O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi


Muammoli vaziyat tavsifini keltirish



Yüklə 3,18 Mb.
səhifə62/131
tarix07.03.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#102046
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   131
махсус фан.укит.мет. тайёр МАЖМУА

Muammoli vaziyat tavsifini keltirish
Guruhlarga bo‘lish
Guruhlarning muammoli vaziyatning kelib chiqish


sabablarini aniqlashi


Guruhlarning muammoli vaziyatning oqibatlari


to‘g‘risida fikr yuritishi


Guruhlarning muammoli vaziyatning


yechimini ishlab chi?ishi


To‘g‘ri yechimlarni tanlash

Muammoli vaziyat metodining tuzilmasi


Muammoli vaziyat metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:





  • Ta'lim beruvchi mavzu bo‘yicha muammoli vaziyatni tanlaydi, maqsad va vazifalarni aniqlaydi. Ta'lim beruvchi talabalarga muammoni bayon qiladi.







  • Ta'lim beruvchi talabalarni kichik guruhlarga ajratadi.




  • Kichik guruhlar berilgan muammoli vaziyatni o‘rganadilar. Muammoning kelib chiqish sabablarini aniqlaydilar va har bir guruh taqdimot qiladi. Barcha taqdimotdan so‘ng bir xil fikrlar jamlanadi.




  • Bu bosqichda berilgan vaqt mobaynida muammoning oqibatlari to‘g‘risida fikr-mulohazalarini taqdimot qiladilar. Taqdimotdan so‘ng bir xil fikrlar jamlanadi.




  • Muammoni yechishning turli imkoniyatlarini muhokama qiladilar, ularni tahlil qiladilar. Muammoli vaziyatni yechish yo‘llarini ishlab chiqadilar.




  • Kichik guruhlar muammoli vaziyatning yechimi bo‘yicha taqdimot qiladilar va o‘z variantlarini taklif etadilar.




  • Barcha taqdimotdan so‘ng bir xil yechimlar jamlanadi. Guruh ta'lim beruvchi bilan birgalikda muammoli vaziyatni yechish yo‘llarining eng maqbul variantlarini tanlab oladi.

Muammoli vaziyat metodining afzalliklari:





  • talabalarda mustaqil fikrlash qobiliyatlarini shakllantiradi;




 talabalarning bilim va qobiliyatlarini baholash uchun yaxshi imkoniyat yaratiladi;





  • talabalar fikr va natijalarni tahlil qilishni o‘rganadilar.

Muammoli vaziyat metodining kamchiliklari:



  • talabalarda yuqori motivatsiya talab etiladi;







  • ko‘p vaqt talab etiladi.



LOYIHA metodi
Loyiha metodi - bu talabalarning individual yoki guruhlarda belgilangan vaqt davomida, belgilangan mavzu bo‘yicha axborot yig‘ish, tadqiqot o‘tkazish va amalga oshirish ishlarini olib borishidir. Bu metodda talabalar rejalashtirish, qaror qabul qilish, amalga oshirish, tekshirish va xulosa chiqarish va natijalarni baholash jarayonlarida ishtirok etadilar. Loyiha ishlab chiqish yakka tartibda yoki guruhiy bo‘lishi mumkin, lekin har bir loyiha o‘quv guruhining birgalikdagi faoliyatining muvofiqlashtirilgan natijasidir. Bu jarayonda talabaning vazifasi belgilangan vaqt ichida yangi mahsulotni ishlab chiqish yoki boshqa bir topshiriqning yechimini topishdan iborat. Talabalar nuqtai-nazaridan topshiriq murakkab bo‘lishi va u talabalardan mavjud bilimlarini boshqa vaziyatlarda qo‘llay olishni talab qiladigan topshiriq bo‘lishi kerak.

Loyiha o‘rganishga xizmat qilishi, nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq etishi, talabalar tomonidan mustaqil rejalashtirish, tashkillashtirish va amalga oshirish imkoniyatini yarata oladigan bo‘lishi kerak.


Quyidagi chizmada ―Loyiha metodining bosqichlari keltirilgan .





Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə