O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi


«Bilaman, Bilmoqchiman,Bildim (BG’BG’B)»



Yüklə 3,18 Mb.
səhifə27/131
tarix07.03.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#102046
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   131
махсус фан.укит.мет. тайёр МАЖМУА

«Bilaman, Bilmoqchiman,Bildim (BG’BG’B)»

Bu metod talabalarni kitob, ilmiy maqolalarni o‘qishga, bilmaganlarini


o‘rganishga harakat qilishlariga yordam beradi. Barcha talabalarni darsga faol qatnashishlarini ta'minlaydi.


Bu metodni qo‘llashda o‘qituvchi avvaldan qaysi mavzu yoki savolni shu metod yordamida organishni aniqlaydi. O‘rganilgan mavzu bo‘yicha savollar va ularning javoblarini, o‘qiladigan maqola, darslikdagi paragraf yoki ma'ruza matni, yangi mavzu bo‘yicha bilish lozim bo‘lgan savollar va ularga javoblarni tayyorlaydi.


Talabalarning nimalarni bilishi, yangi mavzu bo‘yicha nimani bilishi zarurligi va dars davomida nimalarni talabalar bilganini ko‘rsatishi uchun jadval chiziladi.




Talabaning mustaqil ishidan maqsad o‘qituvchining rahbarligi va nazorati asosida muayyan o‘quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishdir.
Talabaning mustaqil ishi vazifalari quyidagilardan iborat bo‘ladi:

• yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o‘zlashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;


• kerakli ma'lumotlarni izlab topish, ularning qulay usullari va vositalarini aniqlash;





• an'anaviy o‘quv va ilmiy adabiyotlar, me'yoriy hujjatlar bilan


ishlash;

• elektron o‘quv adabiyotlar va ma'lumotlar banki bilan ish-

lash;




  • internet tarmog‘idan samarali foydalanish;




  • berilgan topshiriqni muntazam va me'yorida bajarish;







  • topshiriqlarni bajarishga tizimli va ijodiy yondashish;

• natijalarni muhokamaga tayyorlash va ko‘rsatilgan kamchilik-


larni qayta ishlash;





  • ishlab chiqilgan yechim, loyiha yoki g‘oyani asoslash, mutaxssislar jamoasida himoya qilish va boshqalar.

Talabalarning mustaqil ishini tashkil qilish shakllari turlicha bo‘lib, ularni bir qismi o‘quv rejasida ko‘zda tutilgan. Uni har bir talaba bajarishi shart. Ikkinchi


qismi ixtiyoriy, ya'ni talabalar o‘z xohishi bilan mustaqil bajarishlari mumkin.


Mustaqil ishlarini tashkil etish o‘ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi:


Borgan sari ortib boradigan mustaqil tayyorlanish vaqtini samarali bo‘lishini ta'minlashda ikki narsaga e'tibor qaratish kerak: A) mustaqil ish - o‘qishning, aqliy mehnatning alohida turi; B) axborotning asosiy qismini talaba mustaqil ravishda oladi. Ayniqsa, internetning kirib kelishi bilan uning doirasi yanada kengayadi.


Ta'lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, o‘qitishning interfaol usullarini qo‘llash o‘qituvchining ijodkorlik mahoratini, qolaversa, mas'uliyatini yanada oshiradi. Bundan kelib chiqadiki, pedagogik texnologiyaning maqsadi o‘qitish emas, balki ularni mustaqil o‘qishga o‘rgatishdir. Demak, ta'lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish o‘quvchilarda mustaqil ta'lim olish malakasini shakllantirishda, muhim omil hisoblanadi.
Har bir talaba mustaqil ishni tashkil etishni nimadan boshlashi kerak? Unga qanday maqsad qo‘yiladi? Ish qancha davom etadi? Uni bajarishda qanday usullardan foydalanilishini aniq ko‘z oldiga keltira olishlari kerak. Yana shuni yoddan chiqarmaslik kerakki, mustaqil ishlarni tashkil qilish qoidalari ishlab chiqildi degani, bu ishni tashkil etildi degani emas.
Talabalarning mustaqil ishini tashkil etishning o‘ziga xos jihatlari uni tashkil etishning tamoyillari bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ular quyidagilar:



Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə