O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus



Yüklə 3,28 Mb.
səhifə52/58
tarix06.05.2018
ölçüsü3,28 Mb.
#42512
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   58

Hindistondan Gibraltargacha bo‘lgan ulkan makonda xalqlar din

va til birligi asosida birlashdilarki, bu o‘zaro madaniy ta’sirni

ancha kuchaytirdi.

Islom dunyosidagi madaniy aloqalar rivoji ikki muhim jihat

bilan izohlanadi: Birinchidan, musulmon mamlakatlarining

Musulmonchilikning

tarqalishi

Islomiy sivilizatsiyaning

boshlanishi

Uchinchi bo‘lim. Sivilizatsiyalar — ijtimoiy-madaniy jarayon

99

geografik makonlari imkon bergan bo‘lsa, ikkinchidan, ayni shu



islom dinidagi ichki salohiyat buni ta’minladi.1

Diniy bag‘rikenglik ko‘p jihatlardan islom sivilizatsiyasining

gullab-yashnashiga ko‘mak berdi. Nasroniy ozchilik Misr va O‘rta

Yer dengizi sharqidagi mamlakatlarda sezilarli rol o‘ynaydi.

Hindistonda indus va musulmonlar yonma-yon yashab keldilar.

Turli dindagilar bir-biridan o‘rgandilar. Islom mahalliy an’analarni

oyoqosti qilmadi, aksincha, turli diniy guruhlar o‘z madaniyatlarini

rivojlantirishi va qo‘shnilari bilan muvaffaqiyatlarni baham ko‘rishi

uchun sharoit yaratdi.

Makkaga haj qilish xalqlar va madaniyatlarni yaqinlashtirgan.

Bunda musulmonlarning yo‘li turli mamlakatlar orqali o‘tgani

tufayli madaniyatning ko‘pgina namunalari bilan tanishish mumkin

bo‘lgan va o‘zaro muloqotda bo‘lganlar hamda qaytib borganlaridan

so‘ng o‘z yurtlarida ko‘rgan-kechirganlarini boshqalarga ham

yetkazishgan. Umuman, hojilar barcha joylarda alohida hurmatga

sazovor kishilar bo‘lgan.

Arab tilini o‘rganish «Qur’oni karim»ni o‘qish uchun musulmonlarga

zarurligidan kundalik muomalada, ilmiy-texnikaviy

bilimlar almashuvida qulaylik tug‘dirgan. Yevropaliklardan farqli

o‘laroq musulmonlar barcha joylarda bir-birini tushungan.

Islom madaniyati rivojlanishining muhim omillaridan biri—

bu tijoratga asoslangan dinamik iqtisodiyot bo‘lgan. Shahar bozorlari

tufayli kengayib ketgan dengiz portlari uch qit’aning tutashgan

joyi bo‘lgan islom mamlakatlarida mollar ayirboshlashda belgilovchi

rol o‘ynagan.

Hind okeani va O‘rta Yer dengizidagi savdo-sotiq musulmonlar

qo‘lida bo‘lgan. Ular so‘nggi O‘rta asrlargacha, Yevropa savdosida

ham hukmronlik qilgan.

Islom sivilizatsiyasi tarkibida falsafa

sohasida Antik dunyoda (Suqrot,

Aflotun, Arastu) ishlab chiqilgan

g‘oyalar omuxtaligida arab tilida ilgari

surilgan ta’limotlarda ilohiy taqdir, iroda erkinligi kabi masalalar

muhokama qilingan.

Falsafa, adabiyot

va san’at

Amerika Qo‘shma Shtatlarida 1991-yilda nashr etilgan va ko‘pgina ingliz tili

mamlakatlarida muvaffaqiyatlar bilan foydalanilayotgan tarix darsligida islom sivilizatsiyasi

bo‘yicha maxsus paragraf ajratilgan. Jumladan, unda shunday yozilgan: «Islom dini

aqidalaridan madaniyat rivojlanishi uchun, ayniqsa dunyoni idrok etish va turmush

tarzining kamida to‘rtta xususiyati kelib chiqadi: musulmonlar boshqa dinlar va

madaniyatlar bilan chiqishib keta oladi; ular Makkaga haj qilishlari lozim; Qur’onni

o‘qish uchun ular arab tilini bilishlari lozim; bundan tashqari ular juda e’tiborli

mashg‘ulot sifatida savdo-sotiqni yuksak qadrlaganlar».

II боб. Jahon jarayonlarining sivilizatsiyaviy talqini

100


Musulmon adabiyotining yuksak rivojlanishi abbosiy xalifalar

davrida sodir bo‘ldi. To‘g‘ri, islom diniga qadar ham arablarda

ayniqsa, og‘zaki adabiyot, ommaviy she’riyat keng tarqalgan. Bular

asosida arab adabiy tili qaror topdi. Qur’oni karim qiroatini

egallaganlar tinglovchilarga ta’sir etib, ularni yig‘latish, qahrg‘

azab uyg‘otish va hokazolarga qodir bo‘lishgan.

Abbosiy xalifalarning ko‘pchiligi (masalan, Xorun ar-Rashid

al-Ma’mun, Mutavvali) saroylarida shoirlar xizmat qilgan. Nasriy

adabiyot na’munalaridan «Ming bir kecha» asari hisoblanadi.

Arabcha shakldagi she’riyat islomiy hududda keng tarqalgan

edi. Keyinroq fors va turkiy tillarda yozilgan adabiyot ma’naviy

hayotda katta o‘rin tutdi. Jumladan, fors shoirlari Firdavsiy,

Umar Xayyom, Hofiz Sheroziy, Shayx Sa’diy va boshqalar

aruzda ijod qilib she’riyatning yuksak namunalarini yaratdilar.

Qasida, doston, ruboiyot va hokazolar adabiy janr sifatida

shakllandi.

Turkiy adabiyot namunalari ham sivilizatsiyaviy maqomda

bo‘lgan. Mahmud Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asarida

turkiy tilshunoslik bilan birga og‘zaki she’riy namunalar, urf-odat

qo‘shiqlari, xalq lirikasi, epik mazmundagi qismlar, maqollar va

hokazolarning namunalari keltirilgan. Asar keyingi davr ijodkorlari

faoliyatiga katta ta’sir ko‘rsatgan.

San’atning turlari islomiy muhitda dastlab uncha rivojlanmagan

bo‘lsa-da, keyinchalik imoratsozlikda, bezakchilikda, cholg‘uchilik

va qo‘shiqchilikda ham muayyan qat’iylik darajasi saqlangan holda

jiddiy o‘sish kuzatildi.

Sharq musiqaviy asboblari musulmon Ispaniyasida, Lotin

Amerikasidagi mustamlakalarda tarqaldi va hatto Shimoliy Amerika

musiqa madaniyati rivojiga ham o‘z hissasini qo‘shdi.

Intellektual faoliyat musulmon

dunyosida tijoratchilar mollaridan

kam bo‘lmagan darajada baholangan

va aholi turmush tarzida har doim

muhim o‘rin tutgan. «Olimning siyohi, — degan ekan Muhammad

payg‘ambar — azob-uqubat tortgan inson qonidan muqaddasdir

». Ko‘rinadiki, islom an’analarida aqliy mehnat yuqori

baholangan va bu hol diniy farmoyishlar bilan mustahkamlangan.

Musulmon olimlar va boshqa sivilizatsiyalarga mansub mamlakatlarda

yaratilgan bilimlarni ham o‘rganib saqlab qolganlar,

tarjima qilganlar va sharhlaganlar. Mustaqil ravishda o‘z izlanishlarida

katta-katta muvaffaqqiyatlarga ham erishganlar.

Islomiy dunyoqarash va turmush tarzining yuqorida keltirilgan

xos jihatlari ma’naviyatning ta’lim, kitobatchilik va kutubxonachilik,

Islomiy va dunyoviy

bilimlar

Uchinchi bo‘lim. Sivilizatsiyalar — ijtimoiy-madaniy jarayon

101

falsafa, adabiyot, san’at, ilm-fan, tibbiyot kabi sohalariga belgilovchi



ta’sir ko‘rsatdi.

Islom mamlakatlarida o‘quvchilar grammatika, arifmetika,

payg‘ambarlar hayoti tavsirnomalarini ham o‘rganishgan.

Hozirgi universitetlar maqomida bo‘lgan madrasalarning

dastlabkilari X asrda ochilgan edi. XII asrda Yaqin Sharq va

Ispaniyada o‘nlab mashhur islomiy universitetlar faoliyat ko‘rsatgan.

Ularda huquq, falsafa, tarix, geografiya, tabiiy fanlar, ilohiyotshunoslik

va she’riyat o‘qitilgan.

Arablar 704-yilda Samarqandda qog‘oz tayyorlash bilan birinchi

marta tanishgan edilar. Buning sivilizatsiyaviy tomoni shunda

bo‘ldiki, yozilgan asarlarning narxi arzonlashib, keng tarqaldi,

kutubxonalar vujudga keldi. Xalifalik poytaxti Bag‘dodda chingiziy

Xulaguxon bosqini arafasida 36 ta jamoat kutubxonasi, ko‘plab

masjidlarda ham boy kitob jamlamalari bo‘lgan. Turli xil kitoblar

Buxoro, Urganch, Marv kabi shaharlardagi kutubxonalarda ham

ko‘plab to‘plangan.

Islomiy sivilizatsiya doirasida jiddiy ilmiy ravnaqqa erishildi.

Bu tasodifiy emas edi. Qur’oni Karimda «ilm» tushunchasi

750 marta, «aql» atamasi 50 marta qayd qilingan ekan. Yevropaliklar

keyinroq tabiatshunoslik, tibbiyot, dengizchilik va boshqa

sohalarda bu sivilizatsiyada erishilgan natijalardan ko‘p foydalandilar.

Musulmon mamlakatlarida ilm-fan IX—XII asrlarda ayniqsa

tez rivojlandi, gullab-yashnadi. Arablarda falakiyotshunoslik

bilimlariga zo‘r ehtiyoj bo‘lgan. Ptolomeyning «Almagest» asari

tarjima qilingan, xoldeylardan qolgan Xarron shahridagi observatoriya

ishi davom ettirilgan. Abu Rayhon Beruniy (973—1048)

Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi to‘g‘risidagi farazni aytib, uning

kengligi va uzunligini aniq o‘lchadi.

Islomiy geograflardan Al Ma’sudiy (900—957) Markaziy Osiyo,

Rossiya, Xitoy va Hindistonni kezib chiqqan, Ibn Battuta 30 yil

davomida Afrika, Osiyo va Yevropa bo‘yicha ko‘rgan-kechirganlarini

batafsil yozib qoldirganlar. Beruniyning «Hindiston» asari ham

XVIII asrgacha yagona manba bo‘lgan. 883-yilda xalifa al-Ma’mun

topshirig‘iga ko‘ra xaritalar tuzilgan.

Abdurahmon ibn Xaldun (1332—1406) «Jahon tarixi», «Tarix

falsafasiga kirish», ko‘p jildli «Arablar, forslar, berberlar hamda

ularga zamondosh bo‘lgan boshqa qudratli xalqlar tarixiga oid

ma’lumotlar va namunalar to‘g‘risidagi ibratli kitob» asarlarini

yozgan. U kishilar va millatlarning xatti-harakatlarini tushuntiradigan

qonuniyatlar, sivilizatsiyalarning ravnaqi va halokati,

II боб. Jahon jarayonlarining sivilizatsiyaviy talqini

102


insonga muhitning ta’siri, moddiy omillarning kishilar turmushidagi

o‘rni va hokazolar to‘g‘risida chuqur fikrlarni ilgari

surgan. Ibn Xaldunni hozirgi sotsiologiyaning asoschisi deb

hisoblashadi.

Musulmon dunyosida matematika sohasida katta kashfiyotlar

qilindi, arifmetika poyoniga yetkazildi. «Baytul Xikma»dagi olimlarga

boshchilik qilgan Muhammad ibn Muso Xorazmiy (783—850)

«Al-jabr va al-muqobala» asarida algebraning asosiy jihatlarini

ifodalab bergan. Shu davrda trigonometriya ham vujudga keldi. «Sifr»,

«nol» kabi matematik tushunchalar arabcha bo‘lib, hozirgi fanda

muhim o‘rin tutadi.

Musulmon olimlari asoslagan kimyo ham ma’lum mavqega ega

bo‘lgan. Ko‘pgina moddalar va jarayonlar ustida tajribalar o‘tkazgan

olimlar umumiy sohaning tamoyillarini ifodalaydigan keng

qamrovli nazariyalar yaratdilar.

Bular o‘z navbatida tibbiyot rivojlanishiga jiddiy turtki bo‘ldi.

Og‘riq qoldiruvchi moddalar yordamida birinchi marta islomiy

tabiblar jarrohlik operatsiyalari o‘tkazganlar. Zakariya ar-Roziy

(865—925) hatto chechak va qizamiqni samarali davolagan. Islom

Sharqida dorishunoslar tayyorlaydigan o‘z davrida yagona bo‘lgan

o‘quv yurti faoliyat ko‘rsatgan. Tabiblik qilish uchun tegishli

sertifikat bo‘lishi tartibi o‘rnatilgan.

Tabiblar iqlimning ta’siri, gigiyena va ovqatlanish muammolari

bilan shug‘ullanishgan.

Musulmon okulistlari ko‘z kasalliklarini jarrohlik yo‘li bilan

davolaganlar. Ko‘z gavhari faoliyatini o‘rganish tibbiy optika

rivojlanishiga katta turtki bo‘ldi.

Abu Ali Ibn Sino (980—1037) nafaqat islomiy sivilizatsiya

doirasida, balki insoniyat hayoti o‘rta asrlar davrida universal

bilim sohibi bo‘lgan. Uning tibbiyotga oid 43 ta asar yozganligi

ma’lum. «Tib qonunlari» asari Yevropada 600 yil davomida yagona

yetuk qo‘llanma bo‘lgan. Bu asar ko‘p jihatlari bilan hozir ham

o‘z ahamiyatini saqlab kelmoqda.

Narsa, hodisa va jarayonlarning

tizimiy tuzilganidan kelib chiqilsa,

islomiy mintaqalar sivilizatsiyasida

bir qancha xususiyliklar va, hatto,

alohidaliklarni ko‘rish mumkin. Haqiqatan ham Markaziy

Osiyodagi madaniyat bilan Shimoliy Afrika madaniyatida diniy

umumiylikdan tashqari muhim farqlar ham bo‘lgan. Ayni vaqtda

Markaziy Osiyoning dehqonchilik markazlari bilan chorva

makonlari ham anchagina farq qilgan. Zero, tizimning har bir

bo‘lagi boshqa bir bo‘lagi bilan o‘zaro taqiqlanganidan

Islomiy sivilizatsiya

inqirozi

Uchinchi bo‘lim. Sivilizatsiyalar — ijtimoiy-madaniy jarayon

103

butunligini, o‘z-o‘zidan saqlanish tamoyiliga ko‘ra mavjudligini



yo‘qotmaydi. Bu esa an’anaviylik davom etishining asosiy omillaridan

hisoblanadi.

Ana’anaviylik tadrijiy rivojlanishni inkor qilmasa-da, ko‘pincha

turg‘unlik omillaridan hisoblanadi. Masalan, Shimoliy Afrikaga

o‘rta asrlarda bosqinchilar Shimoldan ham, Sharqdan ham

kelmaganlar. Lekin bu yerda o‘z davrida cho‘qqiga ko‘tarilgan

sivilizatsiya tushkunlikni chetlab o‘ta olmadi. Islomiy sivilizatsiya

muayyan ichki sabablar (an’anaviylik) va tashqi — bosqinchilarning

hujumlari ostida avvalgi holatini yo‘qotib bordi. Tabiiyki,

bunday sharoitda inson zotiga hurmat, uning shaxsi bilan

hisoblashish, huquqlari va sha’nini qonuniy himoyalash zarur

darajada ta’minlanmas edi.

Asosiy tushunchalar

oe Islom sivilizatsiyasi — musulmon dini tarqalgan hududlardagi

sivilizatsiyaning ko‘pgina umumiyliklari nazarda tutilgan holda

nomlanishi.

oe Diniy bag‘rikenglik — islom dinida avval-boshdan g‘ayridinlarga

nisbatan toqatlilik mavjud. Shunga ko‘ra ham islomiy

mamlakatlarda aholining nasroniy, yahudiy va boshqa

ko‘rinishdagi diniy ozchilik qadimdan yashab keladi. Ular

dini, tili va ma’naviy madaniyatning boshqa jihatlarini saqlab

qolganlar.

oe Musulmon an’anaviyligi — Sharqda tabiiy va ijtimoiy-madaniy

sabablarga ko‘ra davom etib kelayotgan jihat islom dinining

ilk davri tartibotlarining bo‘rttirilishi tufayli ijtimoiy turg‘unlikni

ifodalaydigan bo‘lib qoldi.

Takrorlash uchun savollar

1. Payg‘ambarlik nima?

2. Islom sivilizatsiyasining o‘zidan oldingi sivilizatsiyalar bilan

bog‘liqligi bormi?

3. Islom sivilizatsiyasining asosiy jihatlari chet el (AQSH)

tarix fanida qanday ko‘rsatilgan?

4. Islom sivilizatsiyasi yutuqlarining hozirgi ahamiyati qanday?

5. Islom qadriyatlarini qanday tushunasiz?

6. Dunyoviy ilmlarga islomda munosabat?

7. Islom sivilizatsiyasining yemirilishi sabablarini gapiring.

II боб. Jahon jarayonlarining sivilizatsiyaviy talqini

104


24-§. Tasavvuf

Ulkan madaniy va tarixiy hodisa

sifatida Jahon miqyosida barcha xalqlar

ma’naviyatiga, dunyo rivojlanishi

jarayonlarining hamma tomonlariga ta’sir ko‘rsatib kelayotgan

jahoniy dinlardan bo‘lgan islomni o‘rganish uning ichida zohidlik

harakati ko‘rinishida VIII asrning o‘rtalarida kurtak yoygan so‘fiylik

yoki tasavvufni chuqur o‘rganmay turib amalga oshmaydi. Chunki

yirik va ta’sirli falsafiy-teosofik oqim bo‘lgan tasavvuf o‘z ichiga

diniy, adabiy fikr, tarix, mantiq, ruhshunoslik, kosmogoniya,

biologiya, mifologiya hamda ilmiy tafakkur va boshqa ijodiy sohalar

unsurini qamrab olgan edi. Movarounnahr — Turkiston Yaqin va

O‘rta Sharq mintaqalari kabi so‘fiylik markazlaridan bo‘lgan.

«So‘fiy» atamasining kelib chiqishi to‘g‘risida, jumladan, quyidagi

nuqtayi nazar mavjud: Arabcha «suf» so‘zidan yasalgan bo‘lib,

o‘zbek tilida jun, jundan to‘qilgan mato ma’nosini beradi. Yoinki,

A. R. Beruniy «Osorul boqiya» asarida «faylasuf» so‘zining oxirgi

bo‘g‘ini («suf»)dan olingan deydi va hokazo.

«Sufiy» so‘zidan uning turli islohlari — «tasavvuf», «mutasavvuf

» va hokazolar kelib chiqqan.

Ummaviy xalifaligi davrida diniy

amrlarni ado etishni har qanday

dunyoviy ishlardan ustun qo‘ygan

e’tiborli kishilarning bir qismi dinni

himoya qilib kurashga otlangan bo‘lsalar, ikkinchi qismi esa, qanoat

va zuhudni (undan «zohid» so‘zi kelib chiqqan) asosiy maqsad

qilib, saroy ahli, boylar axloqiga qarshi norozilik bilan shug‘ullanganlar.

Zohidlarning niyati Qur’onda va’da qilingan jannatga

yetishish edi. Lekin buni ta’maning bir ko‘rinishi deb hisoblagan

kishilar ham bor ediki, ular uchun yagona istak — bu Xudoning

diydoridir. Bulardan ba’zilarining g‘aybdan bashorat beruvchi

karomatlari, sirli mo‘jizalari atrofdagilarni hayratga solgan.

Zohidlar yoki zohid so‘fiylar davri o‘rniga oriflik va oshiqlik

davri kelgan. Tasavvufshunos mutaxassislar bu davrni IX asr

o‘rtalaridan boshlangani va qator bosqichlarni bosib o‘tganligini

ta’kidlaydilar.

XIII—XIV asrlarda tasavvuf ham nazariy-ilmiy nuqtayi nazardan,

ham amaliy harakatchilik nuqtayi nazaridan o‘zining yuksak

cho‘qqisiga ko‘tariladi.

Tasavvuf tarixi islom tarixi bilan birga rivojlanib, o‘ziga xos

harakat sifatida islom madaniyatiga ulkan hissa bo‘lib qo‘shildi.

Abdurahmon Jomiyning «Nafaxatul une minal hazarotul quds»

«So‘fiy» atamasi to‘g‘risida

Tasavvufning kelib

chiqishi va tadriji

Uchinchi bo‘lim. Sivilizatsiyalar — ijtimoiy-madaniy jarayon

105

asarida 664 ta so‘fiyning nomi zikr etiladi. Alisher Navoiyning ham



«Nasoyimul muhabbat» asariga juda ko‘plab so‘fiylar kiritilgan.

Shulardan 100 dan ortig‘rog‘i Turkistonda yetishib chiqqan

buzurugvorlar hisoblanadi. Ko‘rinadiki, mohiyatan insonparvarlik

g‘oyalari, Soflik, Haqiqat, Go‘zallik, Kamolot aqidalarini

ifodalagan tasavvuf bir yo‘nalishdagi ta’limot bo‘lmagan, uning

shox va shoxchalari ko‘p.

So‘fiylarning mashhurlari ilohiy ma’rifatni

egallash uchun o‘zining ruhiyaxloqiy

kamolot yo‘lini — tariqatini

maydonga keltirganlar. Markaziy Osiyoda

Xo‘ja Ahmad Yassaviy (1166-yilda vafot etgan), Najmiddin Kubro

(1145—1220) va Xo‘ja Bahouddin Naqshbandning (1318—1389)

tariqatlari mintaqadan tashqarida ham keng tarqalgan edi.

Tariqat ijtimoiy hodisa sifatida insoniyat rivojlanishiga xizmat

qilgan. Tariqat asosida tasavvufning ideal tuzum haqidagi qarashlari

vujudga kelgan. Masalan, Abdurahmon Jomiyning «Xiradnomayi

Iskandariy» va Navoiyning «Saddi Iskandariy» dostonlarida solih

kishilarning podshosiz jamiyati haqida gap boradi. Tasavvuf har

bir insonni axloqiy tarbiyalash orqali bunday jamiyatga yetishish

mumkin deb hisoblagan.

Insonning haqiqat, adolat va poklikka erishish istaklari tasavvufda

o‘z ifodasini topdiki, bular kuchli zavq va ishtiyoqni, Ishqni

keltirib chiqaradi.

Tasavvuf bo‘yicha, Parvardigor avval jabarut (buyuklik) olamini,

keyin malaku (farishtalar) olamini, so‘ngra mulk (moddiy)

olamini, va nihoyat inson talash olamini yaratgan. Ko‘ngil

(ruh) shu olamlarni sayr etib insonga nuzul etadi va yana shu

olamlar bo‘ylab uruj etadi (ko‘tariladi). Oqibatda Ruhning

begonalashuvi va yana birlashuvidan bir doira yakun topadi.

Bu doira olami Kubroni olami Sug‘ro — inson bilan bog‘laydi.

Olami Sug‘ro — insonda olami Kubrodagi jami xususiyatlar

mavjud.


Tasavvufdagi o‘z-o‘zini takomillashtirish

g‘oyasi, axloqiy yuksalish, ezgulik,

xayr, himmat, mardlik haqidagi

qarashlar butun musulmon

olamiga keng tarqalib, katta ijtimoiy hodisaga aylangan edi.

Darveshlar, so‘fiylar, shayxlar, valiysifat ruhoniylarni xalq juda

hurmat qilgan. Ularga e’tiqod qo‘yish orqali Allohi taolo qudratini

chuqurroq his qilgan. Amaliy turmushda odamlar shu darveshlar

kabi qanoatli, halol bo‘lishga intilgan, nafsini tiygan. Shuning

uchun ham tasavvufga ta’rif berganda, juda ko‘p shayxlar uni

Ma’rifat yo‘lidagi

tariqatlar

O‘z-o‘zini

takomillashtirish

II боб. Jahon jarayonlarining sivilizatsiyaviy talqini

106


shaytoniy nafsni jilovlash, rahmoniy xislatlar kasb etishi lozim

deb ko‘rsatganlar.

Ko‘rinadiki, tasavvufning negizida chin insonparvarlik g‘oyasi,

xalqning adolat haqidagi orzulari yotmaganda, u bunchalik keng

tarqalmas, bunchalik ommalashib, ijod ahli qalbidan chuqur o‘rin

olmasdi. Bir qator qaynoq va jozibali bir she’riyat yaratilishiga

turtki bo‘lmas edi.

So‘fiylik Ibn Sino tomonidan ham iliq qarshi olingan edi. Ibn

Sino irfoniy bilish yo‘lini inkor etgan emas. Aksincha «Attayr»,

«Salamon va Absol» nomli asarlarida ramzlar orqali so‘fiyona

ma’rifatga erishishni tasvirlaydi. «Risol fil ishq» asarida esa

muhabbatni aynan irfoniy mazmunda talqin etgan.

Umar Xayyom ruboiylari ichida ham so‘fiyona g‘oyalar

ifodalangan. Shuning uchun aslida sof ratsionalizm tarafdori bo‘lgan

olimlar ham tasavvufning orifona yo‘nalishini qabul qilganlar.

Tasavvufda dunyoqarash bilan badiiy

tafakkur baqamti rivojlangani kabi

aqliy (ratsional) va vajdiy (irratsional)

bilimlarni egallash ham mushtarak

rivojlangan.

Shu bois so‘fiy shoiri yoki olimi, deb nom chiqargan kishilarning

asarlarida dunyoviy bilimlar, hikmat va donishmandlikning butun

bir tizimi shakllandi. Masalan, Jaloliddin Rumiyning asarlarida

qanchadan qancha donolik bor, qanchadan qancha insoniy

muammolar tilga olinib, hanuz tozaligini yo‘qotmagan fikrlarni

topish mumkin. Uning «Masnaviy ma’naviy» nomli olti daftardan

iborat asari butun bir donolik qomusidir. Unda Sharq ruhiyati

muammolari irfoniy ilmlar yutuqlari darajasida aks etgan. Keyinchalik

G‘arbiy Yevropada tarqalgan insonparvarlik va komillikka doir

qarashlar tizimining dastlabki tag-zaminini Rumiy falsafasida ko‘rsa

bo‘ladi. Chunonchi, Rumiy birinchi bo‘lib, o‘z asarlarida olamning

zarradan koinot qadar o‘zaro vobastaligi, bir-biri bilan tortilib

turishi, oddiydan murakkab sari rivojlanishi, ziddiyatli, qaramaqarshi

holatlari haqidagi fikrlarini bayon etgan edi.

J.Rumiy ruhning ichki intizomi, fikrning paydo bo‘lishi va

yo‘qolishi, tasavvur va tafakkur, xayol va borliqning o‘zaro ta’siri,

inson mavjudligini aniqlaydigan belgilar, insonning aldanishi,

yolg‘on tasavvurlar va chin bilim, tajriba va tahlil, juzv va qull,

konkretlilik va mavhumlik, Haq sifati va odam sifati kabi yuzlab

masalalar ustida mulohaza yuritgan.

Yuqorida aytilganlardan ko‘rinadiki, tasavvuf Sharq tafakkurida

muhim o‘rin egallagan, ma’naviyatni umuminsoniy qadriyatlar

bilan yaxlit boyitishga benazir hissa bo‘lib qo‘shilgan.

Dunyoqarash

va badiiy ijod

Uchinchi bo‘lim. Sivilizatsiyalar — ijtimoiy-madaniy jarayon

107

Asosiy tushunchalar



oe Zohidlik (arabcha) — Olloh marhamatiga sazovor bo‘lish

uchun dunyoviy lazzatlardan cheklanish.

oe Vahdatul vujud (arabcha) — Ollohni yagona, abadiy deb

tan olish. Bunga ko‘ra olam, narsa va hodisalar Olloh nuridir.

Shunga ko‘ra unga muhabbat qo‘ymoq kerak.

oe Vahdatul shuhud (arabcha) — Xudoning dunyoda va shaxsda

namoyon bo‘lishi to‘g‘risida orifiy ta’limotning bosh

tushunchasi.

oe Olami Kubro (arabcha) — tasavvufda insonni o‘rab turgan

borliq.


oe Olami Sug‘ro (arabcha) — tasavvufda inson olamini

ifodalaydigan tushuncha.

Takrorlash uchun savollar

1. Tasavvuf qayerda, qachon va qaysi maqsadda kelib chiqqan?

2. Tasavvufning asosiy xususiyatlari qaysilar?

3. So‘fiylikda inson qanday tavsiflanadi?

4. So‘fiyona o‘z-o‘zini takomillashtirish nima?

5. Tasavvufda insonparvarlik g‘oyalari qanday ifodalangan?

25-§. G‘arb mamlakatlarining sivilizatsiyaviy rivojlanishi

Antik so‘zi lotinchada «qadimgi»

degan ma’noni anglatsa-da, bu

atamada Qadimgi Yunoniston va

Qadimgi Rimni tushunish qabul

qilingan. Lekin bunga Qadimgi Sharq mamlakatlari bilan Antik

Yunoniston va Rimni (garchi bular «G‘arb»ga tegishli bo‘lgani

holda) o‘zaro qarama-qarshi qo‘yish noto‘g‘ri bo‘lur edi. «G‘arb»

atamasi dastlab Yevropada XV—XVII asrlarda qaror topgan

sivilizatsiyaviy va madaniy rivojlanishni ifodalash uchun qo‘llangan

bo‘lsa, hozirgi vaqtda ratsionalizm nasroniylik an’analari,

ma’rifatchilik, vakolatli demokratiya, individuallikning jamoaviylikdan

ustunligi, ilmiy-texnikaviy ravnaq va hokazo ma’naviy


Yüklə 3,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə