagi o‘z o‘rnini saqlab qolishni ko‘zda tutsa.

  • Firma o‘zining tutgan pozitsiyasidan qoniqmasa;

  • Hujumga o‘tish strategiyasini amalga oshirish uchun mablag‘lar yetishmasa;

  • Agar raqib tomonning kuchli javob tadbirlari sababli hujumga o‘tish imkoni bo‘lmasa.

Ko‘p hollarda bunday strategiya yirik firmalardan ular uchun notanish bo‘lgan bozorlarda qo‘llaniladi. Biroq, bu uni amalga oshiruvchi tomonni raqib-firmalar harakatiga diqqat e’tiborni qaratishni talab etadi.

Chekinish strategiyasi qoidaga ko‘ra, tanlov asosida emas, balki majburiy hisoblanib, bozordan ketishni anglatadi.


19.4. Strategiyalarni baholash va nazorat qilish
Strategiyani tanlash korxona rahbari tomonidan amalga oshiriladi. Strategiyani tanlashda birinchi navbatda hisobga olinishi kerak bo‘lgan faktorlar quyidagilardir:

  • firmaning raqobat afzalligi, kuchli yoki kuchsiz tomonlarga ega bo‘lish nuqtai-nazaridan raqobatchilarga munosabati bo‘yicha firma holatini baholash;

  • firmaning maqsadlari, har bir aniq korxona uchun mo‘ljallangan (xos bo‘lgan) strategiyalarni tanlashning noyob hamda originalligi. Maqsadlarda firma nimaga intilishi, uning umumiy strategiyasi nimaga yo‘naltirilganligi aks etadi;

  • rahbariyatning manfaatlari va munosabati. Rahbarlar tavakalchilikka moyil bo‘lishi yoki aksincha istalgan bahonalar bilan undan qochishga intilishi mumkin;

  • moliyaviy resurslar;

  • xodimlarning malakasi;

  • korxona majburiyatlari.

Yangi strategiyaga o‘tish munosabati bilan barcha avvalgi majburiyatlardan to‘liq voz kechish mumkin emas. Shuning uchun ularni tanlashda shunday faktni hisobga olish kerakki, yangi strategiyani amalga oshirish imkoniyatlarini tuzatish uchun mos keladigan avvalgi majburiyatlar bir qancha muddat amal qilishi mumkin.

Vaqt omili. Rejalashtiriladigan o‘zgarishlar har doim vaqt to‘sig‘iga ega. Korxona tanlagan strategiyani istalgan vaqtda va istalgan muddatda amalga oshira olmaydi, faqatgina buning uchun imkoniyatlar tug‘ilsagina amalga oshira olishi mumkin.



19.5. Marketing dasturini ishlab chiqish
Strategiya o‘z ichiga korxona faoliyatini global yo‘nalishlarini qamrab oladi, hamda marketing dasturini rejalashtirish orqali aniqlashtirishni talab etadi. Mazkur bosqichda so‘z marketing elementlari shakli, ularni tanlash va uning ahamiyati to‘g‘risida, qo‘yilgan maqsadlar kompleksi nuqtai-nazaridan yanada optimal variantga birlashtirish, hamda marketing byudjeti doirasida moliyaviy mablag‘larni taqsimlash to‘g‘risida boradi. Bu muammolarni yechish ham nazariy jihatdan ham amaliyotda qo‘llash murakkab vazifadir.

Firmalar turli marketing dasturlarini ishlab chiqishlari mumkin. Ular manziliga bog‘liq ravishda oliy rahbariyat yoki qo‘yi bo‘g‘inlar uchun bo‘lishi mumkin. Qoidaga ko‘ra, rahbariyat uchun dasturlar qisqa va ravshan bo‘lib, navbatdagi ishlarning faqatgina yanada muhim yo‘nalishlarini ajratib ko‘rsatadi.

Qo‘yi bo‘g‘inlar uchun dasturlar detallashtirilgan, batafsil bo‘lib, o‘z ichiga marketing tadbirlarini konkret tizimlarini oladi.

Muddatlari bo‘yicha marketing dasturlari qisqa muddatli (bir, ikki yil), o‘rta muddatli (2-5 yil) va uzoq muddatli bo‘lishi mumkin.

Qamrab oladigan vazifalarining doirasiga bog‘liq ravishda dasturlar oddiy va maqsadli bo‘lishi mumkin. Odatda korxona marketing faoliyatlarining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha masalalarni yechishni ko‘zda tutadi. Maqsadli dasturlar esa alohida ajratib olingan o‘ziga xos muhim vazifani amalga oshirishga yo‘naltirilgan (masalan, bozorni yangi segmentini o‘zlashtirishga qaratilgan). Marketing amaliyotida marketing byudjetini shakllantirishni turli metodlaridan foydalaniladi. Biroq, ulardan birontasi ham universal va takomillashgan bo‘la olmaydi.
Tayanch iboralar: Strategik marketing, muqobil strategiya, SWOT – tahlili, vaziyat tahlili, «Mahsulot bozor» matritsasi, diversifikatsiyalash strategiyasi, Boston konsalting guruhi, hujumga o‘tish strategiyasi, chekinish strategiyasi, dasturlarni ishlab chiqish.
Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar:


  1. Marketing strategiyasi rejasining bosqichlari nimalardan iborat?

  2. Vaziyat tahlili va korxona maqsadini rejalashtirish qanday amalga oshiriladi?

  3. Muqobil strategiyalarni tanlab olish qanday amalga oshiriladi?

  4. Strategiyalarni baholash va nazorat qilish qanday amalga oshiriladi?

  5. Marketing dasturini ishlab chiqish tartibi nimalardan iborat?

  6. «Mahsulot bozor» matritsasi nimani ifodalaydi?

  7. Boston konsalting guruhi (BKG) matritsasi turizm sohasida nimani aniqlaydi?


20. TURIZMGA OID RASMIYATCHILIK VA HUJJATLAR
Reja:

    1. Turizmga oid rasmiyatchilik tushunchasi va uning mazmuni.

    2. Bojxonaga oid turizm rasmiyatchiliklari.

    3. O‘zbekistondagi bojxona qoidalari.

    4. Turizmga oid hujjatlar.

    5. Turist uchun tibbiy rasmiyatchiliklar tartibi.




    1. Turizmga oid rasmiyatchilik tushunchasi va uning mazmuni.

«Forma» lotin tilidan tarjima qilinganda o‘rnatilgan tartib ma’nosini beradi. «Formalniy» o‘rnatilgan namuna bo‘yicha bajarilgan demakdir. «Formalnosti» - «Rasmiyatchilik» - biror bir muhim va ma’suliyatli ishni bajarishda talab qilinadigan, qonunchilik tomonidan o‘rnatilgan shartlar yoki harakatlardir.

Xorijiy mamlakatga birinchi marta turist sifatida tashrif buyurmoqchi bo‘lgan shaxslar odatda faqat chegaraga oid va bojxona rasmiyatchiliklari mavjud deb o‘ylashadi. Biroq, turist o‘z davlatiga olib kirishi mumkin bo‘lgan bir talay hayot uchun o‘ta xavfli kasalliklar mavjud, tropik mamlakatlarga kirishni tartibga solib turadigan sanitar – epidemiologik qoidalar ham juda muhim ekanligiga e’tirozlar bo‘lmasa kerak. Tibbiy sanitar qoidalarini bilish va ularga qat’iy amal qilish turistni sayohat chog‘idagi ko‘plab ko‘ngilsizliklardan saqlaydi.

Chegaradan hayvonot va o‘simliklar namunalarini o‘tkazishning qat’iy belgilangan tartibi ham; xorijga safar chog‘ida sug‘urta qilish masalasi ham turist uchun muhim ahamiyatga egadir.

Bundan tashqari, bir qator boshqa, qonunchilik tomonidan davlat manfaatlari va jamoat xavfsizligi hamda sayohat qilayotgan shaxslar va atrof-muhit muhofazasi nazarda tutilgan xalqaro turizmning keng ommaga deyarli noma’lum shartlari va qoidalari ham mavjud.

Yana shuni unutmaslik lozimki, xalqaro turizm faoliyatini umumqabul qilingan jahon amaliyotiga muvofiq yo‘lga qo‘yish zarur, bunga quyidagilar misol bo‘ladi: xalqaro turizm faoliyatini litsenziyalash, turizmni uning tarkibidagi xizmatlar xavfsizligiga oid sertifikatlash, ekologik muhofazalanmagan alohida hududlarga tashrifni cheklash, mamlakatga xorijiy fuqarolar kirib kelishi va istiqomat qilishning tartibi.

Shunday qilib, turizm rasmiyatchiliklari – bu turist, turistlik firmasi (keyinchalik turfirma) va boshqa davlatga tashkil qilinayotgan sayohatni tayyorlash va o‘tkazishga aloqador boshqa barcha tashkilotlar amal qilishi lozim bo‘lgan, u yoki bu davlat yoxud bir guruh davlatlar qonunchiligini bir vaqtning o‘zida qabul qilgan qat’iy shartlardan iborat.

Turizm rasmiyatchiligiga amal qilish – go‘yo bu ish ahamiyatli bo‘lmagan yoki ma’nosiz, qandaydir ortiqcha va kerakmas rasmiy qoloq marosimlarni bajarish deb o‘ylash haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas. Shuningdek bu yerda, o‘rnatilgan tartibga uning ichki mohiyati emas, faqat tashqi tomoniga e’tibor berib, ko‘r-ko‘rona amal qilishni anglatadigan «quruq rasmiyatchilik - formalizm» atamasini eslash ham noo‘rin. Ba’zi turizm rasmiyatchiliklari bevosita turistga tegishlidir, masalan, xorijiy pasport olish zarur, chegaradagi nazorat va bojxona tekshiruvidan o‘tish tartibiga amal qilish, bir qator tropik mamlakatlarga safar qilishda «sariq bezgak»ga qarshi emlash va hokazolar.

Boshqa rasmiyatchiliklar turfirmaga tegishli – bu xalqaro turizm sohasida faoliyat ko‘rsatish uchun o‘rnatilgan tartibda bajarilishi talab qilinadigan barcha shartlar. Masalan, turizm faoliyatiga litsenziya olish va tashkil qilinayotgan sayohatga muvofiqlik sertifikati olishdir. Turfirma va turist o‘rtasida tuzilgan shartnoma shartlari bo‘yicha talablarga rioya qilish. «Tur-1» safar qog‘ozi va unga ilovalarni (marshurut yo‘nalishdagi xizmatlar dastutri, xizmatlarga vaucherlar, xavf xatar holatlari va sayohat davomida tavsiya qilingan yurish – turish qoidalari haqida ma’lumotnoma) hamda boshqa ko‘p narsalarni to‘g‘ri rasmiylashtirish.

Aytilganlardan kelib chiqib, turizmga oid rasmiyatchiliklar – sayohatni tashkillashtirish, rasmiylashtirish va amalga oshirish jarayonida qonunchilik va mamlakatda o‘rnatilgan tartib bo‘yicha rioya qilish majburiy bo‘lgan qoidalar, shartlar va harakatlar demakdir.

Turizm rasmiyatchiliklarining muhimligini tasdiqlash va ularni tartibga solish hamda osonlashtirish uchun bir qator eng muhim xalqaro hujjatlardan ko‘chirmalar keltiramiz.



  • Yevropadagi hamkorlik va xavfsizlik bo‘yicha kengashning yakunlovchi dalolatnomasi (Xelsinki, 1975 y.): «Kengashning ishtirokchi davlatlari xorijiy davlatlarga sayohat uchun talab etiladigan rasmiyatchiliklar bilan bog‘liq masalalarni ijobiy ruhda qarab chiqish orqali turizm rivojini rag‘batlantirish maqsadida ekanliklarini bildiradilar»;

  • Jahon turizmi bo‘yicha Manila deklaratsiyasi (Manila, 1980 y.): «Butun jahon turistlik tashkiloti o‘zining rivojlanish dasturiga jahonda turizm rasmiyatchiliklari ahvolini o‘rganish, mazkur sohadagi joriy amaliyot va mavjud me’yorlarni tadqiq etish, sayohatlarni yo‘lga qo‘yish va osonlashtirish uchun umumiy tavsiyanomalar ishlab chiqish masalalarini kiritgan»;

  • Turizm bo‘yicha Gaaga deklaratsiyasi (Niderlandlar. 1989 y.): «Sayohatlar tez o‘sishi bilan bir vaqtda turizm rasmiyatchiliklarining tushunchasi aniqlanmoqda va kengaymoqda. Ulardan biri bevosita turistlarga, boshqalari esa turizm biznesiga oid. Turizm rasmiyatchiliklarining osonlashuvi o‘zining dastlabki tor chegaraviy rasmiyatchilik va bojxona tekshiruvlari ramkasidan chetga chiqa oldi. Bugungi kunda gap turizmni rag‘batlantirish va ijobiy qo‘llab-quvvatlash haqida borishi lozim, xususan har bir shaxsga ichki va xalqaro turizmda ishtirok etishga sharoit yaratish, yoshlar, keksalar va nogironlar orasida turizmga alohida e’tibor ajratishga harakat qilish shart»;

  • Barqaror rivojlanish bo‘yicha BMT komissiyasi o‘zining 1999 yil apreldagi N’yu-York sessiyasida Butunjahon turizm tashkiloti (BTT) tashabbusiga ko‘ra, global turizm etik kodeksini ma’qulladi va BTTga xususiy sektorlar, nohukumat va mehnat tashkilotlaridan tushgan takliflar bilan to‘ldirishni taklif etishdi.

BTT mutaxassislarining xulosasiga ko‘ra, turizm Global etik kodeksi joriy hujjat bo‘lib, jumladan turizm rasmitchiliklarini tartibga solishda ham dasturilamal bo‘lmog‘i lozim. Xususan uning 8-moddasida «Turizm sayohatlari erkinligi»da davlatlar tomonidan kiritilgan yoki xalqaro kelishuvlardan kelib chiqadigan, masalan vizalar, sanitar va bojxona rasmiyatchiligini imkon qadar shunday moslashtirish lozimki, erkin turizm va xalqaro turizmga yo‘l ochish zarur.

Ushbu rasmiyatchiliklarni osonlashtirishga qaratilgan mamlakatlararo bitimlarni rag‘batlantirish lozim; turizm iga og‘ir tushadigan va uning raqobat bardoshligiga zarar yetkazadigan maxsus soliq va to‘lovlarni bekor qilish yoki qayta ko‘rib chiqish kabi choralar kursatilgan.

Xalqaro turizm rivoji dolzarb mavzuga aylanib bormoqda. BTTning ma’lumotiga ko‘ra, 2010 yilda xorijiy turistlar soni ikki baravar ko‘payadi va bir mamlakatdan ikkinchisiga 1mlrdan ortiqroq kishi sayohat qiladi. Bunday sharoitda chegaradan o‘tish va turistlar tomonidan chegaraviy va boshqa turizm rasmiyatchiliklariga amal qilish bilan bog‘liq muammo va tadbirlar yuzaga kelishi tabiiy. Mazkur sharoitda turizmga alohida olingan davlat yoki unga qo‘shni mamlakat doirasida emas, balki umumjahon jamoatchiligi miqyosida tartibga solish muammosi yuzaga keladi. Turizm sohasida hukumatlararo yetakchi tashkilot sifatida bu ishning katta qismini BTT haqiqiy a’zolari bo‘lgan 150 ta davlat, assotsiatsiyali a’zolar – hudud, shuningdek 400 dan ortiq qo‘shiladigan a’zolar (BTT Ish kengashi a’zolari) ning manfaatlarini ifodalaydi.

BTT ning asosiy maqsadi – xalqaro tinchlik va o‘zaro tushinish, jahon savdosi va davlatlararo xo‘jalik aloqalarining asosiy ta’minlovchi faktori sifatida turizm rivojini rag‘batlantirish.

BTT faoliyatining muhim yo‘nalishlari quyidagilardir: «turizm almashinuvi va rasmiyatchiliklarning soddalashtiruvi; turizm nazorati tartibining qonuniy aniqlashtirish va muvofiqlashtirish, jumladan favqulodda holatlar yuz bersa (epidemiyalar, tabiiy ofatlar va hokozolar). Sayyohlikda ishtirok etayotgan tomonlar o‘zaro hamkorligida ratsional munosabatlar o‘rnatishda hukumat siyosatini ishlab chiqishda yordam ko‘rsatish».

BTT faoliyatining asosiy yo‘nalishlari:

- Turizmni rivojlantirish maqsadida hamkorlik. Turizmga oid ko‘plab masalalar bo‘yicha hukumatlarga yordam va tavsiyanomalar, jumladan general rejalar va texnik-iqtisodiy asoslash, texnologiyalar investitsiyasi siyosatini o‘tkazishdagi ehtiyojlarni aniqlash, shuningdek, turizm marketingi va taraqqiyotini belgilash.

- Insoniy zaxiralar taraqqiyoti. Turizm sohasida maorif tizimi va malakaviy tayyorgarlikni amalga oshiradigan, «o‘qituvchilarni o‘qitish» kurslari, qisqa muddatli va sirtqi kurslar, shuningdek BTTning kengayuvchi ta’lim markazlari va malakaviy tayyorgarlik bazalari.

- Atrof muhit. BTT turizmning barqaror rivoji va ekologik muammolarni hal etish bo‘yicha choralarni qo‘llab-quvvatlaydi.

- Turizm rivojining sifati. BTT turizm yo‘lidagi to‘siqlarni yo‘qotish ustida ish olib bormoqda va turizm xizmatlari savdosining liberalizatsiyasini rag‘batlantiradi va xatto turistlar salomatligi va xavfsizligi bo‘yicha choralar qabul qiladi.

- Statistika, turizm bozorining tadqiqi va iqtisodiy tahlili. BTT 180dan ortiq davlat va hududlar bo‘yicha turizm haqida ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va tarqatish markazi hisoblanadi. BTT jahonda turizmning rivojlanishini tahlil qiladi va doimiy nazoratda ushlaydi. BTT a’zolari va turizm i vakillari uchun bir turkum maqolalar chop etiladi;

- Aloqa va hujjatlashtirish. BTTning matbuot va aloqalar bo‘yicha bo‘limi nashriyot bo‘linmasi sifatida faoliyat ko‘rsatadi. BTT hujjatlashtirish markazida turizmning mazkur sohalari bo‘yicha ma’lum miqdorda manbalar jamlangan.


    1. . Bojxonaga oid turizm rasmiyatchiligi.

Xalqoro turizm rivojiga turli davlatlar bojxona tizimlari sezilarli ta’sir qiladi. Bojxona qonunchiligi xalqaro turizm faoliyati rivojini qo‘llab-quvvatlashi ham, turli turizmga oid rasmiyatchiliklarni murakkab-lashtirish yo‘li bilan tusqinlik qilishi ham mumkin.

Turizm rasmiyatchiliklari deganda – mamlakatning davlat organlari kirish va isteqomat qilishga oid o‘rnatgan qoida va talablar, ma’lum shartlarga davlat chegarasidan o‘tayotgan shaxslar, turistlar rioya qiladigan jarayon tushuniladi.

Turizm bo‘yicha Gaaga deklaratsiyasi 1989 yil davlatlar va turistlik pasportlari, vizalar, tibbiy va valyuta nazorati, sayohat, safar va isteqomat qilish bilan bog‘liq turizm rasmiyatchiliklari va bojxona tartiblarini osonlashtirish bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rish lozimligini belgiladi . Turizm rasmiyatchiliklari sayohat qilishdagi murakkabliklarni yo‘qotish, turistlar tomonidan boshqa mamlakat va mintaqalarga tashrifni yengillashtirishga qaratilgan bo‘lishi lozim.



Turizm rasmiyatchiliklari bir necha katta bo‘limlarga bo‘linadi, jumladan:

    • chet el pasportlari;

    • vizalar;

    • bojxona qoidalari;

    • valyuta nazorati va valyuta almashtirish tartibi;

    • sanitar qoidalar;

    • kirish-chiqish tartibi;

    • xorijiy turistlarning mamlakatda yashashi va harakatlanishining o‘ziga xosligi;

    • immigratsiya qoidalari;

    • ba’zi boshqa tartiblar.

Xalqaro turizmda politsiya va sanitar rasmiyatchiliklarni farqlash mavjud. Bu o‘rinda politsiya rasmiyatchiliklari deganda davlat chegarasidan o‘tayotgan shaxslarning o‘rnatilgan pasport-viza tartibiga amal qilishi bilan bog‘liq tadbirlar tushuniladi. Nazoratning bu turini amalga oshirish aeroportlar, temir va shosse yo‘llarida, dengiz va daryo bekatlaridagi maxsus xizmatlar zimmasiga yuklatilgan (O‘zbekistonda O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligiga).

Sanitar (tibbiy) rasmitchiliklar deb, davlat chegarasidan o‘tayotgan shaxslar va ularning jonivorlari (agar bo‘lsa) o‘rnatilgan emlash talabiga rioya qilishning nazoratiga aytiladi. Rasmitchiliklarga rioya qilishning nazorati mamlakatga kirish va chiqish uchun foydalaniladigan chegaraviy punktlarda maxsus sanitar xizmatlar tomonidan amalga oshiriladi va odatda turistlarda emlash haqidagi xalqaro sertifikat mavjudligini tekshirishdan iborat bo‘ladi. Zarur holatlarda sanitar rasmiyatchiliklar tomonidan turistlarni va sayohatchilarni joyida emlash va xavf tug‘ilsa ularni vaqtincha izolyatsiya qilish ham ko‘zda tutilgan. Turistlar va sayohatchilar olib o‘tadigan hayvonlar uchun muvofiq veterinar sertifikatlar talab qilinadi.

Bojxona milliy qonunchilikka muvofiq holda davlat chegarasi orqali o‘tayotgan yuk, yo‘lovchilar, pochta jo‘natmalari, pul va qimmatbaho buyumlarni nazorat qiladigan, o‘rnatilgan bojxona bojlari va boshqa to‘lovlarni olish, shuningdek qonunchilik tomonidan belgilangan tartibga javob bermaydigan yuklarni to‘xtatishni amalga oshiruvchi davlat organidir.

Bojxona rasmiyatchiliklari davlat chegarasidan o‘tayotgan shaxslarning buyumlar, tovar va valyutani olib kirish va olib chiqish qoidalariga rioya qilishni tekshirish tadbirlaridan iborat bo‘ladi. Bojxona rasmiyatchilik-larining amaliyoti mamlakatga kirish va chiqish uchun foydalaniladigan chegara punktlaridagi bojxona xizmati zimmasiga yuklatilgan (Aeroportlar, temiryo‘l, dengiz va daryo bekatlari, avtoyo‘llardagi chegaradan o‘tiladigan joylarda).

Turistlar va sayohatchilar uchun bojxona rasmiyatchiliklari odatda olib o‘tishga ro‘xsat berilgan narsalar, tovarlar va pul (valyuta) ning ro‘yxati va miqdorini yozma yoki og‘zaki deklaratsiya qilishdan iboratdir. Bunda T-6 shaklidagi bojxona deklaratsiyasi to‘ldiriladi.

Butunjahon turizm tashkilotining valyuta operatsiyalari xususidagi tavsiyalari quyidagilar:



    1. Valyutaning miqdori bojxona deklaratsiyasiga kiritilgan taqdirda uni olib kirishga ruxsat berish.

    2. Chegaradan o‘tishda molyaviy qiyinchiliklar va noqulayliklarga barham berish uchun tashrifchilar va turistlarga to‘liq ma’lumotni taqdim etish.

    3. Chiqishda turistlarga valyutani qayta almashtirish imkoniyatini yaratish.

    4. Olib kiriladigan valyutani milliy pulga almashtirish turist istagiga binoan amalga oshiriladi.

    5. Nazorat punktida valyuta almashtirishni tartibga soluvchi qoidalar va almashtirishning joriy kursi osib qo‘yilishi lozim.

    6. O‘z davlatidan chiqishda mamlakatdan qaytib ketishga yetadigan miqdorda pulga ega bo‘lishga ruxsat berish.

Pasport va vizaga oid rasmiyatchiliklar quyidagilardan iborat:

Pasport fuqaro shaxsini tasdiqlovchi rasmiy hujjatdir. Unda jinsi, yoshi, tug‘ilgan va yashaydigan joyi, fuqaroligi haqidagi ma’lumotlar beriladi. Xorijiy pasportdan tashqari alohida vaziyatlarda diplomatik, xizmat, konsullik pasportlaridan foydalanish mumkin;



  • Xorijlik pasporti (shaxsini tasdiqlash) yoki mamlakatda doimiy istiqomat qilayotgan xorijiy fuqaroga beriladigan fuqaroligi yo‘q shaxslar hujjati;

  • Er va xotinga (farzandli yoki farzandsiz) beriladigan oilaviy pasportlar;

  • Bola pasporti, dengizchi pasporti va boshqalar;

  • 1995 yil 26 martdan yettita Yevropa davlatida Shengen bitimi kuchga kirdi va unga muvofiq Belgiya, Niderland, Lyuksemburg, Germaniya, Fransiya, Ispaniya va Portugaliya ichki chegaralarida chegara tekshiruvi osonlashdi. Keyinchalik Shengen bitimiga Yunoniston ham qo‘shildi. Ikki xil vizalar joriy etildi:

  • Yagona Shengen vizasi, uch oygacha muddatga beriladi va Shengen bitimini tuzgan mamlakatlar hududida erkin harakatlanish huquqini beradi:

  • Uch oydan ortiq muddatda beriladigan milliy kirish vizasi, uni berish Shengen bitimiga kirgan davlatning alohida huquqidir. Yevropa ittifoqiga kirmagan davlatlar, jumladan Rossiyalik turistlar uchun kirishning vizali tartibi saqlangan. Kirishning imtiyozli tartibi Vengriya, Polsha, Chexiya, Slovakiya, Latviya va Estoniya fuqaroligiga tegishli.

O‘z mijozlari uchun viza rasmiylashtirishda turfirmalar shartli uch guruhga bo‘linadigan talay muammolarga duch kelishadi.

  • Birinchisi – xorijiy elchixonalar va ularning xodimlari ishini tashkillashtirish bilan bog‘liq.

  • Ikkinchisi – elchixonalar uchun me’yoriy bo‘lgan, tegishli mamlakatlar Ichki va Tashqi ishlar Vazirliklari belgilaydigan vizalarni rasmiylashtirish tartibi bilan bog‘liq:

  • zaruriy hujjatlar ro‘yxati,

  • ularni qabul qilish va ko‘rib chiqish tartibi,

  • vizalarni rasmiylashtirish muddatlari,

  • turfirmalarni akkreditatsiya qilish tartibi,

  • beriladigan vizalar turlari va hokozolar.

    • Muammolarning uchinchi guruhi – O‘zbekiston tomonidan kirish vizalarini olish bilan bog‘liq masalalarni davlat tomonidan yo‘lga qo‘yilishi, ma’lum cheklashlar it, mushuk kabi mayda uy jonivorlarini olib kirish va olib chiqish uchun mavjud. Bu ayniqsa elita uy hayvonlariga taalluqli. Qoida bo‘yicha, uy hayvonlarini olib kirish-olib chiqish emlanganini tasdiqlaydigan veterinar sertifikati va qutirishga qarshi emlanganlik haqida ma’lumotnoma ko‘rinishdagi hujjatlar talab qilinadi.


Yüklə 3,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə