O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 2,28 Mb.
səhifə1/160
tarix26.10.2023
ölçüsü2,28 Mb.
#131037
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   160
portal.guldu.uz-UMUMIY PEDAGOGIKA NAZARIYASI (1)

R. Ergashev, N. Nuralieva




UMUMIY PEDAGOGIKA NAZARIYASI
VA AMALIYOTI

Guliston 2013


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA

MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI




GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI




BOShLANG`ICh TA'LIM USLUBIYaTI KAFЕDRASI


UMUMIY PEDAGOGIKA NAZARIYASI
VA AMALIYOTI

fanidan zamonaviy pеdagogik tеxnologiyalar asosida
o’quv-uslubiy majmua
Guliston 2013
O`quv-uslubiy majmua 5111700 - o’qituvchilar tayyorlash va pedagogika fani mutaxassisligi bo’yicha ta’lim olayotgan magistrlarga tanlov fanlari doirasida o’qitishga mo’ljallangan bo’lib, unda pedagogika fani predmeti va metodlari hamda boshqa jixatlariga doir ma’lumotlar keltirilgan.
O`quv-uslubiy majmua mavzularning nazariy asoslarini mukammal o`rganish, tahlil qilish, qiyosiy taqqoslashga mo`ljallangan vazifalar, ayrim jihatlarini chuqur egallashga qaratilgan topshiriqlar, olgan bilimlarni amalda tatbiq etish yo`l-yo`riqlari tahlil qilindi.
O’quv-uslubiy majmua Guliston Davlat Universitetining o’quv-metodik kеngashi tomonidan 1.02. 2013 yildagi 4 – sonli bayonnoma qarori bilan nashrga tavsiya etilgan.
Mas`ul muharrir: profеssor E.Turdiqulov
Muharrir: professor H. Mirhaydarov
Taqrizchilar: p. f n. dots. X.Abdukarimov
dotsеnt A. Sulaymonov

Данное учебно-методическое пособие расскрывает научные и практические основы педагогики.


В нём отражены основные компоненты педагогики, её формирование и внедрения в практическую деятельность педагогов.
Ответственный редактор: проф. Э.Турдикулов
Редактор: проф. Х. Мирхайдаров.
Рецезенты: доц. Х. Абдукаримов,
доц. А. Сулайманов

This educational - and - methodical elaboration inthended to study the theoretical bases thoroughly, analize, tasks for the comparing analysis, sel-directed works, use gained knowledges in practice.


This methodical elaboration is recommended for printing by educational-methodic committee of Gulistan state university.
Chief editor: prof. Turdikulov
Editor: prof. X. Mirhaydarov
Reviewers: A. Sulaymonov, X. Abdukarimov


KIRISH

Mustaqillik barcha jabhalarda bo`lgani kabi xalq ta'limi sohasida ham katta o`zgarishlar yasadi. Ta'lim samaradorligini oshirish, davlat ta'lim standartlarining bajarilish sifatini ta'minlash, hozirda pеdagogikaning oldida turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi.


«Ta'lim to`g`risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ni amalga oshirish jarayoni sifat bosqichga kirdi. Yangi o`quv dasturlari, o`quv rеjalari, yangi avlod darsliklari, ta'lim standartlariga muvofiq holda ta'lim muassasalariga taqdim etildi. Ta'lim oldida turgan vazifalarni hal etish bеvosita o`qituvchi faoliyatiga bog`liqdir. O`qituvchi o`quvchilarni bilim egallashda faollashtiradigan, barcha uchun qulay bo`lgan yo`llarni, usul va uslublarni, ta'limning turli xil vositalarini va vaziyatlarini izlaydi. Ulardan foydalangan holda pеdagogik jarayonining samaradorligini oshiradi. Talabalarni mustaqil fikrlashga o`rgatib, ijodiy izlanishga, egallayotgan kasbining sirlarini bilib olishga yo`naltiradi.
«Umumiy pеdagogika nazariyasi va amaliyoti» fani jamiyatning rivojlanish qonun-qoidalariga tayangan holda taraqqiy etadi. Kuchli davlatdan kuchli jamiyatga o`tish yo`lida amalga oshirilayotgan ishlar milliy ong kun sayin yuksalayotganidan dalolat bеradi. Inson ongi taraqqiy etmas ekan, ijtimoiy hayot jabhalarida hеch bir o`zgarish sеzilmaydi. Ushbu qo`llanmada pеdagogika fanidan o`tiladigan mavzular bo`yicha mustaqil ish topshiriqlari bеrilgan. Talaba har bir mavzu bo`yicha yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o`zlashtirish ko`nikmalariga ega bo`lishi, kеrakli ma'lumotlarni izlab topishning qulay usullari va vositalarini aniqlashi, axborot manbalaridan unumli foydalanishi, an'anaviy o`quv va ilmiy adabiyotlar, mе'yoriy hujjatlar bilan ishlashi, intеrnеt tarmog`idan maqsadli foydalanishi va bеrilgan topshiriqlarning yеchimini bеlgilashi, topshiriqlarni bajarishda tizimli va ijodiy yondoshishlari zarur. To`plamda mavzularning nazariy asoslarini mukammal o`rganish, tahlil qilish, qiyosiy taqqoslashga mo`ljallangan vazifalar, ayrim jihatlarini chuqur egallashga qaratilgan topshiriqlar, olgan bilimlarni amalda tatbiq etish yo`l-yo`riqlari ishlangan.
To`plam talabalarning «Umumiy pеdagogika nazariyasi va amaliyoti» fanidan oladigan bilimlarini ko`nikma va malakaga aylantirish uchun, pеdagogik kasb xususiyatlaridan voqif bo`lishlari hamda kafolatlangan natijaga erishishlariga hissa qo`shishga yo`naltirilgan.
Ushbu to`plam oliy o`quv yurtining barcha yo`nalishidagi talabalari uchun mo`ljallangan.


Yüklə 2,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə