O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi



Yüklə 3,18 Mb.
səhifə71/131
tarix07.03.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#102046
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   131
махсус фан.укит.мет. тайёр МАЖМУА

Internet saytlari:



  1. www. tdpu. uz

  2. www. pedagog. uz

  3. www. Ziyonet. uz

  4. www. edu. uz

ISHCHI DASTUR


Kirish
“Maxsus(pedagogika) fanlarini o’qitish metodikasi fanining ishchi o’quv dasturi magistrlarni pedagogika fanlarini o’qitishning shakl, metod, usullari bilan qurollantirishga xizmat qiladi.
“Maxsus(pedagogika) fanlarini o’qitish metodikasi fanining ishchi o’quv dasturi maxsus fanlarni o’qitish jarayoni yaxlit tizim sifatida, maxsus fanlarni o’qitish mazmuni, maxsus fanlarni o’qitish shakli, metod va vositalari, maxsus fanlarni o’qitishda talabalarning bilim, ko’nikma va malaklarini baholash tizimi, maxsus fanlarni o’qitishda pedagogik va axborot texnologiyalaradang foydalanish kabi masalalarni ko’rib chiqadi. Bu esa magistrlarni kelajak pedagogik kasb-hunar kolleji uchun tayyorlanadigan talabalarni yuqoridagi ma’lumotlar bilan qurollantirish immkoniyatlarini beradi.


1.1 «Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi» fanining maqsadi, vazifasi
Fanni o’qitishdan maqsad – magistrlarni maxsus( pedagogika) fanlari ni o’qitish metodikasiga oid bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirishni nazarda tutadi.
Fanning vazifasi – magistrlarni maxsus(pedagogika) fanlarni o’qitish metodikasining nazariy asoslariga oid bilim bilan qurollantirish; ta’lim muassasalarida pedagogik jarayonni tashkil etish uchun zarur bo’ladigan bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish; pedagogika fanining o’ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda ta’lim muassasalarida pedagogika fanlarini o’qitishda zamonaviy axborot va texnologiyalardan foydalanish bo’yicha amaliy ko’nikmalarni hosil qilish; shaxsiy pedagogik faoliyatni ijodiy va metodik jihatdan davr talabalari asosida tashkil etishni o’rgatishdan iborat.


1.2 Fan bo’yicha magistrlarning bilim, ko’nikma va malakasiga qo’yiladigan talablar

Maxsus(pedagogika) fanlarni o’qitish metodikasining o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida magistrlar:


- maxsus(pedagogika) fanlarni o’qitish qonuniyatlari va tamoyillarini;
- maxsus fanlar ta’lim mazmunini tanlash mezonlari;
- maxsus(pedagogika) fanlarni o’qitish metodlari va vositalari;
-maxsus(pedagogika) fanlarni o’qitishning tashkiliy shakllari
- maxsus(pedagogika) fanlarni o’qitishda axborot va pedagogik texnologiyalar;
- maxsus(pedagogika) fanlarni o’qitishda o’quvchilar bilim, ko’nikma va malakalarini reyting tizimida baholashni;
-mutaxassislik fan o’qituvchisining o’quv-me’yoriy hujjatlari va metodik ishlari, ularni rejalashtirish, tashkil etish, tayyorlash metodikasi hasida bilimga ega bo’lishi kerak;
-Maxsus(pedagogika) fanlarni o’qitish jarayonining tuzilishi;
-maxsus(pedagogika) fanlarni o’qitish qonuniyatldari va tamoyillarini;
1.3.Fanning o’quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jixatdan uzviyligi.
“Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi” fani o’quv tanlov fani xisoblanib, 3-semestrda o’qitiladi. Dasturni amalga oshirish o’quv rejasida rejalashtirilgan umummetodologik (pedagogik texnologiyalar va pedagogik maxorat, nutq madaniyati), mutaxassislik (pedagogikaning kontseptual asoslari, pedagogik fikrlar tarixi, pedagogik menejment, pedagogik diagnostika va korrektsiya) fanlari bilan o’zaro aloqada olib boriladi.



Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə