O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus



Yüklə 3,28 Mb.
səhifə53/58
tarix06.05.2018
ölçüsü3,28 Mb.
#42512
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58

qadriyatlar ma’nosida tushuniladi. «G‘arb»chilikning ildizi antik

davrga, xususan Rimning rivojlanib jahoniy mavqega ega bo‘lish

davriga borib taqaladi.

Yunonlardagi ravnaqda tashqi omilning o‘rni katta bo‘lgan. Ular

finikatsiyaliklardan yozuvni, suryoniylardan qumdan oyna

tayyorlashni, dengiz hayvonlaridan bo‘yoq olishni o‘rganganlar,

Antik dunyo

sivilizatsiyasi

II боб. Jahon jarayonlarining sivilizatsiyaviy talqini

108

misrliklar va bobilliklardan aniq bilimlar yutuqlarini o‘zlashtirganlar.



Albatta, Sharqning yunonlarga ta’siri bu bilan tugamaydi. O‘rta

Yer dengizida kemachilikning rivojlanishi va savdo aloqalarining

kengayishi bularning eng samarali natijalaridan edi.

Antik sivilizatsiya tarixi miloddan oldingi IX—VIII asrlardan

boshlangan deb hisoblanadi va uning tarixi uch — arxaik (IX—

VII asrlar), mumtoz (VI—V asrlar) va inqiroz (yangi eraning IV

asri) bosqichlariga bo‘linadi.

Arxaik bosqichda polis tuzilmalari (shahar davlatlari) tashkil

topgan va yunon etnosining o‘z-o‘zini anglash jarayoni yuz bergan.

Yaratilgan antik sivilizatsiyaning mazmunini qullar mehnatidan

foydalanib ustun darajada bozorga yo‘naltirilgan, xususiy tovar

ishlab chiqarishga asoslangan xo‘jalik yurgizish talqin etgan. Bunga

jamoalar, shahar-davlatlarning o‘z-o‘zini boshqarishi amalda

bo‘lishida markazlashgan hokimiyatning nisbatan kuchsizligi

sharoitida erishilgan.

Mumtoz bosqich yunon sivilizatsiyasining eng gullab-yashnagan

davridir. Afina hokimi Solon tashabbusi bilan qabul qilingan

qonunlar kuchga kirishi bilan Yunonistonda xususiy mulkchilikka

asoslangan shunday tuzilma maydonga keldiki, bunday institut

dunyoning biron boshqa joyida bo‘lmagan edi. Gap bu yerda xususiy

mulkchilikning ehtiyojlariga javob beradigan siyosiy-huquqiy tizim —

demokratik o‘z-o‘zini boshqarish to‘g‘risida boradi. Afinada aholining

turli qatlamlaridan bo‘lgan demos bilan aslzodalar o‘rtasidagi

kurashda urug‘ aslzodalari mag‘lub bo‘lgandan so‘ng hukmdorlarning

yakka diktaturasi barham topgan edi.

Bu o‘rinda polis a’zolari teng huquqli fuqarolar sifatida

o‘zlarining zarur majburiyatlariga muvofiq jamoat ishlarida va polisni

boshqarishda ishtirok etishi mumkin edi.

Bu quldorlik tuzumi demokratiyasi fuqarolarga (qullarga emas)

ular manfaatlarini himoyalashning xususiy huquqiy kafolatlarini

ham bergan ediki, natijada insonning ijodiy salohiyatini o‘stirishga,

uning quvvati, tashabbuskorligi va ishbilarmonligini oshirishga xizmat

qiladigan ijtimoiy-madaniy tamoyillar tizimi yaratilgan edi. Bular

oxir-oqibatda antik dunyoda hozirgi zamon tili bilan aytganda fuqarolik

jamiyati muayyan asoslari yo‘lga qo‘yilganligini bildirar edi.

Uchinchi bosqichda polislik tamoyillar (fuqarolik, avtarkiya,

avtonomiya) tovar-pul munosabatlari rivojlanishiga xalaqit bera

boshlagan edi. Yunon sotsiumi, Aflotun aytganidek, «bir-biriga

dushman bo‘lgan ikki — kambag‘alllar va boylar davlatiga bo‘linib

ketadi». Polis axloqini shaxsiyatparastlik, yangi qudratlar —

«kumush va oltin» va ichki urushlar egallab, Yunonistonning

siyosiy mustaqilligini yo‘qotib, sivilizatsiya sifatidagi ahamiyatini

Uchinchi bo‘lim. Sivilizatsiyalar — ijtimoiy-madaniy jarayon

109


bahram topishiga olib keldi. Albatta, bu sivilizatsiya mutlaqo o‘chib

ketmadi, balki o‘zidan keyingi ellin davri uchun hal qiluvchi

zamin tayyorladi.

Ellin davri (miloddan avvalgi IV—II asrlar) sivilizatsiyasi

o‘zining qator belgilariga ega edi: sharq despotizmi bilan yunon

polisi qo‘shilishidan hosil bo‘lgan ellinistik monarxiya; quldorlar,

qullar, o‘rta qatlam; mayda mulkdorlar — quyi qatlam; qishloq va

shaharlar kambag‘allaridan iborat bo‘lgan ijtimoiy tarkib; ta’lim

tizimi, me’morchilik, fan, falsafa, san’at va dindagi yunon tamoyillarini

ifodalaydigan madaniyat.

Ellinizm o‘rniga kelgan Rim sivilizatsiyasining asosiy qadriyatlari

vatanparvarlik, tez-tez urushlar olib borish, fuqarolarning Vatan

oldidagi burchlarini ifodalash uchun mardlik, chidamlilik,

to‘g‘rilik, vafodorlik ko‘rsatishlari, intizom va qonunga bo‘ysunuvchi,

xudoga itoat etuvchiligi bo‘lgan. Rimning gullab-yashnashi eng

yuksakka ko‘tarilgan, rivojlangan respublika davrida shahar va

fuqarolarning mustaqilligi, erkinligi, xalqning oliy hokimiyati

jamiyatning asosi bo‘lib xizmat qilgan. Fuqarolik tushunchasi keng

ma’no kasb etgan, ilgari yerga egalik qilishdagi jamoaviylikdan

xususiylik kuchaygan, Rim O‘rta Yer dengizi imperiyasining tashkil

topishi xalq majlisining barham topishiga olib kelgan va uning

o‘rnini davlat hokimiyatiga tayanadigan tamoyillar egallagan edi.

Iso payg‘ambar dini bo‘lgan nasroniylik

Rim saltanatida to‘la hukmron

bo‘lgunigacha yangi eraning bir necha

asri o‘tgan. 476-yil G‘arbiy Rim saltanatining so‘nggi nuqtasi

bo‘ldi. Shimoldan kelgan «varvarlar» Rimning so‘nggi imperatorini

qulatgan edi. Deyarli, barcha shaharlar yondirildi, hunarmandchilik,

savdo-sotiq to‘xtadi, portlar va yo‘llar huvillab qoldi. Rim

shahrining ko‘rkam maydonlari o‘rniga g‘alla ekilib, mol boqiladigan

bo‘ldi. Rim saltanati o‘rnida avvalgi ko‘rinishida quldorchilik barham

topib, asosan aholi dehqonlardan iborat bo‘lib qoldi. Ijtimoiymadaniy

jarayonning yangi shakli qaror topdi.

Sharqiy Rimda — Vizantiyada esa o‘tmish sivilizatsiyasining asosiy

jihatlari saqlanib qolgan bo‘lsa-da, kishilar hayotini tashkil etishning

feodal shakli asta-sekin belgilovchi mavqega ega bo‘la bordi.

Sivilizatsiyaviy tasodifga ko‘ra bu o‘zgarishlarning ma’naviy asosi

nasora dini hisoblandi. Uning jamiyat hayotiga ta’sirini, ayniqsa,

sakkiz marta amalga oshirilgan salb yurishlarda ko‘rish mumkin.

Shuningdek, mavjud davlat tuzilmalari ham din instituti qo‘llabquvvatlanishi

bilan amalda bo‘lgan. Natijada garchi papa va shoh

bir davlat doirasida farqlansada, ammo, diniy hokimiyat bilan

dunyoviy hokimiyat o‘rtasidagi farqni ko‘rish qiyin bo‘lgan.

Nasroniy sivilizatsiya

II боб. Jahon jarayonlarining sivilizatsiyaviy talqini

110


Bunday sharoitlarda antik davr sivilizatsiyasidan farqli holda

fan bilimlariga katta zaruriyat bo‘lmagan, mavjud bilimlar ham

cherkov ta’sirida bo‘lgan. Dunyoviy fan olimlari tevarak-atrofni

obyektiv o‘rganishga intilishgan. Diniy ulamolar esa ruh va axloq,

e’tiqod va Xudo yagonaligi atrofida fikr yuritishgan.

Yevropaliklar ancha vaqt davomida

Yer yuzining ko‘pgina qismlari

to‘g‘risida hech qanday obyektiv—

haqqoniy tasavvurga ega bo‘lmagan.

Faqat keyinroq hunarmandchilik, savdo hamda dengiz sayohatlari

ehtiyojlari fanga bo‘lgan talabni oshirgan.

Yevropada birinchi universitetlar paydo bo‘la boshladi. XV asrda

bu yerda 60 tacha universitet bor edi. Ular orasida Parij, Bolone,

Oksford, Praga oliy o‘quv yurtlari mashhur bo‘lgan.

Yevropa sivilizatsiyasi doirasida XI asrdanoq hukmron doiralar

qadimgi Rim me’morchiligi yo‘lida, ya’ni Roman usulida binolar

barpo eta boshlagan. Keyinroq gotik usulda imoratlar paydo bo‘lgan.

Binolar haykallar va turli rasmlar bilan bezatilgan, shuningdek,

bu davrda ritsarlik, shaharlar badiiy adabiyoti ham rivojlanib,

kitob bosish ixtirosini tezlashtirdi. Moddiy texnika taraqqiyotiga

ehtiyoj tug‘ilib, suv dvigatellari, metallurgiya alohida soha sifatida

maydonga keldi.

Amerika va Avstraliyaning kashf etilishi, Osiyo Sharqu

Janubining o‘rganilishi, o‘zlashtirilishi mamlakatlar va xalqlar

taqdirida chuqur iz qoldirdi: Qit’alararo savdo aloqalari paydo

bo‘ldi. Ikkinchidan, yangi hududlarni o‘zlashtirishda foydalanish

uchun qulchilik muayyan ma’noda yana yo‘lga qo‘yildi. Yevropa

jamiyati zaminida boshlangan kapitalistik munosabatlarning

rivojlanishiga imkoniyatlar kengaydi.

Tug‘ilib kelayotgan burjuaziya uchun o‘qimishli kishilar maxsus

tayyorlanishi lozim edi. Tayyorgarlik o‘z ichiga kishilarning tabiatga

qiziqishini, o‘tmishini o‘rganishini, feodal tartiblar va dinga tanqidiy

munosabatni va hokazolarni keltirib chiqarmasligi mumkin emas

edi. Bu jarayon markazida inson fenomeni turgan. Shunga ko‘ra

insonparvarlik (gumanizm) g‘oyasi alohida mavqe egallagan.

Gumanistlar o‘tmish, xususan, arab-islom sivilizatsiyasi orqali

saqlab qolingan va rivojlantirilgan antik dunyo madaniyatini kashf

qildilar va buni uyg‘onish (renesans) deb atadilar. O‘z navbatida

renesans fan va madaniyatda katta o‘zgarishlar qildi. Lekin bu

jarayonlar G‘arbiy Yevropa hayotida belgilovchi ta’sirga ega bo‘lgan

katolik cherkovining islohoti (reformatsiya)siz poyoniga yetmagan

bo‘lur edi.

Umuman olganda insoniyatning antik dunyo yemirilishidan

Ma’naviy o‘zgarishlar va

geografik kashfiyotlar

Uchinchi bo‘lim. Sivilizatsiyalar — ijtimoiy-madaniy jarayon

111

boshlangan va renesans bilan tugagan xiyla uzoq tarixi o‘tmishga



qaraganda ancha ko‘p moddiy va ma’naviy qadriyatlarni vujudga

keltirdi.

Inson ratsional tafakkuri renesans

va reformatsiya ta’sirida O‘rta asrlarni

tanqid ostiga olib undan chiqish

yo‘lini izlay boshladi.

Ma’lumki, XIV asr o‘rtalariga qadar Yevropa rivojlanishi ko‘p

jihatlardan Sharq sivilizatsiyasi ta’sirida bo‘ldi. Yevropaliklarning

arab-musulmon sivilizatsiyaisidan o‘zlashtirgan jihatlari sezirarli

bo‘lgan. Abbosiy xalifalar Yevropaga harbiy xavf tug‘dirmaganlar,

aksincha u yoqdan bo‘lib turgan salb yurishlari ular uchun jiddiy

muammolarni keltirib chiqardi.

So‘nggi o‘rta asrchilikda Yevropada mutlaqlik (absolyutizm)

maqomida qaror topgan milliy davlatlar mavjud feodal tarqoqliklarga,

mayda-mayda mulklarning kuch huquqiga tayanuvchi egalari

jilovini xiyla tortgan. Absolyutizm hukmdorlari Rim papasi bilan

raqobatda dunyoviylikka moyil edi va bu o‘z natijalarini ko‘rsatdi.

Ularni aholining uchinchi tabaqasi, byurgerlar va klerikalizmga

qarshi kuchlar qo‘llab-quvvatladilar.

Reformatsiya ana shular bilan kengayib, yangi ijtimoiy

harakatchilikning — ma’rifatparvarlikning maydonga kelishiga turtki

bo‘ldi. Ma’rifatparvarlar aql-idrokning tantanasi uchun kurashdilar.

Ular dunyoni bilishning, kishilar hayotini takomillashtirishning

vositasi sifatida diniy fatalizmdan xoli bo‘lgan «aqlning tabiiy

nuri»ni ko‘rdilar. Erkin va faol insonning davlat va cherkov

tomonidan bo‘ladigan majbur etish shakllari bilan hech qanday

cheklanmagan barcha intilishlarni va ehtiyojlarni aql-idrokka muvofiq

deb hisobladilar. Tabiat tomonidan berilgan haq-huquqlari uchun

kurashayotgan insonni «tabiiy inson» deb tushunganlar. «Erkinlik»,

«tenglik», «birodarlik» shiorlari «tabiiy inson» huquqlari o‘rtasidagi

belbog‘ bo‘lish lozim, deb hisoblangan.

Yevropa mamlakatlarida ma’rifatparvarlik harakati turlicha bo‘lgan.

Alohida olingan mamlakatlar ma’rifatparvarlari o‘rtasida ham, turli

mamlakatlararo ma’rifatparvarlik harakatlari o‘rtasida ham farqlar,

keskin kelishmovchiliklar mavjud edi. Lekin ma’rifatparvarlarning

keng qamrovliligi, ong-bilim darajasi, tabiat, kishilik dunyosi,

davlatchilik to‘g‘risida qarashlaridagi umumiylik belgilovchi

hisoblanadi. Angliyada ma’rifatparvarlik XVII asrda boshlanib, asosan

diniy va siyosiy xarakterda bo‘lgan. Uning yirik vakili ingliz faylasufi,

ruhshunosi va pedagogi Jon Lokk (1632—1704) xalq suvereniteti

asosida tuzilgan konstitutsiyaviy hukumat tarafdori bo‘lib, davlat

faoliyatini zaruriy cheklashni yoqlagan. Xudo haqida cherkovga emas,

Ma’rifatparvarlik va

Yevropada yangi

sivilizatsiyaning boshlanishi

II боб. Jahon jarayonlarining sivilizatsiyaviy talqini

112

balki aql-idrokka quloq tutish zarurligini ta’kidlagan Lokk tabiiy



huquqni insonning mohiyatida namoyon bo‘ladi, deb hisoblagan.

Fransiyada ma’rifatparvarlik qat’iy ma’noda mumtoz va barkamol

tarzda namoyon bo‘ldi. U XVIII asr boshlarida vujudga kelib,

absolyut siyosiy hokimiyatning inqirozi sharoitlarida rivojlandi. 1789-

yilgi inqilob, qirollikning yiqilishi va yakobinchilar diktaturasi

davrigacha davom etdi. Uning yirik vakillari faylasuf va yozuvchilar

F.M.A.Volter (1694—1778), J.J.Russo (1712—1778), faylasuf,

tarixchi va huquqshunos Sh.Monteskye (1689—1755) va boshqalar

bo‘lgan. Bular safiga keyinroq yirik mutafakkir qomuschilar D.Didro

(1773—1784), J.Lametri (1709—1751) va boshqalar qo‘shilgan

edilar. Bu mutafakkirlar uchun aql-idrok inson barcha muammolarini

hal etishga qodir bo‘lgan so‘nggi bosqich ekanligi ta’kidlangan.

Ular hurfikrlilik, demokratizm, antiklerikalizm, siyosiy radikalizm

g‘oya-larini ilgari surishgan. Russoning «Ijtimoiy shartnoma

to‘g‘risida» (1762) asari «inson erkin bo‘lib tug‘ilsa-da, u hamma

joyda arosatdadir», degan so‘zlar bilan boshlanadi. Bu so‘zlar

keyingi yuz yilliklar davomida aks sado berdi.

Germaniyada G.E.Lessing (1729—1791), I.V.Gyote (1794—

1832), F.Shiller (1759—1805), I.G.Gerder (1794—1803) va

boshqalarning yozuvchilik va faylasuflik ijodida namoyon bo‘lgan

ma’rifatparvarlik bu mamlakatda Immanuil Kantdan (1724—1804)

boshlab rivojlangan, mumtoz falsafa ravnaqiga jiddiy turtki bo‘lgan

edi. Nemis ma’rifatparvarligida radikal siymolardan tortib, eng

mo‘tadil siymolargacha bo‘lishgan. Ularga xoslik dastavval shunda

ko‘ringanki, bu ma’rifatparvarlarning barchasi uchun nemis xalqining

milliy birligi g‘oyasi, uning o‘z madaniyati erkin rivojlanishi

huquqi masalalari edi. Bular keyinroq yagona german davlatlarining

tashkil topishiga ko‘mak berdi.

Ma’rifatparvarlikning alohida iz qoldirgan ko‘rinishlaridan biri

— bu Shimoliy Amerikalik olim va davlat arbobi, AQSH

mustaqilligi deklaratsiyasi va Konstitutsiyasi mualliflaridan biri

B.Franklin (1706—1790), faylasuf, «Sog‘lom aql» pamfletining

muallifi T.Peyn (1737—1809), AQSHning uchinchi prezidenti,

«AQSH mustaqilligi Deklaratsiyasi» mualliflaridan biri T.Jeffersonning

(1743—1826) falsafiy, siyosiy-huquqiy faoliyatlari natijalari

bo‘lgan edi. Ular AQSHning birinchi prezidenti etib saylangan

J.Vashington (1732—1799) bilan birgalikda inson huquqlari

muammosiga fundamental tus berib, bularni fuqaroviy jamiyatda

barcha erkinlik va huquqlarning siyosiy, axloqiy va huquqiy asoslari

tarzida qaradilar. Albatta, inson huquqlari zarur darajada ta’minlanmasa

huquqiy davlatning shakllanishi amalga oshmaydi, — deb

ta’kidlangan edi. Amerikalik ma’rifatparvarlar, Amerika inqilobi

Uchinchi bo‘lim. Sivilizatsiyalar — ijtimoiy-madaniy jarayon

113


o‘zining original kechishidan tashqari Yevropada ma’rifatchilar

ilgari surgan g‘oyalarni birinchi bo‘lib hayotga tadbiq etdi. Jumladan,

Monteskyening hokimiyat bo‘linishi g‘oyasi dastlab AQSHning

tashkil etilishidayoq hayotga tadbiq qilingan edi. Bu yerda inson

huquqlarini ustun qilib belgilash tamoyiliga asos solindi.

Yuqorida fransuz mutafakkirlarining

o‘rni alohida bo‘lganligi aytilgan edi.

Ularning aql-idroki kuchi bilan mamlakatda

ma’naviy jihatdan tayyorlangan

va birinchi chuqur inqilob deb baholangan ijtimoiy to‘ntarish

garchi Niderlandiya va Angliyada amalga oshirilgan inqiloblardan

so‘ng yuz bergan bo‘lsa-da, o‘rta asrchilikni tubdan

bartaraf etib, Fransiya jamiyatini butunlay yangiladi. Inqilob

natijasi o‘laroq qabul qilingan inson va fuqaro huquqlari

deklaratsiyasi va Napoleon kodekslarida (1804) o‘z davri uchun

eng demokratik huquqlar ilgari surilgan edi. Amerika inqilobida

esa bunday jihatlar o‘rtacha darajada aks etgan bo‘lib, bu yerda

qulchilik saqlab qolingan.

Yevropa ma’rifatparvarligi o‘zining makoni va davri e’tibori

bilan cheklangan, tabiatan murakkab, ko‘pqirrali hodisa sifatida

katolik dini doirasida ham zarur o‘zgarishlarga jiddiy turtki berdi.

Odatda uning ta’sirini tog‘ qoyasidan pastga dumalatib yuborilgan

tosh bo‘lagi harakatiga o‘xshatishdi. Tosh bo‘lagi o‘z yo‘lidagi

barcha toshlarni dumalatib shiddatli ko‘chki hosil etganidek,

Renesans reformatsiyani tug‘dirdi.

XVIII—XIX asrlar insoniyat dunyosi

keyingi holatining shakllanishida

belgilovchi davr bo‘lgan. Bunda fan

inson hayotining barcha tomonlariga ta’sir ko‘rsatib, moddiy qadriyatlar

yaratish vositalarida yuz berayotgan sanoat inqilobi talablariga

muvofiq rivojlangan. Nazariy bilimlar ravnaqi, XVII asrda

(dastlab matematika, astronomiya, tibbiyotshunoslik, keyinroq

kimyo, issiqlik va elektr fizikasi) ustunlik, sanoatdagi texnik

o‘zgarishlar, kapitalning iqtisodiy va siyosiy hukmronligi o‘zaro

bog‘liqlikda Angliya, Niderlandiya va Shimoliy Fransiyada yuz berdi.

Sanoat inqilobi to‘qimachilik sohasida boshlanib, paxtani ko‘plab

yetishtirishni taqozo etdi. Angliyada gazmol to‘qish juda tez oshgan.

Uning narxi kamaygan. 1785-yilda mexanikaviy tikuv stanogining

ixtiro qilinishi temirni qayta ishlash va kimyo sanoati rivojlanishiga

olib keldi. Ishlab chiqarish zaruriyati toshko‘mir qazib chiqarish

va cho‘yan eritishni ko‘paytirdi. Og‘ir sanoat inqilobning ikkinchi

bosqichini ifodalab, mashinalarni mashinalar yordamida ishlab

chiqarishni bildirgan.

Ma’rifatparvarlikning

cheklanganligi

Fan va sanoat

inqiloblari

II боб. Jahon jarayonlarining sivilizatsiyaviy talqini

114

Mashinasozlik yutuqlari qishloq xo‘jaligida ham inqilobiy



o‘zgarishlarga yo‘l ochdi.

XVII asrning ikkinchi yarmi va XIX asrning boshlarida sanoat

revolyutsiyasi dastlab Angliyani, so‘ngra Yevropa qit’asining g‘arbi

va markazini hamda Shimoliy Afrikani qamrab oldi. Bu hududlarda

fan va sanoatdagi chuqur o‘zgarishlar kishilar hayotining boshqa

sohalarida ham tegishli ravishda o‘sishni ta’minlab, sanoat jamiyatini

yuzaga keltirdi.

Asosiy tushunchalar

oe Arxaizm (yunoncha) — o‘tmishning qoldig‘i, eskilik degani.

oe Polis (yunoncha) — Qadimgi Yunonistonda oqsuyaklar

(aristokratlar) hokimiyati bekor qilingandan yuzaga kelgan

davlat tuzilishining fuqaroviy-demokratik shakli va fuqarolarning

tabiiy mansub bo‘lgan siyosiy birligi.

oe Ellin va ellinistik davr — Yunonistonning yunon tilida atalishi

va Sharqiy O‘rta dengiz atrofi mamlakatlari tarixining

miloddan avvalgi 323—30-yillar davri.

oe Reformatsiya (lotincha: tuzatish, qayta o‘zgartirish) —

XVI—XVII asrlarda Yevropa markazi va g‘arbdagi ko‘pgina

mamlakatlarni qamrab olgan diniy-mafkuraviy va siyosiy

harakatchilik bo‘lib, oxir-oqibat burjua inqiloblariga g‘oyaviy

zamin tayyorlangan.

oe Sanoat inqilobi — Yevropaning turli mamlakatlarida XVIII

asrning ikkinchi yarmidan XIX asrning shu davrigacha

mafkuradan mashinalashgan ishlab chiqarishga o‘tish

jarayoni.

Takrorlash uchun savollar

1. Antik dunyo sivilizatsiyasining xos xususiyatlari nimalardan

iborat?


2. Qaysi jihatlar o‘rta asrlar sivilizatsiyasini ifodalaydi?

3. Nega ma’rifatparvarlikni jahon sivilizatsiyasi rivojlanishining

qonuniy bosqichi deyish mumkin?

4. Fan va sanoat sohalaridagi inqiloblarning o‘zaro aloqasi

nimalardan iborat?

5. Industrial jamiyat sivilizatsiyasining qanday xos jihatlari

farqlanadi?

6. Yevropadagi ma’rifatparvarlik g‘oyalar haqida fikrlaringiz?

Uchinchi bo‘lim. Sivilizatsiyalar — ijtimoiy-madaniy jarayon

115


Ma’ruza va referatlar uchun mavzular

1. «Sharq» tushunchasining ilmiy maqomi.

2. Sharqda kelib chiqqan sivilizatsiyalar tasnifi.

3. Sharq — jahoniy dinlar vatani.

4. Qadimgi Yaqin Sharq sivilizatsiyalari.

5. Hind sivilizatsiyasi.

6. Xitoy sivilizatsiyasi.

7. Yunon sivilizatsiyasi.

8. Arab-musulmon sivilizatsiyasi.

9. Qadimgi Yunon-Rim sivilizatsiyasi.

10. Tasavvufning sivilizatsiyaviy maqomi.

11. Yevropada uyg‘onish va reformatsiya davrlari.

12. Yevropa ma’rifatparvarligi.

13. Yevropa sivilizatsiyasining fan komponenti.

14. Yevropa sivilizatsiyasining sanoat komponenti.

15. Fan inqilobi.

16. Sanoat inqilobi.

17. Ma’rifatparvarlik ratsionalizmi.

VI B O B. O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGI — YANGI

SIVILIZATSIYAVIY BOSQICH

30-§. Mustaqil O‘zbekiston va umumsayyoraviy jarayon

O‘zbekiston umumplanetar o‘zgarishlar

jarayonlari oqimida o‘zining

betakror ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy

yangilanishlari dasturiga ega bo‘lgan

mamlakat sifatida o‘ziga xos va o‘ziga mos mavqe egalladi. Yangi sivilizatsiya

va insoniyat taraqqiyotiga kuchli ta’sir o‘tkazishga qodir bo‘lgan

davlat sifatida o‘zining keng imkoniyatlarini namoyon eta boshladi.

O‘zbekistonda amalga oshirilgan favqulodda keng ko‘lamdagi

ishlar hozirgi zamon jahon sivilizatsiyasi bilan mushtarak ekanligi

alohida qayd etilishi lozim. Davlat tuzumi, jamiyat qurilishi va

shaxs ma’naviy dunyosini tubdan isloh qilish yangilangan davlat,

o‘zgargan jamiyat va komil shaxsni yaratish imkonini berdi. Davlat,

jamiyat va shaxsni yangilash jarayonlari, bu jarayonlarni maqsadli

boshqarish nechog‘li aqliy shijoat, dono siyosat hamda matonatni

talab etganligiga bugungi kunda amin bo‘lib turibmiz. Zero, bu

boshqaruv sermashaqqat va murakkab kechuvchi ijtimoiy-siyosiy

voqealar, mafkuraviy ta’sir va tazyiqlar, maxsus yuzaga keltirilgan

moddiy-moliyaviy tangliklar holatlari sharoitida amalga oshirildi.

Bu bevosita mamlakat rahbarining o‘ziga xos noyob iste’dodidan,

faol siyosiy intellektual salohiyatidan, I.Karimov shaxsining favqulodda

fenomen ekanligidan dalolat beradi.

O‘zbekiston yalpi yangilanishlar jarayonini ikki o‘zaro uzviy

bog‘langan yo‘nalishlarda amalga oshirishga kirishdi. Birinchisi,

mamlakatning ichki dunyosida, ya’ni iqtisodiyot, ma’naviyat,

siyosat, turmush tarzida, xalq xarakteri va mentalitetida rejaviy

asoslarda amalga oshirilayotgan yangilanishlardan iborat bo‘lsa,

ikkinchi yo‘nalish, xalqaro ijtimoiy muhit manzarasini takomillashtirish,

ya’ni qarama-qarshi kuchlar o‘rtasidagi ziddiyatlarni

barqarorlashtirish, hamkorlik munosabatlari, tinchlik madaniyatiga

o‘tish, insoniyatga umumiy xavf tug‘diruvchi terrorizm,

narkobiznes, ekstremizmga qarshi xalqaro tashkilot tuzilmalariga

asos solish va boshqa faoliyatlar majmuidan tashkil topadi.

Bunday keng ko‘lamdagi o‘zgarishlar

va yangilanishlar jarayoni chuqur

asoslangan ilmiy-nazariy tahlilni,

nazariy umumlashmalar, xulosalar

O‘zbekistonning

umumsayyoraviy

jarayonlarga qo‘shilishi

Ong-shuurdagi tub

o‘zgarishlar

Uchinchi bo‘lim. Sivilizatsiyalar — ijtimoiy-madaniy jarayon

151


chiqarishni, amaliy tavsiyalar ishlab chiqishni ijtimoiy-gumanitar

fanlar oldiga dolzarb muammo sifatida qo‘ymoqda.


Yüklə 3,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə