O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus



Yüklə 1,77 Mb.
səhifə34/86
tarix24.08.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#120876
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   86
matematika oqitish metodikasi

Matematikada didaktik materiallar: 1) predmetga taalluqli di-daktik material; 2) matematik mashqli (dastur) ko'rinishdagi didaktik materiallar bo'lishi mumkin.
Predmet didaktik materialga hisob cho'pi, turli xildagi ge-ometrik shakllar to'plami va h.k.lar kiradi. Matematik mashqli kar-tochka materiallaridan o'quvchilarning individual xususiyatlariga mo'ljallangan bo'lib, ko'proq mashq bajarishni ta'minlaydi.
Sinf doskasidagi yozuv, chizma va sxemalar ko'rgaz-malilikning bir manbai sifatida foydalaniladi.
Chizma va sxemalardan narsa va hodisalarning belgilarini, mohiyatini ko'rsatish shaklida foydalaniladi. Chizma va sxemalar orqali masalaning mazmunini tushuntirish, predmet va hodisalar orasidagi bog'lanishni ko'rsatish mumkin.
Rasmlarni shartli belgilar bilan almashtirish, odatda to'rtburchak va yo'lakchani kesmalar bilan almashtirish orqali masalaning sxema-sini tuzishda foydalanish mumkin.
Masalan, grafik illyustrasiya turlaridan biri diagramma hisobla-nadi. Diagrammalar nuqtalar orasidagi bog'lanishlarni ko'rsatish shakli bo'lib, o'quvchilardagi to'rtburchakli koordinata tizimi va funksiya, grafiklaming muhim boshlang'ich tushunchalari bilan tan-ishtirish manbaidir.


4. О 'quvchilar bilan ко 'rgazmali qurollar tayyorlash

Ko'pgina ko'rgazmali qurollarni: jadvallar, ba'zi modellar, in­dividual foydalanish uchun abak, paletka, hisoblash materiallari, tarqatadigan materiallarning ba'zi turlari va boshqalarni o'quvchi­larning o'zlari yasashi mumkin.


Har bir ko'rgazmali qurolni tayyorlash o'quvchilarda unga nis-batan qiziqish hosil qiladi, uni matematik tizimini bilish ishtiyoqi tug'iladi. Bu esa o'quv materialini yaxshi tushunishga va o'zlashtirishga olib keladi. Ko'rgazmali qurollar tayyorlash jaray-onida predmetlar aro aloqani yuzaga chiqarish mumkin: birinchi to-mondan o'quvchilar o'zlarining matematik bilim va malakalarini (hisoblash, o'lchash, chizish) qo'llaydilar, ikkinchi tomondan mexnat darslarida foydalanadilar. O'quv-chilar tayyorlagan matematikadan ko'rgazma qurollarga misollar keltiramiz va ularni yasash haqida qisqacha ko'rgazma beramiz.
Geometrik shakl, qog'ozdagi rasmlar va boshqa predmetlar qog'oz varaqdan yoki kartondan yasalishi mumkin. Ularni ko'paytirishda kartoshka yoki ryozinadan foydalanish mumkin.


Individual foydalanadigan abak

Masalan, shaklda 342 tasvirlangan.
Harakatlanuvchi strelkali soat siferblatining modeli Doira chizib uni shunday bo'lish kerakki, o'quvchilar soatni kp'rsatib turganini aniq ko'rsin. Lekin boshlang'ich sinf o'quvchilari aylanani teng 12 ga bo'lishni bilmaydilar. Shuning uchun kartondan 10-12 sm diametrli doira formasidagi qolip yasab, uni 12 ta teng bo'lakka bo'lib, markazida ozroq teshik qoldirishi kerak. Bu qolip
Yetarlicha miqdorda ko'rsatma material bilan ta'minlash, bu-larni tahlil qilish asosida o'quvchilar kerakli umumlashtirishlarini qila oladigan bo'lishlari kerak. Masalan, bolalarni 4 sonining hosil bo'lishi bilan tanishtirishda o'qituvchi oldindan bunday amaliy ish tashkil qiladi: u uchta doirachaga bitta doirachani; uchta cho'pga bitta cho'pni qo'shishni taklif qiladi, shu ishni boshqa didaktik mate-riallarda bajartiradi.
Har xil ko'rsatma materiallar bilan yetarlicha ta'minlash juda muhimdir. Bu o'rinda doimo psixologlar tomonidan ifodalangan qoidani esda tutish kerak: "o'quvchilarda to'g'ri umumlashtirishlar tarkib toptirishning zaruriy sharti beriladigan o'quv materialining muhim xususiyatlarini o'zgartirmay saqlagan holda uncha muhim bo'lmagan xususiyatlarini turlantirishdan iborat".
Masalan, 3 soni predmetlarning o'zgarmas soni (3) kabi tushun-cha uchun muhim xususiyatdir, predmetlarning rangi, o'lchami, tekislikdagi joylashuvi muhim bo'lmagan xususiyatdir. Shu sababli , o'quvchilarni 3 soni bilan tanishtirilar ekan, bir jinsli predmetlardan iborat to'plamlardan (bir xil andaza bo'yicha qiyilgan uchburchaklar, doirachalar va hokazolardan)gina emas, balki har xil predmetlardan (masalan, har xil rangli va o'lchamli doirachalar, katta va kichik har xil ko'rinishli va har xxil rangli olmalar) dan iborat to'plamlardan foydalanish kerak, chunki aks holda bolalarda bir xil predmet-larnigina sanash mumkin, degan noto'g'ri tasavvur hosil bo'lishi mumkin.
d) Matematika o'qitishda sekin-asta, ammo o'z vaqtda ko'rsatmalilikning bir turidan ikkinchi turiga o'tishni ta'minlay olishi kerak. Masalan, o'qitish jarayonida masalalar shartlarini illyustratsi-yalashda amalning o'zini ham namoyish qilish bilan birgalikda amallarni ko'rsatmay to'la predmet ko'rsatmalilikka, so'ngra esa to'la bo'lmagan predmet ko'rsatmalilikka o'tish ta'minlanishi kerak.
2. Matematika o'qitishda harakatli, dinamik qo'llanmalarga afzallik berish kerak. Harakatli ko'rsatma-qo'llanmalar bilan bir qa-torda individual ko'rsatma qo'llanmalar ham, har xil didaktik materi­allar ham zarur.
Boshlang'ich matematika o'qitishda ko'rsatma-qoilanma-larning har xil turlaridan foydalaniladi. Ko'rsatma-qo'llanma-larning turlarini bilish ularni to'g'ri tanlash va o'quv jarayonida samarali foydalanish imkonini beradi.
Ko'rsatma qo'llanmalarni ikkita, ya'ni natural va tasviriy ko'rsatma-qo'llanmalarga bo'lish qabul qilingan.
Ko'rsatma qo'llanmalar ma'lum talablarga muvofiq bo'lishi, chunonchi ular o'quv dasturiga, o'quvchilarning yosh xususiyatlariga muvofiq bo'lishi lozim.
Bilim va uquvlarni mustahkamlash bosqichida turli-tuman mashqlar uchun ma'lumot jadvallaridan, og'zaki sanoq uchun jadval-lardan, masalalar tuzish uchun rasmlar, sxemalar va chizmalardan keng foydalaniladi.
Matematik amallar xossalarini o'rganish, ko'paytirish jadvalini tuzish va hokazolarda foydalanish mumkin.

Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə