O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus



Yüklə 3,28 Mb.
səhifə55/58
tarix06.05.2018
ölçüsü3,28 Mb.
#42512
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58

xususiylashtirish hisobiga keskin kamaytirish, ko‘p ukladli

iqtisodiyot va uni boshqarish tuzilmalarini yaratishdir. Boshqa

tomondan 80-yillar oxiridagi chuqur iqtisodiy tanazzulni yengib

o‘tish, sobiq sho‘rolar hududidagi birinchi mamlakatlar qatorida

Yangi vazifalar

IV bob. O‘zbekiston mustaqilligi — yangi sivilizatsiyaviy bosqich

160


makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, barqaror

iqtisodiy o‘sish uchun zamin yaratishdir. Aynan iqtisodiy islohotlar

«o‘zbek modeli»ning amalga oshirilishi tufayli islohotlarning dastlabki

yillarida ishlab chiqarishning keskin, halokatli pasayishini

to‘xtatishga, iqtisodiy va ishlab chiqarish imkoniyatlarini saqlab

qolishga, milliy iqtisodiyotni tiklashning mustahkam asoslarini

yaratishga erishildi.

Mamlakatning iqtisodiy mustaqilligini, O‘zbekistonning jahon

iqtisodiy tizimiga keng ko‘lamda qo‘shilishini ta’minlashga

yo‘naltirilgan iqtisodiyotning chuqur tarkibiy qayta qurish dasturini

amalga oshirishga kirishildi. Qisqa davr mobaynida iqtisodiyot

tarmoqlarini va aholi ehtiyojlarini o‘zimizda ishlab chiqarilgan

energetika resurslari, sifatli neft mahsulotlari hisobiga ta’minlash

masalasi tubdan hal qilindi. G‘alla mustaqilligi choralari ko‘rildi.

Shunday qilib, yonilg‘i va don mustaqilligiga erishildi, bu esa

mamlakatning barqaror taraqqiyoti va odamlar farovonligining

asosi va kafolatidir. Mamlakatning don va neft bozorlaridagi jahon

narxlarining o‘zgarib turishiga tobeligi ancha cheklandi, ulardan

bo‘shagan valyuta manbalari esa zamonaviy uskuna va texnologiyalar

xarid qilishga yo‘naltirildi.

Bozor infratuzilmasi asoslari, zamonaviy ikki darajali bank

tizimi yaratildi. Hozirgi kunda respublikada sug‘urta kompaniyalari,

tovar-xomashyo birjalari, sarmoya fondlari tarmog‘i ishlab turibdi,

fond birjasi va ko‘chmas mulk birjasi, Biznes-fond, Tovar ishlab

chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, Dehqon va fermer

xo‘jaliklari uyushmasi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Bularning

hammasi faol tadbirkorlik faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni

yaratishga xizmat qilishga yo‘naltirilgan.

Kuchli ijtimoiy siyosatni, aholining muhtoj qatlamlarini

mo‘ljalli ijtimoiy himoya bilan ta’minlash chora-tadbirlarini amalga

oshirish, jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni, fuqarolar osoyishtaligini

va millatlararo totuvlikni ta’minlash borasida aniq natijalarga erishildi.

Mustaqillik yillarida sodir etilgan iqtisodiy o‘zgarishlar

natijalariga berilgan bunday umumiy baho ham isloh qilish dastlabki

bosqichlarining asosiy vazifa va maqsadlari muvaffaqiyatli amalga

oshirilganligidan dalolat beradi.

Davlat iqtisodiy islohotlar o‘tkazish uchun huquqiy, tashkiliy

va iqtisodiy sharoitlar yaratish bilan birga ayrim korxonalarni,

sohalarni, ba’zan esa butun iqtisodni boshqarishning bozor

tamoyillariga o‘tishini ta’minlashga harakat qildi. Bunda davlat

boshqaruvi vazifalari va mexanizmlari tubdan o‘zgarib, ma’muriybuyruqbozlik

tamoyillari o‘rniga iqtisodiy va moliyaviy tartibga solish

tamoyillarining roli tobora kuchayib bordi.

Uchinchi bo‘lim. Sivilizatsiyalar — ijtimoiy-madaniy jarayon

161

Asosiy tushunchalar



oe Iqtisodiy integratsiya — mahsulot ishlab chiqaruvchilarning

mehnat taqsimoti tamoyillari asosida ixtisoslashuvi, zarur

huquqiy asoslarning yaratilishi, tovar va sarmoyalarning erkin

harakat qilishi.

oe Bozor iqtisodi — bu tovar ishlab chiqarish va aylanishi

qonunlariga ko‘ra tashkil etilgan ayirbosh, tovar munosabatlari

va pul muomalasining jami.

Takrorlash uchun savollar

1. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning shart-sharoitlari

haqida gapiring.

2. O‘zbekistonning xalqaro iqtisodiy koordinatsiyalashuv

jarayonidagi ishtirokini qanday izohlaysiz?

3. Iqtisodiy sohada «o‘zbek modeli»ning asosiy xususiyatlari

nimalarda ko‘rinadi?

4. O‘zbekistonning iqtisodiy taraqqiyotini belgilaydigan eng

muhim omillarni sanang va ularni izohlang.

5. Jamiyatda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda qanday

vazifalarni hal qilish belgilandi?

34-§. Jamiyatni erkinlashtirish

O‘zbekiston tanlagan yo‘l inson

manfaatlari to‘la himoya qilingan,

uning erki, ozodligi har tomonlama

huquqiy kafolatlangan fuqarolik jamiyatini shakllantirish

yo‘lidir. Bu albatta, inson ongi va tafakkurini o‘zgartirish,

turmush tarzini yangilash orqali ochiq jamiyatni vujudga

keltirishning yaxlit va to‘laqonli tizimini ishlab chiqishni, mazkur

tizimni ijtimoiy amaliyotga yo‘naltirish yo‘riqlarini barpo etishni

taqozo etmoqda.

Bunda birinchi omil eskilik va yangilik o‘rtasida goh oshkora,

goh yashirin kechuvchi ziddiyatlar mazmunida namoyon bo‘ladi.

Eski tuzum illatlari yashashni istaydi, shu boisdan u o‘z o‘rnini

bo‘shatishni xohlamaydi. Yangi tuzum g‘oyalari esa jamiyatni

yangilash zaruratidan kelib chiqadi va o‘zgarishlarni hayot-mamot

mohiyatiga, har bir fuqaro taqdiriga, ma’naviy va ruhiy

ehtiyojiga aylantirib boradi, yangitdan shakllanayotgan turmush

tarzi va dunyoqarashning mohiyatini tashkil etib, uni har

jihatdan himoya qiladigan fikr sifatida maydonga keladi. Bu

Fuqarolik jamiyati sari

6 — Shaxs va jamiyat

IV bob. O‘zbekiston mustaqilligi — yangi sivilizatsiyaviy bosqich

162

g‘oyaning yashashi va turmush tarziga aylanishi ko‘pincha eskilik



illatlari bilan kurashning naqadar og‘ir va hatto iztirobliligi,

ba’zi hollarda esa boshi berk ko‘chaga kirib qolganligi kabi holatlar

bilan belgilanadi.

Ikkinchi omil, fuqarolar ongi jamiyatni tubdan o‘zgartirish va

yangilash jarayonlariga siyosiy va ma’naviy jihatdan qay darajada

tayyorligi omilidir. Bu omil favqulodda muhim ahamiyatga ega bo‘lib,

mustamlakachilikning 130 yillik davrida aholining ijtimoiy-siyosiy

faolligi har tomonlama bo‘g‘ib kelingan, odamlar hamisha voqealar

ortidan ergashib yashashga o‘rganib qolgan edilar. Fikriy tanballik,

fikriy boqimandalik ko‘nikmalari vujudimizga chuqur singdirilgan

bo‘lib, shaxsiy nuqtayi nazarlar, individual mulohaza va xulosalar

ta’qib ostiga olinar edi. Shu boisdan ham Yurtboshimiz ijtimoiy

yangilanishlar muvaffaqiyati shaxsning individual erkinligi, voqelikni

nafaqat o‘zlashtiruvchi, balki o‘zining faol ishtiroki bilan

uni o‘zgartiruvchi subyekt sifatidagi o‘rni va roliga ko‘p jihatdan

bog‘liqligini asoslab berdi.

Uchinchi omil, yangilanishlar tizimini hayotga joriy etish va

chuqurlashtirish sharoitida fuqarolarni demokratik jarayonlarni

tashkil etuvchi, boshqaruvchi hamda faol himoyachisi sifatida

tayyorlash omilidir. Bu o‘ta murakkab, serqirra hamda vaqt talab

etadigan hodisadir. Chunki, mustamlakachilik davri illatlaridan

qutulish azobini, fikrlab yashash, aql-idrok yo‘rig‘i bilan kun

ko‘rish mashaqqatini yengish uchun insonga ichki iroda, ma’naviy

qudrat kerak. Ana shu iroda va qudratni uyg‘otish, shakllantirish,

unga quvvat baxsh etish oson ish emas.

O‘zbekiston fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lida inson ongi

va qalbi bilan bog‘liq bo‘lgan, uni isloh qilish, yangilash, ma’naviyruhiy

«ta’mirlash» kabi sermashaqqat yo‘ldan bordi. Bu juda

katta sabr-bardosh, siyosiy qudrat, siyosiy madaniyat va siyosiy

iroda talab etadigan ijtimoiy zaruratdir.

Prezident I.A.Karimov: «Aholimizning siyosiy faolligi hali

zamon talablari darajasida emasligini, hamon sust ekanligini

qayta-qayta aytishga to‘g‘ri kelmoqda. Tan olishimiz kerak: eski

andozalardan to‘liq qutila olmayapmiz. Barcha muhim qarorlar

yuqoridan qabul qilinib, bizlarni bor-yo‘g‘i itoatli ijrochilarga,

ba’zan o‘ylanmay qabul qilingan qarorlar qurboniga aylantirgan

ma’muriy-buyruqbozlik, mustabid tuzum illatlaridan judo bo‘lishimiz

qiyin kechyapti», — degan edi. Bu jamiyatni erkinlashtirish

va shu asosda demokratik jarayonlarni chuqurlashtirishda eng

katta g‘ov bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy holatlardan

biridir.

Siyosiy madaniyat, siyosiy ong darajasi jamiyat hayotida inson

Uchinchi bo‘lim. Sivilizatsiyalar — ijtimoiy-madaniy jarayon

163


ishtirokining qandayligini belgilaydi. Zotan, siyosiy madaniyat va

siyosiy ong yuksak bo‘lgan joyda odamlar hokimiyat ishida faolroq

ishtirok etishadi. Qarorlar qanday qabul qilinishi, uning ijrosi

qanday nazorat qilinayotganligini kuzatib borishadi, munosabat

bildirishadi. O‘z hayotlariga daxldor bo‘lgan ma’muriy tadbirlarga

befarq qarashmaydi. Aksincha, ularni tayyorlashda ishtirok etishadi,

natijada qarorlar ijrosi uchun o‘zlari manfaatdor sifatida mas’uliyatni

his qilishadi.

O‘zbekistonda nodavlat va jamoat

tashkilotlari faoliyatini chuqurlashtirishning

o‘ziga xos tizimi mavjud.

Davlat bosh islohotchi sifatida bunga

alohida e’tibor beradi. Prezident I.A.Karimov Oliy Majlisning

XIV sessiyasi (1999-yil 14-aprel)da so‘nggi besh yil ichida mamlakatimizda

jamoat birlashmalari va nodavlat tashkilotlar soni 1500

taga ko‘payib, 2300 taga yetganini, ular endi odamlarning ijtimoiy

fikrini shakllantirishda faol ta’sir ko‘rsatayotganini alohida ta’kidladi.

Ana shu misolning o‘zi jamiyatimizda erkinlashtirish jarayonining

ko‘lami va miqyosini belgilaydi.

Prezident I.A.Karimov aholining siyosiy faolligini kuchaytirish,

jamiyatda manfaatlar va qarama-qarshi kuchlar o‘rtasida muvozanatni

ta’minlaydigan kuchli mexanizmlarni shakllantirish zarurligiga

alohida e’tibor beradi. Bu mexanizm, eng avvalo, jamiyatni

erkinlashtirish orqali odamlarning saylovlarga munosabatini

o‘zgartirishni, yaqin o‘tmishimizga xos xususiyat bo‘lgan soxta

saylovbozlik va siyosiy o‘yinlardan voz kechishni taqozo etadi.

Odamlar o‘z manfaatlari va maqsadlarini amalga oshirish, haqhuquqlarini

himoya qilish uchun saylovlarda ishtirok etish zarurligini

anglay boshladilar. Saylash va saylanish huquqi har bir fuqaro

siyosiy faolligini, jamiyat taraqqiyotiga daxldorligini belgilovchi

omil sifatida namoyon bo‘lmoqda.

O‘zbekistonda saylovlar o‘tkazishning demokratik tamoyillari

jahon saylov o‘tkazish tajribalari asosida dunyoga keldi va

shakllanmoqda. Fuqarolar esa uni to‘la-to‘kis qo‘llab-quvvatlamoqda.

Inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, uning ehtiyojlarini

qondirishda davlat qurilishi, boshqaruv tizimi va jamiyatni

erkinlashtirish alohida ahamiyatga ega. Bu borada Prezident

I.A.Karimov mustaqillikning dastlabki yillaridayoq mamlakatning

strategik maqsadlarini aniq va ravshan ifodalab berdi va davlat

vakolatlarini asta-sekinlik bilan, bosqichma-bosqich nodavlat va

jamoat tashkilotlari zimmasiga o‘tkazish, fuqarolarning o‘zinio‘

zi boshqarish organlarining rolini oshirib borish orqali demokratik

Davlat va nodavlat

tashkilotlar

IV bob. O‘zbekiston mustaqilligi — yangi sivilizatsiyaviy bosqich

164


jarayonlarni chuqurlashtirish zarurligini aytgan edi. Ana shu

tamoyilning o‘zi fuqarolarning bir jihatdan erkinligi va ozodligini

ta’min etsa, ikkinchi tomondan o‘z hayotlarini izga solishga,

demakki, jamiyatni boshqarishga ishtiyoqini kuchaytiradi. Shaxs

o‘zini jamiyat hayotining hamma sohalariga daxldor, uning oldida

burchli va mas’uliyatli ekanligini anglab boradi. Bu mamlakatda

amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy va huquqiy islohotlar singari

insonni «isloh» qilish, yangi jamiyat fuqarosini shakllantirish,

eski tuzumda tug‘ilib, dunyoqarashlari cheklangan insonni

«yangilash», tasavvurini kengaytirish singari «insoniy islohotlar»-

ning samarasini ko‘rsatadi.

Prezident I.A.Karimov taraqqiyotning O‘zbekistonga xos va

mos tamoyillarini ishlab chiqar ekan, avvalo, yaratilajak jamiyat

qanday bo‘lishiga e’tibor beradi va O‘zbekistonda bunyod etiladigan

jamiyat barcha «izm»lardan xoli va u qanday nomlanishidan qat’iy

nazar, adolatli, xalqchil, insonparvar jamiyat bo‘lmog‘i lozim

ekanligiga alohida urg‘u beradi.

Shuning uchun ham, mamlakat ichki va tashqi siyosatining

asosiy yo‘nalishlari pirovard natijada chinakam mustaqil O‘zbekistonda

yangi, adolatli jamiyat barpo etishga qaratildi. «Respublikada

sobitqadamlik bilan xalqchil, adolatli jamiyatni bunyod etish —

bosh vazifadir, — deb uqtiradi Prezident. Bu boradagi fikrini

davom ettirib, u «O‘zbekiston — kelajagi buyuk davlat. Bu —

mustaqil, demokratik, huquqiy davlatdir. Bu — insonparvarlik

qoidalariga asoslangan, millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy

e’tiqodlaridan qat’yi nazar, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini

ta’minlab beradigan davlatdir. Xalq davlat hokimiyatining manbayidir

», degan qoidani ilgari surdi.

Ijtimoiy hayot, mamlakatda yuz

berayotgan jiddiy o‘zgarishlar va

inson hayoti daxlsizligi omilining

chuqurlashuvi shaxsning davlat va

jamiyatga bo‘lgan munosabatlariga doir yangidan yangi muammolarni

keltirib chiqaradi. Odamlar esa ana shu muammolarni

birin-ketin hal etish jarayonida o‘z erki va haq-huquqlarini himoya

qilib boraveradi. Jamiyat taraqqiyotiga mos ravishda aholi

«tarbiyalanib», shakllanib, barkamollashib boradi. Ayni paytda biz

xuddi ana shunday jarayonlarni boshdan kechirayapmiz.

Yuqoridagi xulosalardan kelib chiqib Prezident I.A.Karimov

mamlakatning siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat

qurilishini yanada erkinlashtirishning yangi konsepsiyasini ishlab

chiqdi. Unda quyidagi masalalarga alohida e’tibor berildi:

— demokratik institutlar faoliyatlari ko‘lamlarini kengaytirish;

Erkinlashtirish

konsepsiyasi

Uchinchi bo‘lim. Sivilizatsiyalar — ijtimoiy-madaniy jarayon

165

— aholining siyosiy faolligini kuchaytirish va siyosiy madaniyatini



oshirish;

— jamiyatda manfaatlar, turli xil qarashlar, siyosiy va e’tiqodiy

raqobatlar o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash;

— jamoat birlashmalarining hozirgi bosqichdagi ijtimoiy mavqeyini

oshirish;

— siyosiy partiyalar faoliyatini takomillashtirish;

— iqtisodiy hayotni erkinlashtirish;

— davlat qurilishini erkinlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish;

— hokimiyat bo‘linishi prinsipining insoniyat tomonidan umume’tirof

etilgan tamoyillarini amalda qo‘llash;

— davlat hokimiyati organlarining vakolatini nodavlat va jamoat

tashkilotlariga o‘tkazish va boshqalar.

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yalpi yangilanishlar

jarayonida yuqoridagi tamoyillar alohida o‘rin tutadi. U demokratiya

jarayonlarini chuqurlashtirishda, jamiyatni erkinlashtirishda,

fuqarolar siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirishda muhim ahamiyat

kasb etadi. Ayni paytda tub o‘zgarishlarning «o‘zbek modeli» sifatida

jahon islohchilik tajribasiga o‘ziga xos va o‘ziga mos hissa bo‘lib

qo‘shiladi. Boshqacha qilib aytganda, jamiyatni erkinlashtirishning

bunday tamoyillari O‘zbekistonda vujudga keltirildi va ijtimoiy

boshqarishning xalqaro andozalariga muvofiq samarali yo‘nalishi

sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Asosiy tushunchalar

oe Erkinlashtirish — O‘zbekiston jamiyati hayotining barcha

sohalarida rivojlanishga xalaqit beradigan to‘siqlarni bartaraf

etish, qonun doirasida ijodiy faoliyat ko‘rsatish.

oe Inson omili — erkinlashtirish jarayonining muvaffaqiyati

oxir-oqibatda konkret insonga bog‘liqligini ifodalaydigan

tushuncha.

Takrorlash uchun savollar

1. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirishning asosiy

omillari qaysilar?

2. Jamiyatni erkinlashtirish omillari haqida gapiring.

3. Davlat vakolatlarini jamoat tashkilotlari zimmasiga o‘tkazish

tamoyilining mohiyati nimada?

4. Prezident I.Karimovning davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirish

konsepsiyasining asosiy tamoyillarini izohlang.

IV bob. O‘zbekiston mustaqilligi — yangi sivilizatsiyaviy bosqich

166

5. Ijtimoiy faollik va jamiyatni erkinlashtirish o‘rtasidagi



bog‘liqlik haqida gapiring.

6. I.Karimov ta’limotida inson tafakkurini yangilash tamoyilini

izohlang.

7. Erkinlashtirishda nodavlat va jamoat tashkilotlari qanday

o‘rin tutadi?

35-§. Ma’naviyat — ijtimoiy taraqqiyotni

harakatlantiruvchi kuch

Qadriyatlarga munosabatni o‘zgartirish,

uni tiklash, mavqeyini oshirish,

xalq madaniy mulki sifatida

qadrlash masalasi O‘zbekistonni

yangi ijtimoiy-siyosiy tuzum talablari doirasida umumiy isloh

qilishning muhim bo‘g‘iniga aylantirildi. Qisqa davr mobaynida

xalqning azaliy udumlari, asrlar sinovidan o‘tgan milliy an’analari

qaytadan tiklandi. Xalqimiz o‘z taraqqiyotining yangi bosqichini

milliy tiklanish va madaniy yangilanish borasidagi vorislik

huquqlarini qo‘lga kiritish asnosida amalga oshira boshladi. Milliy

qadriyatlarni milliy g‘urur va iftixorni shakllantirish ishlariga xizmat

qildirish, kelajakka qat’iy ishonch bilan qarash omiliga aylantirish

jarayonlari faollasha boshladi.

I.A.Karimov asarlarida ma’naviyat ijtimoiy taraqqiyotning

bosh harakatlantiruvchi kuchi sifatida asoslanadi va amaliyotning

barcha jabhalarida sinovdan o‘tkazilib, hayotchanligi va haqqoniylik

darajasi yuqoriligi ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan isbotlab

beriladi.

Tanlanayotgan ma’naviyat nafaqat mamlakatimizning ko‘p

mingyillik tarixi, ijtimoiy taraqqiyotining barcha jabhalariga bevosita

ta’sir ko‘rsatgan, ayni chog‘da xalqimiz mentaliteti ham ma’naviy

qadriyatlar asosida shakllangan va Sharq sivilizatsiyasi bevosita

ma’naviyat, ilm-fan, axloq, ruhiy poklik asosida yuzaga kelgan.

Xuddi shu jihatdan ham Sharq insoniyat taraqqiyotiga, jahon

sivilizatsiyasiga o‘ziga xos madaniyat va ma’rifat olib kirgan.

Ma’naviyat o‘z navbatida jamiyatning ham umumiy manzarasiga,

ham har bir shaxs intellektual-ruhiy qiyofasiga mutanosib

ta’sir ko‘rsatadi. Fuqarolarning ma’naviy-ma’rifiy darajasi esa o‘z

navbatida jamiyatning umumiy holatini o‘zgartiradi. Yangilangan

axloqiy yetuklik va ijtimoiy ong jamiyat taraqqiyotini belgilaydi va

yalpi taraqqiyotning yangidan yangi imkoniyatlarini vujudga

keltiradi. Ta’kidlash joizki, har bir yangi avlod yangi tarixni

taqozo etadi, uni yaratadi, takomillashtiradi.

Milliy-ma’naviy

tiklanish

Uchinchi bo‘lim. Sivilizatsiyalar — ijtimoiy-madaniy jarayon

167


O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan

keyin dolzarb muammolardan

biri — yangi tarixiy sharoitlarda

o‘zgarayotgan jamiyatga munosib har

tomonlama yetuk va barkamol kishilarni tarbiyalash edi. Bu o‘z

navbatida bir necha o‘n yillar mobaynida xalqdan begonalashtirib

kelingan ma’naviy mulk va madaniy merosni sinfiy-partiyaviy

mafkura tomonidan taqiqlangan madaniy boyliklarni unga qaytarish

hamda qadriyatlarning yanada kamol topishi uchun keng

imkoniyatlar ochish vazifalaridan iborat edi. O‘zbekiston Prezidenti

I.A.Karimov o‘zining «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot

yo‘li» kitobida «O‘zbekistonning milliy-madaniy jihatdan g‘oyat

rang-barangligi, milliy o‘zligini anglash va ma’naviy qayta

tiklanishning kuchayib borishi bilan uzviy birlikda jamiyatni

yangilash, uni ochiq jamiyatga aylantirish uchun qudratli omil

bo‘lib xizmat qiladi va respublikaning jahon hamjamiyatiga

qo‘shilishi uchun qulay sharoitlarni vujudga keltiradi», deb

ko‘rsatgan edi.

Darhaqiqat, ijtimoiy-siyosiy hayotda amalga oshirilgan yalpi

ma’naviy yangilanishlar komil inson shaxsini tarkib toptirish uchun

zarur shart-sharoitlarni yuzaga keltirdi va istiqlol yo‘lini har

tomonlama mustahkamlash uchun xalqni yalpi safarbar qila olish

imkonini berdi. Shuning uchun ham mamlakat rahbari I.A.Karimovning

istiqlolning dastlabki paytidanoq bu borada zarur choralar

ko‘rilishining tashabbuskori va sobitqadam amaliyotchisi sifatida

nechog‘li katta mas’uliyatlar yuki ostida faoliyat ko‘rsatib kelganligi,

millat ozodligi yo‘lida yuksak fidoiylik va siyosiy jasorat namoyon

etganligi ravshanlashadi.

Qadriyatlar ma’lum bir xalqning ko‘p mingyillik tarixiymadaniy

tajribasi sifatida shakllangan turmush tarzi, tafakkuri

mahsuli bo‘lib dunyoga keladi. Xalqimizning azaliy udumlari, urfodatlari,

an’analari insoniy va milliy mansublik ifodasidir.

Qadriyatlar muayyan millat va xalqlarning shonli va musibatli

o‘tmishi, tarixiy-madaniy tajribalari, saboqlari, surur va baxtiyor

damlarining ifodasi sifatida namoyon bo‘lsa, urf-odatlar, rasmrusum

va marosimlar turmush tarzining shakliy ko‘rinishlari sifatida

xalq hayotining ma’naviy-axloqiy negizlarini tashkil etadi.

Qadriyatlar hamisha muayyan faoliyatlar tarzida namoyon

bo‘lib, kishilarning voqelikka bo‘lgan munosabatlari mazmunini

ifoda etadi hamda ularning fe’l-atvorlari, sa’y-harakatlari yo‘nalishlarini

belgilaydi.

Ko‘pqirrali islohotlar davrida, jamiyat mentaliteti tubdan o‘zgarayotgan,

tuzum yangi mazmun va tartibotlarga kirayotgan bir

Jamiyatga munosib shaxsni

tarbiyalash

IV bob. O‘zbekiston mustaqilligi — yangi sivilizatsiyaviy bosqich

168

paytda aholi ma’naviy-ruhiy ehtiyojlariga mos keluvchi, xalqni



istiqbolga yetaklovchi hayotbaxsh intilishlar ifodasi bo‘lgan g‘oyalar

va maqsadlar bilan qurollantirish katta ahamiyatga egadir.

Shunday ekan, islohotlar samarasi xalq dunyoqarashi, madaniy

va ma’naviy qadriyatlariga ongli munosabati bilan bevosita bog‘liq

hodisadir. Agar yangilanishlar odamlar ongi va dunyoqarashi,

qalbi va ruhiyati orqali o‘zini namoyon etsa, u yashovchan va

samarali bo‘ladi. Shuning uchun ham O‘zbekistonda davlatning

yangilanishlar strategiyasi sifat jihatidan o‘zgarayotgan jamiyat,

yangicha tafakkur asosida vujudga kelayotgan ijtimoiy guruhlarning

qadriyat mo‘ljallari bilan uyg‘unlashib ketgan.

Madaniyat va ma’rifatning ustuvor hodisa sifatida talqin etilishi

ma’naviy voqelik sifatidagi takomillashuv jarayonining chin

insoniylik mohiyatini belgilaydi. Inson ayni ana shu qadriyatlar

orqali kamolotga yetadi, hayotda, jamiyatda o‘z mavqeyiga, o‘rniga,

nufuziga ega bo‘ladi. Inson faoliyatlari mahsuli ayni ana shu

ma’naviyat va ma’rifat orqali qadriyatga aylanadi.

Prezident I.A.Karimovning qadriyatlar ustuvorligi konsepsiyasi

xuddi ana shu jihatlar tufayli ham qimmatli. U ma’naviyatni,

ma’rifatni jamiyatning yo‘naltiruvchi kuchi deb biladi. Ana shu

nuqtayi nazardan ham «Men ma’rifatli jamiyat qurmoqchiman»

deydi. Ma’rifatli jamiyatda esa inson, ma’naviyat, axloq, tafakkur

mezonlari hal qiluvchi mazmun kasb etadi. Shuning uchun ham

I.A.Karimov mustaqillikning dastlabki yillaridayoq «Ma’naviy

sog‘lom, kuchli jamiyatgina islohotlarga tayyor bo‘ladi» degan edi.

Mamlakatimiz Prezidenti mamlakat istiqboliga doir tadbirlar


Yüklə 3,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə