O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi


Ma'ruzaga ikki nuqnai nazardan yondashish mumkin



Yüklə 3,18 Mb.
səhifə18/131
tarix07.03.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#102046
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   131
махсус фан.укит.мет. тайёр МАЖМУА

Ma'ruzaga ikki nuqnai nazardan yondashish mumkin:



  1. o‘quv jarayonining tashkiliy shakli sifatida;




  1. bilimni so‘z bilan ifodalash, og‘zaki bayon qilish metodi sifatida.



Ma'ruza boshqa og‘zaki, so‘z orqali ifodalanadigan metodlardan:



  1. nisbatan qa‘tiy belgilangan tarkibi;




  1. o‘quv materialini mantiqiy izchillikda bayon qilish;




  1. tasniflash, tariff berish, obrazli isbotlash;




    1. beriladigan axborotning serobligi;

g) materialni yoritib berishning tizimliligi bilan ajralib turadi.


Ma'ruza talabalar bilan muloqotda bo‘lishning alohida shakli va uni boshqa hech qanday o‘quv shakli bilan almashtirib bo‘lmaydi. Ma'ruzaning oldiga qo‘yiladigan maqsad har xil bo‘lib, bu maqsad maksimal darajada amalga oshishi uchun, uning funksiyalariga ahamiyat berish kerak. Ma'ruza o‘qitishning quyidagi qator funksiyalarini bajaradi:





  1. Professional ta'lim berish va dunyoqarashni shakllantirish. 2, Talabalar diqqatini asosiy maqsadga yo‘naltirish.

Ma'ruzada talabalarning diqqat-e'tibori o‘quv materialining asosiy mazmuni, qonun-qoidalari, ularning nazariy va kelgusidagi amaliyotda, mutaxassislik faoliyatida qanday o‘rin tutishi va ahamiyatiga, uni o‘zlashtirish metodlariga qaratiladi.


3. Idrok, tafakkurni rivojlantimvchi — tinglovchilarda bilmaganin bilishga qiziqish uyg‘otadi. Mantiqiy flkrlash va o‘z fikrini asoslashga o‘rgatadi.
4. Bilim berish, o‘rganayotgan fan bo‘yicha axborot olish, olgan axboroti asosida xulosa chiqarish, umumlashtnrnshga o‘rgatish.
5. Metodologik - ma'ruza jarayonida tadqiqot metodlari taqqoslanadi, qiyoslanadi, ilmiy izlanish tamoyillari aniqlanadi.

6. Talabalarga tarbiyaviy ta'sir ma'naviy jihatdan barkamol bo‘lishi, ko‘rsatish.


Mehnatga Ularni axloqiy, munosabati, ijtimoiy-psixologik xislatlarini shakllantirish.Ma'ruzada mavzuning asosiy savollari ketma-ketlik asosida yoritiladi. Albatta, ma'ruzaning metodik jihatdan yoritilishi, bayon etilishi qo‘yilgan maqsad, o‘rganilayotgan fanning, mavzuning o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq. Ma'ruza faqatgina farmasevtika rivojlanishning asosiy qonuniyatlarini ochib berish bilan cheklanishi kerak emas, fanning songgi yutuqlaridan foydalangan holda ilmning amaliyotda qanday ahamiyatga ega ekanligini, hayotda real muammolarni yechishdagi ahamiyatini, yechish yo‘llarini ham ko‘rsatishi kerak.
Ma'ruza qanday fandan o‘qilishidan qat'i nazar, ilmiy xaraklerga ega bo‘lishi, turli nazariy yo‘nalishlar, ilmiy maktablarning asosiy g‘oyalarini talabalar ongiga yetkazishi va olgan bilimini ishonchga aylantirishi kerak. Har qanday ma'ruzaning eng zarur sharti anditoriya bilan muloqotga kirishishdir. Ma'ruza o‘qish, eng av-valo, unga tayyorlanishdan boshlanadi. Buning uchun birinchi navbatda, ma‘ruza mavzusi bo‘yicha adabiyotlar tanlash hamda ular bilan tanishib chiqish kerak.
Ikkinchidan, fan bo‘yicha ishlab chiqilgan dasturga ko‘ra, ma'ruza rejasi va reja bo‘yicha matn tayyorlanishi hamda darsni o‘ikazishda qo‘llaniladigan metodlarni tanlab chiqish, dars jarayonini texnologik tizim sifatida tarkibi, ketma-ketligini aniqlash lozim.



Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə