O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi


Mustaqil ishini tashkil etishning asosiy va birinchi tamoyili uning muntazamligidir, ya'ni doimiy, uzluksiz ravishda amalga oshirishdir



Yüklə 3,18 Mb.
səhifə28/131
tarix07.03.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#102046
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   131
махсус фан.укит.мет. тайёр МАЖМУА

1.Mustaqil ishini tashkil etishning asosiy va birinchi tamoyili uning muntazamligidir, ya'ni doimiy, uzluksiz ravishda amalga oshirishdir. Ma'lumki, o‘quv jarayonini tashkil etishda qafiy ketma-ketlik, uzviylikni muntazam olib borish talab qilinadi. Talaba auditoriyada olgan bilimini mustahkamlash, shu bilan birga navbatdagi yangi mavzuni puxta o‘zlashtirish uchun har kuni mustaqil ravishda tayyorgarlik ko‘rishi kerak.

Bugungi o‘tiladigan mavzuni yaxshi tushunishi va o‘zlashtirishi uchun o‘tilganlarni o‘z qobiliyati va olgan bilimi darajasini yanada chuqurlashtirishga intilishi, mustaqil takrorlashi, o‘rganishi zarur. Chunki ma'ruzada talabaga yo‘llanma beriladi. Dars davomida mavzuga tegishli barcha asosiy savollarni muhokama qilib bo‘lmaydi. Uning iloji yo‘q, ma'ruzada o‘tilgan, muhokama qilin-gan masalalarni psixologlarning tadqiqoti natijalariga ko‘ra, atigi 5 foizi talabalar yodida qolar ekan. O‘zi o‘qib o‘rgangani, o‘rganganlarini boshqalarga o‘rgatishi esa bir necha baravar ko‘p yodida qolar ekan. Shundan kelib chiqib, aytish mumkinki, talabaning o‘zini mustaqil tayyorlanib o‘qishi fanni o‘rganishda, uni asosiy mazmunini tushunish va o‘zlashtirishida, tahlil qilishi, o‘z fikrini ifodalashida muhim rol o‘ynaydi.





  1. Mustaqil ishiarni bajarish muddati jihatidan xohlagancha davom etishi mumkin emasligi. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, 17—25 yosh darajasida mehnatni ratsional tashkil etganda bir sutkada 9 soat unumli ishlash mumkin ekan. Haddan tashqari uzoq o‘tiradigan bo‘lsa, mehnat unumi pasayadi, odam charchaydi, keyingi kunlari charchog‘i yozilishi qiyin bo‘lgani sababli, avvalgiday ishlay olmaydi.

Shuning uchun mustaqil ishni rejalashtirganda auditoryada o‘tkazgan vaqtini hisobga olishi kerak. Agar, auditoriyada dars soatlari 6 soat bo‘ladigan bo‘lsa, mustaqil ishlash 3 soat, auditoriyada dars undan kam bo‘lsa 3 soatdan ko‘proq, agarda ko'p.bo'lsa, kamroq tarzda rejalashtirish kerak.
Oliy o‘quv yurtlarida haftalik mustaqil ish bajarish vaqti 22—24 soat atrofida bo‘ladi.

Albatta, bu vaqt talabani normal tarzda diqqat-e'tibor, g‘ayrat qilib ishlashini mo‘ljallagan holda belgilanadi. Lekin real hayotda sobir talaba o‘zini zo‘rlab dars tayyorlasa, ikkinchisi qiziqib, predmetni o‘rganishga ilhom bilan kirishib ketadi. Uchin-chisi esa, umuman dars tayyorlagisi kelmaydi. Bunga qator obyektiv va subyektiv sabablarni keltirish mumkin.






  1. Yüklə 3,18 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə