O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Tabiiy turistlik resurslar



Yüklə 3,8 Mb.
səhifə9/24
tarix19.07.2018
ölçüsü3,8 Mb.
#57031
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24

7.2. Tabiiy turistlik resurslar
Tabiiy turistlik resurslarni asosiy ahamiyati shundan iboratki, insonlarning jismoniy va ruhiy qobiliyatlarini tiklashda foydalanish vositalari bo‘lib xizmat qiladi. Turistlar asosiy ehtiyojlarini tabiatdan qondiradilar. Turistlik faoliyatni tashkillashtirishda landshaftlar, iqlim, suv ob’ektlari, dengizlar, mineral suv va davolovchi botqoqlar asosiy resurs vazifasini bajaradi. Bu resurslar o‘zi yoki inson tomonidan qayta tiklanishi mumkin. Bu resurslarni geografik, biologik, geologik va boshqa jihatlarga ko‘ra baholash mumkin. Dam olishni tashkil etish uchun tabiiy turistlik resurslarni tahlil etishni talab qiladi. Tabiiy resurslar sifatida alohida tabiat komponentlari yoki bir butun tabiat kompelkslarini olish mumkin. Barcha tabiiy resurslarni rekreatsiya yoki turistlik potensial nuqtai nazardan qarash lozim. Ammo tabiiy resurslardan foydalanish darajasi mintaqa ixtisoslashuviga ko‘ra har xil bo‘lishi mumkin.

Tabiiy turistlik resurslarning tasnifi mavjud bo‘lib, u ikki yoqlama xususiyatga ega, bir tomondan tabiiy kelib chiqishi bilan bog‘liq, ikkinchi tomondan turizm uchun iqtisodiy ahamiyati tomonidan aks etishidir. Tabiiy resurslar qo‘yidagicha guruhlanadi:


Kelib chiqishiga ko‘ra:

  • tabiiy (geologik, iqlimiy, gidrologik, termal suvlar);

  • biologik – tirik tabiat (tuproq resurslari, flora, fauna);

  • energoinformatsiyali, tabiatdan o‘ziga xos maydon va landshaft sifatida foydalanish bo‘lib, bu resurslar madaniy, ziyoratli kabi turizm turlarini rivojlantirishga asos bo‘lib xizmat qiladi.


Rekreatsiya sifatida foydalanish turiga ko‘ra:

  • mineral suvlar;

  • botqoqlar;

  • tuzlar;

  • o‘rmonlar.



Resurslarning davomiylik darajasiga ko‘ra:

  • tugaydigan tabiiy resurslar, ular o‘z navbatida yangilanib turadigan (chuchuk suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi) va yangilanmaydigan (minerallar) turlarga bo‘linadi.

  • tugamaydigan tabiiy resurslar, ularga quyosh energiyasi, shamol, dengiz to‘lqinlari, suvlari kiradi.

  1. O‘zi qayta tiklanishi va o‘sishi imkoniyatiga ko‘ra:

  • qayta tiklanadigan resurslar, bunga o‘rmonlarni misol keltirish mumkin, o‘rtacha 10 yilda qayta tiklanadi.

  • qayta tiklanmaydigan resurslar.

Tabiiy turistlik resurslar orasida asosiy o‘rinni rekreatsiya resurslari egallaydi, ular mamlakat aholisini, hamda turistlarni dam olishi va davolanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Undan tashqari tabiiy resurslardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanish natijasida bir qancha muammolar ham kelib chiqmoqda. Bunda tabiatdan noto‘g‘ri foydlanish, ko‘plab qurilishlarni amalga oshirish tufayli bo‘lmoqda. Natijada ekosistemalar muvozanati buzilib, ekologik muammolarni kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda.


7.3. Madaniy – tarixiy resurslar
Ma’lum hududda turizmni rivojlantirishda u joyning tarixiy – madaniy resurslari saloxiyati asosiy o‘rinni egallaydi. Turistlik xizmatda madaniy – tarixiy resurslardan ko‘p maqsadlarda foydalanish mumkin. Madaniy majmualarning jozibadorligi ularning tarixiy va ta’sviriy bahosiga, foydalanish qo‘layliliga bog‘liq.

Mavjud resurslardan turizm faoliyatida intensiv foydalanish, ya’ni antropogen yukning oshib borishi natijasida tabiiy turistlik resurslarning ifloslanishiga, tarixiy obidalarning tez buzilishiga olib keladi.

Turizmga oid Gaaga deklaratsiyasida qo‘yidagi takliflar bildirilgan:


  • turistlarni mamlakat ichkarisida yoki chet elda borgan joylarida madaniy meros va atrof – muhitni saqlashga, ularga nisbatan hurmatda bo‘lishga o‘rgatish, hamda targ‘ib qilish;

  • joylarda turistlarni qabul qilish darajasini aniqlash, me’yordan ortishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim deb ta’kidlanadi.

Madaniy – tarixiy resurslarga moddiy va madaniy turli yodgorliklar majmuasi, ma’lum mintaqaning turistlik qiziqish ob’ektlari hisoblanadi.

Mintaqalarning arxitektura yodgorliklariga boyligi turizmni rivojlanishiga turtki bo‘ladi. Ammo oxirgi paytlarda turistlik oqimning oshishi ayrim muammolarni ham keltirib chiqarmoqda.

Madaniy – tarixiy resurslardan turizm maqsadida saqlashni quyidagicha amalga oshirish taklif qilinadi:


  • mavjud tarixiy joylar, binolar va yodgorliklarni turistlik qiziqish ob’ektlari sifatida qayta tiklash;

  • tabiiy resurslarni muhofaza qilishni faollashtirish;

  • turistlik ehtiyojni qondirish maqsadida atrof – muhitni saqlash va yaxshilashda boshqaruv organlari ma’suliyatini oshirish.

Turistlik resurslar ichida jahon ahamiyatidagi madaniy ob’ekt va yodgorliklar asosiy o‘rinda turadi. «Madaniy meros» deyilganda qo‘yidagilar tushiniladi:

    • yodgorliklar: arxitektura binolari, arxeologik ahamiyatidagi joylar, ilmiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega g‘orlar, tarixiy yozuvlar;

    • ansambllar: ilmiy, madaniy yoki tarixiy ahamiyatga ega o‘zaro bog‘langan binolar guruhi. Masalan, Registon ansambli;

    • mehmondo‘stlik joylari: inson yoki tabiat tomonidan yaratilgan estetik, etnografik, tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan, o‘ziga jalb qiluvchi o‘ziga xos joylar.

Butunjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritiladigan ob’ektlarning qo‘yidagi xususiyatlari hisobga olinadi:

  • inson ijodining noyob namunalari;

  • ajoyib madaniy, arxitektura ob’ektlari, hamda madaniy landshaftlari-ning alohida ahamiyatga ega hududlari;

  • zamonaviy sivilizatsiyaning noyob namunalari, qurilishlari;

  • inson tarixi bilan bog‘liq binolar yoki arxitektura ansambllari, landshaftlari.

Tabiatning noyob ko‘rinishlarini butunjahon ro‘yxatiga kiritiladigan xususiyatlari qo‘yidagilardan iborat:

  • er qatlamining shakllanishida geologik-geomorfologik jarayonlar asosida shakllangan yodgorliklar;

  • turli-tuman o‘ziga hos ekosistemalar, landshaftlar;

  • ma’lum mintaqaning o‘ziga xos o‘simlik va hayvonlari;

  • kamyob biologik turlari.

Turistlik hudud yoki akvatoriya – turistlik faoliyatda foydalanadigan noyob turistlik resurslar joylashgan hududdir.
7.4. Ijtimoiy – iqtisodiy resurslar
Turizm –iqtisodiyotning ko‘plab tarmoqlarini o‘z ichiga olgan, qurilishdan boshlab, transport xizmatigacha bo‘lgan faoliyatning ixtisoslashgan turi hisoblanadi. Undan tashqari turizm iqtisodiyotning ko‘plab tarmoqlari, qishloq xo‘jaligi korxonalari, transport vositalari, ishlab chiqaruvchi zavodlar, mebel ishlab chiqaruvchi korxona va boshqalar bilan o‘zaro aloqada rivojlanadi.

Mehnat resurslari. Turistlik mahsulot ishlab chiqarish jarayonida insonlarning jismoniy va aqliy mehnati ishlatiladi. Bunda insonlarni sog‘ligi va jismoniy kuchi, ma’lumoti hamda malakasi darajasi asosiy o‘rinni egallaydi. Mehnat resurslarining miqdori, malakasi iqtisodiy omil sifatida kata ahamiyatga ega.

Hozirgi kunda jahonda tashkil etilgan har 7 ishchi o‘rindan biri turistlik biznesga to‘g‘ri keladi. Yaqin o‘n yil ichida Yevropa mamlakatlarida va boshqa qator mamlakatlarda ham turizm sohasi yangi ishchi joylarni tashkil qilishning yirik manbai bo‘lib qolmoqda.

Turizm jahon xo‘jaligi mehnat resurslarining ko‘p talab qiluvchi tarmoqlaridan hisoblanadi. Turizm sohasidagi band ishchi kuchining o‘ziga xos xususiyati shundaki, 80% mehnat resurslari malakasiz hisoblanadi. Ularning yarmidan ortig‘i ayollarni tashkil qiladi. Undan tashqari turizm industriyasida yoshlar va chet el ishchi kuchidan keng foydalaniladi. Misol uchun Yevropa ittifoqi mamlakatlarida har bir uchinchi 16 yoshdan 21 yoshgacha bo‘lgan o‘smir turizmning xizmat ko‘rsatish sohasida ishlaydi.

Butunjahon mehnat tashkiloti turizmda bandlikni uchta asosiy shakllarga bo‘ladi:



  1. Mavsumiy ish, bunda asosan sayyohlik mavsumida turistlar soni bir necha barobarga oshib ketadi, shunda qo‘shimcha ishchi kuchiga talab oshadi.

  2. To‘liqsiz ish kuni, bu asosan rivojlangan mamlakatlarning mehmonxona va restoran xo‘jaligidagi band ishchi kuchlari kiradi.

  3. Turli mamlakatlarda tuliqsiz ish kuni bilan ishlayotganlar butun mehmonxona biznesida band ishchi kuchlarining 12 dan 52% gacha tashkil etadi.

  4. Vaqtinchalik ish bilan bandlik (dam olish kunlari, ko‘rgazmalar tashkil etish)

Asosiy vosita resurslari ishlab chiqarishning birinchi omili hisob-lanib, unga turli inshootlar, jihozlar kiradi, ulardan mehnat faoliyati orqali foydalaniladi.

Asosiy vosita elementlari tasnifi mutaxasislar tomonidan quyidagicha belgilangan:



  • asosiy binolar: otellar, bar, restoran, klub va b.

  • yordamchi binolar: garaj, isitish sistemasi va b.

  • inshoot va qo‘rilmalar: yo‘llar, turistlik poyezdlar, sport maydonlari va b.

  • o‘tkazgich qo‘rilmalari: elektroo‘tkazgichlar, quvurlar va b.

  • mashina va jihozlar: transfarmator, kompyuter va b.

  • transport vositalari: yengil avtomobil, avtobus va b.

Turizm salmog‘ining yuqoriligi iqtisodiy tomondan daromatning oshishiga, yangi ish o‘rinlarini yaratilishiga hamda kichik biznesni rivojlanishiga turtki bo‘ladi.

Turistlik mamlakatlarda 50 foizdan ortiq mehnatga yaroqli aholi turizm sohasi bilan to‘g‘ridan – to‘g‘ri yoki bilvosita bog‘langan. Agarda ularda turistlar kelishi qaysidir sababga ko‘ra kamaysa, ishsizlar soni ortib boradi.

Turizm sohasida miqdor jihatdan tahlil qilishdan tashqari, bandlikning sifat jihatdan tahlili ham mavjud. Ma’lumki turizmda asosan past malakali ishchilar, ya’ni xizmatchilar, yuk tashuvchilar, ofitsiantlar ishlashadi. Bular bilan birga yuqori malakali gid – tarjimon, bosh oshpaz, menejerlar ham ishlashadi. Albatta bu sohani ham yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash katta ahamiyatga ega. Turizmda band ishchilarning jinsiy tahlili ham ahamiyatga ega bo‘lib, mehmonxona xo‘jaligida ayol ishchilarning ulushi 50 foizdan ortiq.
7.5. Turistlik axborot resurslari
Sayohat vaqtida yoki unga tayyorgarlik ko‘rishda turistlar ehtiyojidan kelib chiqib, ularga beriladigan ma’lum hudud, ob’ekt to‘g‘risidagi ma’lumotlar majmuasi turistlik axborot resurslari hisoblanadi.

Mutaxassislar turistlik axborot resurslariga turistlik marshrutda joylashgan hamda tarixiy, ilmiy ahamiyatga ega ob’ektlar bo‘yicha ma’lumotlarni kiritishadi. Undan tashqari turizm ahamiyatiga ega shaharlar, qishloqlar, tabiat manzaralari ularga bog‘liq afsona va qissalar, har xil adabiyotlar, haritalar, tasviriy albomlar, rasmlar, audio-video mahsulotlar-ni ham kiritishadi. Ko‘pgina shaharlarda turistlik axborot beruvchi markazlar ishlab turibdi, ular iste’molchilarga barcha ma’lumotlarni yetkazib berishadi.

Umuman olganda, hozirgi kunda turistlar uchun ma’lumot asosiy o‘rinni egallaydi. Chunki turist borayotgan joyi haqida qancha ko‘p bilsa, sayohatini samarali o‘tkazadi. Albatta har qanday turist ma’lum vaqt oralig‘ida iloji boricha ko‘proq joylarga borishga harakat qiladi. Buning uchun u albatta ma’lumotlarga yetarli darajada ega bo‘lishi kerak.

Infrastrukturaviy resurs sifatida qo‘yidagi guruhlarni o‘z ichiga oladi: transport ta’minoti, joylashtirish tizimi, ovqatlantirish tizimi, suvener mahsulotlari ishlab chiqarish tizimi. Hozirgi kunda turizmni rivojlanishini turizm infrastrukturasini jadallashuvisiz ko‘rish mumkin emas. Chunki mavjud turistlik resurslardan samarali foydalanishda bu resurslarning o‘rni benihoya katta.

Axborot beruvchi resurslarga Internet tarmog‘i, adabiy va tasviriy nashrlar hamda xalq etnoslari, afsonalari ham kiradi. Axborot tashuvchilar moddiy ob’ektlar – inson va uning ijodlari, nomoddiy ob’ektlar – turli axborot manbalari hisoblanadi. Diniy turizmda moddiy ob’ektlar bo‘lib, monax va dindorlar, ekskursiya olib boruvchilar, hamda diniy markaz va shaharlarning sur’ati, haritasi, sxemalari hisoblanadi.

Shuni qayd qilish kerakki, turistlar nafaqatgina noyob ibodatxonalarni, piramidalarni, boshqa qo‘lda yasalgan yodgorliklarni, balki zamonaviylikka erishilgan yig‘ma avtomabil zavodlarining konveerlari, turistlar tomonidan qiziqish va ishtiyoq bilan qabul qilinadigan degustatsiya zallari (masalan, Janubiy Afrikadagi Keyptaunda mahalliy vino zavodlarida o‘zining vino tayyorlash texnologiyasi bilan tayyorlanadigan vinolar «Vinoli yo‘l» ekskursiyasi orqali taqdim etiladi) va kolbasa zavodlari, pivo pishirish sexlari, shaxtalar, gidrotexnik qurilmalar va xatto gospitallar ham turistlar tomonidan ijobiy ko‘tib olinmoqda.



7.6. Turistlik hududlar va turistlik akvatoriya
Turistlik hudud yoki akvatoriya – bu qimmatli bo‘lgan turistlik resurslar, turistlik mintaqa tarkibida ajratib ko‘rsatiladigan turistlik ehtiyojlar ob’ektini reestr va kadastrlarda hamda boshqa hujjatlarda qayd qilish bilan turizm maqsadlarida foydalanish bilan ma’lum geografik o‘rindagi kompleks turistlik resurslar ko‘rinishidan iborat.

Hudud – quruqlikda yoki yer ostida bo‘lishi mumkin. Quruqlikdagi, yer ustidagi hudud qo‘shimcha tushuntirishni talab etmaydi. Yer osti hududi mos ravishda shaxta va tog‘ ishlanmalarida g‘orshunos turizmini sevuvchilar uchun, masalan, turistlar Iogannasburg (JAR) dagi oltin konlari shaxtalari va olmos konlariga tashrif byuradilar. Ba’zi shaxtalar faqatgina ekskursiya maqsadlarida emas, balki yer ostida tabiat yaratgan o‘ta o‘ziga xos iqlimda davolanish maqsadalari ham uchun foydalaniladi. Bunga misol qilib, Alp tog‘idagi eski oltin qazib olinadigan shaxtadagi Bad Gastoyi joyini ko‘rsatish mumkin. (yuqori temperatura va yuqori namlikda radion ingalatsiyasi).

G‘orlarga tashrif – g‘orshunoslik turizm (rus tilida speleoturizm) va ekskursiyani eng keng tarqalgan turlaridan biri hisoblanib, faqatgina Gresiyada turistlar tashrif buyurishi mumkin bo‘lgan 3500 ga yaqin g‘orlar hamda undan ham ko‘proq tashrif buyurmaydigan g‘orlar mavjud. Ulkan g‘orlar Meksikada, AQSH da, Janubiy Afrikada va Rossiyada hamda boshqa davlatlarda va o‘zimizda ham mavjud. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi tog‘ tizmalari va hududlarida turli xildagi 400 dan ortiq g‘orlar mavjud.

Akvatoriya – muhim turistlik resurs hisoblanadi. Suv insonga oziqlanish vositasi sifatida zarur va shu sababli tanishuv yoki sarguzashtli ma’noda bu juda qiziq hisoblanadi. Dunyoda maska bilan unchalik chuqur bo‘lmagan chuqurlikda va akvalang bilan 70 m chuqurlikgacha tushuvchi suv osti turizmini ng 50 mln. ga yaqin ishqibozlari mavjud. Katta Barer rifi suvosti qoyalari Avstraliya milliy boyligi deb e’lon qilingan hamda jahon ahamiyatiga molik akvapark deb e’lon qilingan. Ikkinchi kichik Barer qoyasi Belida qirg‘oqlarida joylashgan hamda suvosti dunyosi ishqibozlari va suvosti sarguzashtlarini sevuvchilar uchun haqiqiy jannat bo‘lib hisoblanadi. Qizil dengiz suvostida suzuvchilar uchun cheklanmagan imkoniyatlarni tug‘diradi va kurortda dam oluvchilarni ko‘ngil yozishni ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi.

Qadimda taniqli va mashhur suvosti boyliklarini izlab topish, cho‘kib ketgan kemalarni qidirish turizmning muhim turini tashkil etadi. Gresiya, Kipr, Italiya, Turkiya kabi O‘rta Yer dengizining boshqa davlatlari o‘z suvosti xazinalaridan faol, oqilona foydalanadilar. Qadim zamonda shunday xazinalar to‘plangan suvosti rayonlar faoliyatini tartibga soluvchi ko‘pgina o‘ziga xos milliy qonuniy hujjatlar qabul qilingan. Milliy huquqiy harakatlar doirasida suvosti xazinalari va predmetlari yuqoriga ko‘tarib olish yoki joylashtirishga ruxsat berilmaydi, faqatgina ularni ko‘rib kuzatishga ijozat berilgan. Suvdagi hayvonot dunyosini va marjon suvosti qoyalarini kuzatish uchun turistlik suvosti qayiqlaridan hamda deyarli barcha dengiz bo‘yi turistlik markazlarida mavjud bo‘lgan suvning tubi musaffo tarzda ko‘rinib turadigan kemalardan foydalaniladi. Maxsus turistlik suvosti qayiqlari Bermud, Kanara orollarida, Qizil dengizda, Bolear orollarida va Ispaniyaning Kosta-Bravo kurortli qirg‘oqlarida mavjud. Cho‘kib ketgan kemalarni izlab topish – sarguzashtli turizmni ommabop turi hisoblanadi. Finlandiya ko‘rfazi va shved-russlar urushidan tortib, to ikkinchi jahon urishigacha bo‘lgan davr mobaynida turli asrlardagi 5000 tagacha suvosti ob’ektlari qayd qilingan. O‘ta o‘ziga xos qiziqish bilan Viborg yaqinidagi Krestoviy ko‘rfazi hisoblanadi u yerda uch yuz yil oldingi bir vaqtning o‘zida shu yerdagi jangda halok bo‘lgan jangchilar bilan 150 dan ortiq shved harbiy kemalari suv ostida topilgan.

Muhim turistlik resurslar bo‘lib antiqa-noyob madaniy qurilmalar, piramidalar, mavzoleylar, haykallar, ibodatxona me’moriy ansambllari va parklari, muzey kolleksiyalari hamda zamonaviy qurilmalar – osmono‘par binolar, tug‘onlar va boshqa gidrotexnik qurilmalar hamda boshqa ob’ektlar hisoblanadi. Qanchalik taajublanarli bo‘lmasin turizmni o‘ziga tortuvchi kuchi barcha asrlarda mavjud bo‘lgan hozirda qabristonlar ham, Misrda qurilgan minglab piramdalar ham turizm doirasida tasarruf qilinmoqda. Mavzoleylar ham turistlar tashrif buyuradigan ob’ektlar hisoblanib, ulardan ba’zilari o‘z me’moriy xususiyatlari va nixoyatda katta o‘lchamlariga ko‘ra dunyo mo‘jizalariga kiritilgan.


TURIZM RESURSLARINING TASNIFI


Tog‘lar, landshaftlar, cho‘llar, dengizlar, ko‘llar, daryolar, vohalar, o‘rmonlar, bog‘lar, hiyobonlar.

  1. Shakllanishiga ko‘ra:

  • tabiiy (geologik, iqlimiy, gidrologik, termal suvlar);

  • biologik – tirik tabiat (tuproq resurslari, flora, fauna);

  • energoinformatsiyali, tabiatdan o‘ziga xos maydon va landshaft sifatida foydalanish bo‘lib, bu resurslar madaniy, ziyoratli kabi turizm turlarini rivojlantirishga asos bo‘lib xizmat qiladi.

  1. Rekreatsiya sifatida foydalanish turiga ko‘ra:

    • mineral suvlar;

    • botqoqlar;

    • tuzlar;

    • o‘rmonlar.

  1. Resurslarning davomiylik darajasiga ko‘ra:

    • tugaydigan tabiiy resurslar, ular o‘z navbatida yangilanib turadigan (chuchuk suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi) va yangilanmaydigan (minerallar) turlarga bo‘linadi.

    • tugamaydigan tabiiy resurslar, ularga quyosh energiyasi, shamol, dengiz to‘lqinlari, suvlar kiradi.

  1. O‘zi qayta tiklanishi va o‘sishi imkoniyatiga ko‘ra:

  • qayta tiklanadigan resurslar, bunga o‘rmonlarni misol keltirish mumkin, o‘rtacha 50 yilda qayta tiklanadi.

  • qayta tiklanmaydigan resurslar.




1. Tabiiy – iqlimiy sharoitlar








  • yodgorliklar: arxitektura binolari, arxeologik ahamiyatidagi joylar, ilmiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega g‘orlar, yozuvlar;

  • ansambillar: ilmiy, madaniy yoki tarixiy ahamiyatga ega o‘zaro bog‘langan binolar guruhi. Masalan, Registon ansambili;

  • mehmondo‘stlik joylari: inson yoki tabiat tomonidan yaratilgan estetik, etnografik, tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan, o‘ziga jalb qiluvchi o‘ziga xos joylar;

  • milliy bayramlar, festival va sempoziumlar;

  • muqaddas joylar;

  • maftunkor joylar.


2. Madaniy – tarixiy ob’ektlar





    1. Mehnat resurslari

    2. Asosiy vosita resurslari

    3. Iqtisodiyot tarmoqlari

    4. Infrastruktura


3. Ijtimoiy – iqti-sodiy omillar


4. Turistlik axborot resurslari



4.1. Internet tarmog‘i;

4.2. Adabiy va tasviriy nashrlar;

4.3. Axborot tashuvchilar;

4.4. Turli axborot manbalari.




5. YUNESKO tomonidan qo‘riq-lanayotgan ob’ektlar

5.1. Dunyoga mashhur bo‘lgan obidalar;

5.2. Tabiat maskanlari;

5.3. Madaniy merosni saqlash va undan foydalanish;

5.4. Milliy folklor, festivallar;









  1. Misr ehromlari

  2. Bobilning osma bog‘lari

  3. Artimeda ibodatxonami

  4. Golekarnas maqbarasi

  5. Quyosh xudosi Gelios haykali

  6. Aleksandr Mayoqi

  7. Olimpia xudosi Zevs haykali


6. Dunyo mo‘jizalari



Tayanch iboralar: Turizm resurslari, tabiiy turistlik resurslar, madaniy – tarixiy resurslar, turizm resursining tasnifi, turistlik axborot resurslari turizm, turistlik qiziqish va turistlik taassurot, ijtimoiy – iqtisodiy resurslar, YUNESKO tomonidan qo‘riqlanayotgan ob’ektlar, dunyo mo‘jizalari.
Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar:


      1. Turizm resurslari tushunchasi nimani bildiradi?

      2. Tabiiy turistlik resurslarga nimalar kiradi?

      3. Madaniy – tarixiy resurslarga nimalar kiradi?

      4. Ijtimoiy – iqtisodiy resurslarga nimalar kiradi?

      5. Turistlik axborot resurslari turizm resurslariga qanday ta’sir qiladi?

      6. Turistlik qiziqish va turistlik taassurot turizm resurslariga qanday aloqasi bor?

      7. Turistlik resurslar sifatida dunyoning qanday tabiiy resurslarini misol keltirsak bo‘ladi?

      8. T
        AAATuristlik agentliklar (turagent)
        urizm resursining tasnifi nimani ifodalaydi?


8. TURIZM XIZMATLARI VA MAHSULOTLARI

Reja:


8.1. Turistlik xizmatlar haqida tushuncha

8.2. Turistlik mahsulotlar haqida tushuncha.

8.3. Jozibador turistlik mahsulot yaratish.

8.4. Xizmat ko‘rsatish klasslari va paketi


8.1. Turistlik xizmatlar haqida tushuncha

O‘zbekiston Respublikasining «Turizm to‘g‘risida»gi Qonunidagi ayrim moddalarda turistlik xizmatlar bilan bog‘liq tushunchalarning ta’rifi berilgan. Jumladan, Qonunning 3-moddasida turistlik xizmatlar tushunchasi haqida: «turistlik xizmatlar–turistlik faoliyat sub’ektlarining joylash-tirish, ovqatlantirish, transport, axborot-reklama xizmatlari ko‘rsatish borasidagi, shuningdek, turistlarning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan boshqa xizmatlar», - deb ta’riflanadi. Qonunning 11-moddasi: «Turistlik sayohat va turistlik xizmatlar majmui»,-deb nomlanib, unda quyidagi fikrlar bayon qilinadi - «turistlik sayohat yakka tartibda yoki turistlar guruhi tarkibida amalga oshiriladi. Turistlik xizmatlar majmui transport xizmati ko‘rsatishni, yashash, ovqatlantirish, ekskursiya xizmati ko‘rsatish, madaniy, sport dasturlarini tashkil etish va boshqa xizmatlarni o‘z ichiga oladi», - deyiladi.

Qonunning 10-moddasi: «Turistlik xizmatlarni sertifikatlashtirish»,-deb nomlanib, unda quyidagi jumlalarni o‘qiymiz: «Turistlik xizmatlar majburiy sertifikatlashtirilishi lozim. Turistlik xizmatlarni sertifi-katlashtirish va sertifikat berish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Turistlik faoliyat sub’ektining turistlik xizmatlarni majburiy sertifikatlashtirishdan bosh tortishi, turistlik xizmatlarni sertifikatlashtirishning natijasi salbiy bo‘lishi, shuningdek, sertifikatning amal qilishini bekor qilish turistlik faoliyatni amalga oshirish uchun berilgan litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib qo‘yishiga yoki litsenziyadan mahrum qilishga sabab bo‘ladi».

Qonunning 12-moddasi: «Turistlik xizmatlar ko‘rsatish shartnomasi»,-deb nomlanib, quyidagi fikrlar bayon etiladi: «Turistlik xizmatlar shartnoma asosida ko‘rsatiladi. Shartnomada ko‘rsatilgan xizmatlarning ko‘lami va sifati, taraflarning huquqlari hamda majburiyatlarini, haq to‘lash va hisob-kitoblar tartibini, shartnomaning amal qilish muddatini va uni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgarlikni, shuningdek, taraflarning kelishuviga ko‘ra boshqa shartlarni belgilaydi». Qonunning 13-moddasi: «Turistlik yo‘llanma (vaucher)»,-deb nomlanib, unda: «Turistlik yo‘llanma (vaucher) - turistning yoki turistlar guruhining tur tarkibiga kiruvchi turistlik xizmatlarga bo‘lgan huquqini belgilovchi va bunday xizmatlar ko‘rsatilganligini tasdiqlovchi hujjat»,-deyiladi.

Turist turistlik mahsulotlar (turistlik xizmatlar, ishlar va tovarlar) iste’molchisidir.

Turistlik mahsulotlar-turistlik asosiy xizmatlardan (bronlashtirish, transfert, joylashtirish, ovqatlantirish, ekskursiyalar), qo‘shimcha xizmatlar turistlik-ishlardan (foto xizmati, sug‘urta, axborot, moliya, bank xizmati) va turistlik tovarlardan (esdalik sovg‘alar, xilma-xil tur tovarlari, iste’mol tovarlari- parfyumeriya, tamaki, spirtli ichimliklar, maishiy texnika, kiyim-kechak) iboratdir.

Turistlik xizmatlar - turist va ekskursant ehtiyojlarini qondirish va ta’minlashga qaratilgan, xizmat sohasidagi bir maqsadga yo‘naltirilgan harakatlar to‘plami bo‘lib, ular turizm maqsadlariga, harakteriga va turistlik xizmatning qanday yo‘naltirilganligiga javob berishi hamda umuminsoniy tamoyillarga qarshi bo‘lmasligi kerak. Davlat standarti ta’rifiga ko‘ra, turistlik xizmatlar – turistlarning ehtiyojlarini qondirish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi turizm tashkilotlarining faoliyati mahsulidir.

Umuman xizmatlar - bu ko‘zga ko‘rinmas tovarning o‘ziga xos turidir. Xizmat bevosita iste’mol jarayonida yuzaga keladi va alohida holda bo‘lmaydi, bu xizmatning moddiy tovarga nisbatan asosiy farqidir. Bundan tashqari, tovar iste’molchiga olib kelib beriladi, turistlik xizmatda esa iste’molchi bevosita xizmatning amalga oshiriladigan joyiga olib boriladi. Shuning uchun ham turistlik xizmatlarni ishlab chiqarish va sotish moddiy tovarlarni sotishga aloqador bo‘lgan qonunlar asosida emas, balki boshqa qonunlar majmui bilan boshqariladi.

Turistlik xizmatlar ikki turga bo‘linadi:

Asosiy va qo‘shimcha turistlik xizmatlarning bir-biridan farqli tomonlari quyidagilardan iborat:



  1. Asosiy xizmatlar (tashish, joylashtirish, ovqatlantirish) turpaketga kiritiladigan xizmatlardir. Qo‘shimcha turistlik xizmatlar esa turpaketga kiritilmaydi;

  2. Asosiy turistlik xizmatlar oldindan sotib olingan (sayohatni boshlashdan oldin) ya’ni to‘lov oldindan amalga oshirilgan bo‘ladi. Qo‘shimcha turistlik xizmatlarda to‘lov - xizmatdan foydalanish bilan birgalikda amalga oshiriladi.

Ammo individual turist hech qanday dastur (turpaket) siz sayohat qilganda, uning asosiy va qo‘shimcha turistlik xizmatlar to‘lovi bir xil ko‘rinishda amalga oshiriladi.

Yuqoridagi keltirib o‘tilgan farqlardan kelib chiqqan holda, qo‘shimcha turistlik xizmatlar deganda – turpaketda nazarda tutilmagan, turist o‘zining qo‘shimcha to‘lovi asosida foydalanadigan xizmatlar tushuniladi.

Butunjaxon turistlik tashkiloti qo‘shimcha turistlik xizmatlarning 400 xil turini keltirib o‘tgan. Qo‘shimcha turistlik xizmatlarning ahamiyati shundaki, unda turist yuzaga kelgan ehtiyojlarini tulaqonli qondiradi, ma’lum bir vazifalarni bajarishda o‘zini urintirmaydi (masalan: mehmonxonada yashayotganida kiyimini tozalash yoki dazmollash uchun mehmonxona xodimlariga murojaat qiladi). Turist qo‘shimcha turistlik xizmatlar tufayli faqat dam olish bilan ovora bo‘ladi. Oqibatda o‘z sayohatidan ko‘ngli to‘ladi.

Qo‘shimcha turistlik xizmatlardan turist 2 xil vaziyatda foydalanadi:

Tur paketning tanaffus qismida yoki turist bo‘sh qolgan vaqtda foydalanadigan xizmatlar (masalan: Registon maydonida namoyish etiladigan ovozli va nurli panorama tomoshasi).

Asosiy xizmatlar ko‘rsatilishi davomida yoki turist ehtiyojidan kelib chiqqan xolda foydalanadigan xizmatlar (masalan: gid xizmati).

Turistga birinchi vaziyatdagi qo‘shimcha turistlik xizmatlarni ko‘rsatish uchun quyidagilarga e’tibor berish kerak:


  • turistlar qiziqishlarini inobatga olib iloji boricha turistlarga faqat yaxshi kayfiyat bag‘ishlaydigan qo‘shimcha xizmatlar taqdim etish o‘rinli hisoblanadi. Shu o‘rinda bu xizmatlar turistga ijobiy ta’ssurot qoldira olishi kerak. Masalan: turistni milliy konsert, festivallarga taklif etish. Buning uchun Respublikada turistlarga xizmat qiladigan milliy ansambl guruhlarini tashkil etish maqsadga muvofiq.

  • turist uchun yangilik bo‘lgan va bunday vaziyatga oldin duch kelmagan qo‘shimcha turistlik xizmatlarni ko‘rsatish. Masalan: Samarqandda bir -biriga masofa jihatidan yaqin joylashgan yodgorliklar (Go‘ri Amir maqbarasi, Registon maydoni, Bibixonim masjidi, Shohizinda ansambli va boshqalar) ga sayohat qilishda turistlarni tuya, ot-aravalarda olib borish chuqur ta’ssurot qoldiruvchi xizmatlardir. Buning uchun shu yodgorliklar joylashgan hududda piyoda turistlik yo‘laklar tashkil etib, turistlik-tomosha hududiga aylantirish kerak.

  • turistlarni milliy urf - odatlar va an’analar bilan tanishtirish orqali milliy hunarmandchilik va kasanachilik jarayonlarida bevosita qatnashishini tashkil etish. Yoki o‘zbek milliy taomlarining pishirish jarayonini tomosha qilish kabi xizmatlar ko‘rsatish. Buning uchun mamlakatimizda hunarmandchilik, kasanachilik va milliy oshxonalarni turizmga jalb etish va bu sohalarni rivojlantirish.

Turistga ikkinchi vaziyatdagi qo‘shimcha turistlik xizmatlarni ko‘rsatish uchun quyidagilarga e’tibor berish kerak:

  • mehmonxonalardagi qo‘shimcha turistlik xizmatlarni rivojlantirish. Bu xizmatlarga: nomerga taom yoki mehmon buyurtmalarini yetkazib berish xizmati, kiyim tozalash va dazmollash xizmati, seyf xizmati, telefon, internet, pochta xizmatlari, trenajor zali xizmati, basseyn (ochiq yoki yopiq), massaj, sauna, sartarosh xizmati, texnikani ta’mirlash xizmati, valyuta ayriboshlash xizmati, arenda xizmati va boshqalar.

  • ovqatlanish korxonalarida qo‘shimcha turistlik xizmatlar maxsus turist buyurtmasi va tanloviga asosan ko‘rsatiladigan xizmatlardir.

Qo‘shimcha turistlik xizmatlardan turist ketma-ket ravishda ham foydalanishi mumkin. Ya’ni turist bo‘sh vaqtida shahardan tashqariga tog‘li manzaralarni ko‘rish uchun borganda u valyuta almashtirish xizmati, avtomobil arenda xizmati, qo‘shimcha ovqatlanish xizmati (shahardan tashqarida) dan ketma - ket foydalanadi.

Xulosa qilib aytganda, qo‘shimcha turistlik xizmatlar nafaqat tashkil qilinishi, balki sifatli va foydali ravishda ko‘rsatilishi kerak.


Yüklə 3,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə