O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi


MS ACCESS dastur va uning ishchi oynasi



Yüklə 9,4 Mb.
səhifə63/129
tarix02.06.2023
ölçüsü9,4 Mb.
#115066
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   129
маъруза

MS ACCESS dastur va uning ishchi oynasi.


MBBT Access ning barcha vazifalari va imkoniyatlarini urganib uni ishlatish texnologiyasi bilan tanishib chiқamiz, ҳamda olib boriladigan amaliy mashғulotlarni shu MBBT da tashkil etishni tavsiya қilamiz. Buning uchun avvalo Microsoft Access bajaradigan vazifalari, uning oynasi va ish yurituvchi asosiy ob‘ektlari bilan yaқindan tanishishga ўtamiz.
MS ACCESS ma‘lumotlar omborini shakllantirish uchun dasturni ishga tushiramiz: Pusk ► Программы ► Microsoft Office ► Microsoft Office MS ACCESS 2003. Natijada ekranda Microsoft Access dasturining oynasi paydo bўladi (1-rasm):
Oynaning birinchi satrida sarlovҳalar satri joylashgan. MBBT nomi Microsoft Access deb ifodalangan, ikkinchi satrda esa menyu satri joylashgan:

Файл Правка Вид Вставка Сервис Окно Справка



1-rasm.

Uchinchi satrida uskunalar paneli piktogrammalari joylashgan. Oynaning keng қismi ishchi maydon ҳisoblanadi. Ishchi maydonda yukoridagi muloқot oynasi ҳosil bўladi. Bu oyna yordamida biz yangi MBni tashkil қilishimiz yoki mavjud MBni ochib ular ustida ishlashimiz mumkin.


MS Access dasturi oynasi 7ta ob‘ektdan iborat bўlib, asosan shular bilan ish yuritiladi. Bular: Таблица (jadval), Запрос (surov), Форма (forma), Отчет (ҳisobot), Страницы (saҳifalar), Макрос (makro komanda) va Модул.
Jadval - MBning ma‘lumotlar saklaydigan asosiy ob‘ekti;
Surov - MB dagi ma‘lumotlarni tartiblash, biror kerakli ma‘lu-motni қidirib topish kabi vazifalarni bajaradi.
Forma – MBga yangi ma‘lumotlar kiritadi, yoki joriy MBdagi ma‘lumotlar ustida foydalanuvchi uchun қulay bўlgan turli-tuman shakldagi formalar yaratadi. Demak, forma – ekran ob‘ekti bўlib, elektron blank tarzida ifodalanib, unda ma‘lumotlar kiritiladigan maydon mavjud va shu maydonlarga kerakli ma‘lumotlar joylashtiriladi va jadval shu tarika ҳosil қilinadi.

Yüklə 9,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə