O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi


O‘qituvchi talabalar bilimini sinash va baholash orqali



Yüklə 3,18 Mb.
səhifə31/131
tarix07.03.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#102046
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   131
махсус фан.укит.мет. тайёр МАЖМУА

O‘qituvchi talabalar bilimini sinash va baholash orqali:

* ularning fan bo‘yicha nimalarni bilishi, qanday savollarni


chuqurroq o‘rganishi zarurligi, zaif jihatlari aniqlanadi;


* nimalarni, qanday savol, masalalarni o‘zlashtiigani haqida


axborotga ega bo‘ladi;


* ota-onalar farzandlarining muvafaqqiyatlari haqida axborot


olishadi;


* o‘qituvchi va o‘quv yurti ma'muriyati tomonidan o‘quvchi-


talabalar bilimini baholash orqali ularni kursdan kursga ko‘chirish


haqida qaror qabul qilinadi.


Talabalar bilimini sinash va baholash nihoyatda katta ahamiyatga ega bo‘lib, uni amalga oshirishning qator tamoyillari mavjud.


Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning asosiy tamoyillari:

—barcha talabalarni jalb etish;


—dastur materiallarini to‘la qamrab olish;


—talabalarga oshkora yondashish;


—talabalar bilimini adolatli baholash;


—muntazam tarzda nazorat va baholashni amalga oshirishga rioya qilish, ularni o‘z ustida tinimsiz ishlash, o‘qish, o‘rganishga undaydi.


Oliy ta'limda joriy nazoratda fanning har bir mavzusi bo‘yicha talabaning o‘zlashtirishi aniqlanib, baholab boriladi. U odatda, seminar darslari, amaliy mashg‘ulotlar, laboratoriya ishlari jarayonida amalga oshiriladi. Joriy baholash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar uchun ajratilgan har bir mavzu bo‘yicha talabaning adabiyotlardan olgan konspekti, bilimi, mustaqil ijodiy fikr-mulohazalari, dars o‘tish metodlari bo‘yicha berilgan topshiriqlarai bajarishi, mustaqil ishi natijalari va amaliy ko‘nikmalarini aniqlab borish nazarda tutiladi va u amaliy mashg‘ulotlarda amalga oshiriladi, semestr davomida 2 davrada o‘tkaziladi.

—Oraliq nazorat semestr, o‘quv yili davomida fanning bir necha mavzusi, qismi, bo‘limi bo‘yicha nazariy mashg‘ulotlar o‘tib bo‘lingandan so‘ng o‘tkaziladi. Unda muayyan savol, muammo, test, masala-mashq va boshqalar yordamida talabaning mavzuni o‘zlashtirish darajasi, qobiliyati, mahorati aniqlabadi va baholanadi.


—Oraliq baholash ham semestr davomida 2 davrada o‘tkaziladi. Talabalarning bilimi birinchi va ikkinchi davrada fanning texnologik xaritasida ko‘rsatilgan mavzularini qamrab olgan hold baholanadi. Oraliq baholashda talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichi ma'ruzalar, unda talabaning faolligi, o‘tilgan mavzular bo‘yicha og‘zaki, yozma ish, test va talabaning mustaqil ishi nazarda tutilgan holda baholanadi.


—Mustaqil ishlash uchun berilgan topshiriqlar reyting jadvaliga muvofiq joriy va oraliq baholashga qo‘shiladi.

—Yakuniy nazoratga, fanning semestr yoki o‘quv yili davomida o‘tilgan hajmi doirasida talabaning fanni o‘zlashtirish darajasi baholanadi. Yakuniy baho turiga ajratilgan ballar miqdori, o‘quv rejasida fanga semestr yoki o‘quv yili uchun ajratilgan soatning 30 foizi miqdorida belgilanadi. Yakuniy baholash semestrp yakunida o‘tkazilib, yakuniy baholashda talabaning bilim, ko‘nikma va malakalari ishchi o‘quv dasturidan kelib chiqqan holda, fanning umumiy mazmuni doirasida baholanadi. Yakuniy baholash o‘g‘zaki so‘rash, amaliy topshiriqlarni mustaqil bajarish, suhbat, yozma ish, masala-mashq yechish yoki test otkazish usulida amalga oshiriladi.


—Talabalar bilimini reyting tizimi bo‘yicha baholashning yozma ish usuli talabalarda mustaqil, ijodiy fikrlash, o‘z fikrini yozma ifodalash ko‘nikmalrini rivojlantiradi. Yozma ish oraliq baholash, yakuniy baholash, yakuniy Davlat attesttsiyasi kurslarida amalga oshirilishi mumkin.


—Yozma ish yakuniy baholash shaklida o‘tkaziladigan bo‘lsa, savollar kafedra tomonidan ishlab chiqilib, o‘quv yili boshlanishida kafedra majlislarida muhokama etiladi va kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi. Yozma ish hajmi talabaning fan bo‘yicha tasawuri, bilimi va amaliy ko‘nikmasini baholash uchun yetarli bo‘lishi zarur. Uning hajmi kafedra tomonidan belgilanadi va fakultet kengashida tasdiqlanadi. Yozma ishlarni baholash mezonlari kafedralar tomonidan ishlab chiqiladi.


Fan bo‘yicha JB va OB turlarida talaba to‘plashi mumkin bo‘lgan maksimal reyting ballning miqdori, o‘quv rejasida fanga semestr yoki o‘quv yili uchun ajratilgan soatning 85 foizi miqdorida belgilanadi: JB - ball, OB - 42 ball. Talaba o‘rganayotgan fani bo‘yicha har bir nazorat bo‘yicha maksimal ballning kamida 56 foizini to‘plagan bo‘lishi kerak. Undan kam ball to‘plagan talabaning fanni o‘zlashtirishi qoniqarsiz deb hisoblanadi.


Yakuniy nazorat yozma ish shaklida tayanch tushuncha va iboralar mazmunini yoritib berish darajasi yoki talabaning fanni o‘zlashtirganligi darajasiga qarab baholash asosida amalga oshiriladi va unga maksiraum 15 ball ajratiladi.
Semestr davomida fanlar bo‘yicha to‘plagan ballar maksimal ballning:

86 — 100 foizini tashkil etsa, «a'lo»;


71 — 85 foizini tashkil etsa, «yaxshi»;


56 — 70 foizini tashkil etsa, «qoniqarli»;


55 foiz va undan kam bo‘lsa, «qoniqarsiz» baholanadi. Bilimini sinash va baholashda quyidagi namunaviy mezonlar inobatga olinadi.



Ball

Baho

Talabaning bilim darajasi




85 - 100

A'lo

Xulosa va qaror qabul qilish; Ijodiy fikrlay olish;










Mugtaqil mushohada yuritish; Amalda qo‘llay










bilish; Mohiyatini tushunish; Bilish, aytib berish;










Tasavvurga ega bo‘lish.






















Mustaqil mushohada yuritish; Amalda qo‘llay




71 -85

Yaxshi

bilish; Mohiyatini tushunish; Bilish, aytib berish;










Tasavvuiga ega bo‘lish.
















56-70

Qoniqarli

Mohiyatini tushunish; Bilish, aytib berish;




Tasavvurga ega bo‘lish.

























0-55

Qoniqarsiz

Aniq tasavvuiga ega emaslik; Bilmaslik.

















Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə