O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus



Yüklə 3,28 Mb.
səhifə22/58
tarix06.05.2018
ölçüsü3,28 Mb.
#42512
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   58

Asosiy tushunchalar


  1. Mustamlakachilik — o‘z mamlakatidan tashqaridagi hududlarini egallab, u yerlardagi yashaydigan xalqning imkoniyati va kuchidan ayovsiz foydalanishga asoslangan ijtimoiy tartibot.

  2. Jadidchilik — ijtimoiy-siyosiy va madaniy-ma’rifiy yo‘nalish bo‘lib, Turkiston taqdiri hal qilinayotgan paytda o‘zbek xalqini g‘oyaviy jihatdan birlashtiruvchi kuch sifatida ish ko‘rgan.

  3. Turkiston milliy-hududiy muxtoriyati — Rossiya davlati federativ asosda tuzilgan taqdirda uning tarkibida bo‘lgani holda milliy manfaatlarga mos siyosiy yo‘l o‘tkazish belgilangan edi. Lekin bolsheviklar tomonidan tor-mor qilingan.

  4. Marksizm — nemis mutafakkirlari K.Marks va F.Engels ilgari surgan ta’limot u bilan u yoki bu darajada aloqador turli yo‘nalishlar, nazariyalar, qarashlarning keng quramasi bo‘lib, uning markazida yo‘qsillarning tarixiy vazifasini asoslab

berish yotadi. Uning V.Lenin tomonidan to‘ldirilib targ‘ib qilingan varianti

Sovet davlati va ko‘pchilik sotsialistik mamlakatlaridagi tuzumning halokatga uchraganidan so‘ng inqirozga tushib qoldi.



  1. Totalitarizm (lotincha: to‘la, yalpi) — davlatchilik — siyosiy rejim bo‘lib, yagona partiya yoki tashkilotning to‘la hukmronligini bildiradi. Uning tipik ko‘rinishi bo‘lib fashizm va hozir halokatga uchragan kazarma sotsializm hisoblanadi.

  2. Sovet — XX asr boshlarida Rossiyadagi inqiloblar jarayonida tashkil etilgan hokimiyat bo‘lib, bolsheviklar siyosiy hokimiyatni bosib olgandan so‘ng davlatda hokimiyatning pastdan yuqorigacha bo‘lgan bo‘g‘inlarining umumiy nomi. Sovet davlati barham topgandan so‘ng tugatilgan.

  3. Muxtoriyat — milliy mustaqillikning shakli bo‘lib, mavjud davlat tarkibida muayyan qonunlarga ko‘ra maqomi belgilangan. Turkiston Muxtoriyati Rossiya tarkibida qolishni nazarda tutib tashkil etilgan edi. Lekin bolsheviklar uni o‘z hokimiyati uchun xavfli bilib shafqatsizlik bilan tugatgan.

  4. Turon — geografik va tarixiy-etnografik nom bo‘lib, Yer yuzidagi katta pasttekislikni, turklar yurti, dehqonchilikka o‘tib ulgurmagan chorvadorlarning hududiy atalishi va irqiyoraliq kichik guruhni ifodalaydigan tushuncha.

9. Zardushtiylik — ko‘p xudolikdan yakka xudolikka o‘tishdagi bosqichni ifodalaydigan din bo‘lib, Markaziy Osiyoda (Xorazmda) kelib chiqqan va so‘ngra tevarak-atrof yurtlarga tarqalgan, musulmon dini bilan raqobatda barham topgan.

10. Turon sivilizatsiyasi — Jahon-Sharq sivilizatsiyasining tarkibiy qismi, bundan 2,5—3 ming yil ilgari qaror topgan sug‘orma dehqonchilik madaniyati, chorvachilik va shahar madaniyatining uzviy birligini anglatadi.

11. Fath — mamlakat yoki hududni ixtiyoriy yoki kelishuv orqali qo‘shib olish.

12. Zabt — harbiy kuch ishlatib zo‘ravonlik bilan bosib olish.

13. Islomiy lokal sivilizatsiya — islom dini tarqalishi natijasida Movarounnahr-Turkistonda IX—XII asrlardagi sivilizatsiya hamda Temur va temuriylar davrini ham o‘z ichiga oladigan tushuncha.

14. «Temur tuzuklari» — Amir Temurning asari. Unda mamlakat hayoti turli sohalarini boshqarish tamoyillarining sivilizatsiyaviy maqom talablariga muvofiq kelganligi ko‘rsatilgan.

15. Sivilizatsiyaviy rol — bu tushunchada Sohibqiron Temur, Ulug‘bek, Navoiy va Boburlar faoliyatining tarixiy tavsifi ifodasini topgan.
Savollar va topshiriqlar
1. Qadimgi Turonning madaniy-sivilizatsiyaviy maqomi qaysi omillar bilan taqozolangan?

2. Turon tarixidagi kishilik jamiyatlarining an’anaviyligi nimalarda ko‘rinadi?

3. Avesto ta’limoti asosida qadimgi Turon jamiyatining boshqaruvini tushuntirib bering.

4. Turkiston hududida qaror topgan an’anaviylik va jamoaviylikning salbiy-ijobiy tomonlariga baho bering.

5. Turkistondagi o‘troq va ko‘chmanchi xalqlar madaniyatining e’tiborga molik jihatlari nimalardan iborat bo‘lgan?

6. Turkiston sivilizatsiyasida siyosiy-jamiyat almashinuvi qay

tarzda kechgan?

7. Lokal islomiy sivilizatsiyaning xos jihatlari nimada ko‘rinadi?

8. Islom dini tarqalishiga qadar sivilizatsiya yuz berganligining sababi nimada?

9.. Turkiy-islomiy sivilizatsiyaning diniy-ma’naviy va dunyoviy tamoyillari qanday nisbatda?

10 . Yurtimiz allomalarining fanga qo‘shgan hissalari haqida fikrlaringiz?

11. Islomda dunyoviy ilm haqidagi fikrlar?

12. Movarounnahr markazi bo‘lgan lokal sivilizatsiyaning ikkinchi bosqichi Amir Temur shaxsi va faoliyati bilan bog‘liqmi?

13. Alisher Navoiy ijodiyotining sivilizatsiyaviy maqomi nimalarda ko‘rinadi?

14. Zahiriddin Bobur shaxsi va ijodining sivilizatsiya maqomi nimalarda ko‘rinadi?

15. Mustamlakachilikning birinchi davri oqibatl



Ma’ruza va referatlar uchun mavzular
1. «Avesto» — yurtimiz qadimgi davri sivilizatsiyasi yodgorligi.

2. O‘zbekistonda qadimgi davlatchilik.

3. Vatanimiz tarixida amalda bo‘lgan dinlar.

4. Turkistonda o‘troqlik va ko‘chmanchilik sivilizatsiyalari.

5. Islom sivilizatsiyasining Movarounnahrda boshlanishi.

6. Islom sivilizatsiyasi va turkiy sulolalar.

7. Turkiy sivilizatsiyaning ma’naviy-axloqiy tizimi.

8. Amir Temur shaxsi va o‘rnining jahoniy maqomi.

9. Ulug‘bek ilmiy faoliyatining jahoniy maqomi.

10. Navoiy shaxsi va faoliyatining jahoniy maqomi.

11. Bobur shaxsi va faoliyatining jahoniy maqomi.

12. Ma’rifatparvarlikning sivilizatsiyaviy maqomi.

13. Milliy davlatchilikni tiklash — sivilizatsiyaviy vazifa.

14. Mustamlakachilikning antitsivilizatorlik oqibatlari.

15. Markscha-lenincha dunyoqarashning sivilizatsiyaviy yaroqsizligi.

17. Demokratik xuquqiy davlat,fuqorolik jamiyati
Reja

1.Huquqiy demokratik davlat qurilishi va siyosiy jarayonlar

2.Saylov va partiyaviy tizimlar

3.Davlat va fuqorolik jamiyati


Mustaqil O‘zbekiston va umumsayyoraviy jarayon O‘zbekiston umumplanetar o‘zgarishlar jarayonlari oqimida o‘zining betakror ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy

yangilanishlari dasturiga ega bo‘lgan mamlakat sifatida o‘ziga xos va o‘ziga mos mavqe egalladi. Yangi sivilizatsiya va insoniyat taraqqiyotiga kuchli ta’sir o‘tkazishga qodir bo‘lgan davlat sifatida o‘zining keng imkoniyatlarini namoyon eta boshladi.

O‘zbekistonda amalga oshirilgan favqulodda keng ko‘lamdagi ishlar hozirgi zamon jahon sivilizatsiyasi bilan mushtarak ekanligi alohida qayd etilishi lozim. Davlat tuzumi, jamiyat qurilishi va shaxs ma’naviy dunyosini tubdan isloh qilish yangilangan davlat, o‘zgargan jamiyat va komil shaxsni yaratish imkonini berdi. Davlat, jamiyat va shaxsni yangilash jarayonlari, bu jarayonlarni maqsadli boshqarish nechog‘li aqliy shijoat, dono siyosat hamda matonatni talab etganligiga bugungi kunda amin bo‘lib turibmiz. Zero, bu boshqaruv sermashaqqat va murakkab kechuvchi ijtimoiy-siyosiy voqealar, mafkuraviy ta’sir va tazyiqlar, maxsus yuzaga keltirilgan moddiy-moliyaviy tangliklar holatlari sharoitida amalga oshirildi. Bu bevosita mamlakat rahbarining o‘ziga xos noyob iste’dodidan,

faol siyosiy intellektual salohiyatidan, I.Karimov shaxsining favqulodda

fenomen ekanligidan dalolat beradi.

O‘zbekiston yalpi yangilanishlar jarayonini ikki o‘zaro uzviy bog‘langan yo‘nalishlarda amalga oshirishga kirishdi. Birinchisi, mamlakatning ichki dunyosida, ya’ni iqtisodiyot, ma’naviyat, siyosat, turmush tarzida, xalq xarakteri va mentalitetida rejaviy asoslarda amalga oshirilayotgan yangilanishlardan iborat bo‘lsa, ikkinchi yo‘nalish, xalqaro ijtimoiy muhit manzarasini takomillashtirish,

ya’ni qarama-qarshi kuchlar o‘rtasidagi ziddiyatlarni barqarorlashtirish, hamkorlik munosabatlari, tinchlik madaniyatiga o‘tish, insoniyatga umumiy xavf tug‘diruvchi terrorizm, narkobiznes, ekstremizmga qarshi xalqaro tashkilot tuzilmalariga asos solish va boshqa faoliyatlar majmuidan tashkil topadi.

Bunday keng ko‘lamdagi o‘zgarishlar va yangilanishlar jarayoni chuqur asoslangan ilmiy-nazariy tahlilni, nazariy umumlashmalar, xulosalar O‘zbekistonning umumsayyoraviy jarayonlarga qo‘shilishi Ong-shuurdagi tub o‘zgarishlar chiqarishni, amaliy tavsiyalar ishlab chiqishni ijtimoiy-gumanitar

fanlar oldiga dolzarb muammo sifatida qo‘ymoqda.

Darhaqiqat, yalpi o‘zgarishlar jarayonlarining pirovard natijasida ijtimoiy ong mazmunida o‘zgarishlar yuz bera boshladi. Odamlar tafakkurida, fe’l-atvorida, sa’y-harakatlarida yangi qadriyatlar qaror topdi. Hayotga munosabatlar tizimi o‘zgardi. O‘zbek mentaliteti, milliy xarakter mazmunida yangi jihatlar tarkib topa boshladi.

Bu bevosita siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va ma’naviy sohada tub yangilanishlarga,

o‘zgarishlarga ma’naviy asos bo‘lib xizmat qildi. Mamlakatda huquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirishning o‘zbekona tamoyillari vujudga keldi. Siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy barqarorlikka erishildi. Ma’naviy-ruhiy

poklanish, milliy qadriyatlarning tiklanishi orqali istiqlol davri

fuqarosi vujudga keldi. Bu bevosita ijtimoiy ong, xalq tabiati, orzu-o‘ylari, intilishlari, maslak va e’tiqodlaridagi o‘zgarishlar jarayonlari bilan uzviy

bog‘liqdir. Shu nuqtayi nazardan qaraganda fuqarolar ongi va tafakkurini o‘zgartirmasdan turib islohotlar mohiyatini anglash va samaradorligini oshirish mumkin emas. Shu boisdan ham Prezident I.A.Karimov odamlar tafakkurida o‘zgarish yasamaguncha jamiyatni yangilash mumkin emasligini aniq-ravshan ko‘rsatib berdi. Jumladan, Prezident I.A.Karimov «Jamiyatni ma’naviy yangilashdan ko‘zlangan bosh maqsad — yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq erkinligi va farovonligiga erishish, komil insonni tarbiyalash, ijtimoiy hamkorlik va millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik kabi ko‘p-ko‘p muhim masalalardan iborat», degan edi. Bu bevosita jamiyatni tubdan yangilashni, insonni «yangilash», inson tafakkuri, ruhiyati, kayfiyati va ongini isloh qilish orqali amalga oshirishni

taqozo etadigan hodisadir.

Istiqlol evolyutsiyasi bevosita odamlar tafakkuri, ularningsiyosiy, iqtisodiy, huquqiy va ijtimoiy ongining takomillashish jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lgan hodisadir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning kitoblari, risolalari, nutqlari va ma’ruzalarida ijtimoiy voqelikni yalpi yangilash, ijtimoiy o‘zgarishlar mantig‘ini shaxs manfaatlariga yo‘naltirish, komil insonni tarkib

toptirish, jamiyatning yuksak ma’naviy-axloqiy qiyofa kasb etishiga doir konsepsiyalar majmui, ularning ijtimoiy muhitda amal qilish

jarayonlari chuqur asoslangan.

Shuningdek, insoniyatning ongli besh ming yillik tarixi mobaynida amalga oshirilgan o‘zgarishlar jarayonlari, bu o‘zgarishlar jarayonlariga asos solgan va boshqargan ulug‘ shaxslar, hukmdorlar, prezidentlar, alloma va mutafakkirlarning nazariy mushohadalari ham bizga tarixiy saboq vazifasini o‘taydi. O‘zbekistonda ijtimoiy o‘zgarishlar va yangilanishlar konsepsiyasini o‘rganish asnolarida Sharq va G‘arb mutafakkirlari, antic davr olimlari, xususan, Platon, Aristotel, Zardusht, Imom Buxoriy, Forobiy, Marg‘inoniy, Yusuf Xos Xojib, Mahmud Qoshg‘ariy,

Beruniy, Amir Temur singari mutafakkirlar va davlat arboblarining asarlari, Gegel, Freyd, Berdyayev, Toynbi, Popper, Yaspers, Xomans, Neru kabi allomalarning ilmiy-nazariy qarashlari ham jiddiy e’tiborga loyiqdir. Ijtimoiy ong mazmunining tobora insoniy mohiyat kasb eta borishi, shaxs haq-huquqlari barqarorlashayotganligi, xalqaro makonda mehr-shafqat, bag‘rikenglik, odamiylikka doir umumplanetar maylning kuchayishi jamiyat, jamoa va shaxs ma’naviyatida yangilanish jarayonlarini amalga oshirish bilan bevosita bog‘liqdir.

XX asr so‘nggiga kelib insoniyat o‘z qazosi ham, o‘z davosi ham o‘z qo‘lida, real sa’y-harakatlarida, tafakkur tarzida ekanligini to‘la anglab yetdi. Dunyo o‘z-o‘zini asrash instinktini ishga solish taraddudini ko‘rmoqda. Ana shu jarayonlarda markaziy masalalardan biri hamma sa’yharakatlarni insonga, uning real manfaatlariga, ruhiy intellectual sog‘lomligiga, ma’naviy tarbiyasiga qaratish vazifasidir.

PrezidentI.A.Karimov yalpi yangilanishlar va tub o‘zgarishlar mohiyatini xuddi ana shu omillarda kashf etib, islohotlar barcha jabhalarini ayni inson orqali amalga oshirish nazariyasini asoslab

berdi.


Yangilanish jarayonlarining pirovard natijalari ham inson

imkoniyatlarini to‘laroq yuzaga chiqishiga, shaxs potensiali,

salohiyat zahiralari namoyon bo‘lishiga keng yo‘l ochishdan

iboratdir. Zero, istiqlol yo‘li inson omiliga e’tibor beruvchi va

rivojlantiruvchi yo‘ldir.

Asosiy tushunchalar

oe Umumsayyoraviy jarayon — xalqlar va davlatlarning ilgarilama

harakatlari maromi. Unda mustaqil O‘zbekiston o‘zining ichki

va tashqi salohiyatlarini tobora keng yuzaga chiqarib ishtirok

etmoqda.


oe O‘zbek mentaliteti — millatning yalpi ruhini, asos bo‘ladigan

e’tiqodlari yig‘indisini ifodalaydigan tushuncha.

Takrorlash uchun savollar

1. O‘zbekistonning jahoniy jarayonlarga qo‘shilishi istiqlolsiz

yuz berishi mumkin bo‘larmidi?

Uchinchi bo‘lim. Sivilizatsiyalar — ijtimoiy-madaniy jarayon

153

2. Umumsayyoraviy o‘zgarishlarda O‘zbekistonning o‘rni haqida



gapiring.

3. O‘zbekistondagi yalpi yangilanishlar ikki yo‘nalishini izohlang.

4. Mustaqillik davri fuqarosi deganda nimani tushunasiz?

5. Istiqlol evolyutsiyasi va inson tafakkuri dinamikasi uyg‘unligini

izohlang.

33-§. Iqtisodiy sohada tarkibiy o‘zgarishlar

Istiqlol davrida iqtisodiy infratuzilmalar

tarkibi tubdan o‘zgartirilib,

mamlakatning ichki ehtiyojlari

hamda tashqi integratsiyalashuv maqsadlari asosidagi yaxlit ishlab

chiqarish kompleksi vujudga keltirildi. Tarqoq, uzuq-yuluq, sobiq

ittifoq manfaatlarini ifodalovchi ishlab chiqarish korxonalari

faoliyatlarini qayta qurish, yangilarini barpo etish asosida mustaqil

davlatning yagona ishlab chiqarish tizimi yuzaga keltirildi. Boshqacha

qilib aytganda, mamlakatda sobiq ittifoq manfaatlariga yo‘naltirilgan

tarmoqlariga barham berilib, ichki va teng huquqli, foydali

hamkorlik asosidagi xalqaro tarmoqlashuv jarayoni vujudga keltirildi.

Shunday qilib, O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, uning iqtisodini

chetdan turib boshqarishga chek qo‘yilib, ichki imkoniyatlardan

kelib-chiqib boshqariladigan yagona, mustahkam asoslarga ega tizim

vujudga keltirildi. Ayni paytda jahon iqtisodiy tizimining muhim

bo‘g‘iniga aylana borib, O‘zbekiston xalqaro iqtisodiy koordinatsiyalashuv

jarayoniga faol kirishdi. Uning uzviy va ishonchli bo‘g‘ini,

keng imkoniyatli subyektiga aylandi.

Jahonda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning hammabop tavsiyalari,

tayyor andozalari bo‘lmaydi. Ayniqsa, madaniy, ma’rifiy,

Dastlabki natijalar

Uchinchi bo‘lim. Sivilizatsiyalar — ijtimoiy-madaniy jarayon

157

tarixiy tajribalari asrlar mobaynida shakllangan, mustahkam va



barqaror an’analar mamlakati hisoblangan O‘zbekistonday qadimiy

makonda o‘ziga xos va o‘ziga mos yo‘l tanlanganligi istiqbolni

donishmandlarga xos bashorat qilishning yorqin namunasi edi.

Zero, shu nuqtayi nazardan Prezident I.A.Karimovning «mustaqil

O‘zbekiston tug‘ilgan kuniyoq oyoqqa turishga, o‘zi yurishga majbur

edi», — deyishida chuqur mantiqiy asos bor edi.

Binobarin, istiqlol yo‘li taraqqiyot tamoyillarini ishlab chiqish

jarayonlarida I.A.Karimov sobiq sovet tuzumidan meros qolgan

tajribalarni, mustaqil taraqqiyotning dastlabki yilida amalga

oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni chuqur tahlil qilib, «soxta

inqilobiy sakrashlarsiz, fojiali oqibatlarsiz va kuchli ijtimoiy

larzalarsiz, evolyutsion yo‘l bilan normal, madaniyatli taraqqiyotga

o‘tish — tanlab olingan yo‘lning asosiy mazmun va mohiyatidir

» — degan xulosaga keladi.

Ayni chog‘da Prezident I.A.Karimov «O‘zbekiston o‘zi uchun

tanlab olgan yo‘l ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan, respublikaning

manfaatlariga, shart-sharoitlari va xususiyatlariga eng ko‘p

darajada mos keladigan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga

qaratilgandir. Ayni mana shunday yo‘l O‘zbekiston xalqining

munosib turmushini, uning huquqlari va erkinliklarini kafolatlashi,

milliy an’analari va madaniyatining qayta tiklanishi, insonni shaxs

sifatida ma’naviy, axloqiy kamol topishini ta’minlashi mumkin

», — deb qat’iy ko‘rsatib bergan edi.

Prezident I.A.Karimov mamlakatning

dastlabki yillardagi rivojlanish

jarayonlarini chuqur tahlil qilib,

O‘zbekistonda milliy davlat qurilishi va iqtisodiyotini isloh qilish

dasturining o‘zagi sifatida quyidagi beshta asosiy qoidani o‘rtaga

tashladi:

Birinchi qoida iqtisodiy islohotlarning siyosat ortida qolmasligi,

biror mafkuraga bo‘ysundirilmasligi qoidasi.

Ikkinchi qoida o‘tish davrida davlatning bosh islohotchi bo‘lishi,

islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berishi, o‘zgarishlar

siyosatini ishlab chiqishi va uni izchillik bilan o‘tkazishi qoidasi.

Uchinchi qoida qonunlarga rioya etish ustuvor tamoyil bo‘lishi,

demokratik yo‘l bilan qabul qilingan istiqlol Konstitutsiyasi va

qonunlarni hech istisnosiz hamma tomondan hurmat qilinishi va

ularga og‘ishmay rioya etilishi qoidasi.

To‘rtinchi qoida aholining demografik tarkibini hisobga olgan

holda kuchli ijtimoiy siyosat o‘tkazilishi qoidasi.

Mamlakatimizda bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir

vaqtda aholini ijtimoiy himoyalash yuzasidan oldindan ta’sirchan

Asosiy tamoyillar

IV bob. O‘zbekiston mustaqilligi — yangi sivilizatsiyaviy bosqich

158

choralar ko‘rilib borildi va bu masala bozor iqtisodiyoti yo‘lidagi



eng dolzarb vazifa bo‘lib qoldi va bundan keyin ham shunday

bo‘lib qoladi.

Beshinchi qoida bozor iqtisodiyotiga o‘tishda obyektiv iqtisodiy

qonunlar talablari hisobga olingan holda «inqilobiy sakrash»larsiz,

ya’ni evolyutsion yo‘l bilan puxta o‘ylab, bosqichma-bosqich amalga

oshirilishi qoidasidir.

Ana shu muhim qoida-tamoyillar O‘zbekistonning mustaqil

rivojlanish va taraqqiyot yo‘liga asos qilib olindi hamda yangi

ijtimoiy-siyosiy tizimga bosqichma-bosqich o‘tish jarayonlarining

negizini tashkil etdi. Istiqlol davrining o‘tgan o‘n yili shuni yaqqol

isbotlaydiki, rivojlanishning mashhur besh tamoyilining amalga

oshirilishi mamlakatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni, eng muhimi,

bozor munosabatlarini joriy etish yo‘lidan izchil harakat qilishni

to‘la ta’minladi.

Prezident I.A.Karimov o‘zining

«O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni

chuqurlashtirish yo‘lida» nomli

kitobida iqtisodiyotni tubdan isloh

qilish konsepsiyasini yana ham chuqurroq ko‘rsatib beradi. Unda

nazariy, ilmiy va hayotiy jihatdan muhim xulosalar asoslanib,

bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tishning O‘zbekiston

uchun afzalliklari maxsus yoritib beriladi. Jumladan, «bir bosqichni

tamomlagandan keyingina, zarur shart-sharoitlarni yaratib, yangi

bosqichga o‘tish mumkin, — chunki — Har bir bosqichda

tafakkurimizni o‘stirib, erishilgan real natijalar bilan odamlarni

yangi tuzumning afzalligiga ishontiribgina islohotlarni oxirigacha

amalga oshira olamiz. Iqtisodiy strukturasi rivojlangan, samarali

ijtimoiy munosabatlarga ega bo‘lgan jamiyatni qura olamiz».

Ushbu kitobning ikkinchi qismida I.A.Karimov mamlakatni

iqtisodiy rivojlantirish borasidagi asosiy vazifalar — xususiylashtirish

va raqobatchilik muhitini shakllantirish jarayonlarini

chuqurlashtirish, makroiqtisodiy barqarorlikka erishish, milliy

valyutani mustahkamlash, ijtimoiy kafolatlari kuchli bo‘lgan

demokratik davlatni shakllantirish kabilarni belgilab, muammolarning

nazariy, ilmiy va amaliy yechimini topib beradi. Shunday

ekan, mazkur masalalar rivojining ustuvor yo‘nalishlari quyidagicha

bo‘lishi hayot mantig‘ining tadrijiy o‘zgarishlariga ham ayni

muvofiq keladi:

Birinchidan, mulkchilikning barcha shakllariga erkinlik berilishi,

shaxsiy tashabbus va ishbilarmonlikka yo‘l ochish, tadbirkorlikni

qo‘llab-quvvatlanishi;

ikkinchidan, iqtisodni jonlantirish uchun xususiylashtirish

Islohotlarni

chuqurlashtirish

Uchinchi bo‘lim. Sivilizatsiyalar — ijtimoiy-madaniy jarayon

159


jarayonining tezlashuvi, mulkchilik, mulkka egalik huquqining

kengaytirilishi;

uchinchidan, milliy valyutaning joriy qilinishi, jahon moliya

tizimi maydonlariga endigina kirib kelgan valyutamiz qadr-qimmati

barqarorlik darajasining ta’minlanishi;

to‘rtinchidan, iqtisodiy siyosatda dehqonchilikka, umuman

qishloq hayotiga an’anaviy muhim tarmoq sifatida qaralishi;

beshinchidan, o‘tmish madaniyati va qadriyatlarini tiklash

ishlarini yo‘lga qo‘yish, bu borada izchil tadbirlarni amalga

oshirishdan iborat konsepsiya va iqtisodiy islohot nazariyasining

yaratilishi — mustaqil O‘zbekistonda davlat mustaqilligini amalga

oshirish va jamiyat rivojini ta’minlashda ustuvor yo‘nalishlardir.

Prezident I.A.Karimov o‘zining «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘

asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot

kafolatlari» nomli ilmiy-nazariy asarida islohotlarning «O‘zbek

modeli»ga xos yangi davr talablariga monand tamoyillarini o‘rtaga

tashladi va kechayotgan jarayonlar mohiyatini ochib berdi.

Keyingi yillarda ijtimoiy hayotimizning

barcha sohalarida, eng avvalo,

iqtisodiyotda ro‘y bergan o‘zgarishlar

O‘zbekistonda bozor iqtisodiyoti asoslarini shakllantirishga qaratilgan

tub islohotlarni bosqichma-bosqich, izchil, har tomonlama

o‘ylangan yondoshuv, ilmiy-nazariy jihatdan puxta ishlab chiqilgan

konsepsiya asosida amalga oshirish ishonchli hodisa ekanligini

ko‘rsatdi.

Mamlakatda mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanib,

taraqqiyot ehtiyojlariga to‘la javob beradigan islohotni amalga oshirish

quyidagi masalalarni hal etish imkonini berdi:

O‘tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning me’yoriy-huquqiy bazasi

yaratildi. Qabul qilingan yangi qonunlar hozirgi kunda bozor

iqtisodiyotining me’yor va tamoyillariga muvofiq keladigan shartsharoitlarni

shakllantirmoqda. Iqtisodiy erkinliklar va xususiy mulk

huquqining mustahkam yuridik himoyasini ta’minlamoqda.

Iqtisodiyotning turli sohalarida bozor mexanizmlarining samarali

ishlashi uchun keng huquqiy maydonni yaratmoqda.

Ma’muriy-buyruqbozlik tizimi tartibotlari va tuzilmalariga barham

berish, bir tomondan, iqtisodiyotni tashkil etishning bozor

prinsiplariga xos bo‘lgan tuzilmalarini yaratish, tarmoq vazirliklarini

tugatish, davlat mulki hissasini davlat tasarrufidan chiqarish va

xususiylashtirish hisobiga keskin kamaytirish, ko‘p ukladli

iqtisodiyot va uni boshqarish tuzilmalarini yaratishdir. Boshqa

tomondan 80-yillar oxiridagi chuqur iqtisodiy tanazzulni yengib

o‘tish, sobiq sho‘rolar hududidagi birinchi mamlakatlar qatorida

Yangi vazifalar

IV bob. O‘zbekiston mustaqilligi — yangi sivilizatsiyaviy bosqich

160


makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, barqaror

iqtisodiy o‘sish uchun zamin yaratishdir. Aynan iqtisodiy islohotlar

«o‘zbek modeli»ning amalga oshirilishi tufayli islohotlarning dastlabki

yillarida ishlab chiqarishning keskin, halokatli pasayishini

to‘xtatishga, iqtisodiy va ishlab chiqarish imkoniyatlarini saqlab

qolishga, milliy iqtisodiyotni tiklashning mustahkam asoslarini

yaratishga erishildi.

Mamlakatning iqtisodiy mustaqilligini, O‘zbekistonning jahon

iqtisodiy tizimiga keng ko‘lamda qo‘shilishini ta’minlashga

yo‘naltirilgan iqtisodiyotning chuqur tarkibiy qayta qurish dasturini

amalga oshirishga kirishildi. Qisqa davr mobaynida iqtisodiyot

tarmoqlarini va aholi ehtiyojlarini o‘zimizda ishlab chiqarilgan

energetika resurslari, sifatli neft mahsulotlari hisobiga ta’minlash

masalasi tubdan hal qilindi. G‘alla mustaqilligi choralari ko‘rildi.

Shunday qilib, yonilg‘i va don mustaqilligiga erishildi, bu esa

mamlakatning barqaror taraqqiyoti va odamlar farovonligining

asosi va kafolatidir. Mamlakatning don va neft bozorlaridagi jahon

narxlarining o‘zgarib turishiga tobeligi ancha cheklandi, ulardan

bo‘shagan valyuta manbalari esa zamonaviy uskuna va texnologiyalar

xarid qilishga yo‘naltirildi.

Bozor infratuzilmasi asoslari, zamonaviy ikki darajali bank

tizimi yaratildi. Hozirgi kunda respublikada sug‘urta kompaniyalari,

tovar-xomashyo birjalari, sarmoya fondlari tarmog‘i ishlab turibdi,

fond birjasi va ko‘chmas mulk birjasi, Biznes-fond, Tovar ishlab

chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, Dehqon va fermer

xo‘jaliklari uyushmasi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Bularning

hammasi faol tadbirkorlik faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni

yaratishga xizmat qilishga yo‘naltirilgan.

Kuchli ijtimoiy siyosatni, aholining muhtoj qatlamlarini

mo‘ljalli ijtimoiy himoya bilan ta’minlash chora-tadbirlarini amalga

oshirish, jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni, fuqarolar osoyishtaligini

va millatlararo totuvlikni ta’minlash borasida aniq natijalarga erishildi.

Mustaqillik yillarida sodir etilgan iqtisodiy o‘zgarishlar

natijalariga berilgan bunday umumiy baho ham isloh qilish dastlabki

bosqichlarining asosiy vazifa va maqsadlari muvaffaqiyatli amalga

oshirilganligidan dalolat beradi.

Davlat iqtisodiy islohotlar o‘tkazish uchun huquqiy, tashkiliy

va iqtisodiy sharoitlar yaratish bilan birga ayrim korxonalarni,

sohalarni, ba’zan esa butun iqtisodni boshqarishning bozor

tamoyillariga o‘tishini ta’minlashga harakat qildi. Bunda davlat

boshqaruvi vazifalari va mexanizmlari tubdan o‘zgarib, ma’muriybuyruqbozlik

tamoyillari o‘rniga iqtisodiy va moliyaviy tartibga solish

tamoyillarining roli tobora kuchayib bordi.

Uchinchi bo‘lim. Sivilizatsiyalar — ijtimoiy-madaniy jarayon

161

Asosiy tushunchalar



oe Iqtisodiy integratsiya — mahsulot ishlab chiqaruvchilarning

mehnat taqsimoti tamoyillari asosida ixtisoslashuvi, zarur

huquqiy asoslarning yaratilishi, tovar va sarmoyalarning erkin

harakat qilishi.

oe Bozor iqtisodi — bu tovar ishlab chiqarish va aylanishi

qonunlariga ko‘ra tashkil etilgan ayirbosh, tovar munosabatlari

va pul muomalasining jami.

Takrorlash uchun savollar

1. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning shart-sharoitlari

haqida gapiring.

2. O‘zbekistonning xalqaro iqtisodiy koordinatsiyalashuv

jarayonidagi ishtirokini qanday izohlaysiz?

3. Iqtisodiy sohada «o‘zbek modeli»ning asosiy xususiyatlari

nimalarda ko‘rinadi?

4. O‘zbekistonning iqtisodiy taraqqiyotini belgilaydigan eng

muhim omillarni sanang va ularni izohlang.

5. Jamiyatda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda qanday

vazifalarni hal qilish belgilandi?

34-§. Jamiyatni erkinlashtirish

O‘zbekiston tanlagan yo‘l inson

manfaatlari to‘la himoya qilingan,

uning erki, ozodligi har tomonlama

huquqiy kafolatlangan fuqarolik jamiyatini shakllantirish

yo‘lidir. Bu albatta, inson ongi va tafakkurini o‘zgartirish,

turmush tarzini yangilash orqali ochiq jamiyatni vujudga

keltirishning yaxlit va to‘laqonli tizimini ishlab chiqishni, mazkur

tizimni ijtimoiy amaliyotga yo‘naltirish yo‘riqlarini barpo etishni

taqozo etmoqda.

Bunda birinchi omil eskilik va yangilik o‘rtasida goh oshkora,

goh yashirin kechuvchi ziddiyatlar mazmunida namoyon bo‘ladi.

Eski tuzum illatlari yashashni istaydi, shu boisdan u o‘z o‘rnini

bo‘shatishni xohlamaydi. Yangi tuzum g‘oyalari esa jamiyatni

yangilash zaruratidan kelib chiqadi va o‘zgarishlarni hayot-mamot

mohiyatiga, har bir fuqaro taqdiriga, ma’naviy va ruhiy

ehtiyojiga aylantirib boradi, yangitdan shakllanayotgan turmush

tarzi va dunyoqarashning mohiyatini tashkil etib, uni har

jihatdan himoya qiladigan fikr sifatida maydonga keladi. Bu

Fuqarolik jamiyati sari

6 — Shaxs va jamiyat

IV bob. O‘zbekiston mustaqilligi — yangi sivilizatsiyaviy bosqich

162

g‘oyaning yashashi va turmush tarziga aylanishi ko‘pincha eskilik



illatlari bilan kurashning naqadar og‘ir va hatto iztirobliligi,

ba’zi hollarda esa boshi berk ko‘chaga kirib qolganligi kabi holatlar

bilan belgilanadi.

Ikkinchi omil, fuqarolar ongi jamiyatni tubdan o‘zgartirish va

yangilash jarayonlariga siyosiy va ma’naviy jihatdan qay darajada

tayyorligi omilidir. Bu omil favqulodda muhim ahamiyatga ega bo‘lib,

mustamlakachilikning 130 yillik davrida aholining ijtimoiy-siyosiy

faolligi har tomonlama bo‘g‘ib kelingan, odamlar hamisha voqealar

ortidan ergashib yashashga o‘rganib qolgan edilar. Fikriy tanballik,

fikriy boqimandalik ko‘nikmalari vujudimizga chuqur singdirilgan

bo‘lib, shaxsiy nuqtayi nazarlar, individual mulohaza va xulosalar

ta’qib ostiga olinar edi. Shu boisdan ham Yurtboshimiz ijtimoiy

yangilanishlar muvaffaqiyati shaxsning individual erkinligi, voqelikni

nafaqat o‘zlashtiruvchi, balki o‘zining faol ishtiroki bilan

uni o‘zgartiruvchi subyekt sifatidagi o‘rni va roliga ko‘p jihatdan

bog‘liqligini asoslab berdi.

Uchinchi omil, yangilanishlar tizimini hayotga joriy etish va

chuqurlashtirish sharoitida fuqarolarni demokratik jarayonlarni

tashkil etuvchi, boshqaruvchi hamda faol himoyachisi sifatida

tayyorlash omilidir. Bu o‘ta murakkab, serqirra hamda vaqt talab

etadigan hodisadir. Chunki, mustamlakachilik davri illatlaridan

qutulish azobini, fikrlab yashash, aql-idrok yo‘rig‘i bilan kun

ko‘rish mashaqqatini yengish uchun insonga ichki iroda, ma’naviy

qudrat kerak. Ana shu iroda va qudratni uyg‘otish, shakllantirish,

unga quvvat baxsh etish oson ish emas.

O‘zbekiston fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lida inson ongi

va qalbi bilan bog‘liq bo‘lgan, uni isloh qilish, yangilash, ma’naviyruhiy

«ta’mirlash» kabi sermashaqqat yo‘ldan bordi. Bu juda

katta sabr-bardosh, siyosiy qudrat, siyosiy madaniyat va siyosiy

iroda talab etadigan ijtimoiy zaruratdir.

Prezident I.A.Karimov: «Aholimizning siyosiy faolligi hali

zamon talablari darajasida emasligini, hamon sust ekanligini

qayta-qayta aytishga to‘g‘ri kelmoqda. Tan olishimiz kerak: eski

andozalardan to‘liq qutila olmayapmiz. Barcha muhim qarorlar

yuqoridan qabul qilinib, bizlarni bor-yo‘g‘i itoatli ijrochilarga,

ba’zan o‘ylanmay qabul qilingan qarorlar qurboniga aylantirgan

ma’muriy-buyruqbozlik, mustabid tuzum illatlaridan judo bo‘lishimiz

qiyin kechyapti», — degan edi. Bu jamiyatni erkinlashtirish

va shu asosda demokratik jarayonlarni chuqurlashtirishda eng

katta g‘ov bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy holatlardan

biridir.

Siyosiy madaniyat, siyosiy ong darajasi jamiyat hayotida inson

Uchinchi bo‘lim. Sivilizatsiyalar — ijtimoiy-madaniy jarayon

163


ishtirokining qandayligini belgilaydi. Zotan, siyosiy madaniyat va

siyosiy ong yuksak bo‘lgan joyda odamlar hokimiyat ishida faolroq

ishtirok etishadi. Qarorlar qanday qabul qilinishi, uning ijrosi

qanday nazorat qilinayotganligini kuzatib borishadi, munosabat

bildirishadi. O‘z hayotlariga daxldor bo‘lgan ma’muriy tadbirlarga

befarq qarashmaydi. Aksincha, ularni tayyorlashda ishtirok etishadi,

natijada qarorlar ijrosi uchun o‘zlari manfaatdor sifatida mas’uliyatni

his qilishadi.

O‘zbekistonda nodavlat va jamoat

tashkilotlari faoliyatini chuqurlashtirishning

o‘ziga xos tizimi mavjud.

Davlat bosh islohotchi sifatida bunga

alohida e’tibor beradi. Prezident I.A.Karimov Oliy Majlisning

XIV sessiyasi (1999-yil 14-aprel)da so‘nggi besh yil ichida mamlakatimizda

jamoat birlashmalari va nodavlat tashkilotlar soni 1500

taga ko‘payib, 2300 taga yetganini, ular endi odamlarning ijtimoiy

fikrini shakllantirishda faol ta’sir ko‘rsatayotganini alohida ta’kidladi.

Ana shu misolning o‘zi jamiyatimizda erkinlashtirish jarayonining

ko‘lami va miqyosini belgilaydi.

Prezident I.A.Karimov aholining siyosiy faolligini kuchaytirish,

jamiyatda manfaatlar va qarama-qarshi kuchlar o‘rtasida muvozanatni

ta’minlaydigan kuchli mexanizmlarni shakllantirish zarurligiga

alohida e’tibor beradi. Bu mexanizm, eng avvalo, jamiyatni

erkinlashtirish orqali odamlarning saylovlarga munosabatini

o‘zgartirishni, yaqin o‘tmishimizga xos xususiyat bo‘lgan soxta

saylovbozlik va siyosiy o‘yinlardan voz kechishni taqozo etadi.

Odamlar o‘z manfaatlari va maqsadlarini amalga oshirish, haqhuquqlarini

himoya qilish uchun saylovlarda ishtirok etish zarurligini

anglay boshladilar. Saylash va saylanish huquqi har bir fuqaro

siyosiy faolligini, jamiyat taraqqiyotiga daxldorligini belgilovchi

omil sifatida namoyon bo‘lmoqda.

O‘zbekistonda saylovlar o‘tkazishning demokratik tamoyillari

jahon saylov o‘tkazish tajribalari asosida dunyoga keldi va

shakllanmoqda. Fuqarolar esa uni to‘la-to‘kis qo‘llab-quvvatlamoqda.

Inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, uning ehtiyojlarini

qondirishda davlat qurilishi, boshqaruv tizimi va jamiyatni

erkinlashtirish alohida ahamiyatga ega. Bu borada Prezident

I.A.Karimov mustaqillikning dastlabki yillaridayoq mamlakatning

strategik maqsadlarini aniq va ravshan ifodalab berdi va davlat

vakolatlarini asta-sekinlik bilan, bosqichma-bosqich nodavlat va

jamoat tashkilotlari zimmasiga o‘tkazish, fuqarolarning o‘zinio‘

zi boshqarish organlarining rolini oshirib borish orqali demokratik

Davlat va nodavlat

tashkilotlar

IV bob. O‘zbekiston mustaqilligi — yangi sivilizatsiyaviy bosqich

164


jarayonlarni chuqurlashtirish zarurligini aytgan edi. Ana shu

tamoyilning o‘zi fuqarolarning bir jihatdan erkinligi va ozodligini

ta’min etsa, ikkinchi tomondan o‘z hayotlarini izga solishga,

demakki, jamiyatni boshqarishga ishtiyoqini kuchaytiradi. Shaxs

o‘zini jamiyat hayotining hamma sohalariga daxldor, uning oldida

burchli va mas’uliyatli ekanligini anglab boradi. Bu mamlakatda

amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy va huquqiy islohotlar singari

insonni «isloh» qilish, yangi jamiyat fuqarosini shakllantirish,

eski tuzumda tug‘ilib, dunyoqarashlari cheklangan insonni

«yangilash», tasavvurini kengaytirish singari «insoniy islohotlar»-

ning samarasini ko‘rsatadi.

Prezident I.A.Karimov taraqqiyotning O‘zbekistonga xos va

mos tamoyillarini ishlab chiqar ekan, avvalo, yaratilajak jamiyat

qanday bo‘lishiga e’tibor beradi va O‘zbekistonda bunyod etiladigan

jamiyat barcha «izm»lardan xoli va u qanday nomlanishidan qat’iy

nazar, adolatli, xalqchil, insonparvar jamiyat bo‘lmog‘i lozim

ekanligiga alohida urg‘u beradi.

Shuning uchun ham, mamlakat ichki va tashqi siyosatining

asosiy yo‘nalishlari pirovard natijada chinakam mustaqil O‘zbekistonda

yangi, adolatli jamiyat barpo etishga qaratildi. «Respublikada

sobitqadamlik bilan xalqchil, adolatli jamiyatni bunyod etish —

bosh vazifadir, — deb uqtiradi Prezident. Bu boradagi fikrini

davom ettirib, u «O‘zbekiston — kelajagi buyuk davlat. Bu —

mustaqil, demokratik, huquqiy davlatdir. Bu — insonparvarlik

qoidalariga asoslangan, millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy

e’tiqodlaridan qat’yi nazar, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini

ta’minlab beradigan davlatdir. Xalq davlat hokimiyatining manbayidir

», degan qoidani ilgari surdi.

Ijtimoiy hayot, mamlakatda yuz

berayotgan jiddiy o‘zgarishlar va

inson hayoti daxlsizligi omilining

chuqurlashuvi shaxsning davlat va

jamiyatga bo‘lgan munosabatlariga doir yangidan yangi muammolarni

keltirib chiqaradi. Odamlar esa ana shu muammolarni

birin-ketin hal etish jarayonida o‘z erki va haq-huquqlarini himoya

qilib boraveradi. Jamiyat taraqqiyotiga mos ravishda aholi

«tarbiyalanib», shakllanib, barkamollashib boradi. Ayni paytda biz

xuddi ana shunday jarayonlarni boshdan kechirayapmiz.

Yuqoridagi xulosalardan kelib chiqib Prezident I.A.Karimov

mamlakatning siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat

qurilishini yanada erkinlashtirishning yangi konsepsiyasini ishlab

chiqdi. Unda quyidagi masalalarga alohida e’tibor berildi:

— demokratik institutlar faoliyatlari ko‘lamlarini kengaytirish;

Erkinlashtirish

konsepsiyasi

Uchinchi bo‘lim. Sivilizatsiyalar — ijtimoiy-madaniy jarayon

165

— aholining siyosiy faolligini kuchaytirish va siyosiy madaniyatini



oshirish;

— jamiyatda manfaatlar, turli xil qarashlar, siyosiy va e’tiqodiy

raqobatlar o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash;

— jamoat birlashmalarining hozirgi bosqichdagi ijtimoiy mavqeyini

oshirish;

— siyosiy partiyalar faoliyatini takomillashtirish;

— iqtisodiy hayotni erkinlashtirish;

— davlat qurilishini erkinlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish;

— hokimiyat bo‘linishi prinsipining insoniyat tomonidan umume’tirof

etilgan tamoyillarini amalda qo‘llash;

— davlat hokimiyati organlarining vakolatini nodavlat va jamoat

tashkilotlariga o‘tkazish va boshqalar.

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yalpi yangilanishlar

jarayonida yuqoridagi tamoyillar alohida o‘rin tutadi. U demokratiya

jarayonlarini chuqurlashtirishda, jamiyatni erkinlashtirishda,

fuqarolar siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirishda muhim ahamiyat

kasb etadi. Ayni paytda tub o‘zgarishlarning «o‘zbek modeli» sifatida

jahon islohchilik tajribasiga o‘ziga xos va o‘ziga mos hissa bo‘lib

qo‘shiladi. Boshqacha qilib aytganda, jamiyatni erkinlashtirishning

bunday tamoyillari O‘zbekistonda vujudga keltirildi va ijtimoiy

boshqarishning xalqaro andozalariga muvofiq samarali yo‘nalishi

sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Asosiy tushunchalar

oe Erkinlashtirish — O‘zbekiston jamiyati hayotining barcha

sohalarida rivojlanishga xalaqit beradigan to‘siqlarni bartaraf

etish, qonun doirasida ijodiy faoliyat ko‘rsatish.

oe Inson omili — erkinlashtirish jarayonining muvaffaqiyati

oxir-oqibatda konkret insonga bog‘liqligini ifodalaydigan

tushuncha.

Takrorlash uchun savollar

1. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirishning asosiy

omillari qaysilar?

2. Jamiyatni erkinlashtirish omillari haqida gapiring.

3. Davlat vakolatlarini jamoat tashkilotlari zimmasiga o‘tkazish

tamoyilining mohiyati nimada?

4. Prezident I.Karimovning davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirish

konsepsiyasining asosiy tamoyillarini izohlang.

IV bob. O‘zbekiston mustaqilligi — yangi sivilizatsiyaviy bosqich

166

5. Ijtimoiy faollik va jamiyatni erkinlashtirish o‘rtasidagi



bog‘liqlik haqida gapiring.

6. I.Karimov ta’limotida inson tafakkurini yangilash tamoyilini

izohlang.

7. Erkinlashtirishda nodavlat va jamoat tashkilotlari qanday

o‘rin tutadi?

35-§. Ma’naviyat — ijtimoiy taraqqiyotni

harakatlantiruvchi kuch

Qadriyatlarga munosabatni o‘zgartirish,

uni tiklash, mavqeyini oshirish,

xalq madaniy mulki sifatida

qadrlash masalasi O‘zbekistonni

yangi ijtimoiy-siyosiy tuzum talablari doirasida umumiy isloh

qilishning muhim bo‘g‘iniga aylantirildi. Qisqa davr mobaynida

xalqning azaliy udumlari, asrlar sinovidan o‘tgan milliy an’analari

qaytadan tiklandi. Xalqimiz o‘z taraqqiyotining yangi bosqichini

milliy tiklanish va madaniy yangilanish borasidagi vorislik

huquqlarini qo‘lga kiritish asnosida amalga oshira boshladi. Milliy

qadriyatlarni milliy g‘urur va iftixorni shakllantirish ishlariga xizmat

qildirish, kelajakka qat’iy ishonch bilan qarash omiliga aylantirish

jarayonlari faollasha boshladi.

I.A.Karimov asarlarida ma’naviyat ijtimoiy taraqqiyotning

bosh harakatlantiruvchi kuchi sifatida asoslanadi va amaliyotning

barcha jabhalarida sinovdan o‘tkazilib, hayotchanligi va haqqoniylik

darajasi yuqoriligi ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan isbotlab

beriladi.

Tanlanayotgan ma’naviyat nafaqat mamlakatimizning ko‘p

mingyillik tarixi, ijtimoiy taraqqiyotining barcha jabhalariga bevosita

ta’sir ko‘rsatgan, ayni chog‘da xalqimiz mentaliteti ham ma’naviy

qadriyatlar asosida shakllangan va Sharq sivilizatsiyasi bevosita

ma’naviyat, ilm-fan, axloq, ruhiy poklik asosida yuzaga kelgan.

Xuddi shu jihatdan ham Sharq insoniyat taraqqiyotiga, jahon

sivilizatsiyasiga o‘ziga xos madaniyat va ma’rifat olib kirgan.

Ma’naviyat o‘z navbatida jamiyatning ham umumiy manzarasiga,

ham har bir shaxs intellektual-ruhiy qiyofasiga mutanosib

ta’sir ko‘rsatadi. Fuqarolarning ma’naviy-ma’rifiy darajasi esa o‘z

navbatida jamiyatning umumiy holatini o‘zgartiradi. Yangilangan

axloqiy yetuklik va ijtimoiy ong jamiyat taraqqiyotini belgilaydi va

yalpi taraqqiyotning yangidan yangi imkoniyatlarini vujudga

keltiradi. Ta’kidlash joizki, har bir yangi avlod yangi tarixni

taqozo etadi, uni yaratadi, takomillashtiradi.

Milliy-ma’naviy

tiklanish


Yüklə 3,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə