O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


Spirtlarning fizik xossalari



Yüklə 403,16 Kb.
səhifə24/36
tarix23.09.2023
ölçüsü403,16 Kb.
#123234
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36
kislorodli organik birikmalar mavzusini oqitishda interfaol usullardan

Spirtlarning fizik xossalari. Spirtlarning C10 gacha bo’lganlari suyuqlik va undan yuqorilari qattiq moddalardir. Dastlabki vakillari suv bilan istalgan nisbatta aralashadi. O’ziga xos xidga ega. Ularning molekulyar massalari ortib borishi bilan suvda eruvchanligi kamayib hidi yoqimsiz bo’lib boradi, qaynash harorati ham ortib boradi. Normal tuzilishga ega bo’lgan spirtlar izomerlariga qaraganda yuqori haroratda qaynaydilar.
Spirtlar vodorod bog’lanishi hosil qilagnligi sababli yuqori haroratda
qaynaydilar:

CH3
CH3
CH3

:O..
H . . . :O..
– H . . . :O.. H

Spirtlar orasida metil spirti o’ta zaharli hisoblanadi, uning 10 ml inson ko’rish qobilyatini yo’qotishiga, 30 ml esa o’limiga sabab bo’ladi.


Spirtlarning kimyoviy xossalari. Bir atomli spirtlar kimyoviy jihatdan nisbatan faol birikmalar bo’lib, ular OH – guruhdagi vodorod atomi, hamda OH - guruh bog’langan uglevodoroddagi vodorodlar hisobidan kimyoviy jarayonlarga kirisha oladilar.
Bir atomli spirtlar neytral xarakterga egadirlar. Ammo ular juda kam darajada amfoterlik hususiyatini namoyon qiladilar.
Ularga ishqoriy metallar bilan ta’sir etilganda gidroksil guruhining vodorodi metall bilan almashadi va alkogolyatlarni hosil qiladi:
2CH3CH2OH + 2Na 2CH3CH2ONa + H2
suv bilan ta’sir etilganda ular oson parchalanadilar:
CH3CH2ONa + H2O C2H5OH + NaOH
Spirtalar bilan organik karbon kislotalar orasida boruvchi jarayonning ahamiyati g’oyat kattadir:

CH3 – C


O H+
+ HOC2H5 CH3 – C OH OH
O OC2H5

+ H2O



Bu jarayon qayta xarakterga ega bo’lib, muvozanat kislota katalizatorligida o’ngga, ishqor (asos) katalizatorligida esa chapga siljiydi. Chapga boruvchi jarayonni sovunlanish deyiladi, chunki bu jarayon natijasida sovun (va unga o’xshash moddalar) hosil bo’ladi.
Spirtlardan suvning ajralish jarayoni (degidrotatsiya) ikki xil yo’nalishda sodir bo’lishi mumkin: jarayon suvni tortib oluvchi vositalar sulfat, ortafosfat kislotalar, alyuminiy oksidli va boshqalar ishtirokida boradi. Suv bir molekula spirtdan (ichki molekulyar degidratlanish) yoki har xil molekula spirtdan ajralib chiqishi mumkin. Suv har xil spirtdan ajralib chiqqanda oxirgi mahsulot sifatida oddiy efir hosil
bo’ladi: R – OH + HO – R’ R – O – R’ + H2O
Suv bir molekula spirtdan ajralib chiqqanda oxirgi mahsulot sifatida to’yinmagan uglevodorod hosil bo’ladi. Spirtlardan suvning ajralib chiqishi Zaysev qoidasiga muvofiq borib, bunda vodorod eng kam vodorod tutgan uglerod atomidan ajralib chiqadi.

CH3 – CH – CH – CH2 – CH3

- H O
CH3 – C = CH – CH2 – CH3



2
CH3 OH CH3

Shunga muvofiq spirtlardan suvning ajralib chiqish tezligi quyidagi tartib o’zgaradi:


Birlamchi spirt < Ikkilamchi spirt < Uchlamchi spirt
Spirtlarga galoid vodorod kislotalar, fosforning, oltingugurtlarning galogenli hosilalari bilan ta’sir etilganda ulardagi gidroksil guruhi galogenga almashinadi:
R – OH + HCl R – Cl + H2O
Spirtlarning oksidlanishi.



R – CH2OH


[O]
- H2 [O]
O
R – C
H

+ H2O



R – CH – R’

- H2
R – C – R’ + H2O


OH O

Spirtlarning oksidlanish jarayoni murakkab bo’lib, buning natijasida oksidlanish olib borilayotgan sharoitga qarab oxirgi mahsulot sifatida turli mahsulotlar hosil bo’lishi mumkin.

Yüklə 403,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə