O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus



Yüklə 3,28 Mb.
səhifə41/58
tarix06.05.2018
ölçüsü3,28 Mb.
#42512
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   58

TEXNOLOGIK XARITA


Mavzu

Axborotlashgan jamiyat.Yakuniy nazorat.

Maqsad, vazifalar


Ta’limiy: O’quvchilarga mavzuning mohiyati, ahamiyati, asoslarini tushuntirish.

Tarbiyaviy: Shahsning qadr qimmatining ijobiy va salbiy ta’sirini aniqlash anglaish.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarda mavzuga nisbatan qiziqish uyg’otish, bilim va ko’nikmalarni shakillantirish.

O`quv jarayonining mazmuni


O’tilgan mavzu: Globallashuv jarayonlari, global muammolar. Yangi mavzunining rejasi:

1.Turonda sivilizatsiyaning boshlanishi,diniy va dunyoviy bilimlar.

2.Amir Temur va temuriylar davri sivilizatsiyasi.

3.Rossiya imperiyasi mustamlakachiligining aksilsivilizatsiyaviy oqibatlari.


O`quv

jarayonini

amalga oshirish

texnologiyasi

Dars tipi: Ma’ruza

Metod: Og’zaki bayon qilish,

Shakl: Suhbat munozara va jamoada ishlash.

Usul Tayyor yozma materiallar.

Nazorat Og’zaki nazorat, savol-javoblar.

Baholash Rag’batlantirish, “5” balli tizim asosida baholash.



Kutiladigan

Natijalar

O`qituvchi: Mavzuni qisqa vaqt ichida barcha o’quvchilar tomonidan o’zlashtirishga erishadi.
O`quvchi – talaba: Yangi bilimlarni egallaydi. Nutqi rivojlanadi va eslab qolish qobiliyati kuhayadi. O’zini nazorat qilishni o’rganadi.



Kelgusi

rejalar

(tahlil, o`zgarishlar)

O`qituvchi: Yangi pedagogik texnologiyalarni o’zlashtirish

O`quvchi – talaba: Matn bilan mustaqil ishlashni o’rganadi. O’z fikrini ravon bayon qila oladi, qo’shimcha material topadi, ularni o’rganadi.

Dars jarayonining borishi




Tashkiliy qism

5

daqiqa

Davomatni aniqlash,jurnalni to’ldirish.

Dunyo yangiliklaridan o’quvchilarni habardor qilish.



Uy vazifasini so`rash

25
daqiqa

Savol javob qilish.

Yangi mavzu bayoni

20

daqiqa



«Turon» atamasi antropologik jihatdan fanda muayyan kichik irqni ifodalash uchun ham ishlatiladi. Geografiyada bu atama Yer yuzidagi eng katta quruqlik va Markaziy Osiyodagi eng katta pasttekislik nomini anglatadi, biologiyaviy jihatdan bu yerda uchraydigan turlarning Turon nomida atalishi mavjud.

Mustahkam

Lash

15

daqiqa


1. Qadimgi Turonning madaniy-sivilizatsiyaviy maqomi qaysi omillar bilan taqozolangan?

2. Turon tarixidagi kishilik jamiyatlarining an’anaviyligi nimalarda ko‘rinadi?

3. Avesto ta’limoti asosida qadimgi Turon jamiyatining boshqaruvini tushuntirib bering.



Yangi mavzuni yakunlash, xulosalash

10

Daqiqa


Zardushtiylik — ko‘p xudolikdan yakka xudolikka o‘tishdagi bosqichni ifodalaydigan din bo‘lib, Markaziy Osiyoda (Xorazmda) kelib chiqqan va so‘ngra tevarak-atrof yurtlarga tarqalgan, musulmon dini bilan raqobatda barham topgan.

Turon sivilizatsiyasi — Jahon-Sharq sivilizatsiyasining tarkibiy qismi, bundan 2,5—3 ming yil ilgari qaror topgan sug‘orma dehqonchilik madaniyati, chorvachilik va shahar madaniyatining uzviy birligini anglatadi.


O`quvchilarni baholash

2.5

daqiqa


Darsda faol qatnashgan o’quvchilarni baholash.

Uyga vazifa berish


2,5

Daqiqa

O’tilgan mavzuni mukammal o’rganish ,


Kafedra bosh o`qituvchisi N.M. Umarova

17-Mavzu: Demokratik xuquqiy davlat, fuqoralik jamiyati.

Reja
1.Demokratiyaning mohiyati.

2.O’zbekistonda fuqoralik inistitutlarning o’rni.

«Turon» atamasi antropologik jihatdan fanda muayyan kichik irqni ifodalash uchun ham ishlatiladi. Geografiyada bu atama Yer yuzidagi eng katta quruqlik va Markaziy Osiyodagi eng katta pasttekislik nomini anglatadi, biologiyaviy jihatdan bu yerda uchraydigan turlarning Turon nomida atalishi mavjud. Shuningdek, Turon Yer yuzining yopiq hududiy mintaqalariga kiradi. Ya’ni mintaqaning o‘zidagi tog‘lardan boshlanadigan barcha daryolar uning ichkarisida qoladi. Uning tog‘lari, daryolari va sahrolari tabiiy to‘siq, chegara sifatida boshqa hududlardan ajratib turadi.

Mintaqa Osiyoning nafaqat tabiiy jihatdan, balki iqtisodiy jihatdan ham strategik o‘rni , tabiiy boyliklarga mo‘lligi, Yevroosiyoning barcha madaniy qismlariga chiqish yo‘llarining mavjudligi mintaqada insoniyat hayotining juda qadimdan rivojlanishini ta’minlagan.

Bu davrda aholining tirikchiligi dehqonchilik va chorvachilikka asoslangan. Dehqonchilik tufayli yuzaga kelgan mehnat taqsimoti natijasida yaratilgan boyliklar hisobiga kishilar jamoalarini turli tashkiliy birliklarda, shu jumladan, jamiyat tarzida uyushtirish va ularni boshqarish vazifalarini ado etish uchun zarur miqdordagi kishilar bilan ta’minlash mumkin bo‘ldi. Keyinroq bu jarayon maxsus boshqaruvni shakllantirdiki, oxir-oqibatda davlat boshqaruvi vujudga keldi. Shuningdek, u jamiyatning muayyan tabaqalanishiga va aholining urbanizatsiyalashuviga, ya’ni shaharlar paydo bo‘lishiga zarur turtki bo‘ldi. Bu endi sivilizatsiyaning kelib chiqishidan dalolat edi.



Turonda sivilizatsiyaning boshlanishi. Bu yerda protodavlatlarning shakllanishi manbalarda miloddan avvalgi IX-VIII asrda boshlangani aytiladi. Tegishli tarzda bu hol ma’naviy hayotda o‘z ifodasini topgan. Qadimgi Turonda ijtimoiy munosabatlarda diniy qadriyatlarning ta’siri ham kuchli bo‘lgan.

Sharqdagi barcha an’anaviy jamiyatlarda bo’lgani singari Qadimgi Turonda ham ijtimoiy munosabatlarda diniy qadriyatlarning ta’siri kuchli bo’lgan. Mintaqa insoniyatga zardushtiylik dinini bergan.

SHAXS VA JAMIYAT Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun

O‘QUV DASTURI

T u z u v c h i l a r:

Komilov N.K. — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi professori, Jo‘rayev N.Q. — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va

jamiyat qurilishi akademiyasi professori,

Azizov Sh.A. — Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti

Falsafa fakulteti dotsenti.

T a q r i z c h i l a r:

Quronov M.Q. — pedagogika fanlari doktori, professor,

O‘tamurodov A.O‘. — falsafa fanlari nomzodi, dotsent, Mirzo Ulug‘bek

nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Falsafa

fakulteti dekani.

Dasturning to‘ldirilib yangilangan bu 6-nashri matni Mirzo Ulug‘bek

nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Falsafa fakulteti va O‘zMU huzuridagi

Oliy pedagogika instituti Ilmiy kengashlarida muhokama etilib nashrga tavsiya

qilingan.

Ilova

205


UQTIRISH XATI

Mamlakatimiz hayoti barcha sohalarida kechayotgan tub o‘zgarishlar ta’lim tizimida ham lozim darajada o‘z ifodasini topmoqda.

«Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni va «Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi»ga muvofiq ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan

to‘la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuksak

ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar

tayyorlash milliy tizimini yaratishga kirishildi. Shuningdek, bu hujjatlarda

uzluksiz ta’lim jarayonida har bir fanning tutgan o‘rni va ahamiyati

aniq-ravshan belgilab berilgan.

Ijtimoiy-gumanitar ta’limning maktab, yangi tipdagi o‘quv yurtlari

— akademik litseylar va kasb-hunar ta’limi kollejlari tizimida tutgan

o‘rni dastavval mustaqil O‘zbekiston davlatchiligi oldida turgan ulkan

yaratuvchilik vazifalari bilan belgilanadi. «Shaxs va jamiyat» o‘quv

predmetiga nisbatan shuni aytish mumkinki, ushbu sohada o‘zgarishlar

sodir bo‘lmoqda. Kishilik jamiyatining yagona harakatlantiruvchi kuchi

sinfiy antogonizmdir, degan nuqtayi nazardan, shuningdek, marksistik

utopiyaning boshqa aqidalaridan butkul voz kechildi. Negaki, ular

tufayli umumsivilizatsiyaviy yo‘ldan toyildi. Behad katta moddiy va

ma’naviy imkoniyatlar boy berildi. Eng dahshatlisi — inson omili

beqiyos qadrsizlandi.

Hozirgi vaqtda mamlakatimizda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor

munosabatlari va huquqiy demokratik davlat shakllanishi bilan bog‘liq

bo‘lgan qadriyat vujudga kelmoqda. O‘z navbatida bu yangi sivilizatsiyaning

shakllanishi, umuminsoniy va milliy qadriyatlar muvofiqlashtirish

negizida jahon taraqqiyotining yangi tartibotlari qaror topayotgan

davrga juda mos keladi.

Ijtimoiy bilimlarga bo‘lgan ehtiyoj konkret inson, shakllanayotgan

komil shaxsning manfaatlari bilan ham bog‘liq. Zero, kishilarning

o‘zaro munosabatlari, boshqalarni bilishga intilishlari, yuz berayotgan

murakkab ijtimoiy jarayonlarda ishtirok etish zaruriyati, shaxsiy erkinligi

va mas’uliyati, individual betakrorligi, shaxsiy farovonlikka intilishlari,

oilaviy munosabatlarga kirishishlari va hokazolar ham chuqur ijtimoiy

tayyorgarlikka borib taqaladi.

Prezident I.A.Karimov ta’kidlaganidek, kishilik jamiyati va shaxs

qadriyatlari mo‘ljallaridagi oliy ifoda — bu har bir insonning fuqaroviy

haq-huquqlari va erkinliklari, o‘zaro totuvligi, avlodlar xotirasiga

hurmat, Vatanga muhabbat va hokazolar hozirgi ijtimoiy bilimlarning

mazmunida muhim o‘rin tutishi lozim.

Akademik litsey va kasb-hunar ta’limi tizimida «Shaxs va jamiyat»

o‘quv predmeti ijtimoiy-gumanitar fanlar fundamental qoidalarini

206


umumlashtirib, o‘zining bahs doirasiga kiradigan mavzularni mustaqil

O‘zbekiston jamiyati rivojlanishi talablari bilan qo‘shgan holda

o‘rganilishi maqsadga muvofiq.

O‘quv dasturida ba’zi bo‘limlarga tegishli ba’zi masalalar chuqurroq,

kengroq berildi. O‘qituvchilarning mavzularga yondoshishi, soatlar

nisbatini mustaqil belgilab olish maqsadida o‘quv soatlari dastur

loyihasining faqat bo‘limlari uchun ko‘rsatildi.

Dastur yangi metodologiyaviy va uslubiy tamoyillar asosida

tayyorlangan. Shaxs va jamiyat muammosiga G‘arb va Sharq falsafiy

qarashlar nuqtayi nazaridan yondashiladi. Xususan, bir necha mingyillik

tariximizda inson taraqqiyoti va kishilik jamiyati rivojlanish bosqichlariga

alohida o‘rin ajratiladi. Milliy istiqlol g‘oyasi va O‘zbekistonda shakllanayotgan

fuqarolik jamiyatining o‘zbekona tamoyillari, islohotlar

tashabbuskori va rahnamosi Prezident I.A.Karimovning ta’limoti alohida

mavzularda o‘rganiladi. Unda O‘zbekiston hayoti bilan bog‘langanlik

har bir mavzuda va anchagina maxsus olingan mavzularda zarur tarzda

ifodalangan.

Dasturning asosiy konseptual tamoyillari Mirzo Ulug‘bek nomli

O‘zbekiston Milliy universiteti, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent

Davlat Texnika universiteti, Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti va

Toshkent Davlat Moliya instituti huzuridagi akademik litseylarning

bitiruvchi sinflarida o‘tkazilgan joriylashtirish amaliyotida tekshirib ko‘rildi.

Olingan natijalar asosiy jihatlar bo‘yicha kutilgandek bo‘ldi.

Dasturning mazmuni

K i r i sh

XX asr oxiri — XXI asr boshlarida jahonda yuz bergan buyuk

o‘zgarishlar, yangilanayotgan dunyoqarash mo‘ljallarining ahamiyati.

«Shaxs va jamiyat» o‘quv predmetida dunyoqarash bilan kishilik jamiyati

to‘g‘risidagi fan bilimlarning uyg‘unligi. Inson shaxsi va kishilik jamiyati,

ularning aloqadorligiga tarixiy yondashishda sivilizatsiyaviylik tamoyilining

zarurligi va ahamiyati. Shaxs kamolotining jamiyatga va ijtimoiy

jarayonlar mazmunining inson yetukligiga bog‘liqligi. Din va fanning

turli sohalaridagi insonshunoslik bilan «Shaxs va jamiyat» o‘quv

predmeti mavzulari o‘rtasidagi farqlar. Maktab tizimi ijtimoiy-gumanitar

ta’limining yakunlovchi qismi sifatida uning predmetida umuminsoniy

va milliy qadriyatlarning birligi.

«Shaxs va jamiyat» o‘quv predmetining O‘zbekiston yoshlari ongishuuriga

milliy istiqlol g‘oyasini singdirish va mustahkamlashdagi alohida

o‘rni va ahamiyati. Prezident I.Karimov milliy istiqlol g‘oyasining

«xalqning, millatning o‘tda yonmaydigan, suvda cho‘kmaydigan o‘lmas

e’tiqodi» ekanligi to‘g‘risida fikr yuritish.

Ilova


207

B I R I N CH I B O‘ L I M

SHAXS

1. Antropogenez



1.1. Inson fenomeni

Hayot va uning oliy bosqichida turgan insonning noyobligi.

Insonning turlicha maqomda tavsiflanishi: Koinotning noyob hodisasi,

barcha mavjudotlarning o‘lchovi, ochiq tizim sifatida salohiyat

ustunliklariga ega mavjudot, tadrijiylikning boshi berk tarmog‘i, tabiiy

potologiya va h.k. Insonning tabiiy-biologiyaviy, sotsium-ijtimoiy va

ruhiy-ma’naviy sohalar bo‘yicha o‘rganilishi.

1.2—1.3. Insonning kelib chiqishi haqidagi diniy va ilmiy qarashlar

Insonning xudo tomonidan yaratilishi to‘g‘risidagi diniy qarashlarning

tarixan birlamchiligi. Dinning ilk ko‘rinishi bo‘lgan afsonalarda

inson yaratilishi masalalari. Jahoniy dinlar doirasida inson zotining

yaratilishi masalalaridagi muqobilliklar. Ilmiy bilimlarning asta-sekin

rivojlanishiga bog‘liq ravishda antropogenezga doir dalillarning to‘plana

borganligi.

Inson ajdodlari tadrijining homo zotiga qadar kechishi va undan

keyingi avlodlari almashinuvi to‘g‘risida hozirgi zamon antropologiyasi

ma’lumotlari.

«Umumiy koinotiy nazariya»da (V.I.Vernadskiy) hayotning koinotiy

hodisa, tadrijiylik mahsuli sifatida qaralishi. Teyyar de Shardenning

«Tadrijiy — koinotiy — nasroniylik» nazariyasida olamning noorganik

tabiat («ilk hayot»), organik olam («hayot»), ma’naviy olam («fikr»).

«Noosfera, xudo yoki ulkan hayot» bosqichlari. Darvinizm ta’limotida

antropogenezning tirik dunyodagi tanlanish, irsiyat va o‘zgaruvchanlik

omillari bilan taqozolanganligi muammosi. Mehnat nazariyasida

insonning qaysi hayvondan va qay tarzda kelib chiqqanligi masalalari.

Insonning Koinotdan Yerga kelib qolganligi (N.T.Bextereva),

Koinotdagi sivilizatsiya vakillarining insonning gominid ajdodlari

irsiyatiga ta’siri (Erik Fon Denike) to‘g‘risidagi ta’limotlar va ularning

asosiy nuqsonlari.

Antropogenezning ilk tabiiy zaminlari doirasida turli anomal

(radiaktivlik, Quyoshdan keladigan turli ta’sirlar, geomagnitizm va

boshqa) hodisalarning ta’sirida tug‘ilgan mutatsiyalar to‘g‘risidagi

qarashlar. Ularning dalillanganlik darajalari.

208


1.4. Noan’anaviy nazariyalar

Antropogenezning ilgaridan mavjud ta’limotlariga muqobil nazariyalar.

Quvvat-axborot nazariyasi. Oqsil nazariyasi. Ma’naviy madaniyat — aql

yordamida insonning o‘z-o‘zini takomillashtirishining belgilovchiligi

nazariyasi. Kishilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar nazariyasi.

2. Sotsiogenez

2.1. Sotsiogenez jarayoni, uning inson va jamiyat rivojiga ta’siri

Antropogenez nazariyalarining sotsiogenez jarayonlarini ifodalaydigan

ta’limotlar bilan to‘ldirish zarurligi. Sotsiogenez ta’limotlarida

gumanitar-ijtimoiy fanlarga, mantiq kuchiga va faraziylikka

tayanishning zarurligi.

Sotsiogenez jihatdan inson shakllanishida urol yaratish va undan

foydalanish ahamiyatini tushuntiradigan qarashlarning ishchi –

faraziylik o‘rni. Qurolsozlik faoliyati, uning instinktiv yordamchi vosita

sifatida amal qilishidan hayotiy faoliyatning o‘ziga xos alohida ehtiyojga

aylanish muammolari.

2.2. Ruhiyat

Miya va asab tizimi — ruhiyatning moddiy tashuvchilari. Inson

ajdodlarida ruhiyatning anglaganlik tarzida ilk ko‘rinishi. Anglaganlikning

qurolsozlik faoliyati, amaliy tajriba va his-tuyg‘ular bilan to‘ldirilishi.

Mijoz va fe’l-atvor. Ruhiyat tarkibining asta-sekin kengayib borishi

(hislar — iroda — idrok). Irsiyat va ruhiyat.

Inson shakllanishi jarayonida ruhiyat tafakkur unsurining qaror

topishi. Tafakkur va til (axborotlarning almashinuvi). Tanlanishning

sotsiogenezdagi inson avlodi areali kengayishidagi o‘rni.

2.3. Sotsiogenez mexanizmi, bosqichlari va inson areallari

Sotsiogenezning davomiyligi. Inson ajdodlarining rivojlanish

bosqichlari. Inson o‘tmishiga oid mavjud yodgorliklardagi moddiyashyoviylik

va ma’naviylik nisbati.

Insoniyat o‘tmishining yovvoyilik, varvarlik va ilk sivilizatsiya

davrlariga hamda ular har birining quyi, o‘rta va oliy bosqichlarga

bo‘linishi. Bu davrlar va bosqichlarning turli-tuman talqini. Inson

ajdodlari hayot faoliyatida jinsiy tabuning o‘rni. Ilk oila. Oilaviy munosabatlarning

keyingi tadriji.

Sotsium, sotsiogenez masalalarida bir-birini istisno qiluvchi

Ilova


209

qarashlar: biologiyaviy instinkt tufayli qon-qarindoshlikning anglanishi

va insest; sof tasodifiy omillarga ko‘ra qurollar yasash; inson ajdodlari

muayyan xillarida miyaning tegishli qismida zarur o‘zgarishlarning

yuz berishi va h.k.

Inson kelib chiqishi va tarqalishi areallari to‘g‘risidagi ta’limotlarning

ochiqligi. Irqlar.

2.4. Insonning biologik tavsifi

Antropogenez va sotsiogenezning o‘zaro bog‘liqligida — antroposotsiogenezda

tabiiy-biologiyaviylik va ijtimoiy-ruhiylikning o‘zaro nisbiy

mustaqilligi. Tana jihatdan insonning zot-tur-jins belgilari va tashqi

muhit bilan bog‘liqligi. Oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy, barqaror

jinsiy mayl ehtiyojlari. Antropologik jihatdan inson takomilining nihoyaliligi

muammosi.

Insondagi hissiy barqarorlik, uyatchanlik, jur’atsizlik, begonalik,

tajovvuzkorlik, muvaffaqiyatlarga, rahbarlikka intilish va h.k. tuyg‘ularning

genetik taqozolanganligi muammosi.

Insonga xos xatti-harakatlar va holatlarning hayvonot olamida

uchrashi masalasi. Gen-madaniy koevolyutsiya nazariyasi.

3. Insonning shaxs maqomi

3.1.—3.2. Individ, individuallik va shaxs

Insonning bio-ijtimoiy-ruhiy tavsifi. «Individ» tushunchasi va uning

mazmuni. Individdan hosila tarzida individuallik sifatlarining qaror

topishi. Individuallikda aniq olingan inson bilan o‘rtacha arifmetik

darajadagi inson sifatlari nisbati. Individ bosqichning inson rivojlanishidagi

davomiyligi masalasi.

«Shaxs» tushunchasi. Insonning yalpi tavsifi bilan shaxs maqomining

nisbati. Shaxs va sotsium. Shaxsning madaniy ideali. Shaxsning

faolligi va ijtimoiy mas’uliyati. Shaxs va guruh.

Shaxs shakllanishining shart-sharoitlari. Ijtimoiylashuv. Shaxs

subyektiv «MEN»i va o‘zga «MEN». Shaxs «MEN»ining tarkibi.

Begonalashuv bartaraf etilishining shart-sharoitlari to‘g‘risida.

3.3. Shaxs erkinligi

«Erkinlik» — inson ehtiyojini tarixiy-madaniy ifodalaydigan

tushuncha. «MEN» va o‘zga «MEN» muvozanati — erkinlik asosi.

Erkinlikning biologik ifodasi — tana sog‘lig‘ining darajasi. Uning ruhiy

210

imkoniyatlardan maqbulini tanlash, ekzestensial darajasi — o‘zining



hayoti va o‘zini tan oladigan insonning pozitsiyasi ifodalari.

Shart-sharoitlariga ko‘ra shaxs erkinligining ichki va tashqi ko‘rinishlari.

Ularning tarkibiy tuzilishi.

Shaxs va jamiyat manfaatlari bog‘liqligida erkinlik talqinidagi turlicha

qarashlar.

3.4. Shaxs va demokratiya

Shaxs kishilik jamiyati qay tarzda tashkil topganligi va undagi

siyosiy hokimiyat bilan bog‘liqligi. Huquqiy tizimlar va shaxs dinamizmi.

Demokratiya — inson shaxsining qadr-qimmatini ta’minlovchi vosita.

Shaxs sifatlarining shakllanishi va jamiyatning demokratiyaviyligi

darajasi nisbati.

Davlatning huquqiyligi — shaxsning fuqaroviy va aqliy takomilligi

jihatidan voyaga yetishi hamda o‘z mulkidan o‘zi istaganday foydalanishning

sharti. Shaxsning konstitutsiyaviy huquqlari.

3.5. Buyuk shaxs maqomi

Shaxs — bu katta yo kichik muayyan siymo. Tarixiy jarayonda

shaxsning o‘rni muammosi. Shaxsning buyuklik sifatlari, ularda tabiiybiologiyaviylik

va ruhiy-ma’naviylik bog‘liqligi. Buyuk shaxslarning

qo‘ygan muammolari va bajargan ishlari nisbati. Vatan tarixida Zardushtdan

Islom Karimovgacha bo‘lgan buyuk shaxslar faoliyatining

xos jihatlari. Amir Temur shaxsi. Ulug‘bek, A.Navoiy va Boburning

o‘zbek xalqi ma’naviyati tarixida tutgan o‘rni.

O‘zbekistonda davlat mustaqilligini tiklash va uni mustahkamlashda

Islom Karimov shaxs salohiyatining ahamiyati.

3.6. Inson hayoti, o‘limi va manguligi

Inson hayotining ma’nosi muammosi. Har tomonlama barkamollikka

erishish maqsadi va vositasi.

O‘limni anglaganlik — insonning xos jihati. Asotir, din va fanda

inson o‘limi maqsadlari. Insonning hayot va o‘lim bog‘liqligida o‘z

«MEN»ini anglashi. O‘lim tuyg‘usi va hayotning ma’nosi. O‘lim tashvishlarini

ma’naviy usul bilan bartaraf etish mumkinligi masalasi.

O‘lim — «madaniyat ko‘zgusi».

Mangulik — ma’noli yashalgan umrning o‘limdan keyingi davomi.

Insondan qolgan yaxshi ish va yaxshi nom — ikkinchi umr.

Evtanaziya masalalari.

Ilova


211

I K K I N CH I B O‘ L I M

JAMIYAT

I. Sotsium va jamiyat



1.1. Sotsium, jamoa va jamiyat. Jamiyatning nazariy tavsifi

«Sotsium» atamasi va uning tushunchaviy maqomining xos jihatlari.

Sotsiumning tarkibi. «Ja’ma» atamasi. «Jamiyat» tushunchasining XIX

asrda Yevropa tafakkurida ishlab chiqilishi. «Jamoa» va «jamiyat»

tushunchalarining tarkibi. «Sotsium» va «jamiyat» tushunchalari nisbati.

Jamiyatning o‘z-o‘zicha yetarliligi.

Jamiyatning nazariy modeli va undan foydalanishning ahamiyati.

Jamiyat tahliliga yondoshishning asosiy tamoyillari va tushunchalari.

1.2. Jamiyat hayotining asosiy sohalari. Ijtimoiy institut

«Iqtisodiyot» atamasi va sohasi. Tabiatda bo‘lmagan mahsulotni

yaratish zarurligi. Inson bilan tabiat o‘rtasidagi modda va quvvat

almashuvi. Texnika va texnologiya. Tashkiliy-iqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy

munosabatlar. Mulk tushunchasi.

Ijtimoiy-siyosiy sohaning tashkil etuvchilari: hududiy, demografiyaviy,

etnik, boshqaruv va hokazo komponentlari. Boshqaruvning

markaziy bo‘g‘ini — hokimiyat. Davlat va siyosiy partiyalar. Siyosiy

boshqaruv va demokratiya.

«Ma’naviyat» tushunchasi. Ma’naviyat sohasining tarkibi. Xabardorlik

(axborot) va uning yordamida jamiyatga xizmat ko‘rsatish zarurligi,

ma’naviy ishlab chiqarish va bunda ziyolilarning o‘rni.

Jamiyat sohalarining o‘zaro aloqadorligi.

«Institut» tushunchasi. Ijtimoiy institutlarning tarkibi. Institutsiyaviy

almashuv. Institutlar bajaradigan vazifalarning tasnifi. Tashkilotlar va

ularning xillari. «Byurokratiya» atamasi.

2. Ijtimoiy jarayon

2.1. Sotsiumning funksional holati

Sotsiumdagi o‘zgarishlar mexanizmi va uning qismlari funksiyalari.

Uning yordamida jamiyatning tizimiy tuzilishi va uning vaqtdagi

dinamikasini bilish imkoniyatlari.

212


Murakkab tuzilmalarning yaxlit va qismlarining alohida funksional

holatlari.

Kishilik jamiyatining funksional barqarorligi va uni takomillashtirish

masalalari. Funksionallikni tushuntiradigan diniy va dunyoviy xilmaxil

qarashlar.

2.2. Ijtimoiy tarixning yo‘nalganligi muammosi

Sotsiumning tabiatan dinamik ekanligi va uning tarixiy ifodalanishi.

Mif va dinda «oltin davr» afsonasi, unda tarixning bekik doira bo‘ylab

harakatlanishi g‘oyasi. Nasroniylikda tarixning chiziqli kechishining

ifodalanishi. Ijtimoiy rivojlanish g‘oyasi. Kishilik dunyosi rivojlanishining

davriylik tarzida yuz berishi to‘g‘risidagi qarashlar. Buramasimon

(spiralsimon) harakat g‘oyasi.

Ijtimoiy jarayonga sinergetik yondashish masalalari.

Kishilik jamiyati rivojlanishi, hozirgi sharoitda amalga oshishining

yutuqlari va insoniyat hayotiga tahdid soladigan jihatlari.

Inson va uning jamiyati rivojlanishi mezonlariga qo‘yiladigan hozirgi

talablar: o‘rtacha umr davomiyligi, onalar va bolalar o‘limi darajasi,

salomatlikning jismoniy va ma’naviy jihatlari, hayotdan qoniqish

tuyg‘usi, har bir insonning mas’uliyati va hokazolar.

U CH I N CH I B O‘ L I M

SIVILIZATSIYALAR – IJTIMOIY-MADANIY

JARAYON


1. Sivilizatsiya

1.1. «Sivilizatsiya» atamasi va tushunchasi

Insoniyat jamiyati va uning tarixini sivilizatsiyaviy jarayonlar

tarzidagi qarashlar. Ularning turli ko‘rinishlari va bosqichlar sifatida

qarashning hozirigi vaqtda belgilovchilik ahamiyati.

«Sivilizatsiya» atamasining ko‘p ma’noliligi. Tushunchaviy maqomiga

ko‘ra sivilizatsiyada sotsiumning boshlanishi qon-qardoshlikdan

hududiy etniklikka asoslangan ijtimoiy-madaniylikka o‘tish va mehnat

taqsimotining murakkablashib borishi bosqichlarining ifodalanishi.

Uning tarkibi. Undan yevropatsentrizm g‘oyasini asoslash uchun

urinishlar. Yer rivojlanish bosqichlarini sivilizatsiyaviy ifodalashga doir

ta’limotlar.

Ilova

213


1.2.—1.3. Sivilizatsiyalarning shakllanish mexanizmi va ularning

tasnifi


Ilk sivilizatsiyalar paydo bo‘lishining shart-sharoitlari. Chorvachilik

va dehqonchilikning kelib chiqishi — birinchi mehnat taqsimoti.

Hunarmandchilik va quruvchilik — ikkinchi va uchinchi mehnat taqsimoti.

Harbiylar, zodagonlar va rahbarlar — to‘rtinchi mehnat taqsimoti

natijasi. Politogenez va boshqaruv institutining Sharq va G‘arbda o‘ziga

xos shakllanishi. Siyosiy hokimiyat.

Ma’naviy sohada sivilizatsiyaviy hayotning qaror topishi. Sivilizatsiyaning

neolit va eneolit bosqichlari hamda ularning makon tavsifi.

Sivilizatsiyalar tasnifining asosiy tamoyillari. Markscha-lenincha

formatsiyaviy nazariyaning yaroqsizligi.

1.4. Sivilizatsiya va madaniyat

«Madaniyat» atamasi va ko‘p ma’noli tushunchasi. Sotsium va

madaniyat. Sivilizatsiya va madaniyat nisbatini izohlashning turli-tuman

nazariyalari. Madaniyatning tarkibi va shakllariga ko‘ra tasnifi. Urfodatlar

va an’analarning madaniy tavsifi.

Sharq va G‘arb madaniyatlarining yaqinlashuvi yagona umuminsoniy

sivilizatsiya qaror topishining sharti. Qadriyatlar – obyektning ne’mat

tavsifi va unga bo‘lgan ehtiyojlar. Ehtiyoj — maqsad— ideal — me’yor

bog‘liqligi. Ideal va me’yorning ne’mat ekanligi va ularni baholash,

qadriyatliligini belgilash. Qadriyatlarning ta’rifi va ular tavsifiga turlicha

yondashishlar.

Inson qadriyatlarining jamiyat qadriyatlaridan ustunligi.

2. Jahon jarayonlarining sivilizatsiyaviy talqini

2.1. Sharq — turli sivilizatsiyalar beshigi

«Sharq» — geografik atama va o‘ziga xos tarixiy-madaniy, jamoachilik,

an’anaviylik, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy jihatlar eng ko‘p ifodalangan

tushuncha. Sharqda qadimdan inson bilan tabiat o‘rtasidagi munosabatlar

(chorvachilik va dehqonchilik)da moddiy olam qonunlarining o‘rganilishi.

Sug‘orma dehqonchilik ishlab chiqarish faoliyatining mavsumiyligi hamda

aholi ma’lum qismining boshqa sohalar va maqsadlarda muntazam mehnat

qilish imkoniyatlari.

Kishilar turmushida axloq-odob hamda urf-odatlar va an’analarning

barqarorlashib borishi. Dunyoqarashning qorishiqligi. Inson taqdirida

Tabiat, Sotsium va Davlatning belgilovchiligi.

Yaqin Sharqdagi sivilizatsiyalar. Hind va Xitoy sivilizatsiyalari.

Sharqiy sivilizatsiyalardagi tarkibiy xos jihatlar.

214

2.2.3. Islom sivilizatsiyasi



Sharq — barcha jahoniy dinlarning Vatani. Bu yerda payg‘ambarchilik

faoliyati. Arablar muhitida islom dini kelib chiqishining

obyektiv shart-sharoitlari va Muhammadning payg‘ambarlik faoliyati.

Islomda jamoa maqomi, oddiy va bajarilishi qat’iy bo‘lgan qoidalar,

yakka xudolikka asoslangan jamiyat va hokazolarning «Qur’on»da poetikaxloqiy

va qonunlar tarzida ifodalanishi. Islom davlatining tashkil

topishi va musulmon dinining keng tarqalish imkoniyatlari. Islomiy

bag‘rikenglik, mahalliy an’analarni oyoqosti qilmaslik, halollik, tijoratga

asoslangan iqtisodiyot — yangi sivilizatsiya asoslari.

Islomiy madaniyat tarkibiy qismlari rivojlanishining shart-sharoitlari.

Islomiy sivilizatsiya rivojlanishidagi sustlashish va turg‘unlikning ichki

va tashqi sabablari.

2.4. Tasavvuf

Islomdagi zohidlik harakati va unda so‘fiylik (tasavvuf) oqimining

kelib chiqishi. «So‘fiy» atamasi to‘g‘risida. Xonaqohlar qurilishi va

tariqat rusumlarining shakllanishi. Misr, Iroq, Xuroson, Turkiston

maktablari va ulardagi silsila.

Tasavvufda antroposentrizm, irratsionallik, aql bilan qanoatlanmay

ruhni chiniqtirish orqali cheksiz kamolotga erishishi, ilohiy ishq orqali

poklanish va irfoniy muhabbat masalalari. Vahdatul vujud va vahdatul

shuhud.

So‘fiylik g‘oyalarining badiiy adabiyotda ifodalanishi.



So‘fiylik g‘oyalarining hozirgi jarayonlar uchun ahamiyati.

2.5. G‘arb mamlakatlarining sivilizatsiyaviy rivojlanishi

Antik dunyo sivilizatsiyasi. Antik dunyo — G‘arb sivilizatsiyalari

beshigi. Sharqning Antik dunyoga ta’siri va bu yerdagi sivilizatsiyaning

xos jihatlari. Antik sivilizatsiya bosqichlarining tavsifi.

Yevropa O‘rta asrlar sivilizatsiyasi. Yunon-Rim sivilizatsiyasi

o‘rniga kelgan nasroniy sivilizatsiyaning asosiy xususiyatlari va

rivojlanish bosqichlari. Dinning jamiyat hayotiga ta’siri. Islomiy

sivilizatsiyaning Yevropaga sekinlik bilan o‘tkazgan ta’sirida xo‘jalik

faoliyati va madaniyatidagi ilgarilama o‘rzgarishlar. Geografik

nashriyotlar va qit’alararo savdoning rivojlanishi. Yangi hududlarni

o‘zlashtirish uchun muayyan ma’noda qulchilikning tiklanishi.

Uyg‘onish davri. Reformatsiya. Yevropada yangi sivilizatsiyaning

boshlanishi. Yevropada boshlanayotgan yangi sivilizatsiyaning Shimoliy

Amerika varianti.

Ilova


215

Ma’rifatparvarlik. Ma’rifatparvarlik kelib chiqishining shartsharoitlari.

Undagi asosiy jihatlar va bajargan muhim vazifalar.

Ma’rifatparvarlikning cheklanganligi.

Fan va sanoat inqiloblari. Burjua munosabatlari rivojlanishining

fan omili. Fan yutuqlarining texnikada namoyon bo‘lishi. Ishlab

chiqarishning sifat jihatdan yangilanishi va sanoat sivilizatsiyasining

qaror topishi. «G‘arb» tushunchasining qo‘llana boshlashi. Bu tushunchada

nasroniylik an’analari, ma’rifatchilik, vakolatli demokratiya,

individuallikning jamoaviylikdan ustunligi, ilmiy-texnikaviy ravnaq va

hokazo qadriyatlarning ifodalanishi.

3. Turon — Movarounnahr — Turkiston — O‘zbekiston

ijtimoiy-madaniy o‘tmishining sivilizatsiyaviy tavsifi

3.1. Qadimgi Turon jahoniy maqomining tabiiy va ijtimoiy-madaniy

omillari

«Turon» atamasi, uning keng va tor ma’nolari. Atamada tabiiygeografik

va biologo-antropologik jihatlarning aks etishi. Turonning

etnik qiyofasi. Mintaqaning iqtisodiy, siyosiy-strategik tavsifi. Ma’naviydiniy

xususiyatlar.

Turonda sug‘orma dehqonchilik madaniyati, ixtisoslashgan

chorvachilik, shahar xo‘jaligi va alohida boshqaruvga asoslangan

sivilizatsiyaning boshlanishi. «Avesto» asari — ijtimoiy-diniy, madaniy

yodgorligi. Mintaqa xalqlarining tarixiy taqdiridagi belgilovchi

umumiyliklar. Turonni qadimdan jahonning barcha asosiy imperiyalari

o‘z tarkibiga qo‘shishga uringanligi.

O‘troq va ko‘chmanchi xalqlar madaniyati. Sharqona jamoaviylik

va an’analar baraqaror saqlanishining oqibatlari.

3.2. Movarounnahrda islom dinining tarqalishi va lokal sivilizatsiyalar

bosqichlari

Islom dini tarqalishining Muhammad Payg‘ambar qo‘llagan

tamoyillari, ularning Movarounnahrga tadbiqi va natijalari. Fath va

zabt. Qutayba ibn Muslim yurishlari. Islomlashtirishning iqtisodiy

manfaatlar bilan qo‘shib olib borilishi zaminida islom dinining takomil

cho‘qqilariga erishuvi. Mintaqaning xalifalikdagi sivilizatsiyaviy

ko‘tarilishi doirasiga tortilishi. Birinchi Renessans (uyg‘onish) — lokal

sivilizatsiya. Turkiy sulolalar davri. Islomiy sivilizatsiyaning turkiy

shaxobchalari va ularning O‘rta Sharq va Old Osiyo xalqlari hayotiga

ta’siri. Movarounnahr — Turkistondan chiqqan mutafakkirlar, olimlar

faoliyati.

216


3.3. Amir Temur va temuriylar davri sivilizatsiyasi

Amir Temurning Vatan mustaqilligini tiklash hamda uni mustahkamlash

yo‘lidagi harbiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-ma’rifiy faoliyati.

«Temur tuzuklari» — muhim siyosiy-huquqiy manba. Temurning

o‘zidan avval va keyin o‘tgan jahongirlardan sivilizatorlik farqi. Islomiy

ma’rifatparvarlik. XIV asr oxirgi choragi va XV asr — Sharq uyg‘onishining

Temur faoliyati bilan boshlangan bosqichi. Uning Shohruh,

Ulug‘bek, Xusayn Boyqaro, Bobur (avlodlari) davrida davom ettirilishi.

Temuriylar davlatchiligi madaniy tarixida Alisher Navoiyning

tutgan o‘rni.

O‘zbekistonning davlat mutsaqilligini mustahkamlashda Amir

Temur faoliyati va merosining ahamiyati.

3.4. Mustamlakachilikning birinchi davri oqibatlari va ma’rifatparvarlik

XVI asr — XIX asrning birinchi yarmida Turkistondagi sivilizatsiyaviy

turg‘unlik. Uning sabablari va oqibatlari. Sharqona an’anaviylik

va hokimiyat — mulk tamoyillarining to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qilishi.

Hududiy tarqoqliklarning umumiy bozor, xo‘jalik ixtisoslashuvi,

siyosiy-etnik va ma’naviy yaxlitlikka to‘siq bo‘lgani.

Turkistonning Rossiya imperiyasi tomonidan zabt etilishining

nosivilizatsiyaviy oqibatlari. Sobiq mahalliy hukmdorlarning yuz bergan

sharoitga moslashishi yo‘lidan borganligi. Mustamlakachilarga qarshi

mehnatkash xalqning stixiyali ko‘tarilib turishi.

Ma’rifatparvarlik Sharq — Turkiston ijtimoiy-madaniy hodisasi.

Unda an’anaviy jamiyatlar sharoitida takrorlanib turadigan ijtimoiy

turg‘unlikdan chiqish uchun aql-idrokning o‘rni va ahamiyatiga

taraqqiyparvar kuchlar tomonidan e’tibor berilishi. Ma’rifatparvarlikning

umumiy va xususiy jihatlari, uning Yevropa yangi tarixidagi

shunday hodisa bilan o‘xshashligi va farqlari.

Turkiston ma’rifatparvarligida milliy-davlat istiqloli masalasi.

O‘zbek ma’rifatparvarligining bosqichlari. Jadidchilik va uning turkiy

asoslari (Ismoilbey Gaspirali, «Yosh turklar harakati»). M.Behbudiy,

A.Avloniy, Munavvarqori, A.Fitrat va boshqalarning faoliyati. Siyosiy

tashkilotlar va muassasalar.

Jadidlarning istiqlol yo‘lida Turkistonda mag‘lubiyatga uchrashi

hamda Xiva va Buxoroda Sovetlar yordamida hokimiyatga keltirilishining

oqibatlari.

Ilova

217


3.5. Sovet mustamlakachiligi

Turkistonda mustamlakachilik ikkinchi davrining boshlanishi.

Markscha-lenincha sotsializmning Metropoliyada ham, chekka

mustamlaka hududlarda ham tadbiq etilishining nosivilizatsiyaviy tabiati.

Sovetlashtirish jarayonining oqibatlari. «Milliy-hududiy ajralish»,

«ittifoqdosh», «muxtor respublika», «milliy okrug» va hokazolar vositasida

tarixiy-madaniy til, din va boshqa jihatlardan ijtimoiy yaxlitlikning

bo‘lib yuborilishi.

O‘zbekistonning Metropoliya sanoati uchun xomashyo bazasi sifatida

qolishi. Bolsheviklar o‘tkazgan xo‘jalik o‘zgarishlarining halokatli

oqibatlari. Zo‘ravonlik bilan amalga oshirilgan madaniy inqilobning

bir tomonlama natijalari.

Ma’muriy-buyruqbozlik tizimi — totalitarizm asosi.

Sovet davrida berilgan behisob qurbonlar soni va salmog‘ining

erishilgan muayyan natijalar bilan qiyos etib bo‘lmasligi.

4. O‘zbekiston mustaqilligi — yangi sivilizatsiyaviy bosqich

4.1. Mustaqil O‘zbekiston va umumsayyoraviy jarayon

Zamonning asosiy sivilizatsiyaviy talablariga javob bermaydigan

Sovet davlatini «qayta qurish» orqali saqlab qolish yo‘lidagi urinishlarga

qaramay barbod bo‘lishi va mustaqil davlatlarning paydo bo‘lishi.

Mustaqil O‘zbekistonning umumsayyoraviy jarayonga kirishi shartsharoitlari:

ichki sohada hokimiyat (uning xalqdan begonalashgani,

totalitar tabiati va nomenklatura qo‘lidaligi), mulk (uning davlat qo‘lida

to‘planishi va boshqaruvning markazlashgani) va milliy munosabatlar

muammolarining bartaraf etilganligi va tashqi sohada mamlakatlararo

o‘zaro foydali aloqa, dinlararo totuvlik, insoniyatga tahdid soluvchi

terrorizm, narkobiznes, ekstremizm va hokazolarga birgalikda qarshi

kurash.


O‘zbekistonda yaratilayotgan jamiyatning barcha «izm»lardan xoliligi.

Siyosiy-huquqiy sohadagi o‘zgarishlar va asosiy yo‘nalishlari ko‘lami.

Iqtisodiy islohotlarning maqsad va vazifalari. Ijtimoiy-ma’naviy sohadagi

o‘zgarishlar.

4.2. Yangi davlatchilik tizimining vujudga keltirilishi

O‘zbekistonda davlatchilikning uch mingyillik tarixi va uning jahoniy

mezonlar darajalarida bo‘lgan bosqichlari to‘g‘risida. Prezident Islom

Karimov — o‘zbek yangi davlatchiligi ijodkori. Yangi davlatchilikning

218

millat mentaliteti, an’analar va obyektiv ijtimoiy ehtiyojlarga tayanib



yaratilishi. Uning huquqiy asoslarining ishlab chiqilishi.

Siyosiy tashkilotlar tizimida belgilovchi sifatida davlatning demokratik,

insonparvar, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlashi

sohalaridagi asosiy vazifalari.

Davlatchilikning mustahkamlanishida milliy g‘oyaning keng xalq

ommasi tomonidan o‘zlashtirilishining ahamiyati.

4.3. Iqtisodiy sohadagi o‘zgarishlar

Eski tuzumdan bir tomonlama yo‘naltirilgan, nochor va zaif

iqtisodiyotning meros qolganligi. Mustaqillikni iqtisodiy ta’minlashda

inqilobiy sakrashlarsiz, ijtimoiy larzalarsiz, evolyutsion (tadrijiy) yo‘lning

tanlanishi.

Bozor iqtisodiyotiga o‘tishda bu sohaning siyosat ortida qolmasligi,

mafkuraga bo‘ysundirilmasligi zarurligi. Davlatning bosh islohotchilik

funksiyasi. Qonunlar ustuvorligi. Kuchli ijtimoiy siyosatning zarurligi.

Islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish lozimligi. Mulkni

xususiylashtirishi, uning barcha shakllari rivojlanishi uchun zarur

imkoniyatlar yaratilishi. O‘rta sinfni shakllantirish. Kuchli bozor

infratuzilmasini yaratish, erkin iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish.

Xalqaro iqtisodiy hamkorlikni keng yo‘lga qo‘yish va takomillashtirish

zarurligi.

4.4. Jamiyatni erkinlashtirish

Vatanning ozodligi — shaxs va jamiyat erkinligining sharti.

Erkinlashtirishni ta’minlovchi omillar. Aholining siyosiy faolligi, siyosiy

madaniyati darajasini oshirish. Siyosiy partiyalar faoliyatini takomillashtirish.

Davlat qurilishi va boshqaruv tizimini erkinlashtirish. Nodavlat va

jamoat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqaruv rolining

oshib borishi.

Jamiyatda oshkoralikni va o‘tkazilayotgan islohotlarning ochiqligini

ta’minlaydigan demokratik tamoyillarning doimiy amalda bo‘lishiga

erishish. Fuqarolik institutlarini shakllantirish. So‘z va matbuot erkinligini

amalda ta’minlash.

4.5. Ma’naviyat — ijtimoiy taraqqiyotni harakatlantiruvchi kuch

O‘zbekiston davlat mustaqilligining ma’naviy-ma’rifiy asoslarining

mustahkamlanishi. Islom Karimov ma’naviyatning harakatlantiruvchi

kuch ekanligi to‘g‘risida. O‘zbek xalqi ma’naviyatining

Ilova


219

qadriyatiy mezonlari. Mustaqillikning fan omili. San’atning da’vatkor

kuchi. Tarixni anglash zarurligi.

Milliy istiqlol g‘oyasining tarixiy zaminlari. Ma’rifat va fikrlar

kurashi.

4.6. Milliy xavfsizlik va mudofaa

Davlatning hududiy yaxlitligi, daxlsizligi va osoyishtaligi — uning

mustaqilligi sharti. Islom Karimov tomonidan O‘zbekiston milliy

xavfsizlik konsepsiyasining asoslab berilishi. «Tahdid» tushunchasi.

Tashqi xavf, uning manbalari, tashkil etuvchi unsurlari, shakllari

hamda bartaraf etilishining shart-sharoitlari va vositalari.

Ichki xavf, uning olomonchilik (oxlokratiya) ko‘rinishi, qarindoshurug‘

chilik, mahalliychilik va korporativ birlashuvlar xillari. Bularni

bartaraf etilishining asosiy shart-sharoitlari.

O‘zbekiston Respublikasining mudofaa doktrinasi.

4.7. Milliy istiqlol g‘oyasi: murosa va tolerantlik

«Mafkura» tushunchasi. Mafkuraning milliy tabiati va unda milliy

g‘oyaning ifodalanishi. Hozirgi o‘zbek dunyoqarashi singari yemirilgan

mafkuraning asosiy vazifalari. G‘oyaning immuniteti.

Hozirgi sivilizatsiyada murosayi madora tamoyilining tobora

ustuvorlik kasb etishi va uning o‘zbek g‘oyasida tutgan o‘rni.

Tolerantlik (bag‘rikenglik) — turmush tarzi unsuri. Uning diniy,

siyosiy va hokazo sohalarda namoyon bo‘lishi. Millatlararo

munosabatlardagi bag‘rikenglik. Milliy-madaniy markazlar faoliyati.

5. Globalizatsiya va jahon yagona sivilizatsiyasining

shakllanish muammosi

5.1. Hozirgi davrning global muammolari

«Globalizatsiya» atamasi va tushunchasi. Globalizatsiyaning asosiy

sifat tavsifi. Sanoat ishlab chiqarishining ko‘lami va salmog‘i hamda

transmilliy birlashib borishi. Barcha mamlakatlarning amalda yagona

bozorga birlashganligi. Internet imkoniyatlari. «Umumiy uy», «umumiy

taqdir», «umumiy tashvish» va hokazolar. «XX asrda yalpi jahon tarixi

boshlanishining» (Arnold Toynbi) belgilari. Globalizatsiyaning salbiy

oqibatlari.

Hozirgi global muammolar, ularning «inson — jamiyat», jamiyatning

ichki holati, interijtimoiy jarayonlar va «tabiat — jamiyat»

omillari bilan taqozolanganligi. Global muammolarning asosiy

ko‘rinishlari.

220

Global muammolar hal etilishining umumiy va xususiy, ichki va



tashqi shart-sharoitlari.

5.2. Tig‘iz axborotlashgan jamiyat

Hozirgi davrda kishilik jamiyati yangi sivilizatsiyaviy sifat holatiga

o‘tayotganligi muammosi. Axborotlashuv — yangi sivilizatsiyaviy

jarayonning asosi. Axborotlarni hosil etish, qayta ishlash, saqlash,

ko‘paytirish va tarqatishning tobora yetakchi o‘ringa chiqishi.

Hozirgi texnika va texnologiyaning fan sig‘imlilik darajasining

yuksakligi. Axborot texnologiyasining asosiy miqdoriy va sifat tavsiflari

tizimidagi belgilovchi jihatlar.

Axborot inqilobi va boshqariladigan bozor iqtisodiyoti sanoatlashganlik

kamchiliklarining bartaraf etish imkoniyatlari.

Ma’naviy-madaniy sohadagi tub o‘zgarishlar va boshqa sohalar

jarayonlarining tezlashuvi.

Axborot inqilobi va maorif sohasidagi o‘zgarishlar ko‘lami.

Siyosiy sohada axborotlashuvning davlat hokimiyati markazlashganligi

o‘rniga shaxslar erkinligi salmog‘ining oshib borishidagi

o‘rni.

Axborotli jamiyat qaror topishi nazariyalaridagi munozarali jihatlar.



Ilova

221


Yüklə 3,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə