O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus


-§. Tarixiy-ma’naviy qadriyatlar.O’zbekistonda Yaratilayotgan iqtisodiyotning sivilizatsiyaviy maqomi



Yüklə 3,28 Mb.
səhifə23/58
tarix06.05.2018
ölçüsü3,28 Mb.
#42512
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   58

18 -§. Tarixiy-ma’naviy qadriyatlar.O’zbekistonda Yaratilayotgan iqtisodiyotning sivilizatsiyaviy maqomi
Reja

1.Tarixiy xotiraning tiklanishi

2.Bozor munosabatlari va davlat

3.Taraqqiyotning o’zbek modeli

4. 2011-yil Kichik biznes va tadbirkorlik yili
O‘zbekistonning butun 3 ming yilliktarixi mobaynida biror bir millat nomiga qo‘yilgan davlat yoxud imperiya amal qilmagan. Movarounnahr va uning atrofini qamrab olgan katta geopolitik makonda faqat sulolaviy yoxud jo‘g‘rofiy nomlanishlarda saltanatlar, davlatlar xalqlarni siyosiy jihatdan uyushtirib kelgan.

Ma’lumki, O‘rta Osiyo xalqlari o‘zining ming yilliklar mobaynida shakllangan boshqaruv siyosati, serqirra hamda teran ildizli davlatchilik an’analari bilan jahon davlatchiligi taraqqiyotiga kuchli ta’sir ko‘rsatib keldi. Sharq davlatchiligi tarixida chuqur iz qoldirgan Afrosiyob, Somoniylar, Qoraxoniylar, Muhammad Xorazmshoh tomonidan adolat va insonparvarlikka tayangan davlat tizimlarining

shakllantirilishi, sohibqiron Amir Temurning markazlashgan davlat tuzishi va millat iftixori uchun kurashishi, salkam 500 yil amal qilgan buyuk temuriylar saltanatiga asos solishi, Mirzo Ulug‘bekning fan va madaniyat ravnaqiga, Husayn Boyqaroning adabiyot va san’at, ilm ravnaqiga yo‘l berishi, hunar ahliga rahnamoligi, Zahiriddin Muhammad Bobur, Humoyun, Akbar shoh, Shoh Jahonlarning turli din va mazhabdagi xalqlarni birlashtirib, odil va insonparvar davlat tarkib toptirish yo‘lidagi tajribalari kishilikning ijtimoiy, ma’muriy birlashuv jarayonlari tarixidagi muhim bosqich sifatida tan olingan.

Jahon siyosatdonlari mamlakatimizda erkinlik tamoyillari ijtimoiy muhitning barcha jabhalarida amal qila boshlaganligini, qonunga hurmat bilan qarash, qat’iy intizom turmush tarziga singib borayotganligi, umum tomonidan qabul qilingan odatiy holatlarga aylanib borayotganligini e’tirof etmoqdalar. I.A.Karimov milliy

davlatchilik poydevorlarini tiklash asnolarida yuzaga kelgan O‘zbek davlatchiligining tarixiy an’analari muammoviy vaziyatlarni hal etish hamda ijtimoiy voqelik jarayonlariga yondoshishda ana shu tarixiy tajribalar va fuqarolar

ma’naviy-ruhiy ehtiyojlaridan kelib chiqadi.

O‘zbek milliy davlatchiligi, uning shakllanish jarayoni xususida gap borar ekan, Prezident I.A.Karimov ishlab chiqqan davlat qurilishi va amaliyotiga doir konsepsiyaning yangi davr shart-sharoitlarini puxta hisobga oluvchi mantiqiy tizim sifatida muhimligi va ijtimoiy qimmatiga ko‘ra mukammal nazariya ekanligiga amin bo‘lish mumkin. Bir muhim jihat — mahalliy shart-sharoitlar, milliy ruh, mintaqadagi ijtimoiy-tarixiy tajribalarning o‘rni va roli I.A.Karimov asarlarida chuqur ilmiy-nazariy asoslab beriladi va amaliyot orqali sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkaziladi. Darhaqiqat, milliy mentalitet o‘ziga xosligiga, dunyoqarash, an’analar va ehtiyojlar mantig‘iga asoslanmagan har qanday davlat tizimi uzoq yashay

olmaganligi tarixiy tajribalardan ma’lumdir.

Mamlakatda qonun ustuvorligiga erishish, butun boshqaruv tizimida ijro intizomi mavqeyini oshirish, qonunga bo‘ysunib yashashni aholining turmush tarziga aylantirish demokratik davlatning sifat ko‘rinishi, fuqarolik jamiyatining xususiyatlaridir.

Biroq, mamlakatda ana shunday holatni barqaror ta’minlashning

o‘ziga xos murakkab tomonlari bor.

Bular:


— birinchidan, aholi dunyoqarashi, huquqiy, siyosiy va iqtisodiy bilimlar darajasini doimiy va izchil yuksaltirish bilan bog‘liq

muammolar;

— ikkinchidan, ma’naviy va axloqiy barkamollikka intilishni hayotiy zarurat darajasiga chiqarish, har bir fuqaroning o‘zinio‘ zi boshqarishi va o‘zini-o‘zi nazoratga olishi kabi murakkab, vaqt talab etadigan ma’naviy-ruhiy o‘zgarishlar bilan bog‘liq muammolar;

— uchinchidan, ijtimoiy adolat tamoyillarini davlat va jamiyat tizimida hal qiluvchi qoidalar darajasiga yuksaltirish bilan bog‘liq muammolardir.

O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi e’lon qilinganidan keyingi tarixiy vaziyat shunday ediki, endi davlatimiz mustaqil bo‘ldi, xalq esa o‘z taqdirini o‘zi belgilaydi, deb e’lon qilishning o‘zigina kifoya emas edi. Mamlakatda Davlat mustaqilligi bilan bog‘liq qonunlar tizimini yaratish zarur edi.

Ayni paytda istiqlol g‘oyasini ham faqat bir tomonlama — havoyi va yuzaki talqin qilib bo‘lmas edi. Binobarin, erishilgan mustaqillikni sobitqadamlik bilan mustahkamlash yo‘lida izchil kurashishga da’vat etadigan, millat sha’ni va oriyatini qo‘z- Yangi davlatchilikning yaratilishiga qa‘atadigan kuchli milliy istiqlol g‘oyasini yaratish va xalq ongiga singdirish lozim edi.

O‘zbekiston mustaqil davlat deb e’lon qilingan kunning o‘zidayoq davlatchilik atributlarini joriy qilish yuzasidan amaliy choralar ko‘rila boshlandi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i, gerbi va madhiyasining musiqiy bayoni haqida maxsus qaror qabul qilindi. Unda Konstitutsiya komissiyasining ekspert guruhiga Davlat bayrog‘ining variantlari ustida ishlashni davom ettirish, Oliy Kengashning tegishli qo‘mitalariga Konstitutsiya komissiyasi ijodiy guruhi bilan hamkorlikda davlat bayrog‘i, madhiyasini taqdim etish topshirildi.

Istiqlol yo‘limizni qonunlar bilan mustahkamlash, uning jahon hamjamiyatida tan olinishi O‘zbekistonning xalqaro ijtimoiy-siyosiy muhitda e’tirof etilishining muhim yo‘llaridan biri sifatida qaraldi.

Bir qator yosh mustaqil mamlakatlarda turli siyosiy kolliziyalar avj olib, fikrlar chuvalashib, «kalavaning uchi topilmay qolgan» bir paytda O‘zbekiston o‘zining har bir kuniga va olis istiqboliga qat’iy ishonch bilan qaradi. Shuning uchun ham u, eng avvalo, davlat ramzlarini, istiqlolimiz atributlarini qabul qilish, mamlakatning huquqiy poydevorini tiklash yo‘lidan bordi.

O‘zbekistonning davlat mustaqilligiga ega bo‘lganligi buyuk tarixiy hodisa ekanligini quyidagi omillarda ko‘rish mumkin. Birinchidan, o‘zbek xalqi uch ming yillik tarixi mobaynida ilk bor o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqiga ega bo‘ldi, sermusibat xalqimiz mustaqil davlat hokimiyatining birdan bir sohibiga aylandi.

Ikkinchidan, O‘zbekiston mustaqilligi mamlakatda adolatli, demokratik, insonparvar jamiyat qurish uchun yo‘l ochib berdi, o‘z milliy davlatchilik tizimini barpo qilishga imkoniyat yaratdi.

Uchinchidan, mustaqillik tufayli O‘zbekiston xalqaro miqyoslarda o‘zini tanitish, ayni choqda xalqaro huquq me’yorlari asosida jahondagi barcha davlatlar bilan teng hamkorlik qilish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Jahon xaritasida O‘zbekiston to‘la huquqli mustaqil davlat sifatida o‘z o‘rniga ega bo‘ldi.

To‘rtinchidan, iqtisodiyotda tub o‘zgarishlar qilish uchun imkoniyat yaratildi. Ya’ni jahon amaliyoti isbotlagan bozor iqtisodiyotiga o‘tish uchun sharoit barpo etdi. Mulkka munosabat tubdan o‘zgarib, jamiyatda mulkdorlar sinfini shakllantirish uchun imkon ochildi.

Beshinchidan, mustaqillik xalqning ma’naviy uyg‘onishi uchun imkoniyat sifatida yuzaga kelib, boy madaniy merosga egalik, vorislik an’analari amal qila boshladi. Yurt tarixi, qadimiy madaniyat tiklana boshlandi. Xalqning azaliy urf-odatlari, ma’naviy qadriyatlari qaytarildi. Dinga munosabat ijobiy tomonga o‘zgardi.


Asosiy tushunchalar
Davlatchilik an’analari — har bir xalqning siyosiy boshqaruvi

ilk davridan boshlanadi va tobora sayqallanib boradi.


O‘zbek milliy davlatchiligi — tarixi uch ming yilga boradigan

davlatchilik. Uning eng yangi davri 1991-yildan boshlanadi.

Hozirgi vaqtda o‘zbek davlatchiligi zamonaviy mezonlarda

takomillashmoqda.


Takrorlash uchun savollar

1. O‘zbekistonda ilk davlatchilik va uning ildizlari haqida

gapiring.

2. Yangi o‘zbek davlatchiligining xos jihatlari nimada?

3. Davlat atributlari ramziy ma’nolari qaysi tamoyillarga ko‘ra

sharhlanadi?

4. Gegel falsafasi va I.Karimov ta’limotining o‘ziga xos jihatlari

haqida gapiring.

5. O‘zbekistonning davlat mustaqilligiga erishishining tarixiyhodisa ekanligini izohlang.
19 §. Globallashuv jarayonlari,global muammolar
Reja


  1. Hozirgi davrning global muammolari

  2. Ma’naviyat sofligini asrash

  3. Ekologik muammolar

Har doim va hamma joyda kishilar oldida muayyan muammolar ko‘ndalang

bo‘lib turgan. Bular bir tomondan tabiat stixiyasi, ikkinchi tomondan inson faoliyati

kechishining ayrim jihatlari natijasidir. Ijtimoiy tarix davomida bular nafaqat e’tiborni o‘ziga jalb etib turdi, balki u yoki bu darajada hal etilib ham kelindi.

Hozirgi vaqtda mutafakkirlar va olimlar Yer sayyorasi miqyosida yagona sivilizatsiya qaror topayotganligi xususida tobora ko‘proq gapirmoqdalar. Fan va amaliyotda bu g‘oyaning mustahkam o‘rin olishi bilan «globalizatsiya» atamasi qo‘llanila boshlandi. Globallashuv jamiyatning barcha sohalarini qamrab olgan. Sanoat ishlab chiqarishi anchagina jihatlardan transmilliy korporatsiyalar nazorati

ostidadir. Barcha mamlakatlar amalda yagona bozorga birlashgan desa bo‘ladi. Internet tufayli Sayyoraning istagan joyi tezda turli soha yangiliklari bilan ta’minlanishi mumkin. Ko‘rinadiki, insoniyat «umumiy uy», «Umumiy taqdir» va, albatta, umumiy tashvishlarga ham ega bo‘ldi. Hammadan oldin buni payqagan Arnold Toynbi «XX asrda yalpi jahon tarixi boshlandi», — degan edi.



Hozirgi global muammolar. Globallashuv ijobiy jihatlari bilan birga qator jiddiy muammolarni ham tug‘dirdi. Ularning muayyan qismini «hozirgi davrning global muammolari » deb atash qabul qilingan.

Jahon miqyosida yuz berayotgan global jarayonlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, hozirgi vaqtda quyidagilar inson uchun dolzarb muammolar hisoblanadi:

— Yer yuzida yalpi tinchlikni saqlash, termoyadro urushining oldini olish va adolatli xalqaro iqtisodiy tartibot o‘rnatish;

— atrof-muhitni samarali muhofaza qilish (ekologik muammo);

— aholi soni va tarkibi bilan moddiy va ma’naviy qadriyatlar yaratilishi mutanosibligiga erishish (demografik muammo);

— yer yuzi aholisini zarur oziq-ovqat va quvvat manbalari bilan ishonchli ta’minlash;

— ochlik, qashshoqlik va qoloqlikni tugatish uchun yuksak rivojlanishdagi va ulardan keyinda qolgan mamlakatlar o‘rtasidagi keskin farqni bartaraf etish;

— xavfli kasalliklarni tugatish;

— inson ma’naviy muhiti sofligini ta’minlash (etikologiya muammosi) va boshqalar.

Kelib chiqishi, mavjudligi va hal etilishi jihatlariga ko‘ra, global muammolarni uch guruhga ajratish mumkin:

Birinchisi — bu kishilar uyushgan jamiyatning tabiati, turli mintaqalar davlatlarining (masalan, Sharq-G‘arb, Janub-Shimol, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar) xilma-xil manfaatlari majmuyi bilan bog‘langan, boshqacha aytganda, baynal ijtimoiy jarayonlar, ijtimoiy o‘zaro munosabatlar tug‘dirgan muammolardir.

Ikkinchi guruhga inson va u mansub bo‘lgan jamiyat tizimida yuzaga kelgan munosabatlarni ifodalaydigan muammolar kiradi.

Uchinchisi o‘z ichiga «jamiyat-tabiat» tizimi doirasidagi munosabatlar tug‘dirgan muammolarni oladi.

Global muammolarning muhim jihatlaridan biri fan-texnika taraqqiyoti bilan aloqadorlikdaligidir. Fanda erishilgan kashfiyotlar tezda yangi texnika vositalari yaratishni ta’minlasa, o‘z navbatida texnik rivojlanishi ham fanda yangi o‘zgarishlarni sodir etishga jiddiy turtki bermoqda. Agar insoniyat ajdodlari yozuv ixtiro qilgunga qadar taxminan 3 million yil og‘zaki aloqa qilgan bo‘lsa, undan 5 ming yil keyingina kitob bosishni o‘rgandi. Undan 500 yil o‘tib telefon, radio va televideniyega ega bo‘ldi, an’anaviy eshituvko‘ruv vositalaridan kompyuterlarga o‘tish uchun atigi 50 yilcha vaqt kerak bo‘ldi. Bularning natijasi o‘laroq, erishilgan kashfiyotlar kim qanday maqsadlarni ko‘zlasa, o‘shalarga tadbiq etilmoqda. Bu esa global muammolarning yanada o‘tkir, dolzarb bo‘lib turishiga olib kelmoqda.



Urush va tinchlik masalari.Tinchlik xalqlar uchun bebaho ne’mat bo‘lganidek, urush ham insoniyatning butun tarixi davomida uning doimiy yo‘ldoshi bo‘lib keldi. Yozma yodgorliklarning guvohlik berishicha, so‘nggi 6 ming yillik vaqt mobaynida Yer yuzida 15 mingdan ziyod urushlar sodir Urush va tinchlik masalalari

bo‘lgan. Shu davr ichida atigi 300 yilgina urushsiz kechgan. Amerikalik muallif R.Klarkning «Urush ilmi va tinchlik» kitobida keltirilishicha, 1820—1859-yillarda 92 ta urushda 800 ming (ja’mi aholining 0,1 %i), 1860—1899-yillarda 106 ta urushda 4,6 million (0,4 %), 1900—1949-yillarda esa 117 ta urushda 42,5 million (2,1 %) odam qirilib ketgan.

Bizning davrimizda ham xalqlar va mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar tarkibi, xalqaro siyosat mexanizmi, urushlarga tayyorgarlik ko‘rish mexanizmlari va hokazolar o‘zgarishsiz qolgan.

Matematikaning so‘nggi yutuqlari asosidagi hisob-kitob — modellashtirish shuni ko‘rsatadiki, hozirgi vaqtda to‘plangan yadro zaryadlari portlatilsa, Amerika, Yevropa va Osiyodagi asosiy shaharlar yong‘in ostida qolib ketishi, bir oydan so‘ng yer ustidagi atmosfera harorati 15—20 darajada, Sibir markazi va boshqa ayrim mintaqalarda esa, 40—45 darajagacha pasayib, uning aylanishi (sirkulyatsiyasi) mutlaqo o‘zgarishi mumkin. Shimoliy yarim shardan janubga qarab nur o‘tkazmaydigan qora qatlam butun sayyorani qoplab oladi. Chuchuk suvning barcha manbalari muzlaydi. Ekologiyaviy aloqalar buziladi, hosil halok bo‘ladi. Yer ustida va okeanlarda hayot tugaydi. Bularning hammasi yadro quroli siyosat vositasi va, hatto, urush vositasi ham bo‘lmay, balki insoniyat uchun o‘z-o‘zini halok etish quroli ekanligini ko‘rsatadi.

Global muammo sifatida tinchlikni ta’minlash harbiy xarajatlarni keskin kamaytirishni taqozo etadi. Negaki, insoniyat 1900- yildan beri harbiy ishga ajratilgan mablag‘larni 30 martadan ko‘proq oshirdi. U 90-yillar boshiga kelib 500 milliard dollarga yetdi. Harbiy va aslaha sanoatida 60 million kishi faoliyat ko‘rsatgan. Jumladan, muntazam qo‘shinlarda 25 milliondan ortiq shaxsiy tarkib, 10 millionlik yarim harbiy muassasalarda ishlovchi 5 million fuqaroviy kasb egasi bor. Bu sohalarda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarida 500 ming kishi bandki, bu dunyodagi olim va muhandislarning qariyb 40 % ini tashkil etadi. Fan rivojlanishiga har yili ajratiladigan harajatlarning beshdan ikki qismi yoki 30 milliard dollardan

ortiqrog‘i harbiy tadqiqot maqsadlariga ketgan.33

Hozirgi vaqtda oddiy qurol-yarog‘lar keltirishi mumkin bo‘lgan ziyon yadro quroli darajasiga yaqinlashib qolmoqda. Jahonda qurollanishga ajratilgan mablag‘larning 80%i shu sohaga sarflanmoqda.

Urush va tinchlik masalalarida AQSHning o‘rni hozirgi vaqtda hal qiluvchi darajaga yetdi.



Rivojlanayotgan mamlakatlar muammolari. Sayyorada umumbashariy tinchlikni ta’minlash ehtiyojlari bilan G‘arbning sobiq mustamlaka yoki vassal bo‘lgan 130 dan ortiq mamlakat ijtimoiy rivojlanishini jadallashtirish vazifalari o‘zaro bog‘liqdir.

Bu mamlakatlarda o‘tmishda xo‘jalik hayoti zo‘rlik bilan o‘zgartirilgani tufayli ko‘pincha turg‘un holda bo‘lgan, qoloq siyosiy munosabatlar saqlab qolingan edi. Aksariyat rivojlangan davlatlar bularga xomashyo manbayi, salmoqli bozor va kapital chiqarish uchun qulay makon sifatida qaraydilar. Ularning qoloqligini tugatish global

muammo hisoblanadi. Buning uchun hozirgacha va hozirda ham amal qilayotgan xalqaro iqtisodiy tartibotni o‘rnatish zarur bo‘ladi.

Yangi xalqaro iqtisodiy tartibot nafaqat rivojlanayotgan davlatlar uchun, balki sovetlardan keyingi hududlar davlatlari va sobiq sotsialistik mamlakatlar uchun ham zarurdir. Chunki ularning o‘rtacha rivojlanganligi darajasi G‘arbning ilgarilab ketgan industrial mamlakatlariga yetib olishini ta’minlamaydi.



Ma’naviyat sofligini asrash. Hozirgi vaqtda insoniyat ma’naviyati, uning sofligini asrash ijtimoiy rivojlanishning ichki jarayonlari tug‘dirgan yana bir global muammo sifatida maydonga chiqmoqda. Gap shundaki, zo‘ravonlik va nafrat kishilar o‘rtasidagi munosabatlarda chuqur ildiz otib, ma’naviy muhitni tobora zaharlamoqda. Buni to‘xtatib qolish va keskin kamaytirishga erishish vazifalari dunyo miqyosida kuch-g‘ayratlarni birlashtirishni taqozo etmoqda.

Ma’naviy muhitni bulg‘ashda keyingi vaqtlarda ayniqsa ichkilikbozlik va bangilikning o‘rni katta bo‘lmoqda. Ko‘pgina mamlakatlar bu xil moddalarni tarqatganlik uchun og‘ir jazo (masalan, Eron Islom Respublikasida — o‘lim, Fransiyada — 10 yil, AQSHda — 15 yil, voyaga yetmaganlarga bangilik moddalarini sotgani uchun — 30 yildan umrbod muddatgacha qamoq jazosi) belgilanganiga qaramay, aholining muayyan qismida bangilikka ruju qo‘yish avj olgan. Shuning uchun ham BMT darajasida tegishli tashkilotlar tuzilib, bu ijtimoiy illatga qarshi ommaviy kurashilmoqda. Lekin bangilik moddalarini tayyorlash va sotishdan g‘oyat katta foyda olayotgan korchalonlar bu og‘udan o‘layotganlar soni yildan yilga oshib borayotganligiga qaramay barcha imkoniyatlardan foydalanmoqdalar.

«Eng qadimiy kasb» vorislari ham axloq-odob muammosini keskinlashtirishda o‘z «hissalarini» qo‘shishmoqda. Fahsh sindromi ko‘p mamlakatlarda rivojlanib bormoqda. Shimoliy Yevropada behayo filmlar, adabiyotlar chiqarishdan olinayotgan foyda o‘nlab milliard dollarga yetadi.

Axloqiylik muammosi tarkibida va undan tashqariga chiqadigan hollarda ham terrorchilikning o‘rni alohidadir. Ijtimoiy antogonizm shakllaridan biri sifatida kelib chiqqan terrorchilikning xillari tobora ko‘payib bormoqda.



Demografik portlash. Rivojlanayotgan mamlakatlarda iqtisodiy qoloqlik bilan bog‘liq aholi o‘sishi (melod boshlarida 230 mln., 1830-yilda 1 mlrd., 1910-yilda 2, 1960-yillar boshida 3, 1975-yilda 4, 1985-yilda 5 va hozirgi vaqtda 6 mlrd.)dirki, odamlarni tegishli moddiy vositalar bilan ta’minlash, zarur ma’lumot darajasi, tibbiy

va huquqiy xizmat, tegishli ijtimoiy muhofaza, yosh avlod tarbiyasi va hokazolar bilan bog‘liq bo‘lgan jiddiy va ko‘lamli vazifalarni kun tartibiga qo‘yadi.

Ingliz iqtisodchisi R.T.Maltus bundan 200 yil avval shunday degan edi: «Ota-onasi farzandining yashashini ta’minlashi uchun zarur kapitalga ega bo‘lmasa, bu farzandning yashashga qanday haqqi bor? Bunday farzand xayr-ehsonga ko‘z tikishi mumkin».

Xavfli kasalliklarning ko’payishi. Aholi ko‘payishini boshqarish va tashkil etish yo‘lga qo‘yilmagan mamlakatlardagi ochlik, oziq-ovqatlar tarkibida oqsillarning kamchilligi ko‘pgina xavfli kasalliklarni keltirib chiqargan.

Ma’lumki, Yer yuzida global miqyosdagi ochlik mavjudligi birinchi marta BMT tomonidan 1950-yilda tan olingan edi.

Ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarga (yetarli miqdordagi mablag‘ larning ajratilmasligi, malakali kadrlarning yetishmasligi va h.k.) ko‘ra jahon aholisining 40% i vodoprovod suvi, kanalizatsiya va sanitariya xizmatidan foydalanmaydi. O‘z-o‘zidan ravshanki, bularning hammasi epidemiyalar tarqalishiga olib keladi. Rivojlanayotgan

mamlakatlarda sil, bezgak kabi kasalliklar keng tarqalgan. Hozirgi vaqtda bularning yoniga OITS (SPID) ham qo‘shilmoqda.

Kasalliklarning global muammo bo‘lib qolganligi yana shunda ko‘rinadiki, sanoati yuksak rivojlangan mamlakatlarda yurak-tomir, asab-ruhiy, allergik, rak va h.k. xastaliklar ko‘payib bormoqda. Masalan, bu mamlakatlarda yurak-tomir kasali birinchi o‘rinda, rak — ikkinchi o‘rindadir.

Ekologik muammolar. Inson ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyatining sayyoraviy miqyosdaligi tufayli eng umumiy tarzda quyidagi ekologik o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda:

Sayyoraning genetik boyligini tashkil etgan o‘rmonlar sahni har yili 11 million gektarga qisqarib bormoqda; bu o‘rmonlar biosfera tabiiy vazifalarini saqlab qolishda katta ahamiyatga ega. Yer yuzasining 31 millioncha gektar qismi «kislotali yomg‘irlar»dan zararlangan va bulg‘angan. Tuproq eroziyasi tufayli ekin maydonining 26 mln. gektarida har yili hosildorlik pasayib bormoqda; XX asr ikkinchi yarmida «katta qurg‘oqchilik»larning tez-tez bo‘lib turishi natijasida cho‘llar maydoni yiliga 6 million gektarga kengayib, o‘simlik va hayvonot olamida salbiy o‘zgarishlar yuz bermoqda. Sanoatlashgan Yevropa va Shimoliy Amerikadagi minglab suv ko‘llari biologiyaviy o‘lik holga tushgan. Har yili jahon suv havzalariga 32 kub kilometr tozalanmagan sanoat oqava suvlari kelib tushmoqda. Yer yuzidagi ekologiyaviy o‘zgarishlar oqibatida 2050-yilga borib atmosferadagi o‘rtacha harorat 1,5—4,5 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Ozon qatlamining yemirilishi natijasida o‘simliklarda fotosintez jarayonining qisqarishi, konserogen moddalar ta’sirida kelib chiqadigan kasalliklarning ko‘payishi va h.k. ro‘y berishi mumkin.

Tevarak-atrof muhitning bulg‘anish muammosi bilan birga tabiiy resurslar, birinchi navbatda oziq-ovqat manbalari muammosi ham mavjud.

Xomashyo va quvvatning yangi manbalarini topish. Barcha mamlakatlar quvvatning yangi manbalarini topish zaruriyati oldida turibdi.

Ma’lumki, quvvat resurslari ikki xil — qayta tiklanmaydigan, (neft, gaz, ko‘mir) va tiklanadigan (suv quvvati, yog‘och va h.k.) bo‘ladi. Shuningdek, quvvat

manbalarini tashqi (Quyosh) va ichki yer osti resurslari (masalan, atom yadrosi) tarzida ham ta’riflash mumkin.

Hozir dunyoda 30 dan ortiq mamlakatlarda atom reaktorlari hisobiga jahon elektr quvvati ishlab chiqarishining 15% i to‘g‘ri kelmoqda. Atom quvvati hosil etish xarajatlari yuqoriligicha qolmoqda. Uning xavfsizligi xususida xilma-xil va qarama-qarshi fikrlar aytilmoqda.

Quvvat muammosining kun tartibida jiddiy turganligi olim va mutaxassislarning quyosh nuridan, yer osti issiqlik manbalaridan foydalanishga yana ham ko‘proq e’tibor berishlarini taqozo etmoqda.

Global muammolarning eng asosiylari tavsiflaridan ham ko‘rinib turibdiki, bunday bo‘hronlarni bartaraf etish nafaqat murakkab, balki bir xil yechimga ham ega emas. Insoniyat bularni hal etish choralarini tinimsiz izlamog‘i lozim. Hozirgi zamon tafakkuri darajasida mulohaza yurituvchi ko‘pgina mutaxassislarning hisoblashicha, global bo‘hronlarni bartaraf etish dastlabki sharti — bu ma’naviy yuksaklik, uning insoniylashgani bo‘ladi. Zamonaviy insonparvarlik eng kamida uchta asosga: globallashuvni anglashga, zo‘ravonlikdan voz kechishga va adolatlilikka tayanadi. Bularning hammasi inson huquqlarini tan olishga va insoniyatning yaxlit ma’naviy-axloqiy takomili tizimini yaratishga borib taqaladi.

Xalqaro kuch-g‘ayratlarni birlashtirish global muammolarni hal etishning muhim omili hisoblanadi. Shu yo‘l bilan savdoni rivojlantirish, barcha sohalarda aloqalarni mustahkamlash mumkin.

Global muammolar xalqlar, mamlakatlarning xususiy va umumiy manfaatlari bilan aloqador Rio-de-Janeyroda 1992-yili bo‘lib o‘tgan xalqaro anjumanda ham alohida ta’kidlangan edi. Davlatlar va hukumatlar boshliqlari ishtirokida o‘tgan bu anjumanda «barqaror rivojlanish konsepsiyasi» qabul qilinib, unda ijtimoiyiqtisodiy

muammolarning yechimini atrof-muhitni himoya qilish, hozirgi avlod hayotiy ehtiyojlarini qondirishni kelajak avlod uchun ham shunday imkoniyatlar qoldirish bilan qo‘shib olib borish ko‘rsatib o‘tildi.
Asosiy tushunchalar
1. Globalizatsiya — jahondagi mamlakatlarning o‘zaro bog‘liqbo‘lib borishi jarayoni.

2. Baynal ijtimoiylik — insoniyatning asosiy ijtimoiy birliklario‘rtasidagi munosabatlarni ifodalaydi.

3. «Uchinchi dunyo» — rivojlanayotgan mamlakatlarni ifodalaydi. Kelib chiqishiga ko‘ra kapitalistik va sotsialistik lagerlarga bo‘lingan deb hisoblanganda ulardan farqlanuvchi davlatlarni anglatgan.

4. Etikologiya — kishilar ma’naviyati sofligini saqlash va uni tanazzuldan asrashni anglatadi.

5. Rim klubi — bir qancha mamlakatlar olimlari, siyosiy va jamoat arboblari tomonidan 1968-yilda italiyalik olim, biznesmen va jamoat arbobi Apechchel rahbarligida tuzilgan xalqaro nohukumat tashkilot. Rim klubi qator umuminsoniy muammolar yuzasidan anjumanlar o‘tkazib kelmoqda. Klub a’zolari dolzarb mavzularda kitoblar e’lon qilgan.

Savollar va topshiriqlar


1. Global muammolar qachon paydo bo‘lgan?

2. Global muammolarni qaysi tamoyillarga ko‘ra tasnif etish mumkin?

3. Raketa-yadro urushi xavfi oldini olish uchun nimalar qilish kerak?

4. Ekologiyaviy muammo nimadan iborat?

5. Demografik portlash nima?

6. Xomashyo muammosi mazmuniga nimalar kiradi?

7. «Barqaror rivojlanish konsepsiyasi» haqida nimalar bilasiz?

20-§. Axborotlashgan jamiyat


Reja
1.“Axborot”, “axborotli jamiyat” tushunchalari

2. Ma’naviy-madaniy o‘zgarishlar ko‘lami

3. Internet tizimi
Global muammolarning kelib chiqishi, mavjudligi va hal etilishi zarurati insoniyat jamiyati yangi sivilizatsiyaviy sifat o‘zgarishini taqozo etmoqda. Bu jarayon mohiyatini anglash uchun uning

jadalligiga, chuqurligiga va miqyosiga e’tibor berish lozim. Zero, o‘nlab va, hatto, yuzlab yillar davomida o‘zgarmas bo‘lib ko‘ringan ijtimoiy munosabatlar g‘oyat qisqa vaqtda tubdan o‘zgarmoqda. Bu hol kishilar hayoti qatlamlarining barcha

bo‘g‘inlarida ko‘rinmoqda. Ko‘lamiga ko‘ra bu jarayon biron mintaqani chetlab o‘tmagan.

Xo‘sh, bu qanday sivilizatsiya bo‘ladi? Hozirgi dunyoda G‘arb qadriyatlarining barcha sohalarda ahamiyati tan olingan va qabul qilayotganini o‘rgangan futurolog-mutaxassislar axborot-texnikaviy yoki axborot-kompyuter sivilizatsiyasi haqida bashorat qilmoqdalar34.

Ma’lumki, «axborot» tushunchasi dunyoqarashni ifodalaydigan bilimlarda qadimdan mavjud bo‘lgan. Kibernetikaning kelib chiqishi va rivojlanishi bu tushunchani «aloqa» va «boshqaruv» tushunchalari bilan birga keng qo‘llanishiga olib keldi. Hozirgi vaqtda axborotlarni hosil qilish, qayta ishlash, saqlash, ko‘paytirish va tarqatish alohida ilmiy sohani — informatika (lotincha: tanishtirish, tushuntirish,

sharq tillarida: «xabar», «axborot») sohasini tashkil etadi. Bu so‘z 1964-yilda Fransiyada muomalaga kiritilgan.

Axborotlar sohasining tez sur’atlar bilan o‘sishi, uni avtomatlashtirish usullarining rivojlantirilishi kompyuterlarning yaratilishiga va kishilar hayotining turli sohalarini kompyuterlashtirishga olib keldi. Bu esa, o‘z navbatida, kelajakdagi «axborotli jamiyat» nazariyasini maydonga keltirdi.

Hozirgi vaqtda texnika va texnologiya ko‘p jihatlardan fan mahsuli hisoblanadi. Fan esa inson yaratgan ma’naviy qadriyatlardan eng oliysi bo‘lib, unga berilgan baholar hamisha bir-biridan keskin farq qilishiga qaramay, tegishli axborotlar ifodasi sifatidagi ahamiyatini hech qachon yo‘qotmaydi. Texnologiya fanning uskunaviy vositasi hisoblanadi.



Axborot inqiloblari Axborot texnologiyasi iqtisodiyot rivojlanishida qishloq xo‘jaligi, sanoat, xizmat ko‘rsatish sohasidan keyingi to‘rtinchi bosqichni egallaydi. Agar kapital va mehnat kishilik jamiyatining sanoatlashish davri mobaynida zarur tashkil etuvchilardan bo‘lsa, axborot va bilim esa kelajak jamiyati asoslarini tashkil etadi.

Yuqorida aytilganidek, tushunchaviy maqomiga ko‘ra «axborot» atamasi qadimdan qo‘llaniladi. Xususan, axborotlashuv sohasidagi (buni hozir informatsiologiya — axborot ta’limoti deb atash qabul qilingan) dastlabki jahon inqilobi melodiy birinchi mingyillik boshida yashagan Ptolomeyning dunyoning geotsentristik tizimi, ikkinchi inqilob N.Kopernikning (XVI asr o‘rtalarida) geliotsentristik nazariyasi bilan vujudga kelgan edi. Bular axborotning ilmiy va ma’naviy ravnaqini ifodalagan edilar.

Uchinchi inqilob 1964-yildan boshlanadi. 80-yillar o‘rtalariga kelib ko‘pgina mamlakatlar axborot rivojlanishi yo‘liga — Internet, multimedia, kosmonavtika, radio va sun’iy yo‘ldosh aloqasiga asoslangan axborot tizimiga o‘tdilar.

Tabiiyki, bunday sharoitda axborotlarni tegishli tarzda to‘plash va uzatishning avtomatizatsiya vositalari, kompyuter texnikasi va hokazolarni rivojlantirish muhim hisoblanadi. Hozirgi vaqtda AQSHda po‘latning bir kilogramm bahosi 7 sent, mashinaning bir kilogrammi 4 dollar, samolyotning bir kilogrammi 700 dollar, bir kilogramm integral sxema esa 7000 dollar turadi.

Sifat jihatdan ham axborot texnologiyasida juda muhim o‘zgarishlar yuz bermoqda. Agar birinchi kompyuterlar 30-yillarda elektromexanik rele asosida hisoblash maqsadida foydalanilgan bo‘lsa, 60-yillardagi ikkinchi avloddan boshlab

kompyuterlar yarim o‘tkazgichli tranzistorlardan foydalanib tayyorlanmoqda. Kompyuterlarning beshinchi avlodi hatto intellektual vazifalarni ham yechishga qodir. Kompyuterlarning oltinchi va yettinchi avlodlari har birining protsessorida 80—100 million tranzistor bo‘lib, har soniyada 2 milliardgacha vazifani bajara oladi.



Axborot-texnologiya tayanchlari Axborot texnologiyasi qator tayanch jihatlarga ega. Ulardan birinchisi inson faoliyatini maqsadga muvofiq yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq.

Ikkinchi tayanch — bu turli tabiatga ega bo‘lgan obyektlar o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlikni bildirib, EHMga tadbiqan uning inson miyasi bilan funksional umumiyligini anglatadi.

Axborotlashganlikning uchinchi tayanchi texnika hisoblanadi. Darhaqiqat, jiddiy texnikaviy rivojlanishsiz kompyuterlarning o‘zi ham yaratilmagan bo‘lur edi.

Axborot texnologiyasining to‘rtinchi tayanchi shundaki, uning kelib chiqishi uchun iqtisodiy boshqaruv — siyosiy va ma’naviy sohalarda asosiy manba bo‘lishi lozim.

Masalan, demokratiya va ozodlik ideallari rivojlanmagan joyda axborotlashganlik texnologiyasi yuz bermagan bo‘lur edi.

Ko‘rinib turibdiki, hozirgi zamonda jamiyatning kompyuterlashganligi — bu aniq dalil. Xo‘sh, bu dalil jamiyatning aniq olingan sohalarida qanday namoyon bo‘lmoqda?

Iqtisodiyot sohasida ishlab chiqarish bilan xizmat ko‘rsatish nisbatida birinchisining hisobiga ikkinchisining kengayishi ro‘y bermoqda. Og‘ir sanoat salmog‘i pasayib, uning tobora maydalanib borishi kuzatilmoqda. Avvaldan mavjud tuzilmalar hududiy tarqoq tarmoqlarga bo‘linib bormoqda. Bunda mintaqalarning o‘zida xomashyolarga har tomonlama ishlov berish va tayyor mahsulotlar almashuvi yuz beradi. Bu almashuvda turli-tuman iste’mol ehtiyojlarini qondirish ustun hisoblanadi. Aholi migratsiyasi ratsional tarzda yo‘lga qo‘yiladi.

Axborot-texnikaviy kelajak nazariyotchilari fikriga ko‘ra bu davrda jamiyatda boshqariladigan bozor iqtisodiyoti amalda bo‘ladi. Busiz yangi sivilizatsiya qaror topishi, sanoatlashganlik kamchiliklarini bartaraf etish mumkin bo‘lmaydi.

Yuksak mehnat unumdorligi, samarali iqtisodiyot ijtimoiy ta’minot yo‘li bilan tegishli siyosat olib borishni kafolatlaydi. «Hech qanday sivilizatsiya, — deb yozadi O.Toffler, — barcha kasb egalarini bir xil siylamagan va shunday bo‘lmog‘i lozim. Qishloq xo‘jaligi sivilizatsiyasi yoki birinchi to‘lqin muayyan sifatlar va qobiliyatlar, ayniqsa sof muskul kuchi uchun siylagan. Sanoat sivilizatsiyasi yoki ikkinchi to‘lqin turli kasblar uchun haq to‘lagan. Uchinchi to‘lqin sivilizatsiyasi ham muayyan xususiyatlar va qobiliyatlar uchun boshqalariga qaraganda yaxshiroq haq to‘laydi».

Ma’naviy-madaniy o‘zgarishlar ko‘lami Ma’naviy-madaniy sohadagi tub o‘zgarishlar ommaviy ruhiyatda, ta’lim tizimida, har bir inson saviyasida o‘z ifodasini topmoqda. Odatda bu sohadagi o‘zgarishlar boshqa sohalar o‘zgarishlariga zamin tayyorlaydi.

Kompyuterlashtirish kishilik jamiyati dinamikasining navbatdagi yo‘nalishi sifatida madaniyatning qator sohalarida bo‘lgani kabi san’atda ham yuksak ravnaqni taqozo etadi. Bu haqda sivilizatsiya rivojlanishi ushbu bosqichi nazariyotchilaridan bo‘lgan J.Nesbitt va P.Eburdin san’atni 90-yillarda jahon miqyosida o‘nta yo‘nalishning ikkinchisi sifatida ko‘rsatadi. Agar sanoatlashgan davrda harbiylar boshqalarga namuna bo‘lsa, sport — metafora (majoz)ni anglatgan bo‘lsa, endi alohida kishilar, korporatsiyalar, katta yo kichik shaharlar o‘z taqdirlarini san’at

asarlaridagi shaxslar, obrazlar, hayot uslubi ta’sirida tobora aniqroq belgilab boradilar.

San’at iqtisodiy tushuncha maqomida ham qaralishi obyektiv zaruriyat bo‘lib bormoqda. Buni rivojlangan mamlakatlar bozorida foyda keltirayotgan resurs sifatida muzeylarga boruvchilarning tobora ko‘payib borishida va ko‘plab qurilayotgan muzeylar sonida ko‘rish mumkin. Hozirgi vaqtda Buyuk Britaniyada madaniyat va san’at sohasi keltirayotgan foyda avtomobilsozlikdagi darajada — har yili o‘rtacha 17 milliard dollar bo‘lmoqda.

Ma’naviy hayotda san’atning o‘rnini sanoatlashgan davrning standartlash yo‘nalishidan farqli holda uning milliyligini to‘la namoyon qilish orqali va muntazam xalqaro almashuv yo‘li bilan millatlarning madaniy yaqinlashuviga hissa qo‘shishida ham ko‘rish mumkin. Zero, san’atning tili (rangtasvir, haykaltaroshlik, me’morchilik,

musiqa, raqs) tarjimasiz tushunarli bo‘lganidan bebaho umuminsoniy aloqa vositasidir.

Maorif sohasida jiddiy o‘zgarishlar kutilmoqda. Jumladan, kechayotgan fan inqilobi va axborotlashuv tufayli o‘qish, o‘qitish ishlarining samaradorligini yanada oshirish imkoniyati yaratilmoqda. Buning natijasida rivojlangan mamlakatlar AQSH va Yaponiyada XXI asrda yalpi oliy ta’limga o‘tish vazifasi kun tartibiga qo‘yilgan.

Siyosiy sohada ham axborotlashuv inqilobi tufayli jiddiy o‘zgarishlar kutilmoqda. Chunonchi, davlat hokimiyati markazlashganligi barham topib, uning o‘rniga shaxs erkinligi salmog‘I oshib boradi. Natijada fuqaro ular har birining demokratik qarorlar qabul qilinishida bevosita ishtirok etishi ta’minlanadi. Boshqa

tomondan qaraganda davlat markazlashganligining kuchsizlanishi axborotlarga egalik qilish natijalari bilan ham bog‘liq. Masalan, hozirgi ko‘pgina mamlakatlarda davlat tashkilotlari fuqarolar to‘g‘risida axborotlar to‘plaganki, zarur bo‘lganda ulardan

totalitarizm maqsadlarida foydalanishi mumkin. Yana bir hol: davlat hokimiyatini muayyan darajada cheklash axborotlardan turmushning turli sohalarida foydalanish zaruriyati bilan ham bog‘liq. Iqtisodiyot sohasidagi axborotlarni tartibga solish, ulardan lozim darajada foydalanishni siyosiy hokimiyatni total aralashuvisiz ham bozor munosabatlari yordamida yo‘lga qo‘yish mumkin.

Axborotlashayotgan jamiyat belgilari tashqi siyosat sohasida ayniqsa yaqqol namoyon bo‘lmoqda. AQSHdan tashqari qator mamlakatlar, jumladan Xitoy, Yaponiya, Germaniya, Rossiya jahon miqyosida mustaqil yetakchi o‘ringa da’vogarlik qilmoqda. Ayni vaqtda, mintaqalararo ittifoqlarning (masalan, G‘arbiy

Yevropa, Shimoliy Amerika) o‘rni kuchaymoqda. Shuningdek, xalqaro tashkilotlarning ahamiyati tobora ortib bormoqda.

Albatta, axborotlashgan-texnikaviy sivilizatsiyaning qaror topishi ko‘plab noma’lum jihatlarga ham ega. Uni tushuntiradigan ta’limotlarda utopiyalar hissasi kichkina emas.
Asosiy tushunchalar
1. Informatsiologiya (lotincha — tanishtirish, tushuntirish va yunoncha — so‘z, ta’limot so‘zlaridan tuzilgan) tirik hamda notirik tabiatdagi va umuman, olamdagi barcha jarayonlarni axborotlar asosida umumlashtirib o‘rganuvchi fan hisoblanadi.

2. Postindustrial sivilizatsiya — sanoatlashgan jamiyat o‘rniga keladigan axborotli sivilizatsiya anglanadi.

3. Totalitarizm (lotincha — yaxlit, to‘liq) — o‘ziga sodiq guruhlar yordamida uning siyosatini qo‘llab-quvvatlamaydiganlarni bostirib turadigan hokimiyatni qo‘lida to‘plagan diktatorning siyosiy boshqaruv shakli.

Takrorlash uchun savollar


1. Kompyuter tafakkurida axborot qanday o‘rin tutadi? Axborotli-texnikaviy jamiyatning asosiy tavsiflari nimadan iborat?

2. Iqtisodiy sohada yangi sivilizatsiya belgilari qanday namoyon bo‘lmoqda?

3. Ijtimoiy-siyosiy sohada kompyuter sivilizatsiyasi boshlanishi qanday natijalarga olib keldi?

4. Ijtimoiy-siyosiy sohada kompyuterlashgan sivilizatsiya boshlanishi qanday natijalarga olib keladi?

5. Ma’naviy sohada yuz berayotgan o‘zgarishlar nimalardan iborat bo‘lmoqda?

6. Siyosiy sohadagi axborotlashuv inqilobi va oqibatlari haqida fikringiz?

Ma’ruza va referatlar uchun mavzular
1. «Globalizatsiya» atamasi va tushunchasi.

2. Insoniyatning «umumiy uyi», «umumiy taqdiri» to‘g‘risida.

3. XX asrda yalpi jahon tarixining boshlanishi (A.Toynbi).

4. «Hozirgi global muammolar» tushunchasi.

5. Global muammolar tasnifining asosiy tamoyillari.

6. Inter-ijtimoiy munosabatlar tug‘dirgan global muammolar.

7. «Inson — jamiyat» tizimida paydo bo‘lgan global muammolar.

8. «Jamiyat — tabiat» tizimi doirasida kelib chiqqan globalmuammolar.

9. Global muammolar hal etilishining asosiy shart-sharoitlari.

10. Axloqiy xavf — global muammo.

11. «Rim klubi» faoliyati.

12. Quvvat resurslari va oziq-ovqat mablag‘lari muammosi.

13. Axborotlashganlik — hozirgi davr belgisi.

14. Axborotli jamiyat nazariyalari to‘g‘risida.

15. Iqtisodiyot sohasi o‘zgarishlar ko‘lami to‘g‘risida.

16. Ma’naviy-madaniy sohadagi tub siljishlar to‘g‘risida.

17. Siyosiy sohadagi axborotlashuv inqilobi.

18. Axborot-texnikaviy sivilizatsiya nazariyalaridagi utopiya.



Yüklə 3,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə