O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi


Doskaning afzalliklariga quyidagilarni kiritish mumkin



Yüklə 3,18 Mb.
səhifə15/131
tarix07.03.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#102046
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   131
махсус фан.укит.мет. тайёр МАЖМУА

Doskaning afzalliklariga quyidagilarni kiritish mumkin:

—ishlatishning osonligi, tayyorligi;


—o‘zgartirishlar kiritishning osonligi;


—darsni o‘tishga qarab mos holda ishlatish mumkinligi;


—qo‘shimcha misollar berilgan savollarga qarab, misollarni moslashtirish;


—murakkab nisbatlarni ko‘rgazmali ifodalash mumkin;

—chizmalar, formulalar va boshqalarni yozib ko‘rsatish, qabul qilish va tushunishni osonlashtiradi;


—yaxshi yodda qoladi;


—doskadan konspektga ko‘chirilgan misol va rasm, chizma, grafiklar kelgusi darslarga yaxshi tayyorlanishga yordam beradi.


Stendga o‘sha kattalikdagi qog‘oz qo‘yiladi, turli rangdagi va shakldagi kartochkalar yopishtiriladi. Stenddagi kartochkalar yordamida sxemalar, tuzilmalar, sharxlar va shu kabilarni tuzish mumkin.
Doska-stendning afzalligi shundaki, unda kartochkalar, sxema, graflk, izoh-sharhlar va hokazo kartochkada aks ettirilgan ma'lumotlar, joylashuvini xohlagan vaqtda o‘zgartirish imkoniyati mavjud. Qisqa vaqt ichida barcha tinglovchilarning fikr-mulohazalarini qamrab olish, qayd etish imkoniga ega bo‘ladi.
Doska-bloknot yoki flipchart doskasi — bu varaqlanadigan qog‘ozli doska bo‘lib, unga marker bilan yoziladi. U turli~muhokama yakunlari va natijalarni yaqqol namoyish etishda, eng muhim axborotlarni qayd etishda qo‘llaniladi. Uning qulayligi, xohlagan vaqtda oldingi materiallarga qaytish o‘quv xonasiga osib qo‘yish, istagan paytda qulay joyga ko‘chirish, kerak bo‘lsa, devor yoki doskaga birin-ketin hamma varaqlarini yopishtirish mumkin. Undan guruhiy bahs-munozaralarning natijalarini saqlash, kerak bo‘lganda ishlatish, turli masalalar bo‘yicha asosiy qismlarni ajratib ko‘rsatish muhokama qilinayotgan masalaga qaytish, kichik guruhlar yoki butun guruh ishining natijalarini bir paytda ko‘rish imkoni mavjud. Diqqatni tortish yoki fikrni ajratib ko‘rsatish uchun rangli markerlardan foydalanish mumkin.



Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə