O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi


Ma'ruzada darsni uch kursga bo‘lish mumkin



Yüklə 3,18 Mb.
səhifə19/131
tarix07.03.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#102046
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   131
махсус фан.укит.мет. тайёр МАЖМУА

Ma'ruzada darsni uch kursga bo‘lish mumkin:



  1. Kirish. Avvalgi ma'ruzada nimalar o‘rganilgan, uning natijaisi nimalar bilan

bog‘liq, bugungi darsga qanday maqsad ko‘zlanlyapti? Avvalo dars ilgarigi mavzu bilan bog‘lanadi. Keyin mavzu e'lon qilinadi. Ma'ruza rejasi, mustaqil o‘qish uchun asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yxati tavsiya etiladi.


Mavzuni o‘rganishdagi asosiy termin, tushunchalar, mustaqil ravishda bajariladigan ishlar, topshiriqlar beriladi.


2. Asosiy kurs.


Qo‘yilgan maqsadga qay darajada erishildi, bu - tahlil qilib, baholanadi. Bugungi ma'ruzada-bajarilgan ish kelgusi faoliyatda qanday muhim ahamiyatga ega ekanligi ko‘rsatiladi.

Ma'ruzalarni didaktik vazifasiga qarab: kirish, mavzular bo‘yicha, yo'1-yo'riq ko‘rsatadigan, tahliliy, yakunlovchi ma'ruzalarga bo‘lish mumkin.




Kirish ma'ruzasi ma'lum bir fanni, mavzuni yoki muammoni o‘rganishga bag‘ishlanib, unda ana shu masala, muammolar haqidagi fikrlar, ularning ijobiy tomonlari, kamchiliklari, yechilmagan muammolar ko‘rsatiladi.


Mavzular bo‘yicha ma'ruzalar — eng ko‘p o‘qiladigan ma'ruza bo‘lib, unda o‘rganilayotgan mavzuning asosiy mazmuni, amaliyotda sinalgan, qabul qilingan ilmiy qarashlar, mavjud yechimini kutayotgan masalalar bayon qilinadi. Ularni yechishning mavjud yo‘llari ko‘rsatiladi, yangilarini topish tavsiya etiladi.


Yo'1-yo'riq ko‘rsatuvchi ma'ruza — talabalarga mustaqil ishlashni o‘rgatishga qaratiladi. Unda ko‘proq metodik maslahatlar beriladi. Tavsiya qilinadigan adabiyotlarni mustaqil o‘qish, ular ustida ishlash jarayonida diqqatni qaratish lozim bo‘lgan masalalar ko‘rsatiladi.


Tahliliy ma'ruza u yoki bu muammo, mavzu yoki ma'lum bir tizimga solingan savollarni ma'lum bir mantiqiy aloqadorlikda bayon qilishga qaratiladi. Ko‘pincha oliy o‘quv yurtlarida yakuniy nazorat yoki imtihon-attestatsiyalar oldidan o‘tkaziladi.



Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə