O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi


Seminar darsi quyidagi funksiyalarni bajaradi



Yüklə 3,18 Mb.
səhifə24/131
tarix07.03.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#102046
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   131
махсус фан.укит.мет. тайёр МАЖМУА

Seminar darsi quyidagi funksiyalarni bajaradi:



  1. talabalarga professional ta'lim berish va tarbiyalash;




  1. mustaqil ishlash malakasini o‘stirish;




  1. mantiqiy fikrlashga o‘rgatish;




  1. nutqini o‘stirish, ilmiy munozaralar olib borishga o‘rgatish;




  1. mustaqil fikr yuritish va o‘z fikrini o‘rtoqlashishga o‘rgatish;




  1. o‘rtoqlari fikrini tanqidiy baholashga o‘rgatish;




  1. talabalar bilimini nazorat qilish va baholash;




  1. nazariy olgan bilimlarini amaliyot bilan bog‘lash.

6-ma‘ruza
Maxsus(pedagogika) fanlarni o’qitishning auditoriyadan tashqari shakllari
Reja:



  1. Mustaqil ta‘limda qo‘llaniladigan eng muhim metodlar.




  1. Talabaning mustaqil ishidan maqsad va vazifalari .




  1. Mustaqil ishlarini tashkil etish o‘ziga xos jihatlari




  1. Mustaqil ishlash va izlanishning asosiy shakllari.




  1. Kurs ishidan maqsadi va tayorlash metodikasi.



Tayanch iboralar: mustaqil ta‘lim, mohiyati, tashkil etish, metodika, shakllar, kurs ishi(loyihasi), tayorlash, metodika.
Mustaqil ta‘limda qo‘llaniladigan eng muhim metodlardan biri kitob ustida ishlashdir. Bu metodning afzalligi shundaki, u kitobxonga o‘quv axborotini uning o‘ziga xos sur'atda va qulay vaqtda olishini ta'minlaydi. o‘quv adabiyotlari bilan ishlash metodlariga xos funk siyalarni barchasini bajaradi.
Kitob ustida mustaqil ishlashning maqsadi uning tarkibi bilan tanishib chiqish, tezda qarab chiqish, alohida boblarni yoki para-graflarni sinchiklab o‘qish, berilgan materialni o‘rganish, alohida bob yoki butun kitobga referat yozish, ayrim qoidalarni yodlash va boshqa usullar tarzida bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bu metodning qo‘yilgan maqsaddan kelib chiqib, turli modifikatsiyalarda qo‘llash mumkin.

Kitob ustida ishlash talaba uchun murakkab va qiyin metod sanaladi. Juda ko‘p talabalar o‘qishni bilganlari holda kitob bilan ishlashni yetarli darajada bilmay yoki o‘qiganlarining ma'nosiga to‘liq yetmagan holda bitiradilar. Bunga sabab nima?


Nima sababdan o‘quvchilar ham, talabalar ham o‘quv adabi yotlari bilan ishlashni qiyin ko‘rishadi?


Bir guruh metodistlar (Beck va boshqalar, 1993) tadqiqot o‘tkazib, buning ikki asosiy sababini aniqlashdi:



Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə