O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus



Yüklə 3,28 Mb.
səhifə51/58
tarix06.05.2018
ölçüsü3,28 Mb.
#42512
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   58

bo‘lsa-da, lekin eng ko‘p darajada siyosiy qadriyatlarni baholash

tez-tez uchrab turadi.

Qadriyatlar tarixiy xarakterda bo‘lganligi tufayli kishilar hayot

sharoitlari talablariga muvofiq o‘zgarib boradi. Bular qadriyatlarning

nisbiy tabiatga egaligini ko‘rsatib turadi. Kishilarning yetuklik

darajasiga muvofiq ravishda ularning qadriyat mo‘ljallari ham

to‘laqonli va gumanistik mazmunga boy bo‘lib boradi. Buni hozirgi

G‘arb dunyosida umuminsoniy qadriyatlarni ishlab chiqish

zaruriyatini tobora ko‘pchilik anglab yetayotganidan ham bilish

mumkin.

Asosiy tushunchalar



oe Ma’naviy madaniyat — madaniyat umumiy tizimining bir

qismi bo‘lib ma’naviy faoliyat va uning natijalarini o‘z ichiga

oladi.

oe Vorislik — madaniyat rivojlanishi turli bosqichlari o‘rtasidagi



bog‘lanishni ifodalab, yangi holatga o‘tishda tizimdagi u yoki

bu jihatlarni saqlab qolishni bildiradi.

oe Aksiologiya (yunoncha axios va logor: qadriyatlar haqidagi

ta’limot) — madaniyat hodisalariga qadriyat sifatida qarash

tamoyilidan kelib chiqib yondoshish.

oe Determinatlilik (lotincha: determinara) — cheklamoq.

I боб. Sivilizatsiya

90

oe Qadriyat — voqelik dalillari va hodisalarining shaxsiy, ijtimoiy



va madaniy ahamiyatdorligi.

oe Talqin — narsa va hodisani tushuntirishda beriladigan

ma’nolarning yig‘indisi.

oe Baholash — mavjud guruh, tashkilot va jamiyatning konkret

narsa, hodisa, voqea va jarayonlarga bo‘lgan ma’qullanishi

yoki aksincha munosabatining ifodasi.

Takrorlash uchun savollar

1. «Madaniyat» tushunchasining ko‘p ma’noliligi nima bilan

izohlanadi?

2. «Madaniyat» va «jamiyat» tushunchalari qanday nisbatda?

3. Madaniyat hodisalariga tarixiy yondashish nimani anglatadi?

4. Mutafakkirlarning madaniyat haqidagi qarashlari.

5. Ideal, me’yor va qadriyat nisbatida qaysisi belgilovchi

hisoblanadi?

6. Qadriyatni tushunishda obyektiv mezon bormi?

7. E’tiqodning qadriyatligi nimada?

Ma’ruza va referatlar uchun mavzular

1 Sivilizatsiyaning kelib chiqishi.

2. Sivilizatsiyalarning turli-tumanligi.

3. Sivilizatsiyalarning o‘zaro aloqasi to‘g‘risida.

4. Mehnat taqsimotining asosiy hollari.

5. Politogenez.

6. Markaziy Osiyo — qadimgi sivilizatsiya o‘choqlaridan biri.

7. «Sivilizatsiya» kategoriyasining tarixiy jarayonni tushuntirishidagi

ahamiyati.

8. Madaniyatning kelib chiqishi.

9. Madaniyatlar aloqasi to‘g‘risida.

10. Madaniyatlar rivojlanishining qonunlari.

11. Madaniyatdagi milliylik va umuminsoniylik.

12. Qadriyatlarning zamonaviy talqini.

13. Milliy qadriyatlar va ulardagi umuminsoniylik.

14. O‘tmish qadriyatlarining zamonaviyligi to‘g‘risida.

15. Milliy g‘oya — qadriyat.

Uchinchi bo‘lim. Sivilizatsiyalar — ijtimoiy-madaniy jarayon

91

II B O B. JAHON JARAYONLARINING



SIVILIZATSIYAVIY TALQINI

22-§. Sharq — turli sivilizatsiyalar beshigi

«Sharq» Yer shari quruqlik qismining

Osiyo qit’asi va Afrika qit’asining

shimoliy qismini qamragan geografik

atama bo‘lib ko‘rinsa-da, bunda

tarixiy-madaniy, jamoachilik, an’anaviylik, ijtimoiy-siyosiy (alohida

davlat tipi, individuallikdan jamoaviylikning ustunligi), ma’naviy

jihatlar — (turli darajadagi ochiq dinlar, intuitivlik bilan ratsionallikning

qo‘shilib ketganligi) eng ko‘p darajada ifodalangandir.

Sharq dunyosi asosiy jihatlariga ko‘ra yaxlit bo‘lgani holda o‘ziga

xos xilma-xilliklar, muayyan darajadagi ijtimoiy-madaniy qaramaqarshiliklar

ham inkor etilmaydi.

Sharqdagi o‘ziga xoslik shundaki, insoniyat tarixi ayni ana shu

yerdan boshlangan. Uning muhim qismi bo‘lgan Yaqin Sharqda

Jahon sivilizatsiyasining ilk o‘choqlari paydo bo‘lgan.

Mohir odamning ilk ajdodlari eng qadimdan o‘zlari uchun

makon qilib olgan mazkur mintaqada bundan 12—10 ming yillar

avval chorvachilik va dehqonchilikka asos solindi. Natijada inson bilan

tabiat o‘rtasidagi munosabatlarda yangi jihatlar paydo bo‘ldi.

Dehqonchilik bilan shug‘ullanish tabiat qonunlarini o‘rganib borish

imkoniyatlarini berdiki, bu ishlab chiqaruvchilarning tashqi

sharoitlardan xiyla mustaqil bo‘lishiga olib keldi. Bu faoliyat asosan

mavsumiy bo‘lganidan aholining ma’lum qismi boshqa sohalarda va

maqsadlarda mehnat qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan. Jumladan, zig‘ir

tolasi va jundan ip yigirib gazlama to‘qish, kulolchilik, uy-joy

qurish, ish qurollarining turli xillarini tayyorlab berish va hokazo

sohalarda yangi yo‘nalishlar yaratilgan. G‘ildirakning ixtiro etilishi

muhim yangilik edi.

Ishlab chiqarish orqali xo‘jalik yurgizish shaklining vujudga

kelishi kishilarning turmush tarzini tubdan o‘zgartirgan.

Ularning axloq-odobi, an’analari barqaror rivojlanish kasb eta

borgan.

Sharq ma’naviy hayotida avval boshdan diniy-asotiriy va



tafakkurning mutlaqlashtirish uslubi mavjud bo‘lgan. Qadimgi

kishilar dunyoqarashida Olamning Tabiat va Sotsiumga, tabiiy va

notabiiyga bo‘linishi dastlab yuz bermagan edi. Shunga ko‘ra Sharq

kishilarining olamni idrok etishi qorishiq — sinkretik tusda bo‘lib,

«barcha narsalar birlikda», «hamma narsa hamma narsada» tarzida

qaralgan. Olamni bunday idrok etishda kishilar xatti-harakati,

«Sharq» tushunchasining

mazmuni


II боб. Jahon jarayonlarining sivilizatsiyaviy talqini

92

ularning taqdiri koinotiy qonunlarga ko‘ra erkin bo‘la olmaydilar.



Bunday dunyoqarashda kishilar taqdirini Tabiat, Sotsium va Davlat

belgilashi muqarrar.

Sharq sivilizatsiyalarining kelib chiqishi, umuman olganda Yaqin

Sharq mintaqasi bilan cheklanmagan, balki bir-biriga nisbatan

mustaqil ravishda Hindistonda, O‘rta Osiyoda va Xitoyda lokal tarzda

yuz bergan.

Yaqin Sharqdagi, xususan ikki daryo

oralig‘ida paydo bo‘lgan ilk sivilizatsiyaning

yaratuvchilari Shumerliklar

faoliyati natijasi o‘laroq barpo etilgan

shahar davlatlarida an’anaviy xo‘jalik yurgizish bilan birga ijtimoiysiyosiy

sohada ham muhim o‘zgarishlar qilingan. Shumerliklar

yaratgan iyeroglifiy alifbo ma’naviy rivojlanishga jiddiy turtki berdi.

Bu jarayonlar Shumer davlati o‘rniga kelgan Akkad va boshqa

tuzilmalar, ayniqsa Bobil davlati davrida davom etdi. Bobil podshosi

Hammurapi davlatni o‘zi tuzgan qonunlar asosida boshqargan. Bu

yerda o‘z davrining ilg‘or taqvimi tuzilgan, sanoqning o‘nli tizimi

joriy etilgan. Ko‘pgina xudolar to‘g‘risidagi tasavvurlar, ibodatxonalar,

qiziqarli afsonalar (masalan, Gilgamish haqida), san’atning

xilma-xil namunalari, geografik xaritalarning birinchi marta

yaratilishi, xiyla yetuk tibbiyot — bularning barchasi sivilizatsiyaning

ilk davrida erishilgan yutuqlardir.

Yaqin Sharqdagi qadimgi sivilizatsiyaning Misr varianti qator

o‘ziga xosliklarga ega. Qaror topgan davlat xo‘jaligi jamoachilikka

ancha erta barham berdi. Mamlakat hayoti hukmdorlar tomonidan

to‘la nazorat ostiga olingan edi. Shunga qaramay bu yerda paydo

bo‘lgan alifbo, me’morchilik (ehromlar qurish san’ati), fan

kurtaklari (matematika, astronomiya, tibbiyot va hokazolar),

mifologiya va din sohalarida erishilgan yutuqlar insoniyat qadimgi

sivilizatsiyasiga qo‘shilgan ulkan hissa hisoblanadi.

Bu sivilizatsiya barcha asosiy jihatlari

bilan noyobdir. Uning paydo bo‘-

lish davriga oid ma’lumotlar oz.

Xarappi va Moxyandjo-Daro yozuvi

hozirgacha o‘qilmagan. Bor manbalarda siyosiy-iqtisodiy masalalardan

ko‘ra diniy-falsafiy muammolar ko‘p o‘rin egallagan.

Bundan tashqari Hind madaniyatida Shimoldan-Markaziy Osiyodan

kelgan oriylar hissasi bilan mahalliy qabilalar yaratuvchilik

faoliyati nisbati masalasi ham bor. Lekin Hindistonda dehqonchilik,

hunarmandchilik, chorvachilik va savdo-sotiqning

rivojlanishi natijasida bu yerdagi daryolar bo‘ylarida ko‘plab

shaharlar vujudga keldi.

Yaqin Sharq

sivilizatsiyasi

Hind va Xitoy

sivilizatsiyalari

Uchinchi bo‘lim. Sivilizatsiyalar — ijtimoiy-madaniy jarayon

93

Xitoy sivilizatsiyasi Hindistondagidan farqli holda o‘zining



ko‘pgina yozma tarixiy va arxeologik manbalariga ega. Muayyan

yo‘nalishda bo‘lishiga qaramay Xitoyda ham sivilizatsiya daryo

bo‘ylarida kelib chiqqan. Donli o‘simliklar bilan birga yovvoyi

hayvonlar xonakilashtirilgan. Nafis hunarmandchilik buyumlari

yasalgan. Har bir harfi — iyeroglifi bir so‘zni anglatadigan alifbo

ham shu davrda yaratilgan. Mutaxassislar Xitoyga chet sivilizatsiyasining,

jumladan, Yaqin Sharq mintaqasining ta’siri borligini

ta’kidlaydilar.

Dehqonchilik va hunarmandchilik madaniyatining rivojlanishi

ilmiy bilimlarga ehtiyojni yuzaga keltirdi. Ma’naviy madaniyatning

qator tarmoqlari paydo bo‘ldi. Bular ichida din fenomenining

o‘rni alohidadir.

Sharqda ham, keyinroq boshqa mintaqalarda paydo bo‘lgan

sivilizatsiyalarda ham shaharlar diniy-ilohiy muassasa — ibodatxonalar

yonlarida qurilgan. Dastlabki ilohlar hayvonlarga (masalan,

Qadimgi Misrda), ba’zan kishilarga (Shumerda) o‘xshatib

yasalgan. Xudolar shaharlarda avval-boshda ko‘pchilikni tashkil

etgan holda, keyinroq ulardan bittasi boshliq holida ajratilib

ko‘rsatilgan. Kohinlar xudolar nomidan ish yuritiruvchi bo‘lib

ko‘ringan. Ular boshqaruvni kasb qilib olgan kishilar sifatida suv

va urug‘ni taqsimlash, ekin ekish va hosilni yig‘ishtirib olish

vaqtlarini belgilash, zaxira, dollarni sarflash va boshqa juda

muhim bo‘lgan vazifalarni bajarishgan.

Neolit inqilobi Sharq sivilizatsiyasining

iqtisodiyot sohasida quyidagi o‘ziga

xosliklarga ega bo‘lgan:

Birinchidan, xo‘jalik yurgizish

tajribaviy yo‘l bilan o‘zlashtirilgan texnologiya asosida va mavjud ishlab

chiqarish masalalari bilan an’anaviy amalga oshirilgan, tovar

munosabatlari kam rivojlangan.

Ikkinchidan, qo‘l mehnati va, umuman, muskul kuchi bilan

harakatlantiradigan ishlab chiqarish qurollaridan foydalanilgan.

Uchinchidan, ziroatchilik va unga asoslangan jamoaning alohida

mavqega egaligi oqsoqollar tomonidan boshqarilgan jamoatning yerga

egalik qilishi va davlatga renta-soliq to‘lashi tartibi paydo bo‘lgan.

To‘rtinchidan, ishlab chiqarishdan orttirilgan jamg‘armaning

unchalik katta emasligi va ularning ham noishlab chiqarish sohalarda

sarflanishi kuzatilgan.

Beshinchidan, davlatning hokimiyatga, uning qolgan barcha

ko‘rinishlarida ega bo‘lganlarning qo‘lida mulkning to‘planishi

oqibatida xususiy mulk ikkinchi darajali ahamiyat kasb etgan.

Qadimgi Sharqda

xo‘jalik yuritilishi

II боб. Jahon jarayonlarining sivilizatsiyaviy talqini

94

Qadimgi Sharq sivilizatsiyasining



ma’naviy sohasi quyidagi tavsiflarni

o‘z ichiga olgan:

Birinchidan, ma’naviy sohada

kishilar hayotining konservativligi tufayli dastlab politeistik, so‘ngra

monoteistik dinlar belgilovchi o‘rin tutadi.

Ikkinchidan, afsonalarga notanqidiy yondashish, dogmatizm,

ekzaltatsiya (yunoncha: cheksiz shodlik, yoki boshqa xursandlik holati,

qattiq hayajonlanish) va mistitsizmga berilish mavjud.

Uchinchidan, ilmiy bilimlarning aksariyat hollarda hunar sifatida

kishilar faoliyatining mavjud shakllari uchun qolip, andoza shaklida

tushunilishi tufayli fan to‘la shakllana olmagan.

To‘rtinchidan, barqaror stereotiplar sifatida avlodlar tajribasi

muhim qadriyatlar sanalib, avlodlarning to‘liq o‘zaro birdamligi

mavjud bo‘ladi.

Ijtimoiy-siyosiy hayot ham Qadimgi Sharq sivilizatsiyalariga

mansub jamiyatlarda qator o‘ziga xosliklar bilan ajralib turadi:

birinchidan, ijtimoiy tarkibda aholi turli qatlamlarining o‘zaro

hokim-tobe munosabatda ekanligi — (masalan, Hindistonda

kastachilik), ijtimoiy faollikning cheklanganligi, jamoaviylikning

shaxsiylikdan ustunligi, inson turmush faoliyati barcha

jihatlarini, ijtimoiy adolat tamoyillarini belgilash va nazorat

qilish;


ikkinchidan, davlat va jamoat boshqaruvida ko‘pincha mustabidlik

mavjud bo‘lib, bunda davlatning jamiyatdan mutlaq ustunligi,

uning barcha insoniy munosabatlarni boshqarib borishi ijtimoiy

ideal va ishtiyoqni shakllantiradi;

uchinchidan, Qadimgi Sharq sivilizatsiyalarida insonga muayyan

jamoaning a’zosi sifatida qaralib, uning o‘z shaxsiy hayotini erkin

belgilashi iloji bo‘lmagan.

Sharq sivilizatsiyasi to‘g‘risida fanda

xilma-xil qarashlar mavjud. Bularning

hammasiga xos umumiylik

shundaki, uning G‘arb sivilizatsiyasidan

jiddiy farqli tomonlariga ega ekanligidir. Masalan, Qadimgi

Yunoniston va Rimdan farqli o‘laroq Sharqda tipik quldorchilik

bo‘lmagan. Yevropada feodalizm deb atash qabul qilingan tartibotlar

Sharqda tipik ifodasini topmagan.

Yer yuzining bu qismida kishilar ilk jamoachiligidan boshlangan

an’analar qariyb o‘zgarishsiz holda qadimda bo‘lganidek, o‘rta

asrlarda ham, birmuncha yangi jihatlar kasb etgan holda yangi

zamonda ham davom etib keldi.

Ma’lumki, qadimda jamoaga birlashgan kishilarning hayot

Ma’naviy va

ijtimoiy-siyosiy hayot

Sharq sivilizatsiyasidagi

betakror jihatlar

Uchinchi bo‘lim. Sivilizatsiyalar — ijtimoiy-madaniy jarayon

95

faoliyati quyidagi jihatlarga asoslangan: Birinchidan, jamoa a’zolari



majburiy ravishda bajariladigan o‘zaro almashuv tamoyillari va

mexanizmlariga amal qilishi kerak edi: har bir a’zo umumiy

qozonga topganining hammasini qo‘shgani holda, undan faqat

o‘ziga tegishli qisminigina olgan. Bular o‘rtasidagi farq esa jamoa

yoki urug‘ boshlig‘iga tegishli bo‘lib, uning nufuzini anglatgan.

Ikkinchidan, katta oila boshlig‘i, urug‘ oqsoqoli yoki urug‘

kengashi a’zosi obro‘-e’tibor va hokimiyatga egalik qiluvchi sifatida

jamoaning barcha mulkini qayta taqsimlaydi, shu bilan jamoa

mulkining ham egasi ekanligini ko‘rsatadi.

Dehqonchilik bilan shug‘ullanish sharoitida boshliq jamoani

jins, yosh, avlod, oiladagi mavqega ko‘ra boshqargan. Albatta,

bunda amalga saylangan oqsollar boy va omadli bo‘lishlaridan

tashqari obro‘-e’tiborli, boshqalarning unga bog‘liqligi ham muhim

hisoblangan. Yana shuni aytish kerakki, odatda asta-sekin bir nechta

qo‘shni jamoalarning nufuzlisi atrofida birlashish hodisasi yuz

berishi ham mumkin. Nufuzli jamoa markazidagi ilk shaharlarda

ibodatxona, saroy, xazina, omborlar qurilgan. Natijada oqsoqollarning

eng kuchlisi yuqoridagi tarzda shakllanayotgan ilk davlatning

sardori bo‘lgan.

Sharqda dastlab nomajburiy ijtimoiy hokimiyat, so‘ngra

majburiylikka asoslangan davlat hokimiyati vujudga kelgan. Bunda

boshqaruvchilarning o‘rni va ahamiyati tobora oshib borgan. Oldinroq

aytib o‘tilganidek, boshqaruvchilar dastavval yetishtirilgan

mahsulotlarni taqsimlashda jiddiy mavqega ega bo‘lganlar. Ularning

bu holati nufuz, obro‘-e’tibor orqali hokimiyat bilan bog‘langani

tufayli yanada kengayib borgan, otadan farzandlarga meros bo‘lib

o‘tadigan va sakral xarakter kasb etadigan hokimiyat institutini

maydonga keltirgan.

Buning natijasi o‘laroq kim hokimiyatga aloqador bo‘lsa, uning

boshqa sohalarda ham ahvoli tegishli tarzda belgilangan. Hokimiyat

egasi qo‘lida boylik va mulk bo‘lgan. Shunga ko‘ra kim hokimiyatga

ega bo‘lsa, barcha narsalarga, jumladan mulkka ham ega bo‘lgan.

Qadimgi Sharq mamlakatlari sivilizatsiyalarida hokimiyat-mulk

tamoyili amalda bo‘lgan. Oddiyroq qilib aytilsa, bunday tamoyilda

hokimiyat mulkni tug‘dirgan, hokimiyatdan mahrum bo‘lish esa

barcha mulkdan ajralishgacha olib borgan.

Asosiy tushunchalar

oe Qorishiqlik yoki sinkretizm — Sharq sivilizatsiyasida ijtimoiymadaniy

olamning ko‘p jihatlari o‘zaro birlashib ketganligini

ifodalaydigan tushuncha.

II боб. Jahon jarayonlarining sivilizatsiyaviy talqini

96

oe Hokimiyat-mulk — Sharq sivilizatsiyasida hokimiyatning o‘rni,



hukmdorning mulkka ega bo‘lishi bilan qo‘shilayotganligi

tushuniladi.

oe Intuitivlik (qarash, ko‘rish) va ratsionallik (aql) — Sharq

sivilizatsiyasida inson ruhiyati bu ikki salohiyatni o‘zaro birbiri

bilan (dinda) to‘ldiradi.

Takrorlash uchun savollar

1. «Sharq» tushunchasining geografik ma’nosidan tashqari

yana qanday tavsiflari bor?

2. Hind sivilizatsiyasining noyobligi nimada?

3. Xitoy sivilizatsiyasi qanday shakllangan?

4. Sharq sivilizatsiyasining kishilik hayoti sohalaridagi xos

jihatlari nimada ko‘rinadi?

5. Sharq sivilizatsiyasida qanday o‘ziga xos iqtisodiy jihatlar

mavjud?


23-§. Islom sivilizatsiyasi

Islom dini insoniyat sivilizatsiyasi

tarkibida Qadimgi Sharq, Antik davr

bilan Yevropa Yangi zamon tarixi

oralig‘ida ko‘pgina xalqlar uchun

g‘oyalar va bilimlarning asosiy manbayi hisoblangan. Muhammad

payg‘ambar dini maydonga kelgan Yaqin Sharq mintaqasi avval

ham Muso va Iso payg‘ambarlar faoliyati natijasi o‘laroq ikkita

jahoniy — iudaviylik va nasroniylik dinlarining kelib chiqishiga

zamin bo‘lgan edi.

Qadimgi Yaqin Sharqda xudo bilan aloqada turuvchi payg‘ambarchilik

anchagina tarqalgan edi. Injilda xonaanlik va falastinlik

payg‘ambar-avliyolarning kishilar barcha xatti-harakatlari to‘g‘risida

xudoning fikrini yetkazganligi bildiriladi. Aytish mumkinki, ayniqsa

Yaqin Sharq uchun payg‘ambarlik instituti avval boshdan xos

hodisa bo‘lgan. Payg‘ambarlik ijtimoiy va siyosiy hayotga ta’sir eta

oladigan katta salohiyat tufayli mintaqa rivojlanishida muhim o‘ringa

ega bo‘lgan. Buni Injildagi Isay, Iyeremiya va boshqalarning oldingi

payg‘ambarlardan farqli yakkaxudolik, ijtimoiy tartibot g‘oyalarini

ilgari surganligida, muqaddas joylarga sig‘inishni shakllantirganligida

hamda ko‘pgina ijtimoiy o‘zgarishlarni boshlab berganida ko‘rish

mumkin.


Qadimgi Yaqin Sharqdagi

payg‘ambarlik harakati

Uchinchi bo‘lim. Sivilizatsiyalar — ijtimoiy-madaniy jarayon

97

Arablar muhitida kelib chiqqan islom dini mintaqaning eng



qadimiy tub joy aholisi hisoblangan semit qabilasining ko‘hna

tarixi bilan bog‘liq. Chunonchi, bu din arablar o‘tmishini Ibrohim

o‘g‘li Ismoildan boshlab izoh etadi.

Ilmiy xolislik zaminida turuvchi tadqiqotchilar islom dini

kelib chiqishining shart-sharoitlari to‘g‘risida gap borganda

semitlarning Yaqin Sharq sivilizatsiyasida o‘ziga xos ijobiy o‘rin

tutganligini obyektiv ta’kidlaydilar. Darhaqiqat, ular orasidan

chiqqan akkadiylar, amoreylar, xoldeylarning Mesopotamiya va

umuman, butun G‘arbiy Osiyo sivilizatsiyaviy ravojlanishidagi

o‘rni fanda ma’lum. Arabiston yarim orolining, xususan,

uning janubida arxeologik qazishmalarda tasdiqlangan qadimda

yuksak sivilizatsiya bo‘lganligini ham har doim nazarda tutish

lozim.

Jahoniy maqomdagi dinning ana shunday zaminda maydonga



kelishi, ko‘rinib turibdiki, o‘zining ratsional izohiga ega.

Yangi dinning kelib chiqishi omillaridan

biri yana shu bo‘ldiki, Arabistonda

VII asr boshlarida yangi

xudo va haqiqatni topishga intilgan

ko‘pgina xanif-targ‘ibotchilar bo‘lgan edi. Ulardan biri va eng

qobiliyatlisi bo‘lgan Muhammad yagona, qodir, mehribon va

rahmdil Allohga itoat qilish, u ko‘rsatgan yo‘ldan chiqmaslik,

adolatpeshalik va hokazo qadriyatlarni targ‘ib qilib, rasululloh,

ya’ni xudoning elchisi darajasiga ko‘tarildi. U arablarni birlikka

chaqirdi. Xalq esa oxir-oqibatda Muhammad dinini qabul qildi.

Bu bilan yangi bir jahoniy sivilizatsiyaning poydevori toshi

qo‘yildi.

Islom barcha musulmonlarni o‘zaro birodar deb hisoblaydi.

Uning har bir e’tiqod etuvchi uchun oddiy va bajarilishi qat’iy

bo‘lgan, yakka xudolikka asoslangan qoidalari dindorlarni haqiqiy

jannatga erishishi «Qur’on»da yuksak badiiyat va betimsol poetik

tarzda ifodalangan. «Qur’on» musulmonlar uchun nafaqat ilhom

manbayi, ayni vaqtda urf-odatlar, axloq-odob va qonunlar majmuasidir.

Boshqa mahalliy dinlardan farqli holda islomda cherkov ham,

kashish yoki pop ham yo‘q, balki maxsus yig‘ilish joyi — machit

bo‘lib, unda jome’ nomozi o‘qiladi va imomlar tomonidan «Qur’oni

karim» oyatlari tilovati amalga oshiriladi. Bu din avval boshdan

yozma manbasiga — barcha musulmonlar uchun muqaddas

bo‘lgan — Qur’onga ega.

Musulmon dini qaror topishi bilan birga bu dinga tayangan

davlat ham maydonga keldi. Uning boshida dastlab payg‘ambarning

Islom dini maydonga

kelishining shart-sharoitlari

4 — Shaxs va jamiyat

II боб. Jahon jarayonlarining sivilizatsiyaviy talqini

98

o‘zi, so‘ngra ketma-ket dastlabki to‘rt xalifa turdilar. Keyin



hokimiyatga Muoviylar, 750-yilda Abbosiylar sulolasi keldi.

Ratsional nuqtayi nazardan tushuntirish

mushkul bo‘lgan jihat

shundaki, Arabistondagi shartsharoitlar

zaminida kelib chiqqan

islom dini qanday qilib musulmonchilikning bir avlodi ko‘zi

o‘ngida Mag‘rib-u Mashriq va Janub-u Shimolga yoyildi?

Muhammadning payg‘ambarlik sifatlari dastavval shunda

ko‘rinadiki, u arablar nazarida sayyid — qavmlar dohiysi,

aqid yo‘lboshchisi, hakam — mojarolarni odil hal etuvchi,

notiq — o‘zi targ‘ib qilgan din qoidalarini bayon etuvchi,

shoir — yangi dinni zarur poetik tarzda bayon etuvchi, kohin—

Alloh bilan aloqada bo‘luvchi mukammal va betimsol inson

bo‘lgan.


Ta’kidlash joizki, islom dini tug‘ilayotganda yangi e’tiqod

tashuvchilari, dastavval Muhammad va uning yaqin safdoshlari

Abu Bakr, Umar, Usmon va Ali ham o‘z harakatlaridan shaxsiy

manfaat kutishmagan.

Bu ehtiroslar musulmonlarda shunday kuch namoyon qildiki,

ular 636-yilda Vizantiyaga zarba berdilar, Sosoniylar bilan urushda

Xuroson zabt etilgan bo‘lsa, mamlakatning Sharqiy qismi ixtiyoriy

musulmon bo‘ldilar, ya’ni fath etildi. Nisbatan qisqa vaqt ichida

Shimoliy Afrika va Yevropaning Janubiy hududi — Pirineya egallanib

islomlashtirildi. Shu vaqtdan boshlab katta hududda islomiy qarashlar

asosidagi umumiylik qaror topdi.

Bu umumiylikning ma’naviy, siyosiy

va iqtisodiy tarkibi o‘zaro mutanosiblikda

tugal qaror topishini Yevropaning

ko‘pgina sharqshunoslari IX—

XIII asrlar bilan belgilaydi. Jumladan, avstriyalik olim Adam Mets

«Musulmon renesansi» asarida islom dunyosi ko‘tarilishini shu

davr bilan bog‘laydi.

Musulmonlar o‘zlari yaratgan qadriyatlarni boshqalarga berish

barobarida o‘zgaradigan falsafiy g‘oyalar ilmiy bilimlar va texnik

vositalarni o‘zlashtirdilar. Alohida ta’kidlash joizki, islom dini

madaniyatni turli bo‘hronlardan himoyalaydigan o‘ziga xos

«qalqon» vazifasini bajardi. Afrikadan Osiyoning markazigacha,


Yüklə 3,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə