O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi



Yüklə 3,18 Mb.
səhifə20/131
tarix07.03.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#102046
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   131
махсус фан.укит.мет. тайёр МАЖМУА

Yakunlovchi ma'ruza ma'lum bir mavzu, muammoni yoki faktni o‘rganib, uning yakuni bo‘yicha o‘tkaziladi. Muammo yechirnlari va fanning predmeti to‘g‘risida asosiy xulosalar bayon etiladi.


Ma'ruzaga qo’yiladigan asosiy talablarni ikki guruhga ajratish mumkin.

A) Ma'ruza tayyorlash shakliga, boshqacha aytganda ma'ruza


matniga qo‘yiladigan talablar.





  1. Ma'ruza o‘qishga qo‘yiladigan talablar.

Birinchi guruh, ma'ruza matniga qo‘yiladigan talablar quyida-gilardan iborat:





  1. ma'ruzaning g‘oyaviy nazariy jihatlari:

* mavzuning asosiy tushunchalarini o‘quv dasturiga mos ra-vishda ochib berilishi;





  • ma'ruza matnining ilmiyligi;




  • ma‘ruza matnida muammoli vaziyatlarni yuzaga keltiruvchi masalalarning berilishi;




  • nazariyani amaliyot bilan bog‘liqligi;




  • o‘rganilayotgan mavzuning tegishli fandagi hozirgi o‘rni bel-gilanishi va boshqalar.

b) ma'ruzaning metodik jihatlari:





—materialni avodli va mazmundor tarzda berilishi;


—o‘quvchi-talabalarni idrok qilishlarini faollashtirish usullari;
—tarbiyaviy yo‘nalishga ega ekanligi.

Ma'ruzani o‘qish va matnini tayyorlash jarayonida qo‘llaniladigan barcha an'anaviy va zamonaviy usullar, yo‘llar hamda texnik vosita, jumladan, multimedia vositalari va ko‘rgazmali o‘quv qurollari bayon qilinayotgan mavzuning asosiy mazmunini ochib berishga qaratilgan bo‘lishi lozim.


Ma'ruzaning yakuniy qismi, xulosasida quyidagilar ko‘rsatilishi
shart:



  • mavzu yuzasidan asosiy xulosalar;




  • ma'ruzadagi asosiy tayanch tushunchalar;

* talabalarda bilishga va o‘rganishga qiziqish uyg‘otuvchi


hamda o‘zlashtiruvchilarni nazorat qilish imkonini beruvchi savol-


lar turkumini keltirilishi;


5. Adabiyotlar ro‘yxati ma'ruza mazmunmi aks ettirishi lozim.


Ikkinchi guruhga ma'ruza o‘qiydigan o‘qituvchi va uning shaxsiga qo‘yiladigan


talablar kiradi.


Ma'ruza o‘qish jarayon sifatida o‘byektiv va subyektiv tomonlarning birligidir.


Ma'ruza o‘qishning obyektiv tomoniga o‘qituvchiga bog‘liq bo‘lmagan, o‘rganilayotgan fanning mazmuni, dars o‘tish tamoyil-lari kiradi. Subyektiv tomonlariga esa:





  1. O‘qituvchining shu fanni qanday egallagani, bilim darajasi;




  1. O‘qituvchininguslubiytayyorgarligi,metodikaningqonun-

qoidalarini qo‘llay bilish mahorati;


d) har bir o‘qituvchining ta'lim-tarbiya jarayonida u yoki bu uslubni qo‘llashdagi individual xususiyatlari kiradi.


Dars berishda pedagog subyektiv omil sifatida namoyon bo‘ladi. Ko‘p jihatdan talabalarning o‘zlashtirishi o‘qituvchining dars o‘tishda tanlagan metodlariga bog‘liq.


Har bir o‘qituvchi o‘z qobiliyatini dars berishda namoyon qilib, ma'ruza va nutqida o‘ziga xos jihatlarini ko‘rsatadi. Ma'lum bir mavzuni yoritishda o‘qituvchi o‘zi yaxshi bilgan yoki o‘zining ilmiy izlanishlari bilan bog‘liq bo‘lgan, lekin shu mavzuga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lmagan savolga ko‘p vaqt ajratib, qolgan savollarni ko‘rib chiqish uchun vaqt yetmay qolishi mumkin. Bu — mavzuni bayon qilishda didaktikaning izchillik prinsiplarini buzilishiga olib keladi.


Shuning uchun dars o‘tishdagi muhim vazifalardan biri, bu — subyektiv omillar, albatta, obyektiv omillarga bo‘ysinishi, aynan shu fanning mazmunini ochib berishga xizmat qilishi kerak. Bunda, albatta, to‘plangan metodik tajriba qo'l keladi.


Ma'lum bir yo‘nalishga, farmasevtikani asosiy qonunlari, tendensiyalari, prinsiplari, ijtimoiy, farmasevtika taraqqiyotning muammolarini tahlil qilishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Shuningdek, yosh avlodning dunyoqarashini shakllantirish, hayot kechirish tarzini tanlashning tarbiyaviy ahamiyatini oshirishi lozim. Ilmiyligi jihatdan nazariya asoslarini amaliyot bilan, masalaning qo‘yilishini ilmiylik bilan hamda farmasevtikaning yangi dolzarb masalalariga ijodiy yondashish bilan, nazariy dalillarning mantiqiylik bilan uzviy birligi ta'minlanishi kerak.




Ma'ruzani shunday tuzish kerakki, talabada fanni chuqur o‘rganish uchun mustaqil ravishda adabiyotlar topish, ularni ustida ishlash, tushunishga xohish-istak topilsin. Shuning uchun zarur materiallar, kitoblar, jurnal va boshqa manbalarni tanlash prinsipial ahamiyatga ega.

Psixologlarning kuzatishlaricha bilish, o‘rganish jarayoni fikriar qarama-qarshiligi asosiga qurilsa, samarali bo‘ladi. Ilmiy munozara talabalar uchun ijodiy muhit yaratadi. Farmasevt-pedagoglar mo‘ljallangan ma'ruzada munozarali savollarni qo‘yish, turli nuqlayi nazarlarni bayon qilish maqsadga muvoflq. Ma'ruzachining o‘zi ma'lum bir nuqtayi nazarni qo‘llab-quvvatlar ekan, talabalarga ham ana shu qarash to‘g‘riligini tushuntirishi, auditoriyani ishontirishi kerak.


Ma'ruzaga tayyorlanish jarayonida o‘qituvchi mavzu bo‘yicha savollarni qanday bayon qilishni, qanday uslublar qo‘llashini ko‘z o‘ngiga keltirishi kerak. Ana shundagina mavzu bo‘yicha adabiyotlarni, zarur ma'lumotlarni to‘g‘ri tanlashi mumkin. O‘qituvchi, zarur dalillar, ma'lumotlarga ega bo‘lsada, ularni ishonarli, asoslangan holda bayon qilmasa, fandagi dolzarb savollarga javob berishdan chetlab o‘tishi yoki chetga chiqishi mumkin. Bu hol talabalarda ma'ruzadan qoniqmaslikka, uning ishonchliligi va tarbiyaviy ahamiyatini tushirishga olib keladi.


Nazariya bilan amaliyotning o‘zaro bog‘lanishi nihoyatda murakkab jarayon. U turli-tuman: ichki, tashqi, bilvosita va bevosita, muhim va uncha muhim bo‘lmagan omillar bilan aniqlanadi. Shuning uchun ham ma'ruzaga tayyorlanish paytida ana shu jarayonlarni chuqur tahlil qilishni bilishi kerak. Mavzudan chetdagi turli-tuman misollar bilan cheklanish yaramaydi.





Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə