O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi


-ma‘ruza. Maxsus(pedagogika) fanlarni o’qitish jarayonida talabalarning bilim, ko’nikma va malakalarini baholashning reyting tizimi



Yüklə 3,18 Mb.
səhifə30/131
tarix07.03.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#102046
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   131
махсус фан.укит.мет. тайёр МАЖМУА

7-ma‘ruza. Maxsus(pedagogika) fanlarni o’qitish jarayonida talabalarning bilim, ko’nikma va malakalarini baholashning reyting tizimi
Reja:
1.Maxsus fanlarni o’qitish jarayonida talabalar bilim, ko’nikma va malakalarini baholashning o’ziga hosligi.
2.Maxsus(pedagogika) fanlarni o’qitish jarayonida joriy, oraliq va yakuniy nazoratni tashkil etish.
3.Pedagogik kvalimetriya .
Tayanch iboralar:mahsus fanlar, o‘qitish jarayoni, bilim, ko‘nikma va malaka, baholash, reyting, tizim,mohiyati.

Zamonaviy, raqobatbardosh mutaxassis kadrlar tayyorlashda talabalar bilimini nazorat qilish, sinash va baholashning -ahamiyati katta. Agar uni yaxshi yo‘lga qo‘yilmasa, turli-tuman metodlarni qo‘llashimiz, qiziqarli dars o‘tish uchun turli topshiriqlar tayyorlashimizdan qat'i nazar, kutilgan natijaga erishib bo‘lmaydi. Chunki inson ongida har doim o‘z mehnat faoliyatini baholovchi psixologik jarayon ro‘y berib turadi. o‘z ishini natijasi baholanmasa yoki baholanishidan, taqdirlanishidan ko‘ngli to‘lmasa faolligi susayadi, oxir-oqibat «hafsalasi pir» bo‘lishi mumkin.


Qo‘yilgan ta'lim maqsadidan kelib chiqib erishilgan natijani nazorat qilish alohida muhini aharaiyatga ega va u pedagogik tex-nologiyaning asosiy komponentlaridan biri hisoblanadi. o‘quvchi, talabalarning bilimi va ko‘nikmalarini tekshirish, sinash (o‘lchash) va baholash nazorat deb ataladi.


Nazoratning asosiy didaktik funksiyasi o‘qituvchi va talaba o‘rtasida qaytuvchan aloqani o‘rnatish, o‘quvchi, talabalar tomonidan o‘quv materialini o‘zlashtirish darajasi to‘g‘risida xolisona axborotga ega bo‘lish va ular bilimi, ko‘nikmalaridagi kamchiliklarni aniqlab, ularni bartaraf qilish uchun chora-tadbirlar ko‘rishdir.


Talabalar bilimini, muntazam tekshirish va baholash ularni predmetni chuqur o‘rganishga undaydi. Baho pedagog uchun o’qishni rag’batlantirish, ijobiy o’quv natijalarini shakllantirish, shaxsga ta'sir etishning asosiy vositasi bo’lib hisoblanadi.


Baholashning adolatli bo‘lishi va bilimiga ko‘ra tabaqalanishi, predmetni


puxta o‘zlashtirish uchun intilishga olib keladi.


Baholash faqatgina o‘zlashtirish darajasini aniqlash emas, balki pedagog uchun o‘qishni rag‘batlantirish, ijobiy o‘quv motivlarini shakllantirish, shaxsga ta'sir etishning yagona vositasi bo‘lib hisoblanadi. Xolisona baholash ta'sirida talabalarda unga muvofiq bo‘lgan o'z-o'zini baholash, o‘z muvaffaqiyatlariga nisbatan tanqidiy munosabatda bo‘lish hissi paydo bo‘ladi.





Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə