O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus



Yüklə 1,77 Mb.
səhifə32/86
tarix24.08.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#120876
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   86
matematika oqitish metodikasi

Nazorat savollari:
1. Hozirgi zamon darslarining mazmuni va o’tkazish metodlariga qo’yladigan asosiy talablar nimalardan iborat?
2. Yangi pedagogik texnologiyalarning tatbig’i dega nda nimalarni tushunasiz?
3. Sinfdan tashqari ishlarning tashkil qilish xususiyatlari va ularning turlari haqida nimalarni bilasiz?
4. Sinfdan tashqari ishlarning turlari bo’yicha namunaviy mashg’ulot tayyorlang.
5. Hozirgi zamon o’qitish texnologiyasi, ahamiyati va darslarining mazmuni, mohiyati tushuntirib bering
6. Qanday dars turlari bor?
7. Namunaviy dars rejasini tuzing
8. O’quv jadvallari tahlilini qiling
Mustaqil ta’lim savollari
1. Matematika darslari sistemasi
2. Didaktik maqsadlarga ko’ra dars tiplari va ularning har biriga oid dars ishlanmasini tuzish
3. Matematika o’qitishning darsdan tashqari formalari va ularga tuzilgan ishchi namunalarini tuzish
4. O’qiishning lars va darsdan tashqari formalarining uzviy bog’liqligini ta’minlash muommolari
Topshiriq savollari
1. Qiziqarli matematik soatlari va daqiqalari loyihasini tuzing.
2. “Matematik” gazetasi loyihasini tayyorlang
3. Matematik kechalarni o`tkazishni stsenariysini tuzing.
4. Matematiik burchak loyihasini tuzing


5 mavzu: BoshlanG’ich matematika kursining O’Qitish vositalari
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1,2,3,4,5,6,7,8,9,10,11,12,13,14,15,,16,17,18,19,20,


Reja

  1. Boshlang’ich matematika kursi o’qitish vositalari

klassifikasiyasi

  1. DTS matematika dasturi, kalendar ish rejalari tahlili

  2. Zamonaviy o’qitish vositalari

  3. O’qituvchi tomonidan tayyorlanadigan ko’rgazmali qurollar va

ularga qo’yiladigan didaktik talablar
Darsning maqsadi: Boshlang’ich matematika kursida foydalanladigan o’qitish vositalari haqida umumiy ma’lumotlar berish va ulardan foydalanish ko’nikmalarini shakllantirish haqida o’qituvchi tomonidan tayyorlanadigan ko’rgazmali qurollarga qo’yiladigan talablarni bayon qilish
Tayanch iboralar: O’qitish vositalari, darslik, ma’ruza matni, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, amaliy va laboratoriya ishlanmalari, ovoz yozish va eshitish apparatlari, televideniya, diafilmlar, ko’rgazmali qurollar
Dars o’tish usuli: Ko’rgazmali, amaliy, mustaqil ta’lim, suhbat
Darsning mazmuni: Darsda talabalarni o’qitish vositalarining turlari bilan tanishtirish va ulardan foydalanish ko’nikmalarini shakllantirish hamda ko’rgazmali va tarqatma materiallar tayyorlashga o’rgatish masalalari bayon qilinadi
O’qitish shakli – bu o’quvchilarning o’quv-bilish faoliyatlarini uni turli sharoitlarda (sinfda, ishlab chiqarishda va hokazo) o’tkazilishiga muvofiq ravishda o’qituvchi tomonidan tarbiyaviy o’qitish jarayonida foydalaniladigan qilib tashkil etilishidir.
Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitishning tashkiliy shakllari dars, uy vazifalarini mustaqil bajarish, o’quvchilarning yakka tartibda guruh va jamoa bo’lib ishlashlari, yekskursiyalar, sinfdan tashqari ishlardan iborat.
O’quv dasturi DTS asosida Respublika Xalq ta’limi vazirligi tasdiqlagan davlat hujjati bo’lib, uning bajarilishi majburiydir. Boshlang’ich sinflar tabiiy-matematik ta’lim davlat standarti talablarining o’quvchilar tomonidan bajarilishi ularning zarur bilimlar, malaka va ko’nikmalarni ega llashlariga, bilim olishga ijobiy munosabatda bo’lishlarining shakllanishiga yordam beradi:
a) o’quvchilarlarni tevarak-atrofdagi tabiiy muhitga moslashtirish, yangi ijtimoiy maqomdagi o’quvchini shakllantirish;
b) faoliyatning har xil turlarini: o’quv, mehnat, muloqotni ega llash;
v) o’z-o’zini nazorat qilish hamda baholashga reytingini aniqlashga o’rgatish;
g) muayyan umumiy tabiiy-ilmiy iqtidorning belgilangan darajasi va uning keyingi taraqqiyoti tavsifi.


O’quvchilar bilimini o’quv jarayonida tekshirishning ahamiyati.

Matematika o’qitishda o’quvchilarning misol va masalalarni to’g’ri yechilganligini tekshirish muhim ahamiyatga ega .


Matematikadan bilimlarni tekshirishda faqat dastur talabiga yarasha u yoki bu bilimlarning o’quvchilar ongida bo’lishligini hisobga olmasdan, balki sifatini xarakterlaydigan quyidagilarni ham ye’tiborga olish kerak:
1) O’quvchilar mulohazasi va tushunchalarining o’qitilayotgan obyektga mos kelishi;
2) aniqlik, ya’ni detallarning to’g’riligi;
3) to’liqlik, ya’ni obyekt va jarayonlarga taalluqli mulohaza va tushunchalarning yetarli va to’liq bo’lishi;
4) Obyekt va jarayonlardagi muhim belgilarni, tushuncha va mulohazalarda aks yettirish;
5) onglilik, ya’ni tushunchalar orasidagi bog’lanishni tushuna olish va mulohazalarni asoslay olish;
6) mustahkamlik, ya’ni o’quvchilar xotirasida uzoq saqlab qolish.
O’quvchilar bilimini tekshirish va baholash didaktikada barcha fanlar uchun umumiy qilib berilgan. Bilimlarni tekshirish va baholash maqsadi o’qituvchi uchun o’quv materialini o’quvchilarning o’zlatirish sifatini, dasturdagi bilimlarni ega llash darajasini, malaka va ko’nikmalarni hosil qilinganligini aniqlashdan iboratdir.
Bu orqali o’qituvchi o’quvchilarning o’quv faoliyatini o’quvchilar matematikadan o’zlashtirishi majburiy bo’lgan bilimlar hajmini o’quv dasturi bilan solshtiradi. Shu hajmni o’zlashtirish va mustaqil masalalar yechishga yerishish uchun lozim bo’lgan bilimlar hosil bo’ldimi yoki yo’qmi yekanligini doimo nazorat qilib boradi.
Yangi masalalarni yechishda bilimlarni amaliyotga qo’llash va o’qituvchi tomonidan o’quvchilarning matematikadan bilim va malakalarini tekshirishning usullari xilma-xil bo’lib, ular o’quvchilarning og’zaki yoki yozma bayon qilishi, masala yoki misol yechishi, aniq bilimlardan foydalanib chizish, o’lchash, laboratoriya ishlarini bajarilishi kabilar orqali aniqlanadi.
Masalan, o’quvchi ko’paytmani ko’paytirishdan hosil bo’lishini bilsada, “ko’payuvchi 15, ko’paytuvchi 6, ko’paytmani toping” – dega n masalani yechishda qiynaladi. Shuning uchun o’quvchining har bir javobida yuqorida aytilgan bosqichlarni bajarish zarur.


O’quvchilar bilimini og’zaki aniqlash

O’quvchilar bilimini tekshirishning yana bir usuli o’quvchilardan individual so’rash hisoblanadi. Bu so’rash uncha katta bo’lmagan og’zaki hisoblash bilan bog’langan bo’lishi kerak. Bunday so’rashni o’qituvchi odatda uy vazifasini tekshirish bilan bog’laydi.


Og’zaki hisoblash malakalarini tekshirish maqsadida sinfning barcha o’quvchilari bilan misol va masalalar yechishda qo’llaniladi. O’qituvchi misolni aytadi, o’quvchilar og’zaki yechib, daftaridagi taalluqli raqam to’g’risiga faqat javoblarini yozib qo’yadilar. Bunday topshiriqni har bir darsda 7–10 minut davomida o’tkazish maqsadga muvofiq.
O’quvchilar bilimini yozma ish orqali aniqlash
Bilimlarni to’laroq tekshirish uchun dasturning o’tilgan bo’limi bo’yicha yozma ishlar olinadi.
Masalan, IV sinfda ko’p xonali sonlarni raqamlash haqida o’quvchilar bilimini tekshirishdagi yozma ishga quyidagi savollarni qo’yish mumkin.
Savol va misollar. Nima tekshiriladi.
1. Yuz ming o’n mingdan necha marta katta? Turli xona birliklari orasidagi munosabat.
2. Sakkiz mingda nechta yuz bor?
3. 542000 da nechta o’n ming bor?
4. 267805 dagi eng yuqori xonani toping. Xonalar bo’yicha sinflarning raqamini bilish.
5. Ikkinchi sinf birligini toping.
6. Turli xona birliklarini, ahamiyatini 3 raqami ifodalaydigan ikkita son yozing.Raqamlar o’rnining ahamiyatini bilish
7. 7,8 va 9 raqamlar yordamida ikkita uch xonali son yozing.Raqam va son orasidagi farqni bilish
8. Barcha raqamlarni yozing.
9. 37245 sonni qo’shiluvchi razryadlarining yig’indisiga almashtiring.Sonni qo’shuvchi razryadlar yig’indisiga almashtirish malakasi.
10. 999+2, 1000000-1, 9998+3, 10000-2 misollarni yeching.Raqamlash bilimining arifmetik amallar bajarishga tatbiq qilishni bilish.
11. 997 va 1002 sonlarining orasida qanday sonlar bor.Natural sonlar qatori ketma-ketligini bilish.
1–3 vazifalarni o’qituvchi og’zaki bayon qiladi. O’quvchilar esa misollarga taalluqli javoblarni daftariga shu raqamlar yoniga yozib qo’yadi. 9–11 vazifalar esa sinf doskasiga yoziladi. O’quvchilar uni daftariga ko’chirib oladilar. Shuning uchun 9–11 vazifalarni 2 xil tuzish kerak. Bu bir-biridan faqat sonlari bilan farq qilishi lozim.

Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə