O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi


Ma'ruza matnini tayyorlash



Yüklə 3,18 Mb.
səhifə23/131
tarix07.03.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#102046
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   131
махсус фан.укит.мет. тайёр МАЖМУА

Ma'ruza matnini tayyorlash

Ma'ruza matni har bir fanning ishchi o‘quv dasturi asosida, mavzuga ajratilgan vaqtdan kelib chiqib, tayyorlanadi. Buning uchun mavjud adabiyotlar o‘rganiladi, turli manbalardan axborotlar yig‘iladi.


Mavzuni o‘rganishning maqsadidan kelib chiqib, zarur savollar qo‘yiladi, mavzuni yoritish metodi tanlanadi.




Seminar darsi va uning o’quv jarayonida tutgan o’rni

Ma'ruza bilan birgalikda amaliy mashg‘ulot ham o‘quv jarayonining muhim shakllariga kiradi. U ta'lim, tarbiya berish hamda nazariyani amaliyot bilan bog‘lash funksiyasini bajaradi. Amaliy mashg‘ulot termini pedagogikaga oid adabiyotlarda tor va keng ma'noda talqin etiladi. Amaliy mashg‘ulot keng ma'noda seminar (uning barcha turlari), mashq, laboratoriya ishini umumiy holda ifodalanishidir. Seminar amaliy mashg‘ulotning shakllaridan biri bo‘lib:


— ma'ruzada bayon qilingan nazariy qonun-qoidalarni mustahkamlash;


Ma'ruzada odatda bayon qilish yetakchi rol o‘ynaydi. Taiabalar ma'ruza tinglashda passiv rol o‘ynaydilar. Seminar darsida esa talabalar faol bolishadi. Darsda turli metodlarni qo‘llab, ularning faolligini ta'minlash imkoniyati keng.


Ma'ruza darsi monolog tarzida bayon qilinsa, seminar darsi dialog asosida olib boriladi. Odatda, seminar darsida talabalarning bilimi, o‘z ustida ishlash darajasi aniqlanadi, nazorat qilinadi.


Seminar (lot. seminariym - manba, ko‘chma ma'noda - maktab) - o‘quv amaliy masho‘ulot shakllaridan biri. Asosan oliy o‘quv yurtlarida, ilmiy to‘garak, anjumanlarda qo‘llaniladi.


Ta'limning seminar shakli qadimgi Yunon va Rim maktablarida paydo bo‘lgan. Keyinchalik G‘arbiy Yevropa universitetlarida rivojlantirilgan. Bu universitetlarda seminar talabaning adabiyotlar, manba ustida ishlashi vazifasini o‘tagan. XX asr boshlaridan seminar darslari talabalarning umumiy ilmiy dunyoqarashni kengaytirishda, ularni muayyan fan tarixidagi muhim muammo va tadqiqotlar bilan tanishtirishda katta rol o‘ynay boshlagan.


O‘quv jarayonini tashkil etishda seminar darslari alohida o‘rin tutadi. Seminar o‘quv jarayonining talabalar bilimlarini mustahkamlashni ta'minlovchi, ijodiy qobiliyatlarini namoyon qiluvchi shaklidir. Seminar mashg‘ulotlarining maqsadi talabalarning chuqur bilim olishini ta'mmlash, olgan bilimni real hayotda qo‘llashga o‘rgatishdir.

Buning uchun talaba olgan axborotlarini tahlil qilish, ilmiy tadqiqot o‘tkazish, taqqoslash, xulosa chiqarishni bilishi kerak. Seminar darsining oldiga qo‘yilgan bosh maqsadga erishish uchun dars oldiga qo‘yilgan qator vazifalarni amalga oshirish kerak. Bu vazifalar seminar darslari bajaradigan funksiyalarda o‘z ifodasini topadi.





Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə