O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus



Yüklə 39,9 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/104
tarix26.09.2017
ölçüsü39,9 Kb.
#2123
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   104

 
164 
Dastlabki 
psixologik 
tasavvurlar 
Qadimgi 
Sharq 
mamlakatlarida,  Xitoy,  Hindiston,  Misr  kabi  mamlakatlarda 
vujudga  kelgan.  Psixologik  tasavvurlarning  vujudga  kelishida 
odamlar  o'rtasida  farqlarning  mavjud  ekanligi,  ammo  bu 
farqlarning sabablari aniq bo'lmaganligi bilan bog'liq.    
Kishining  psixikasi  haqidagi  ta'limotni  birinchi  marta  Aristotel  (eramizdan 
avvalgi  384-322  yillar)  «Ruh  haqida»  degan  kitobida  bayon  qilgan.  Shu  sababli 
Aristotel  alohida  fan  bo'lgan  psixologiyaga  asos  solgan  olim  yoki  psixologiya 
fanining  «otasi»  deb  hisoblanadi.  U  bir  qancha  asarlar  yozib,  ularda  psixologiya 
masalalari  bo'yicha  o'z  qarashlarini  bayon  qiladi.  Aristotel  ruh  tan  bilan  uzviy 
bog'langan, deb hisoblaydi. «Ruh-deydi u-o'z taiatiga ko'ra hukmron asosdir, tana 
esa  tobe  narsadir».  Aristoteldan  keyin  Demokrit,  undan  keyin  Epikur  (342-271 
yillar),  Rim  shoiri  va  faylasufi  Lukresiy  Karr  (99-95  yillar)  psixologiya  fanining 
rivojlanishiga o'z nazariyalari bilan hissa qo'shdilar. Lukresiy psixik hodisalarning 
tanaga bog'liqligini tajribada asoslab berdi. 
0’rta  asrlardan  fransuz  tabiatshunos  olimi  R.Dekart  nomini  tilga  olmaslik 
mumkin  emas.  Chunki  bu  olimning  nomi  bilan  keyinchalik  fiziologiyada  va 
Psixologiyada  ko'p  ishlatiladigan  refleks  tushunchasi  bog’liqdir.  R.Dekart  o'z 
zamonasida  birinchi  marta  refleks  tushunchasini  odam  hatti-harakatini 
tushintirishda ishlatdi va harakatlarni tashqi muhit ta'siri ostida ro'yobga kelishini 
refleks  mexanizmi  deb  tushuntiradi.  Lekin  R.Dekart  odam  faoliyatini  to'g'ridan-
to'g'ri jonsiz mexanizm, mashina sifatida tasavvur qiladi, odam ruhining bu xatti-
harakatlarga biron bir aloqasi bolishi mumkinligini butkul rad etadi. Ya ni refleks 
tushunchasi uning risolalarida juda tor manoda, faqat fizik aks ettirish ma'nosida 
qabul  qilingan.  Lekin  shunga  qaramay, bizning  zamonga  kelib,  R.Dekart  ta'limoti 
mexanikligi  uchun  em'as,  balkim  materialistic  dunyo  qarashdan  kelib 
chiqayotganligi  uchun  refleks  tushunchasi  qaytadan  tahlil  qilingan  holda  qqabul 
qilindi. 
Psixologiya  fanining  rivojlanishida  CH.Darvinning  evolyusion  nazariyasi 
nihoyatda katta ahamiyatga ega bo'ldi. 
Vilgelm  Vund  1879  yili  Leypsigda  birinchi  eksperimental  psixologiya 
amaliysini  tashkil  qildi.  Oradan  ko'p  o'tmay,  1881  yili  Berlin  universiteti  qoshida 
eksperimental psixologiya instituti tashkil qildi. 
XIX  asrning  oxirida  Rossiyada  Tokarskiy,  Bexterev,  Langerlar,  1911 
Chelpanov  rahbarligida  eksperimental  psixologiya  amaliysi  ochildi.  XIX  asrning 
oxirlaridan  boshlab,  psixologiyaning  boshqa  sohalri:  hayvonlar  psixologiyasi, 
tarixiy psixologiya, yoshga aloqador kishilar psixologiyasi maydonga keldi. 
Eng muhimi-XX asrga kelib, psixologiyaning tatbiqiy sohalari paydo bo'ldiki, 
endi  qo'lga  kiritilgan  yutuqlar  bevosita  ta'lim,  tarbiya,  sanoat,  biznes,  marketing 
xizmatlari, boshqaruv, sog'liqni saqlash, huquqbuzarlikning oldini olish sohalariga 
dadil  joriy  etila  boshladi.  XXI  asrning  birinchi  yiliga  kelib,  psixologiya  nazariy, 
tahliliy  fandan  bevosita  amaliyotning  ehtiyojlarini  qondiruvchi  tadbiqiy  fanga 
aylandi. 
Biz  sobiq  sho’rolar  davrida  tabiatni  birlamchi,  ruhni  ikkilamchi  deb  o'rgana'r 
edik, birinchi o'ringa borliqni, ikkinchi o'ringa tafakkurni qo'yar edik. 
Sharq  mutafakkirlari  ma'naviy  hayot  jamiyat  taraqqiyotini,  kishilar  faoliyatini 
belgilaydi, deb ta'lim beradilarShu bilan birga ular ijtimoiy hayot va ijtimoiy ong 
o'rtasidagi  munosabatlar  murakkab  ekanligini  ta’kidlaydilar,  ijtimoiy  ong  ijtimoiy 


 
165 
borliq  bilan  davlat,  huquq,  siyosat  va  boshqa  shu  kabilar  bilan  bog'liq  ekanligini 
uqtiradilar.  
Psixologiya fanini rivojlantirish sohasida Sharq mutafakkirlaridan Abu Nasr 
Forobiy,  Abu  Rayhon  Beruniy,  Ibn  Sino,  Abu  Homid  Muhammad  G'azzoliy  kabilar 
katta  hissa  qo'shganlar.  Mustaqil  O'zbekiston  Respublikasida  milliy  psixologiya 
fanini  rivojlantirish  uchun  psixolog  olimlarimizdan  I.P.Ivanov,  E.G.G'oziyev, 
M.G.Davletshin,  V.A.Tokoreva,  B.R.Qodirov,  G.B.Shoumarov,  E.Z.Usmonova, 
S.A.Axunjonova,  R.l.Sunnatovlar  ham  munosib  hissa  qo'shib  keldilar  va 
qo’shmoqdalar. 
 
Har  bir  fanning  o'z  predmeti  bo'lgani  kabi,  psixologiya 
ham  o'z  predmetiga  ega.  Ammo  psixologiya  o'rganadigan 
voqelik  boshqa  fanlardagidan  tubdan  farq  qiladi.  Chunki 
uning  predmetini  ko'z  bilan  ko'rib,  ushlab  yoki  bevosita 
o'lchab  bo'lmaydi.  Ularni  fikr  yuritish,  tasavvur  qilish,  his 
qilish  orqaligina  bilib  olish  mumkin.  Psixologiya  predmetiga 
quyidagi ta'rif berish mumkin: 
 
Psixologiya 
inson 
ruhiyatining 
o'ziga 
xos 
xususiyatlari  ko'rinishlari  va  rivojlanishning  umumiy 
qonuniyatlarini tadbiq etadi. 
 
Ruhiyat deganda nima tushuniladi? 
 
Ruhiyat  bu  insonning  ichki  tuzilishi,  ichki  dunyosi, 
qobiliyatlari, barcha sohadagi imkoniyatlari kabilarni qamrab 
oladi. Tor ma'noda ichki dunyo tushuniladi.  
 
Psixologiya  o'zining  predmetini  to'rt  bo'limga  bo'lib 
o'rganadi: 
 
1. Psixologiyaning asosiy masalalari. 
 
2. Bilish jarayoni. 
 
3. Shaxsning hissiy-irodaviy xususiyatlari. 
 
4. Shaxsning individual tipologik xususiyatlari. 
 
Birinchi bo'lim, psixologiyaning asosiy masalalarida  
 
a)  fan predmeti; 
 
b)  vazifalari,  prinsiplari,  tarixi,  metodlari,  sohalari 
o'rganiladi. 
 
Psixologiya  o'z    vazifalarini  amalga  oshirishda  konkret 
prinsiplarga  tayanadi.  Prinsip  tamoyil  degan  ma'noni 
anglatadi.  Prinsiplar  ikkiga  bo'linib,  ya'ni  asosiy  prinsiplarga 
hamda  yordamchi  prinsiplarga  tayangan  holda  tadqiqot 
ishlari olib boriladi. 
Asosiy prinsiplarga:  


Yüklə 39,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə