O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus



Yüklə 39,9 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/104
tarix26.09.2017
ölçüsü39,9 Kb.
#2123
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   104

 
166 
1. Determinizm prinsipi. 
2. Ong va faoliyat birligi prinsipi. 
3. Psixikani faoliyatda taraqqiyo etish prinsipi kiradi. 
Yordamchi prinsiplarga esa tarixiylik prinsipi, nazariya va 
amaliyot birligi prinsipi, monizm prinsipi va hokazolar kiradi.  
Determinizm  nima?  Determinizm  so'zi  sabab  va 
oqibatning  o'zaro  birligini  ifodalaydi.  Bu  prinsipga  ko'ra 
sababsiz  oqibat  bo'lmaydi.  Determinizm  prinsipiga  ko'ra 
psixika  taraqqiyoti  individning  yashash  muhiti  bilan 
belgilanadi, ya'ni muhit o'zgarishi bilan psixika ham o'zgaradi. 
Masalan:  qishloqda  yaxshi  dars  o'ta  olmaydigan  qoloq  bir 
maktabning  o'quvchisi  bilan  shaharda  maxsus  chuqur  ta'lim 
beriladigan  lisey  o'quvchisi  tafakkuri  o'rtasida  farq  bo'lishi 
tabiiy.  Farqning  sababi  mavjud.  Sababi  muhit,  shart-
sharoitdir.  
Agar  muhit  o'rtasidagi  farq  qanchalik  kam  bo'lsa,  psixik 
xususiyatlarning rivojlanishi va shakllanishida ham farq kam 
bo'ladi. Aksincha esa farq katta bo'ladi.  
Determinizm  prinsipi  nima  uchun  prinsip  sifatida  qabul 
qilingan?  Psixologik  voqeliklarni  tadqiq  etishda,  ularni 
baholashda  va  rivojlantirishda  determinizm  prinsipiga  amal 
qilinadi.  
Ong va faoliyat birligi prinsipiBu prinsipga ko'ra ong 
va  faoliyat  o'zaro  uzviy  bog'liq  hodisa  hisoblanadi.  Ya'ni  biri 
ikkinchisini  taqozo  etadi.  Mashhur  rus  psixologi  Sergey 
Leonidovich Rubenshteyn psixologiyada ong va faoliyat birligi 
prinsipining  asoschisi  hisoblanadi.  Dastlab  bolada  ongning 
shakllanishi  uchun  tug'ma  imokniyatlar  mavjud  bo'ladi. 
Ammo  uning  shakllanishi  bevosita  faoliyatning  shakllanishi 
bilan tarkib topadi. Ayni vaqtda faoliyat ongning shakllanishi 
va  rivojlanishining  negizi,  o'z  mohiyati  manbai  bo'lib  xizmat 
qiladi. Ongsiz faoliyat bo'lmaydi, faoliyatsiz ong bo'lmaydi.  
Psixikani  faoliyatda  taraqqiy  etish  prinsipi.  Bu 
prinsipga ko'ra inson shaxsi va uning psixologik xususiyatlari 
faoliyatda 
taraqqiy 
etadi. 
Bu 
prisipning 
asoschisi 
psixologiyada  faolyait  nazariyasining  asoschisi  hisoblangan 
A.N.Leontyevdir.  Leontyev  o'zining  «Psixika  taraqqiyoti 
muammolari»  nomli  asarida  quyidagi  fikrni  keltirgan:  «Inson 


 
167 
shaxsi va ongi faoliyatda shakllanadi, faoliyatd taraqqiy etadi 
va aynan shu faoliyatda namoyon bo'ladi». 
Shu  prinsiplarga  asoslanib  psixologik  qonuniyatlar 
amalga oshiriladi va tegishli xulosalar chiqariladi.   
Tarixiylik prinsipi. Psixologiyada biror voqelikni tadqiq 
etishni uning ayni paytgacha o'rganilish tarixi, jarayoni, ijobiy 
va  salbiy  jihatlari  inobatga  olinadi  hamda  tadqiqotchi 
tomonidan avval o'rganilmagan jihatlari yangilik sifatida kashf 
etiladi.    Bu  prinsipga  asosan  ilmiy  tadqiqiy  ishlarni  amalga 
oshirishda foydalaniladi.  
Nazariya  va  amaliyot  birligi  prinsipi.  Nazariyada 
yaratilgan kashfiyotlar, tadqiqotlar amaliyotda joriy etilishi va 
aksincha  amaliyotda  tekshirilgan,  kuzatilgan  hodisalarni 
nazariy jihatdan asoslashni taqozo etadi. 
Monizm  prinsipi.  Biror  bir  voqelikni  tadqiq  etishda 
alohida  shaxsga  taalluqli  jihatlarni  asos  qilib  olish  va  shu 
asosda  xulosalar  chiqarishni  nazarda  tutadi.  Monizm  so'zi  
bitta alohida ma'nosini anglatadi. 
Psixologiyaning sohalari. Psixologiya fani ijtimoiy 
hayotning barcha sohalarida amal qiladi. Chunki qayerda 
inson faoliyat ko'rsatar ekan, o'sha yerda inson ruhiyati bilan 
bog'liq muammolar yuzaga chiqadi. 
Hozirgi  kunda  psixologiyaning  70  dan  ziyod  sohalari 
faoliyat  ko'rsatmoqda.  Masalan:  umumiy  psixologiya, 
medisina  psixologiyasi,  sport,  muhandislik,  oila,  harbiy, 
yuridik,  aviasiya,  kosmik,  yosh  davrlar  psixologiyasi, 
pedagogik,  etnopsixologiya,  differensial  psixologiya  va 
hokazolar.  
tibbiyot  psixologiyasi-shifokor  faoliyati  psixologiyasini, 
bemor xulq-atvorining psixologik jihatlarini o'rganadi. 
Har  bir  soha  o'zining  o'rganish  predmetiga,  vazifalariga, 
maqsadiga va metodlariga ega. 
Sosiologiya  fani ham yangicha ijtimoiy munosabatlar sharoitida 
o'z  taraqqiyotining  muhim  bosqichiga  o'tgan  ekan,  psixologiya  ushbu 
fan  erishgan  yutuqlardan  ham  foydalanadi,  ham  ularning  ko'lami 
kengayishiga  baholi  qudrat  xizmat  qiladi.  Ayniqsa,  psixologiyadan 
mustaqil  ravishda  ajralib  chiqqan,  bugungi    taraqqiyot  davrimizda 
alohida ahamiyat kasb etgan ijtimoiy psixologiyaning sosiologiya bilan 
aloqasi  uzviy  bo'lib,  ular  jamiyatda  ijtimoiy  taraqqiyot  va  progressni 
ta'minlash ishiga xitzmat qiladi. Qolaversa, huquqiy, demokratik davlat 


 
168 
qurish  ishini  sobitqadamlik  bilan  amalga  oshirayotgan  O'zbekiston 
aholisining  xuquqiy    madaniyatini  va  demokratik  o'zgarishlarga 
psixologik  jihatdan  tayyorligini  amalda  ta'minlash,  bu  sohada 
muntazam  tarzda  ijtimoiy  fikr  va  insonlar  dunyoqarashlaridagi 
o'zgarishlarni  o'z  vaqtida  o'rganish,  bashorat  qilish  va  taraqqiyot 
mezonlarini  ishlab  chiqishda  ikkala  fanlar  metodologiyasi  va 
metodlarini birlashtirish tadbiqiy ahamiyat kasb etadi. 
Pedagogika  bilan  psixologiyaning  o'zaro  hamkorligi  va  aloqasi 
an'anaviy  hamla  azaliy  bo'lib,  ularning  yosh  avlod  tarbiyasini  zamon 
talablari  ruhida  amalga  oshirishdagi  roli  va  nufuzi  o'ziga  xosdir. 
Respublikamizda  amalga  oshirilayotgan  yangi  «Ta'lim  to'g'risidagi 
Qonun»  hamda  «Kadrlar  tayyorlash  milliy  Dasturi»ni  amalga  oshirish 
ham  ikki  fan  hamkorligi  va  o'zaro  aloqasini  har  qachongidan  ham 
dolzarb  qilib  qo'ydi.  Milliy  dasturda  e'tirof  etilgan  yangicha  modeldagi 
shaxsni kamol toptirish, uning chuqur bilimlar sohibi bo'lib yetishishi, 
barkamolligini  kafolotlovchi  shart-sharoitlar  orasida  yangi  pedagogik 
texnologiyalarini  ta'lim  va  tarbiya  jarayonlariga  tadbiq  etishda 
pedagogikaning  o'z  uslub  va  qoidalari  yetarli  bo'lmaydi.  Shuning 
uchun ham psixologiya u bilan hamkorlikda yosh avlod ongining ta'lim 
olish  davrlaridagi  rivojlanish  tendensiyalaridan  tortib,  toki  yangicha 
o'qitish texnologiyalarini bola tomonidan o'zlashtirilishi va undagi aqliy 
hamda  intelektual  qobiliyatlarga  nechog'lik  ta'sir  ko'rsatayotganligini 
o'rganish  asosida  ta'lim-tarbiya  ishini  tashkil  etish  psixologiyadagi 
metodlarni didaktik metodlar bilan uyg'ynlashtirishni taqozo etadi. 
Tabiiy  fanlar:  biologiya,  fiziologiya,  ximiya,  fizika  va  b.q. 
psixik  xodisalar  va  jarayonlarning  tabiiy  fiziologik  mexanizmlarini 
tushunish  va  shu  orqali  ularning  kechishi  qonuniyatlarini  ob'yektiv 
o'rganish  uchun  material  beradi.  Ayniqsa,  bosh  miyaning  hamda 
markaziy  asab  sistemasining  psixik  faoliyatlarini  boshqarishda  va 
ularni  muvofiqlashtirishdagi  rolini  e'tirof  etgan  holda  psixologiya  fani 
taibiiy  fanlar  erishgan  yutuqlar  va  ulardagi  tadqiqot  uslublaridan 
omilkorona foydalanadi. 
Kibernetika  fani  sohasidagi  erishilgan  yutuqlar  psixologiya 
uchun  ham  ahamiyat  va  zurur  bo'lib,  u  inson  shaxsining  o'z-o'zini 
boshqarish,  psixik  jarayonlarni  takomillashtirish  borasia  axborotlar 
texnologiyasi  va  kibernetika  tomonidan  qo'lga  kiritilgan  yutuqlar  va 
tadqiqot metodlari, maxsus dasturdan o'z o'rnida foydalanadi. 
Texnika  fanlari  bilan  psixologiyaning  o'zaro  aloqasi  va 
hamkorligi ayniqsa, asr oxiriga kelib yaqqol sezilmoqda. Bir tomondan 
murakkab texnikani boshqaruvchi inson ongi muammosini yechishda, 
ikkinchi  tomondan,  psixik  hayotning  murakkab  qirralarini  ochishda 
maxsus texnik vositalardan foydalanish zarurati bu ikki yo'nalishning 
erishgan yutuqlarini birlashtirishni nazarda tutadi. 


Yüklə 39,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə