O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi


Ma'ruzaning to‘g‘ri tuzilishi



Yüklə 3,18 Mb.
səhifə22/131
tarix07.03.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#102046
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   131
махсус фан.укит.мет. тайёр МАЖМУА

Ma'ruzaning to‘g‘ri tuzilishi, darsning har bir minutidan samarali foydalanish mashg'ulotlarning,muvaffaqiyatini taminlaydi.

7. Auditoriya bilan «qayta aloqa» o‘rnatishda talabalarning savoli va o‘qituvchining javobi muhim rol o‘ynaydi. Odatda, ko‘pincha ma'ruzaning oxirida savollarga vaqt ajratiladi, lekin bu ma‘ruza jarayonida savol berilmaydi, degani emas.


Savollarga javob berganda javobning qisqa, asoslangan bo‘lishiga ahamiyat berish kerak. Agar savol qo‘shimcha dalillarni talab etadigan bo‘lsa, buni ochiq aytish mumkin, (aytaylik, statistik ma'lumotlar shu daqiqada yo‘q bo‘lsa) sababini


ko‘rsatib, kelgusi darsda javob berishga va'da qilsa, buning aybi yo‘q. Agar savol in-duvidual tarzda bo‘lsa, ma'ruzadan so‘ng yoki maslahat darsida javob berish mumkin.

8.Nutqda taqliddan qochish, bir gapni bir necha marta takror-lamaslik kerak.


9. Nutqda siyqasi chiqqan so‘zlarni imkon qadar ishlatmaslik zarur.


Albatta, ideal tarzda ma'ruza o‘qib bo‘lmaydi. Lekin har bir o‘qituvchi o‘zining barcha imkoniyatini, mahoratini ishga solib, dars o‘tishi shubhasiz, ma'ruzaning ijobiy tomonlarini ustun bo‘ishiga olib keladi.


Ta'lim tizimidagi o‘rniga ko‘ra, ma'ruzalar — mavzuni, bo‘limni, kursni o‘rganishni boshlovchi yoki ta'limning ma'lum bir kursini tugallovchi ma'ruzalarga bo‘linadi.


Axborotni talabalarga yetkazish nuqtayi nazaridan monolog yoki dialog tarzida o‘tkazilgan ma'ruzalar bo‘ladi. Monolog tarzidagi ma'ruzada asosan ma'ruzachi gapiradi, ko‘rsatadi. Tinglovchilar ma'ruza o‘qish jarayoniga sust ishtirok etadilar. Aksincha, dialog tarzidagi, tinglovchilarning ham fikrini eshitgan holda o‘tkaziladi-gan ma'ruzalar jonli bo‘lish unda tinglovchilar faolligi ta'minlanadi.


Ta'lim berishning asosiy metod va usullariga ko‘ra, ma'ruzalarni-axborot beruvchi, muammoli, jadallashtirilgan, binar (bir-biridan farq qiluvchi ikki xil fikr bildiriluvchi), avvaldan ataylab xato fikr ham bayon qilinishi rejalashtirilgan, maslahat ma'ruzalariga bo‘lish mumkin.


Hozirgi paytda nisbatan ko‘p qo‘llaniladigan yoki borgan sari ommalashib borayotgan ma'ruza shakllari: axborot beruvchi, muammoli va jadallashgan (chuqurlashtirilgan) ma'ruzalar bo‘lib, ulardan hozirgacha eng ko‘p qo‘llaniladigani axborot beruvchi ma'ruzadir. U an'anaviy metodga asoslangan bo‘lib, asosiy vazifa o‘quv axboroti — mavzuning mazmunini talabalarga bayon qilish, tushuntirishdan


iborat. Unda o‘qituvchi asosan bilim beruvchi rolini bajaradi. Bu monolog tarzida bayon qilinadi.

Mamlakatimizda 80-yillardan boshlab ma'ruzalarni muammoli tarzda bauon qilishga e'tibor berila boshlandi. Bundan maqsad yangicha bilim olish, ya'ni yangi mavzuni o‘rganish, muammoli savollar, masalalar qo‘yish, muammoli vaziyat yaratish orqali ainalga oshiriladi. Bilish jarayoni dialog tarzida amalga oshirilib, o‘qituvchining faoliyati talabalar bilan hamkorlikda kechadi.


Hozirgi kunning talablaridan kelib chiqib, darsda talabalar faolligini oshirishga qaratilgan chuqurlashtirilgan (jadallashtirilgan) ma'ruza metodini qo‘llash borgan sari ommalashmoqda.





Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə