O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi


Faktlar ma'ruzaga jonli mazmun, hayotiylik nafasini baxsh etadi, uning ahamiyati bu jihatdan bebahodir



Yüklə 3,18 Mb.
səhifə21/131
tarix07.03.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#102046
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   131
махсус фан.укит.мет. тайёр МАЖМУА

Faktlar ma'ruzaga jonli mazmun, hayotiylik nafasini baxsh etadi, uning ahamiyati bu jihatdan bebahodir.

Induktiv metod ma'ruzada xususiylikdan umumiylikka, deduktiv metod esa— umumiylikdan xususiylik tomon bayon qilishni ifodalaydi.


Induktiv metod dalillar, xususiy, umumiy xulosa, nazariy qoidalar, aniq faoliyat uchun amaliy xulosalar tarzida bayon qilinsa, deduktiv metod—nazariy xulosa, umumiy, xususiy, faoliyat uchun praktik xulosa tarzida bayon qilinadi.


Induktiv metod talabalarni xususiy kuzatuvlardan ketma-ket umumiy xulosa chiqarishga o‘rganish imkonini beradi. Ularni mustaqil fikrlashga o‘rgatadi.


Ma'ruzaga iloji boricha talabalar diqqatini qaratish kerak. Buning uchun ma'ruzaning kirish yoki uning asosiy qismida masalaning mohiyatini ochib berishga qaratilgan savol qo‘yish maqsadga muvofiq. Pedagoglar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, o‘qituvchining mavzuni bayon qilishidan avval yoki bayon qilish jarayonida savol qo‘yishi, uni bayon qilib bo‘lgach, qo‘yilgan savoliga qaraganda aniqroq, yaxshiroq natijaga olib kelar ekan. Chunki, ilgari qo‘yilgan savol talabani javob qanday bo‘lishi kerak, deb o‘ylantira boshlaydi va javobni o‘qituvchidan eshitishga diqqatini qaratadi.





  • Ikkinchidan, ma'ruza boshlanganidan 20 -daqiqacha vaqt o‘tgach, talabalar diqqati susayadi. Buni hisobga olib, har 15—20 daqiqada yoki har bir uzviy savolni bayon qilishda turli metodlardan foydalanish, talabalar diqqatini jalb qiladigan savollar tashlash maqsadga muvofiqdir.

Boshqa o‘quv shakllariga qaraganda ma'ruzachining ma'ruzasini his-hayajon, jo‘shqinlik bilan bayon etishi muhim rol o‘ynaydi. Ma'ruzachi his-hayajonini o‘zgartirish, mimikasi orqali talabalarni darsga qiziqishini kuchaytirishi yoki aksincha, susaytirishi murakin.


1. Ma'ruzaning emotsional ta'siri o‘qituvchining ma'ruza materialini erkin bayon qilishi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq. Erkin bayon qilish orqali auditoriya


bilan bog‘lanish yaxshilanadi. Talabalarning aks tasirini kuzatish imkoni vujudga keladi. Og‘zaki nutq xususiyatlari, ya'ni dialogdan foydalanish mumkin bo‘ladi.

Aksincha, ma'ruza matniga qarayverish auditoriya bilan muloqotni qiyinlashtiradi, uni buzadi, chunki yozma nutq, ulalda, monolog tarzida bo‘ladi.


2. Og‘zaki nutq, ya'ni ma'ruza tushunarli, eshitib, qabul qilishga oson, qisqa jumlalardan tuzilgan bo‘lishi kerak, chunki uzun, murakkab jumlalar fikrni xiralashtiradi. O‘qituvchi bayon qilinayotgan materialni yaxshi bilishidan tashqari o‘z ovozini ham nazorat qilishi zarur. Intonatsiyani goh baland, goh past qilib nutq o‘zgartirish orqali talabalar diqqatini tortish, o‘z vaqtida pauza va boshqa intonatsiyalardan ham foydalanish zarur.

3. «Erkin manera» tarzida dars berish, ma'ruzachining audi-toriyada u yoqdan bu yoqqa yurishi talabalarni diqqatini tortadi va


tushunishni qiyinlashtirib, ularni mavzudan chetlashtiradi. Pedagog o‘zining «ish zonasi»ga ega bo‘lishi, undan foydalanishni bilishi kerak.





      1. Ma'ruzachi o‘zining tashqi ko‘rinishiga ham e'tibor berishni yoddan chiqarmasligi zarur.




  1. Ma'lumki, ma'ruzaning jo‘shqinligi, ma'lum darajada uning yorqinligiga bog‘liq. Jo‘shqin, ma'noli nutq faqat aniq misollar bi-langina emas, balki maqol, matal, badiiy obrazlar bilan boyitilishi zarur. Bu hol ma'ruzani qiziqarli qilib, talabalar diqqatini jalb etadi.





    1. Yüklə 3,18 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə