O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus



Yüklə 1,77 Mb.
səhifə31/86
tarix24.08.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#120876
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   86
matematika oqitish metodikasi

I mashg’ulot. 1. Rebuslarni o’ylab topish. 2. Qo’shishga oid qiziqarli masalalar. 3. 100 ichida raqamlashni bilishni tekshirishga oid mashqlar. 4. Topqirlikni talab qiladigan masalalar. 5. Hazil masala. 6. Topishmoqlar. 7. Quvnoq sanoq (20 ichida) o’yini.
II mashg’ulot. 1. Rebuslarni o’ylab topish. 2. Topqirlikni talab qiluvchi she’riy masalalar. 3. Geometrik figuralarni tahlil qilishga doir mashqlar. 4. Hazil masala. 5. “Sonni to’ldir” o’yini.
III mashg’ulot. Dars tipidagi to’garak mashg’uloti.
Mavzu: Boshlang’ich sinf matematika darslarida tarixiy materiallardan foydalanish imkoniyatlari.
Matematik tanlovlar va olimpiadalar
Matematik tanlovlar.
Tanlovlar har xil qiyinlikdagi masalalarni yechish, qiziqarli fikrlaydigan masalalar va topshiriqlarni bajarishdagi musobaqalar bo’lib hisoblanadi. Asosan o’quvchilarning xohishi bo’yicha masalalar yechishda o’z kuchini sinaydigan, yetarlicha tayyorgarligi borlari ishtirok qiladi. Konkurslar o’tkazishni 2-sinfdan boshlash maqsadga muvofikdir.
Quyida 2- sinflarda tanlovlar o’tkazishga misollar keltiramiz. 2-sinf (3-chorak).
№1. Ikki o’ram jun ipdan 3 ta qolpoq to’qish mumkin. Shunday 9 ta qolpoq to’qish uchun necha o’ram ip kerak?
№2. Vali va Salimning 30 ta konfeti bor yedi. Ular baravardan yeyishgandan keyin Valida 9 ta, Salimda 5 ta konfet qoldi, ular qanchadan yeyishgan?
Matematik olimpiadalar
Olimpiadalar tanlovlarga qaraganda keng masshtabda o’tkaziladigan va matematika o’rganishda o’quvchilar yerishgan muvaffaqiyatlarni namoyish qiladigan ishdir.
Olimpiada qatnashchilarining tarkibiga bog’liq holda maktab ichida, tuman va shaharlarda o’tkazish mumkin. Olimpiadani 3 - sinfdan boshlab o’tkazib, g’oliblar maktabning devoriy gazetalarida va o’quvchilar yig’ilishlarida rag’batlantiriladi.
Matematik gazeta va viktorinalar
Gazeta, viktorinada har xildagi matematik mazmunni o’z ichga olgan topishmoq, misol va topshiriqlar rasmlarda berilib qiziqish xarakterida bo’ladi.
Viktorinada esa o’quvchilarga yechish tavsiya qilinadigan topshiriq beriladi. Javoblar belgilangan vaqtda o’quvchilarga yetkaziladi.
Matematik konkurslar va viktorinalar. Konkrus mavzusi va uni o’tkazish vaqti oldindan belgilanadi.
Murakkab hisoblashlarni eng qulay usul bilan, taqqoslash yordamida hisoblash
2. Mantiqiy masala va mashqlarni,
3. Topqirlik, ziyraklikka oid mashqlar,
4. Hisoblashlari murakkab bo’lgan masalarni
5. Sharq mutafakkirlari merosiga oid bayon qilishlar, algebraik, geometrik shakllar mazmunini yoritishga oid topshiriqlar.
Matematik viktorinalar – gazetalardan farqli ravishda faqat o’quvchilarga yechish uchun berilgan masalalar va savollardan iborat bo’ladi. Javoblar yozma ravishda ma’lum vaqt ichida o’qituvchi tomonidan g’olib o’quvchi aniqlanib ye’lon qilib boriladi.
Matematik devoriy gazeta, viktorinalar, odatda matematik burchak deb ataluvchi joyga osib qo’yiladi, bu burchakda Vatanimiz yutuqlarini ifodalovchi sonli ma’lumotlar ham berib boriladi. “Bilasizmi?” ruknida qiziqarli materiallar beriladi. Masalan:
1. Odamning bo’yi bir kunda 1 sm dan 6 sm gacha o’zgarishi mumkin.
2. Dunyodagi eng uzun temir yo’l 9302 km ni tashkil yetadi.
3. Dunyoda okeanlar suvida 13300 mln tonnagacha kumush bor. Matematika burchagini tashkil qilishni o’quvchilar va ularning ota-onalari faoli yordamida amalga oshirilishi mumkin.
Matematik yekskursiyalarning maqsadi – konkret hayotiy fakt va taassurotlarni talab qilish.
Yekskursiya o’tkazishdan maqsad nimaligi bolalarga tushunarli bo’lishi nihoyatda muhimdir, shunday bo’lganda bolalar oldindan nima qilishlari kerakligini va o’zlarini qanday tutishlari kerakligini bilib oladilar.
Maktabning joylashgan o’rniga qarab bolalar bilan har xil ustaxonalarga, fabrikalarga, kombinatlarga, fermalarga, jamoa xo’jaligi va davlat xo’jaligi va boshqa joylarga yekskursiyalar o’tkaziladi.
Qurilish materialidan foydalanish, mashinalardan, ishchi kuchlaridan va boshqa narsalardan foydalanish haqida masalalar tuzish va yechish mumkin. Shunday masalalardan ba’zilarini keltiramiz:
1. Bir soatda yekskavator 4 m uzunlikda poydevor chuqurligini kavlaydi. Shunday ish unumi bilan u 7 soatda qancha chuqurlik (o’ra) kovlaydi?
2. Qurilishga yuk tashishda 4 ta avtomashina ishlamoqda. Ularning har birida bitta haydovchi va ikkita yukchi ishlaydi. Material tashishda hammasi bo’lib qancha odam band?
Yekskursiyadan olib kelingan qurilish materiallaridan mehnat darslari uchun stendlar tayyorlashda foydalanish mumkin, bunda binolarning maketlarini tayyorlash ham mumkin.

Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə