O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus



Yüklə 3,28 Mb.
səhifə24/58
tarix06.05.2018
ölçüsü3,28 Mb.
#42512
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   58

Savolnomalar
1 Inson kelib chiqishi (yaratilishi) to’grisida yana qanday afsonalarni bilasiz? Ularni darslikda keltirilganlari bilan solishtiring.

  1. Antropogenezning diniy tushuntirilishi nega yagona nuqtayi nazar bo’la olmaydi? Buni o’zingizga fan amaliyotidan ma’lum bo’lgan dalillarga tayanib mulohaza qiling.

  2. Nega antropogenezning fan variantlari xilma-xil? Bu yerda plyuralizmning ahamiyati nimadaligini tushuntiring.

  3. Inson ajdodlariga maymunlardan tashqari quruqlikda va suvda yashovchi yana qanday mavjudotlar yaqin hisoblanadi? Uning to’g’risida turli o’quv darslaridan olgan bilimlaringizga tayanib mulohaza yuriting.

  4. Inson tanasi a’zolaridan qaysilari eng rivojlangan hisoblanadi? O’z nuqtai nazaringizni yozma bayon qiling.

  5. Inson tomonidan Koinotning o’zlashtirilishi antropogenez nazariyasiga ta’sir ko’rsatadimi? Noma’lum uchuvchi jismlar (NUJ) koinotdan Yerga kelgani haqida “Pallovizitologiya” jurnali chiqib turishi haqida nimalarni bilasiz? Bilganlaringizni yozma bayon qiling.

  6. Hozirgi vaqtda kishilik hayoti barcha sohalarida ma’naviy omillarning o’rni va ahamiyati oshib borayotgani qonuniymi? Antropogenezni izohlashda bu omillarning roli to’g’risida fikringizni yozma bayon qiling.

  7. Nega antropogenezning fan variantlari xilma-xil? Bu yerda plyuralizmning ahamiyati nimadaligini tushuntiring.

  8. Inson ajdodlariga maymunlardan tashqari quruqlikda va suvda yashovchi yana qanday mavjudotlar yaqin hisoblanadi? Uning to’g’risida turli o’quv darslaridan olgan bilimlaringizga tayanib mulohaza yuriting.

10. Zaruriyatsiz erkinlik, erkinliksiz zaruriyat bo‘lishi mumkinmi?

11. Erkinlikning mezonlari bo‘ladimi?

12. Insonning ichki erkinligiga misollar keltiring.

13. Tashqi erkinlikning shaxsga ta’siri.

14. Qaysi soha erkinligi eng zarur hisoblanadi?

15. Shaxsning shakllanishida jamiyatning mas’uliyatini qanday tushunasiz?

16. Shaxsning siyosiy maqomi qanday ta’minlanadi?



Yozma ish savollari

1-variant

1.“Ijtimoiy” so’zining tilshunoslik (sifat) ma’nosi hamda keng va tor ma]nolarda qo’llanishini mulohaza qiling.

2.Sinflar qaysi jihatlariga ko’ra o’zaro farqlanadi?

3.“Millat” birligini mulohaza qiling.

2-variant

1.Aholining hududiy, demografik, ishlab chiqarish va bilim darajasiga ko’ra farqlanishida qaysi belgi asosiy hisoblanadi?

2.Oila nikohsiz, nikoh oilasiz bo’lishi mumkinmi

3.Kishilik jamiyatining institutsiyaviy tavsiflanishi qachondan boshlangan?


3-variant

1. Institut tarkibini tashkilotsiz ham tasavvur etish mumkinmi?

2. Byurokratiyani faqat ijobiy jihatlari bormi?

3. “Sotsium” tushunchasi qaysi maqsadda qo’llaniladi? Buni batafsil izohlang.
4-variant

1.“Jamiyat” tushunchasini alohida holda va “Sotsium” tushunchasi bilan nisbatda tushuntiring.

2..Nega ijtimoiyot ilmida ilgari “jamiyat” tushunchasi ishlatilmaganini mulohaza qiling.

3.Nega “ja’ma” atamasidan yasalgan “jamoa” va “jamiyat” tushunchalari o’zaro farqli ma’nolarni anglatadi? Buni tushuntirishda ilmiy atama va tushunchalarning ham tavsifini keltiring.


5-variant

1.Nazariy modelsiz ham jamiyatni obyekt sifatida o’rganish mumkinmi?

2.Jamiyatni ifodalaydigan atamalar qanday sharoitlarda tushunchalar maqomiga ega bo’ladi? Buni boshqa ijtimoiy-gumanitar o’quv predmetlaridan ham o’zlashtirgan bilimlaringiz asosida izohlang.

3.Kishilik jamiyati yaxlitligi tamoyili bilan uning muayyan sohalarga bo’linganligi (tizimiyligi) qay darajada sig’isha oladi? Buni mulohaza eting.


6-variant

1.Jamiyat sohalari o’zaro nisbatda tengmi? Buni turmushdan olingab misollar orqali tushuintiring.

2.Jamiyat hodisalariga institutsional yondashishning o’tmish va hozirini taqqoslab bering.

3. Tashkilot va muassasa nisbatini aniqlang. Nazaringizda Sotsium miqyosida eng katta tashkilot qaysi?

“Shaxs va jamiyat ” fanidan yakuniy nazorat savollari

1-variant


1.Bilish va uning darajalari

2.Evropada Reformatsiyalarni oqibatlari

3.Freyd nazariyasi

2-variant


1.Antropogenezning mohiyati

2.Antik dunyo sivilizatsiyasi

3.Buyrokratiya

3-variant


1.Davlat va boshqaruv tushunchalari

2.Ijtimoiy institutlar tavsifi

3.Xammurapi qonunlari

4-variant

1.Ruhiyat muammosi

2.O’rta osiyoda tasavvufchilik

3.Jamiyatda plyuralizm mavjudligi

5-variant

1.”Men”tushunchasi

2.Etnik shakllar

3. Filogenez va ontogenez tushunchalari

6-variant

1.Insonda organik davomiylik

2.Jamoa va jamiyat tushunchalari

3.Monizm va atiezm tushunchalari

O’quv va uslibiy qo’llanmalar ro’yxati
1.Falsafa. T., «Sharq», 1999.

2.Falsafa. T., «O‘zbekiston», 2000.

3.Jo‘rayev N. Agar ogoh sen. T., «Sharq», 1999.

4.Jo‘rayev N. Mustaqil O‘zbekiston tarixi. T., «Sharq», 2000.

5.Jo‘rayev N. Tafakkurdagi evrilish. T., «Sharq», 2001.

6.Komilov N. Tasavvuf. T., «Yozuvchi», 1-kitob — 1997, 2-kitob — 1999.

7.AлексеевВ.П. Становлениечеловечества. M., 1984.

8.ндреевИ.Л. Происхождениечеловекаиобщества. M., 1998.

9.БехтереваН.T. Mеханизмуправленияпамятьючеловека. Л., 1989.

10.ГумилевЛ.Н. ЭтногенезибиосфераЗемли. Спб., 2001.

11.ГуревичП.С. Человек. M., 1995.

12.Кликс Ф. Пробуждающееся мышление. У истоков человеческого интеллекта.

M., 1991.

13..Koган Л.Н. Цельисмыслчеловека. M., 1991.

14.MeщeряковБ.Г., Meщeряковa Н. Введениевчеловекознание. M. 1999. Mифы народов мира. M., 1991.

15.OкладниковA.П., OкладниковаЕ.A. ЗаселениеЗемличеловеком. M.,1984.

17.Феномен человека. Aнтология. M., 1993.

18.Человек и общество, Под ред. Боголюбова Р.Б. и Лазебниковой A.Ю. M., 2002.

19.Falsafa. T., 1999.

20.Falsafa. T., 2000. Ma’ruzalar matni.

21MeщeряковБ.Г., Meщeряковa Н. Введениевчеловекознание. M. 1999.

22.Человек и общество, Под редакцией Боголюбова Р.Б. и Лазебниковой A.Ю. M., 2002.

23.Ahmedov B. Mirzo Ulug‘bek. T., «Fan», 1996.

24.Jo‘rayev N. G‘oyaviy immunitet yoki ma’naviy xaloskorlik tuyg‘usi. T., «O‘zbekiston», 2001.

25.Jo‘rayev N. Mustaqil O‘zbekiston tarixi. T., «Sharq», 2000.

26.Jo‘rayev N. Yangilanishlar konsepsiyasi: yaratilishi, evolyutsiyasi va amaliyoti.

T., 2002.

Jo‘rayev N. Tafakkurdagi evrilish. T., «Sharq», 2001.

27.Komilov N. Tasavvuf. T., «Yozuvchi», 1-kitob — 1997, 2-kitob — 1999.

28.Nazarov K.N. Aksiologiya: qadriyatlar falsafasi. T., «Ma’naviyat», 1998.

29.Raxmonov N. Qadimgi turk xoqonligi. T., 1995.

30.Saidov A.X. Mustaqillik Qomusi. T., «O‘zbekiston», 1993.

31Turon Usmon. Turkiy xalqlar mafkurasi. T., 1995.

32.Erkayev A. Ma’naviyat — millat nishoni. T., 1997.

33.Yusuf Xos Hojib. Qutadg‘u bilig. T., «Fan», 1990.

34.Falsafa. T., «Sharq», 1999.

35.Falsafa. T., 2000. Ma’ruzalar matni.

36.Aбдуллатипов Р.Р. Человек, нация, общество. M., 1994.

37.ВасильевЛ.O. История Востока в 2-x томax. M., 1994.

38.Toйнби A. Постижение истории. M., 1990.

39.ЦивилизацияVIP. 1—4. M., 1995—1996.

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA TA'LIM VAZIRLIGI

O'RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA'LIMI MARKAZI


SHAXS VA JAMIYAT

(Ijtimoiyot asoslari)

fanining akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun

O'QUV DASTURI
(40 soat)

Toshkent - 2010


Ushbu o‘quv dаsturi Оliy vа o‘rtа mахsus, kasb-hunar tа’limi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kеngаshining 2010 yil- 9 oktabrdagi 2-sonli yig‘ilish bayoni qaroriga muvofiq, Оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligining 2010 yil- 21 oktabrdagi 396-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlandi va amaliyotga joriy etildi.

Tuzuvchilar:

I.Saifnazarov - falsafa fanlari doktori, professor

Sh.Azizov - falsafa fanlari nomzodi, professor
Taqrizchilar:

N.Aliqoriyev - Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Oliy pedagogika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri, iqtisodiyot fanlari doktori, professor

K.Tulenova - Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti, falsafa kafedrasi mudiri, falsafa fanlari doktori, professor

A.Qodirov - Toshkent Davlat yuridik instituti professori, falsafa

fanlari doktori


A.Nafasov - Toshkent Soliq kolleji ,,Ijtimoiy-gumanitar va huquqiy fanlar” kafedrasi katta o’qituvchisi

TUSHUNTIRISH XATI

«Shaxs va jamiyat» dasturi ilgari akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va o'rta umumta'lim maktablarining 11-sinflari uchun tobora takomillashtirilib, o'n martacha nashr qilingan edi. Uning asosida yozilib, chop etilgan «Ijtimoiyot asoslari (Shaxs va jamiyat)» o'quv qo'llanmasi qayta ishlanib, «Shaxs va jamiyat» darsligi sifatida ketma-ket ikki marta etildi. Dasturning ushbu nashri o'tgan 10 yil davomida «Shaxs va jamiyat» predmetini o'qitish tajribasi umumlashtirilib va tegishli fanlar sohalarida erishilgan yutuqlarini hamda taniqli ijtimoiyotshunos olimlarning matbuotdagi ijobiy taqrizlarida bildirilgan istaklarini hisobga olgan holda tubdan yangilandi.

«Shaxs va jamiyat» o'quv predmeti integrativ kurs bo'lib, uning mazmunini bayon qilishda asosiy jihatlariga ko'ra hozirgi umumgumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy bilimlar sohasida qabul qilingan sivilizatsiyaviy yondashishga tayaniladi. Tegishli tarzda dasturda xalqlar tarixiy tajribasidan o'tib, umum tomonidan e'tirof etilgan axloqiy-qadriyatiy mo'ljallar asoslanadi. Bu tajribadan kelib chiqilib dasturda ilmiy bilishda kishilik hayoti hodisalariga tor sinfiy-mafkuraviy dogmalar va streotiplar, konyukturaviy sharhlar kabi obyektivlikka zid keladigan pozitsiya rad etiladi.

Dasturda hozirgi zamon bilimlari pozitsiyasida turib, inson va uning jamiyatini o'rganishda umuminsoniy jihatlaming ustuvorligi hisobga olingan. Shuningdek, inson oliy qadriyat ekanligi, uning erkinligi va erkin fuqarolik jamiyati davlati asosiy tayanchlarining mustahkamligiga, qonunchilik va mas'uliyatga asoslanishning lozimligi ta'kidlanadi. Dastur mazmunining zarur minimumi quyidagi tarkibiy bloklardan iborat:

1.Inson, uning antroposotsiogenetik tadriji. Shaxs maqomi,
hayoti, o'lim va undan keyingi mangulik masalalari.

2.Sotsiumning tashkiliy shakli sifatida jamiyatning nazariy


modeli, hayotining asosiy sohalari. Ijtimoiy jarayonlar va ularning
yo'nalganligi muammolari. Jamiyatning funksional holati.

3.Ijtimoiy-madaniy jarayon sifatida sivilizatsiyaning Sharq va


G'arb tiplari. Turon-Movarounnahr-Turkiston, O'zbekistonning tarixiy-sivi-lizatsiyaviy tavsifi.

4. Hozirgi dunyo, undagi globallashuv jarayonlari. Global muammolarning mohiyati va bartaraf etilishining shart-sharoitlari hamda hozirgi jahoniy miqyosda umuminsoniy sivilizatsiya shakllanishi masalalari.

Real o'quv jarayonida mavzularning ketma-ket, izchil o'rganib borilishi mualliflik dasturlarida predmet o'qitilishining tanlangan konsepsiyasiga muvofiq ham belgilanishi mumkin.

Kurs mazmunining o'zlashtirilishi qator jihatlariga ko'ra tarix, geografiya, atropologiya sohalari bilimlarining, sivilizatsiyalarga oid mavzular esa davlat va huquq asoslari hamda boshqa predmetlarning tegishli qismlariga tayangan holda amalga oshirilishi mumkin.

Dasturda o'quv predmetining maqsadlari va vazifalari belgilanib hamda ta'lim va tarbiyaning birligi doirasidagi umumiy yo'nalishi ko'rsatib berildi:

Birinchidan, ijtimoiy bilishga bo'lgan qiziqishga asoslangan holda Shaxs axloqiy madaniyatining, uning hozirgi tafakkur tarzi va ijtimoiy xatti-harakatining shakllanishi, o'zining taqdirini o'zi belgilashi va o'zini o'zi namoyon etishini shakllantirish.

Ikkinchidan, inson, uning Shaxs sifatida shakllanishi, jamiyat, ijtimoiy madaniy supertizim sifatida sivilizatsiya va uning tarixi to'g'risida umumgumanitar va oliy maktab tizimidagi ijtimoiy-iqtisodiy fanlarning bundan keyingi o'qitilishi, mustaqil ta'lim olish yoki istiqboldagi kasbiy faoliyat uchun zarur bo'lgan bilimlar tizimini o'rganish.

Uchinchidan, turli millat va elatlaming yonma-yon yashashi, turli konfessiyalarning mavjudligi sharoitida milliy g'oyaga, umumo'zbekiston g'oyasiga sodiqlikni, tolerantlik, insonparvarlik ideallariga, O'zbekiston Respublikasidagi bag’rikenglik, konstitutsiyaviy, demografiyaviy qadriyatlarni hurmat qilishni tarbiyalash;

To'rtinchidan, inson va jamiyat hayoti to'g'risidagi axborotlarni to'plash, tizimlashtirish va tanqidiy mulohaza qilish malakalarini egallash;

Beshinchidan, shakllanayotgan fuqarolik jamiyati va demokratik, huquqiy davlat hayotida hamda millatlararo munosabatlar va oilaviy turmush sohasida zarur bo'lgan kommunikativ amaliy faoliyat usullarini o'rganish.

Dastur namunaviy bo'lganidan «Shaxs va jamiyat» predmeti mazmunida qaysidir bir zamonaviy nazariy konsepsiya boshqalariga zarar keltiriladigan darajada afzal ko'rilmaydi. Uning belgilangan majburiy qismi uchun 40 soat ajratilgan. Uning doirasida variantlilik imkoniyatlari mavjudligidan o'qituvchi dars jarayoniga mustaqil yondasha oladi, xususan, hozirgi pedagogik texnologiyalarni joriy etish maqsadida ikki soat zahira vaqt (umumiy soat miqdorining 5% i) ajratilgan.

Yoshlarda tegishli bilimlarni o'zlashtirishga yo'naltirilganligiga ko'ra dastur yetarli darajadagi nazariy saviyaga erishishni va oliy maktab ta'limi tizimida o'qishni davom ettirishni ta'minlashga qaratilgan. Jumladan, unda talabalarga quyidagi umumta'lim malakalari, ko'nikmalari va faoliyat tarzlarini shakllantirishni nazarda tutiladi:

• o'rganilayotgan obyektning umumiy tavsifini belgilash, uni


boshqa bahosi va tavsifi bilan qiyoslash, solishtirish;

  • egallangan bilimlarni konkret misollarda oydinlashtirish;

  • tipik ijtimoiy vaziyatlarda amaliy bilish vazifalarini hal etish
    malakalarini egallash;

  • to'g'ri hukmni asoslash, dalillar keltirish, ta'riflar berish;

  • zarur axborotni izlashdan tortib, ularning natijalarini tekshirish,
    baholash va ulardan foydalanish;

  • loyiha tuzish ishlarida ishtirok etish, izlanish faoliyatida oddiy
    ko'nikmalarni egallash;

  • matnni tushunish va uning tili o'ziga xosligini farqlash;

  • ommaviy axborot vositalarining «Shaxs va jamiyat» mazmuniga
    doir materiallar tilini aynan bir xil tushunish;

  • axborotlarni to'plash, qayta ishlash, uzatish va saqlash bo'yicha
    kompyuter texnologiyalaridan foydalanish malakasini egallash;

• xalq oldiga chiqib so'zlash usuli (monolog, dialog, bahs,
munozara) va nutqda axloqiy me'yorlarga rioya qilishni egallash.


DASTURNING ASOSIY MAZMUNI

KIRISH

XX va XXI asrlar marrasida jahonda yuz bergan buyuk o'zgarishlarning nomuayyan va muqobil kechishiga integrativ yondashishda dunyoqarash mo'ljallarining ahamiyati. Dunyoqarash bilan insoniyat jamiyati to'g'risidagi fan bilimlarining uyg'unligi. Inson shaxsi, jamiyat va ular aloqadorligi tarixiga yondashishda sivilizatsiyaviylik tamoyilining zarurligi. Shaxs kamolotining jamiyatga va ijtimoiy jarayonlar mazmunining inson yetukligiga bog'liqligi. «Shaxs va jamiyat» o'quv predmeti mavzulari bilan fanning turli sohalaridagi insonshunoslik hamda din o'rtasidagi farqlar. O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimidagi ijtimoiy-gumanitar va iqtisodiy fanlaming yakunlovchi qismi sifatida uning predmetida umuminsoniy va milliy-hududiy qadriyatlarning birligi.

Ushbu o'quv predmetining O'zbekiston yoshlari ong-shuurida milliy g'oya, istiqlol mafkurasini qaror toptirish va mustahkamlashdagi o'rni va ahamiyati.

O‘quv rejasida “Shaxs va jamiyat” faniga ajratilgan soatlar va ularning dars turlari bo‘yicha taqsimoti



Tartib raqami


Fan bo’limlari va mavzular

Umumiy yuklama, soat
Ma'ru-zalar

Semi-narlar

Musta­qil ish

Jami

Dars turlari bo’yicha soatlar taqsimoti

Hammasi

Dars soatlari jami

Ma’ruza

Seminar

Mustaqil ish

01.00.


Inson va uning Shaxs tavsifi

22

16

8

8

6

01.01.

Antroposotsiogenez

11

8

4

4

3

01.02.

Shaxs

11

8

4

4

3


11.00.


Jamiyat - Sotsiumning tashkiliy shakli

15

11

6

5

4


11.01

Sotsium dunyosi

6

4

2

2

2

11.02

Jamiyat hayotining asosiy sohalari

5

4

2

2

1

11.03

Ijtimoiy-tarixiy jarayon

4

3

2

1

1

111.00.

Sivilizatsiyalar - ijtimoiy-madaniy jarayon

12

7

4

3

5

111.01.

Jamiyat va sivilizatsiya

6

4

2

1

3

III.02.

Mustaqil O'zbekistonning ijtimoiy-madaniy tavsifi

6

3

2

2

2

IV.OO.

Hozirgi dunyo: globallashuv, global muammolar va yangi jahoniy sivilizatsiya shakllanayotganligi masalalari

9

6

4

2

3


IV.01.

Globallashuv va global muammolar

5

3

2

1

2

IV.02.

Insoniyatning yangi sivilizatsiyaviy sifat holatiga o'tayotganligi

4

3

2

1

1








58

40

22

18

18


BIRINCHI BO'LIM

INSON VA UNING SHAXS TAVSIFI

1 В О В. ANTROPOSOTSIOGENEZ

l-§. Inson - jonli mavjudotning alohida tipi

Hayot tadriji va inson. Bilimlar tizimida insonning turlicha tavsiflanishi: Koinotning noyob hodisasi; barcha mavjudotlarning o'lchovi; ochiq tizim sifatida alohida ustunliklariga ega mavjudot; tadrijiylikning boshi berk tarmog'i; tabiiy patologiya va h.k. Insonning tabiiy-biologiyaviy, ijtimoiy va ruhiy-ma'naviy jihatlardan o'rganilishi.



2-§. Insonning o'zini o'zi hamda tashqi dunyoni bilishi zarurligi va imkoniyatlari

Bilish - insonning xos ehtiyoji. Bilishning turlari va darajalari. Ilmiy bilimlar, haqiqat muammosi: mutlaqlik, nisbiylik va konkretlilik jihatlari. Fanlar tasnifi. Ma'naviyatning ba'zi tashkil etuvchilarining bilish salohiyatlari to'g'risida. Falsafa - bilishning oliy tarzi. Nomumtozlikdan keyingi bilimlar tavsifi.



3-§. Insonning yaratilishi to'g'risidagi diniy qarashlar va kelib chiqqanligi haqidagi an'anaviy ilmiy nazariyalar

Dinda insonning yaratilganligi to'g'risida. Antropogenezga doir ilmiy bilimlar va dalillarning to'planib borganligi. Hayot tadriji va inson. Homo turining kelib chiqishi va keyingi tadriji to'g'risidagi hozirgi zamon bilimlari. Tadrijiylik nazariyalarining ijobiy jihatlari va kamchiliklari. Koinotiy nazariyalar va ularning kamchiliklari. Anomal hodisalar nazariyasi va uning dalillanganligi muammosi.


4-§. Antropogenezning noan'anaviy nazariyalari

Insonning kelib chiqishi to'g'risidagi ilgaridan mavjud ilmiy nazariyalarga muqobil ta'limotlarning asoslanishi zarurligi va imkoniyatlari. Quvvat-axborot nazariyasi. Oqsil nazariyasi. Ma'naviy madaniyat nazariyasi (insonning aqli yordamida o'zini-o'zi takomillashtirishining belgilovchiligi to'g'risida). O'zaro munosabatlar nazariyasining asoslanishi. Inson genezining sinergetik tushuntirilishi.



5-§. Sotsiogenezning boshlanishi

Antroposotsiogenez nazariyalarini umumgumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy bilimlar hamda mantiq kuchi bilan to'ldirish zarurligi. Inson kelib chiqishining ijtimoiy omillari. Qurollar yasash va ulardan foydalanishning ahamiyati to'g'risidagi ta'limotlarning ishchi-faraziy roli.



6-§. Ruhiyat

Miya va asab tizimi - ruhiyatning moddiy tashuvchilari. Anglash hodisasi. Ruhiyat tafakkur unsurlarining shakllanishi. Nutq. Axloqiy tasavvurlarning shakllanishi. Asotir. Diniy amallarning boshlanishi. Sotsiogenezda tanlovning roli.



7-§. Inson tadriji turli bosqichlarida sotsiogenez omillarining o'rni

Sotsiogenezning davomiyligi. O'tmish yodgorliklarida saqlangan ma'naviylik va moddiy-ashyoviylik nisbati. Insoniyat tarixining yovvoyilik, varvarlik va ilk sivilizatsiyalar bosqichlari talqini.

Inson ajdodlari turmush-faoliyatida jinsiy tabuning roli. Oilaviy munosabatlar tadriji.

8-§. Insonning biologik tavsifi to'g'risida

Antropogenezda tabiiy-biologiyaviylik va ijtimoiy-ruhiylikning o'zaro nisbiy mustaqilligi. Insonning tana jihatdan zot-tur-jins belgilari va tashqi muhit bilan bog'liqligi. Oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar joy, barqaror jinsiy mayl ehtiyojlari. Antropologik jihatdan inson takomilining nihoyaliligi muammosi.

Insondagi hissiy barqarorlik, uyatchanlik, jur'atsizlik, begonalik, tajovuzkorlik, muvaffaqiyatlarga, rahbarlikka intilish va h.k.ning genetik taqozolanganligi muammosi. Insonga xos xatti-harakatlar va holatlarning hayvonot olamida uchrashi masalasi. Gen - madaniy koevolutsiya nazariyasi.



II В О В. SHAXS

9-§. «Mohir inson» - individ

Inson - bioijtimoiy-madaniy mayjudot. Individ (yoki individum) - inson zotining alohida olingan abstrakt vakili. Bilimlarning turli tarmoqlarida individning har xil tavsiflari. Jismoniy mavjudligini ta'minlash - individ faoliyatining maqsadi. Individlardagi sifatlarning individuallik jihatlar kasb etishi. Individuallik - ijobiy fenomen va uning o'rta arifmetik darajada olingan inson sifatlaridan har doim ortiqligi. Individuallik xususiyatlari namoyon bo'lishining imkoniyatlari.



10-§. Shaxs - inson tadrijining yuksak bosqichi

«Shaxs» tushunchasi. Inson umumiy sifatlari bilan uning shaxs maqomi nisbati. Shaxsning ichki dunyosi va ijtimoiy atrof-muhit. Shaxsning umummadaniy ideali. Shaxs «MEN»ining tarkibi. Shaxs yaxlitligining bo'linishi va uning oqibatlari.



ll-§. Ijtimoiylashuv

Inson individi salohiyatining ro'yobga chiqishi - zaruriyat va uning shart-sharoitlari. Ijtimoiylashuv - individning biologik hamda ruhiy ehtiyojlarini maqsadga muvofiq yo'naltirish va qondirish.

Ijtimoiylashuv va inson subyektiv «MEN»i. Insonga bo'lgan global ta'sirlar, ularning tasnifi va natijaliligi.

12-§. Shaxs: erkinlik va demokratiya

«Erkinlik» tushunchasida shaxs tarixiy-madaniy ehtiyojlarining ifodalanishi. «Men» va «o'zga men» muvozanati - erkinlik asosi. Sihat-salomatlik - erkinlikning biologik ifodasi. Berilgan imkoniyatlardan yaxshisini tanlash - erkinlik mezoni. Shaxsning jamiyat va uning siyosiy hokimiyati tashkiliy darajalariga bog'liqligi. Huquqiy tizimlar va shaxs dinamizmi. Demokratiya - shaxs qadriyatlarini ta'minlash vositasi.



13-§. Buyuk shaxs: asosiy tavsiflar

Buyuk Shaxs maqomi. Buyuk shaxslar tomonidan kun tartibiga qo'yilgan muammolar va bajarilgan ishlar nisbati. О' zbekiston tarixida Zardushtdan Islom Karimovgacha bo'lgan shaxslar faoliyatining alohida jihatlari.



14-§. O'lim va undan keyingi mangulik muammolari

Shaxs hayotining ma'nosi va mazmuni, maqsadi va vositalari nisbati. O'limini anglash- insonni ajratuvchi belgi. O'limni ma'naviy vositalar bilan barqaror qilish imkoniyatlari. Mangulik - mazmunli o'tgan hayotning o'limdan keyingi davom etishi. Evtanaziya masalalari.


IKKINCHI BO'LIM

JAMIYAT - SOTSIUMNING TASHKILIY SHAKLI

III BOB. SOTSIUM DUNYOSI

15-§. «Sotsium» tushunchasi. Jamoa va jamiyat

«Sotsium» atamasi va tushunchasi. Sotsium - keng ma'noda universumning (olamning) alohida qismi. Unda kishilik dunyosi xos jihatlarining ifodalanishi. «Jamoa»ning atamaviy va tushunchaviy tasnifi. «Jamiyat» tushunchasi. Jamoa va jamiyat - Sotsiumning tashkiliy tarzlari. Jamiyat - murakkab, o'z-o'zicha yetarli dinamik tuzilma.



16-§. Jamiyatning nazariy modeli

«Model» tushunchasi. Nazariy modelda sezgilar bilan bilib bo'lmaydigan, tekshirilmaydigan voqelikning ifodalanishi. Mavhumlikdan konkretlikka qarab borish. Jamiyatni modellashtirishda tamoyillar va tushunchalarning ahamiyati.



IV В О В. JAMIYAT HAYOTINING ASOSIY SOHALARI

17-§. Ma'naviyat sohasi

Inson ichki dunyosi - ma'naviyat sohasi. Ma'naviyatning tarkibi. Axborotdorlik - ma'naviyatning tub tashkil etuvchisi. Ziyolilar - ma'naviyatning bosh tashuvchilari. Axloqiy hayot. Ta'lim va fan. Badiiy-estetik hayot. Din, uning hozirgi jamiyatdagi o'rni.



18-§. Iqtisodiyot sohasi
Moddiy-iqtisodiy hayot. Moddiy ishlab chiqarish - kishilarning o'zaro aloqalari hamda tabiat bilan modda va quvvat almashinuvi jarayoni. Mehnat unumdorligi. Inson va texnika. Texnologiya va ishlab chiqarishning tashkiliy jihatlari. Mulk tushunchasi. Mulkchilikning turli xillari. Turmush darajasi. Iqtisodiyot va jamiyat hayotining boshqa sohalari.

19-§. Ijtimoiy soha

«Ijtimoiy soha» («sotsial soha») tushunchasi. Bu sohaning asosiy tashkil etuvchilari. «Ijtimoiy (sotsial)» atamasining tor va keng ma'nolari. Ijtimoiy-sinfiy birliklar. Ijtimoiy-hududiy umumiyliklar: xalq, omma, insoniyat va boshqalar. Etnik birliklarning tarkibi. Mikroijtimoiy guruhlar. Irqning maqomi muammosi.



20-§. Boshqaruv va siyosat sohasi

Boshqaruv - jonli tizimlarning ajralmas jihati. Ijtimoiy boshqaruvning mazmuni va tiplari. «Hokimiyat» tushunchasi. Siyosiy hokimiyat va siyosiy soha. Davlat - sivilizatsiyaviy fenomen. Siyosiy partiyalar. Demokratiya - xalqni hokimiyatning manbayiga aylantirgan siyosiy va davlat tizimlari shakli. Huquqiy davlat.



21-§. Ijtimoiy institutlar

«Institut» tushunchasi. Ijtimoiy institutlar tarkibi. Institutsiyaviy almashuv. Institutlar bajaradigan vazifalarning jamiyat sohalari bo'yicha tasnifi. Tashkilot va muassasalar, ularning xillari. «Byurokratiya» hodisasi.



V В О В. IJTIMOIY-TARIXIY JARAYONLAR

22-§. Ijtimoiy tarix: ma'nosi va kechishi
«Tarix» atamasining ko'p ma'noliligi. O'tmishni hozirgi davr orqali idrok etishning ma'nosi va mazmuni. Sharq (an'anaviy) va G'arb-Yevropa (dinamik) jamiyatlarda tarixiy jarayonlar kechishining xos jihatlari. Tarixiy jarayonlarning bekik doira bo'yicha nasroniy-chiziqli, davriylik-spiralsimon tarzlarda tushuntirilishi. Ijtimoiy taraqqiyot g'oyasining hozirgi talqini muammolari.

23-§. Sotsiumdagi o'zgarishlarning funksional tavsifl

Sotsiumdagi o'zgarishlarning mexanizmi va uning sohalari tashkil etuvchilarining funksional tavsifi. Ijtimoiy jarayonlarni dunyoviy tushunishda monistik va plyuralistik yondashishlar. Kishilik jamiyatining funksional barqarorligi va uni ta'minlashning asosiy shart-sharoitlari.


UCHINCHI BO'LIM

SIVILIZATSIYALAR - IJTIMOIY-MADANIY JARAYON

VI BOB.JAMIYATVASIVILIZATSIYA

24-§. Sivilizatsiyaning boshlanishi va tadriji

«Sivilizatsiya» tushunchasi. Chorvachilik, dehqonchilik, quruvchilik, amaldorlik va ruhoniyatning kelib chiqishi - sivilizatsiyaning boshlanishi. Politogenez. Ma'naviy shart-sharoitlar. Xususiy mulk. Sivilizatsiyalarning makoni, vaqti va xarakteriga ko'ra tavsiflanishi. A.Toyinbi va K.Yaspers nazariyalari. Sivilizatsiya bosqichlari. Farmatsiyaviy yondashishning yaroqsizligi.

Sivilizatsiya tarkibida madaniyatning o'rni. Sivilizatsiya hodisalarining qadriyatiyligi. Inson hayoti - oliy qadriyat.

25-26-§. Sharq va G'arb: sivilizatsiya tiplari

«Sharq» tushunchasi. Sharq - daryoviy-mintaqaviy sivilizatsiyalar o'chog'i. Sug'orma xo'jalik yurgizishning ijtimoiy-madaniy tavsifi. Kishilar turmushida axloq-odob, urf-odatlar va an'analarning barqarorlashib borishi. Dunyoqarash va bilimlarning qorishiqligi. Kishilar taqdirida Tabiat, Sotsium va Davlatning belgilovchiligi.

Sharqning antik dunyoga ta'siri va bu yerdagi sivilizatsiyaning xos jihatlari va bosqichlari. Uyg'onish, Reformatsiya va Ma'rifatchilikning sivilizatsiyaviy tavsifi. Fan va sanoat inqilobi. Vakolatli demokratiya, individualizmning jamoaviylikdan ustunligi, industrial jamiyat - G'arb yangi sivilizatsiyasining belgilovchi qismlari. Sharq va G'arb sivilizatsiyalarining yaqinlashuvi - umumsivilizatsiy aviy j arayon.

27-§. Islomiy sivilizatsiya

Sharq - barcha jahoniy dinlar beshigi. Islom dini Qadimgi Yaqin Sharq, Antik davr bilan Yevropa Yangi davri oralig'idagi g'oyalar va bilimlarning asosiy manbayi. Musulmonchilikda jamoa maqomi, oddiy va bajarilishi qat'iy bo'lgan qoidalaming «Qur'on»da poetik-axloqiy va qonunlar tarzida ifodalanishi. Xalifatik va islom dinining keng tarqalishi. Bag'rikenglik, mahalliy an'analarga hurmat, halollik, tijoratga asoslangan iqtisodiyot - sivilizatsiya asoslari.

Islomiy madaniyat tarkibiy qismlari rivojlanishining shart-sharoitlari. Musulmonchilik sivilizatsiyasi rivojlanishidagi sustlashuv va turg'unlikning sabablari.

28-§. Turon - Movarounnahr - Turkiston: sivilizatsiyaviylik

mezonlari va bosqichlari

Qadimgi Turonning tabiiy-geografik, biologik, antropologik va ijtimoiy-madaniy maqomi. Sug'orma dehqonchilik madaniyati va boshqaruvning alohida shakliga asoslangan sivilizatsiyaning boshlanishi. «Avesto» - ijtimoiy-madaniy yodgorlik. Movarounnahrda islomiy lokal sivilizatsiyaning qaror topishi. Islomiy sivilizatsiya­ning turkiy tarmog'i. Turkistondan chiqqan mutafakkirlarning sivilizatorlik faoliyati.

Amir Temur va uning yetuk izdoshlari davridagi sivilizatsiyaviy ko'tarilish. Alisher Navoiyning O'zbekiston xalqlari ma'naviyati tarixidagi o'rni.

XVI asrdan boshlangan sivilizatsiyaviy orqada qolishlik sabablari va oqibatlari.



29-§. Mustamlakachilik va uning nosivilizatsiyaviy oqibatlari

Rossiya mustamlakachiligi natijasida Turkistonda ijtimoiy-madaniy turg'unlikning chuqurlashuvi. Qoloqlik va mustamlakachilikdan qutulish yo'lidagi ma'rifatparvarlik harakatida aql-idrokning roli va ahamiyatining asoslanishi. Davlat istiqloliga erishish - bosh maqsad. Jadidchilik va uning umumturkiy asoslari.

O'zbekistonda markscha-lenincha sotsializm tamoyillarini qo'llashning nosivilizatsiyaviy tabiati. «Milliy-hududiy bo'linish» - Turkiston tarixiy-madaniy, til, diniy, ma'naviy va boshqa yaxlitligining buzilishi va uning oqibatlari. Metropoliya uchun xomashyo bazasi bo'lgan O'zbekistonda totalitar tuzum sharoitidagi ma'naviy yo' qotishlar ко' lami.

VII BOB. MUSTAQIL O'ZBEKISTONNING IJTIMOIY-MADANIY TAVSIFI

30-§. Sivilizatsiyaning Sharq-Markaziy Osiyo lokal tipi

Markaziy Osiyo - tabiiy-geografik yopiq hudud hamda madaniy-etnik va tarixiy yaxlit mintaqa. O'zbekistondagi tarixiy-madaniy markazlar va ularning mintaqaviy sivilizatorlik roli (Chingiz Aytmatov), Davlat istiqloli va ijtimoiy tanlov («Qayoqqa?», «Qanday tarzda?», «Qaysi vositalar bilan?») imkoniyatlari. O'zbekistonning Jahon hamjamiyatiga qo'shilishida tabiiy-geografik va madaniy-ijtimoiiy omillarni hisobga olish zarurligi.


31-§. Demokratik-huquqiy davlat qurishning shart-sharoitlari

Istiqlol va siyosiy jarayonlar shakllari. Yaratilayotgan huquqiy davlatning nazariy konsepsiyasi. Huquqning (qonunning) jamiyat barcha sohalarida ustuvorligi. Inson huquqlarining buzilmasligi kafolati. Shaxs va davlatning o'zaro mas'ulligi. Davlat hokimiyatlarining bo'linganligi. Ko'ppartiyaviylik. Partiyaviy va saylov tizimlarining o'zaro aloqasi.



32-§. Fuqarolik jamiyati barpo etish vazifalari

Shaxs fuqarolik sifatining davlat funksional faoliyati bilan bog'liqligi. Jamiyatning fuqarolik jihatlar kasb etib borishi. O'z-o'zidan tashkillanish - fuqarolik jamiyatining xos belgisi. O'zbe­kistonda fuqarolik jamiyati shakllanishining o'ziga xosligi: xususiy mulk, bozor munosabatlari va o'rta sinf qaror topishida davlatning islohotchilik o’rni. Mahalla institutining mustahkamlanishi. Nohukumat, notijorat tashkilotlarining o’rni.


33-§. Tarixiy-ma’naviy qadriyatlarning hozirgi sharoitlardagi ahamiyati to’g’risida
O’zbek xalqi o’tmishini ulug’laydigan, o’zlikni anglashga xizmat qiladigan qadriyatlarning tiklanishi. “Avesto”ning tarixiy-madaniy va hozirgi ahamiyati. Islomiy sivilizatsiya asosiy tashkil etuvchilarining hozirgi ma’naviyatdagi o’rni. Umummilliy, o’zbek g’oyasining tarixiy-etnik va ma’naviy asoslari to’g’risida hamda uning omma ongiga singdirilishi zarurligi.
34-§. O’zbekistonda yaratilayotgan iqtisodiyotning sivilizatsiyaviy maqomi
Sovet tuzumi iqtisodiyotidan ijtimoiy yo’naltirilgan va boshqariladigan bozor tuzilmalariga o’tishning zarurligi: Prezident I.Karimov tomonidan o’tish davri uchun zarur ijtimoiy-iqtisodiy tamoyillarning ishlab chiqilishi. Qonunchilik asosida davlat mulkining xususiylashtirilishi. Bozor baholariga asta-sekin o’tish. Erkin bozor iqtisodiyoti – erkin raqobat va ko’p sonli o’rta qatlamning mavjudligi. Shaxsiy tashabbus va davlatning ishtirokiga asoslangan iqtisodiyotning asosiy belgilari.
TO'RTINCHI BO'LIM

HOZIRGI DUNYO: GLOBALLASHUV,

GLOBAL MUAMMOLAR VA YANGI JAHONIY

SIVILIZATSIYA SHAKLLANAYOTGANLIGI

MASALALARI

VIII BOB. GLOBALLASHUV VA GLOBAL MUAMMOLAR

35-§. Globallashuv: mohiyati, mazmuni, yo'nalishlari va

oqibatlari

«Globalizatsiya» atamasi va tushunchasi. Globalizatsiyaning asosiy sifat tavsiflari. Sanoat ishlab chiqarishining ко' lami va salohiyati hamda transmilliy birlashib borishi. Barcha mintaqalarning yagona bozorga tortilganligi. Internet imkoniyatlari. «Umumiy uy», “umumiy taqdir”, «umumiy tashvish» va hokazolar. XX asrda yagona jahon tarixi boshlanishining (Arnold Toynbi) belgilari. Globalizatsiyaning salbiy oqibatlari. Antiglobalizm harakati.



36-§. Hozirgi davrning global muammolari

Hozirgi global muammolar. Ularning «inson-jamiyat», jamiyatning ichki holati, interijtimoiy jarayonlar va «jamiyat va tabiat» tizimlari tug'dirganligiga ko'ra tasniflanishi. Global muammolar hal etilishining umumiy va xususiy, ichki va tashqi shart-sharoitlari.



IX В О В. INSONIYATNING YANGI SIVILIZATSIYAVIY SIFAT HOLATIGA O'TAYOTGANLIGI MUAMMOLARI

37-§. Hozirgi jamiyatlar - jahoniy tizim

Hozirgi kishilik jamiyati sayyora miqyosida - jahoniy tizim. Tizimda yadro, undan yarimuzoq va uzoqlikdagi jamiyatlarning farqlanishi (U.Vallershteyn). Texnogen-industrial sivilizatsiya doirasidagi farqlanishlar: o'ta sanoatlashgan Shimol va yuksak sanoatlashgan G'arb jamiyatlari. Sharqning izchil rivojlanayotgan davlatlari - neoindustrial model tashuvchilari. Postkommunistik dunyoning o'tish holatidaligi. Janubdagi an'anaviy-agrar jamiyatlar. Jahon yangi tartiboti muammolari.



38-§. Axborot-texnologik jamiyat

Hozirgi texnika va texnologiyaning fan sig'imliligi. Axborot texnologiyasining asosiy miqdoriy va sifat tizimlaridagi belgilovchi jihatlar. Sanoatlashgan jamiyat kamchiliklarini bartaraf etishda axborot inqilobining ahamiyati. Ma'naviy-madaniy sohadagi tub o'zgarishlar. Siyosiy hayotda axborotlashuv jarayonlari ko'lami. Axborot jamiyati nazariyalarining munozarali jihatlari.



TALABALARNING DARSDAN TASHQARI MUSTAQIL ISHLARI

«Shaxs va jamiyat» o'quv predmeti bo'yicha talabalar vaqtining anchagina qismi mustaqil ishlarni bajarishga to'g'ri keladi. Bunda ular qo'shimcha ravishda bilish va amaliy faoliyat tajribasini egallaydi. Bularning minimumi quyidagilarni o'z ichiga oladi:



  • mavjud xilma-xil axborotlarni tanqidiy o'zlashtirib o'zining
    mustaqil fikriga ega bo'lish va uni ifodalash;

  • nostandart, pedagogik jihatdan moslashmagan axborotlarni,
    masalan, Internetni ham o'z ichiga olgan zamonaviy kommuni-
    katsiya vositalari yordamida turli manbalar ustidan ishlar: tevarak-
    atrofda yuz beradigan voqea va hodisalami zamonaviy ijtimoiy bilish
    usullariga tayangan holda tahlil etish;

- real voqelik vaziyatlarini moddiylashtiradigan ta'limiy
o'yinlarda va dolzarb ijtimoiy muammolar bo'yicha muhokama,
munozaralarda ishtirok etish hamda o'z qarashlarini mantiqiy
dalillash;

- o'quv predmetining tegishli qismlari bo'yicha kasbiy soha-


lariga bog'lagan holda referatlar tayyorlash; va h.k.

O'QUV PREDMETINING O'ZLASHTIRILISHIGA DOIR TALABLAR

1. O'quv predmetini umumta'lim fanlari yo'nalishi bo'yicha o'qitish natijalariga ko'ra quyidagi talablar qo'yiladi:



  • insonning kelib chiqishidan tortib, uning asosiy fenomenlari
    sifatlarigacha bo'lgan bilimlami o'zlashtirish, tushunish;

  • ijtimoiy jarayonlami hamda ularni tartibga solib turuvchi
    asosiy institutsional tuzilmalaming tabiatini yetarli darajada mulohaza
    qilish va tushunish;

- sivilizatsiyalarning ijtimoiy-madaniy jarayonlar sifatidagi
tavsiflarini lozim darajada bilish;

  • Sharq va G'arb sivilizatsiyaviy umumiyliklari va farqlari hamda
    bularning ilgarigi va hozirgi jihatlarini mulohaza etish;

  • mustaqil O'zbekiston jamiyatining ijtimoiy-ma'daniy tashkil
    etuvchilari tizimidagi tub o'zgarishlarning mohiyati, mazmuni va
    yo'nalishlarini tushunish;

- hozirgi dunyo, globalizatsiya va global muammolar hal
etilishining shart-sharoitlari hamda shakllanayotgan axborotli-
texnologiyaviy sivilizatsiyaning asosiy konturlari to'g'risidagi
bilimlami mulohaza etish.

2. O'quv predmetini o'zlashtirgan talabalar quyidagilarni uddalashi lozim:



  • ijtimoiy hodisa, jarayon yoki faktni zamonaviy ilmiy pozi-
    tsiyadan turib qarab chiqish;

  • ijtimoiy ma'no va mazmun kasb etgan axborotlami tegishli
    ilmiy atama, tushunchalarda tahlil va tasnif etish hamda ulami bir
    belgi tizimi(matn sxema, diagramma va boshqalar)dan boshqasiga
    ko'chirish;

  • ijtimoiy obyektlarning umumiy va xususiy jihatlarini qiyosiy
    farqlash hamda bularga oid bilimlami «Shaxs va jamiyat» predmeti
    tushunchalarida ifodalash;

  • o'rganilayotgan obyektlarni shaxslararo, shaxs va jamiyat,
    jamiyat va tabiat, har xil kichik tizimlar va hokazolar o'rtasidagi
    aloqalarida ko'rsatish va tushuntirish;

  • shaxs, ijtimoiy guruhlar, tashkilotlar va xalqaro subyektlaming
    turli sohalaridagi xatti-harakatlarini axloqiy me'yorlar, siyosiy
    demokratiya va ilmiy ratsionallik nuqtayi nazaridan baholay olish;

- referat, og'zaki chiqishlar, ijtimoiy muammolar bo'yicha ijodiy
ishlar, taqrizlar va hokazolar tayyorlash.

3. Egallangan bilimlar va malakalardan amaliy faoliyatda hamda kundalik turmushda foydalanish: jamiyatda kechayotgan va yuz berishi kutilayotgan jarayonlarga ijtimoiy dunyoqarash pozitsiyasidan o'z munosabatini aniqlab olishda;



  • olingan bilimlarni bilish faoliyati imkoniyatlarini tako-
    millashtirib borishda;

  • kishilar xatti-harakatini axloqiy va huquqiy qadriyatlar
    mezonlariga ko'ra baholashda;

  • ta'limning keyingi bosqichlarida ijtimoiy-gumanitar fanlami
    o'rganishda egallangan bilimlardan ilmiy mo'ljal maqsadida;

  • turli maslak va qadriyatlar tashuvchilari bilan o'zaro maqbul
    muloqotlami yo'lga qo'yishda va hokazo.


ADABIYOTLAR

BIRINCHI BO'LIM UCHUN

«O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi». Т., «O'zbekiston», 2008.



I.A.Karimov. «Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyoti poydevori.// Xavfsizlik va taraqqiyot yo'lida». 6-jild. Т., «O'zbekiston», 1998.

LA. Karimov. «Biz o'z kelajagimizni o'z qo'limiz bilan quramiz». 7-jild, Т., «O'zbekiston», 1999.

LA. Karimov.Inson, uning huquq va erkinliklari – oily qadriyat. 14-jild. Т., «O'zbekiston», 2006.

«Qur'oni karim». Т., «Cho'lpon». 2001.

«Injil». Shvetsiya-Stokgolm. 1993.

«Falsafa». Darslik. Matbua Ahmedova tahriri ostida. Т., 2006.

«Falsafa». O'quv qo'llanma. E.Yusupov tahriri ostida. Т., 2005.

N.Komilov. «Tasavvuf». Т., «Yozuvchi», 1-kitob - 1997, 2-kitob - 1999.

A. Choriyev. «Inson falsafasi». I kitob. Т., 1999.

A. Choriyev. «Inson falsafasi». II kitob. Qarshi, 2002.

Алексеев В.П. «Становление человечества». М., 1984.

Андреев И.Л. «Происхождение человека и общества». М., 1998.

Бехтерева Н.Т. «Механизм управления памятью человека». Л., 1989.

Гумилев Л.Н. «Этногенез и биосфера Земли». Спб., 2001.

ГуревичП.С. «Человек». М., 1995.

Клике Ф. «Пробуждающееся мышление у истоков человеческого интел­лекта». М., 1991.

«Мифы народов мира». М., 1991.



Окладников А.П., Окладникова Е.А. «Заселение Земли человеком». М.,1984.

«Феномен человека». Антология. М., 1993.

«Обществознание» (Человек и общество). Под ред. Боголюбова Л.П. и Лазебниковой А.Ю. М., 2006.

IKKINCHI BO'LIM UCHUN

/. A.Karimov. «Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q». 7-jild. Т., 1999.



I. A. Karimov. «Jamiyatimiz mafkurasi xalqni xalq, millatni millat qilishga

xizmat etsin». «Tafakkur» jurnali bosh muharririning savollariga

javoblar. 7-jild. Т., 1999. «Falsafa». Darslik. Matbua Ahmedova tahriri ostida. Т., 2006.

«Falsafa». O'quv qo'llanma. E. Yusupov tahriri ostida. Т., 2005. Кравченко А.И. «Обществознание». М, ООО ТИД «Русское слово -

PC, 2006. «Обществознание» (Человек и общество). Под ред. Боголюбова Л.П. и Лазебниковой А.Ю. М., 2006

UCHINCHI BO'LIM UCHUN

I. A. Karimov. «Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch». Т., «Ma'naviyat»,

2008.


I. A. Karimov. Demokratik huquqiy davlat, erkin iqtisodiyot talablarini to’liq joriy etish, fuqarolik jamiyati asoslarini qurish – farovon hayotimiz garovidir. T., «O'zbekiston», 2007.

LA.Karimov. «Turkiston - umumiy uyimiz». 4-jild. Т., «O'zbekiston»,1996.

LA.Karimov. «O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari». Т., «O'zbekiston»,1998.

LA.Karimov. «O'zbekistonXXI asrga intilmoqda». 7-jild. Т., «O'zbekiston», 1999.

«Qur'oni karim». Т., «Cho'lpon», 2001.



Imom al-Buxoriy. «Hadis». 1-4-jildlar. Т., 1995-1997 yillar.

«Amir Temur o'gitlari». Т., «O'zbekiston», 1992.

«Temur tuzuklari». Т., «Cho'lpon», 1991.

BAhmedov. «Mirzo Ulug'bek». Т., «Fan», 1996.

N.Komilov. «Tasavvuf». Т., «Yozuvchi», 1-kitob - 1997, 2-kitob - 1999.

KN.Nazarov. «Aksiologiya: qadriyatlar falsafasi». Т., «Ma'naviyat», 1998.

N. Rahmonov. «Qadimgi turk xoqonligi». Т., 1995.

A.X. Saidov «Mustaqillik Qomusi». Т., «O'zbekiston», 1993.

Turon Usmon. «Turkiy xalqlar mafkurasi». Т., 1995.



A.Erkayev «Ma'naviyat - millat nishoni». Т., 2004.

YusufXos Hojib. «Qutadg'u bilig». Т., «Fan», 1990.

Васильев Л.О. «История Востока», в 2-х томах. М., 1994.

ТойнбиА. «Постижение истории». М., 1991. «Цивилизация. VJP». 1-4. М., 1995-1996. «Человек и общество». (Современный мир). Под редакцией Купцова

Н.И.,М., 1999.

«Обществознание» (Человек и общество). Под ред. Боголюбова Л.П. и

Лазебниковой А.Ю. М., 2006.



TO'RTINCHI BO'LIM UCHUN

/. A. Karimov. «Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch». Т., «Ma'naviyat»,

2008. /.

A. Karimov. «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O'zbekiston sharoit-

larida uni bartaraf etishning yo'llari va choralari». Т., «O'zbekiston»,

2008.

/. A. Karimov. «O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, bar­qarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari». Т., «O'zbekiston», 1998. /. A. Karimov. «O'zbekiston XXI asrga intilmoqda». 7-jild. Т., «O'zbekiston»,



1999.

«Falsafa». Darslik. Matbua Ahmedova tahriri ostida. Т., 2006.

«Человек и общество. Современный мир». Под ред. Купцова Н.И. М.,1999.

«Человек и общество» (обществознание). Под ред. Боголюбова Л.П. и

Лазебниковой А.Ю. М., 2006.

Dars № 1


FAN: Shaxs va jamiyat O`QITUVCHI: Matmurotov.d

SANA

























kurs

III

III

III

III













guruh

6

7

11

12













Yüklə 3,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə