O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta ta`lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi



Yüklə 19,73 Mb.
səhifə149/163
tarix28.11.2023
ölçüsü19,73 Mb.
#133222
növüУчебно-методическое пособие
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   163
TIBBIYOTDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - 2023

Yacheykasimon topologiya – to’liq bog’lanishli topologiyadagi ba‘zi bir bog’lanishlarni olib tashlash bilan hosil qilinadi. Bunda o’zaro ko’proq axborot almashinadigan kompyuterlar orasidagi bog’lanishlar qoldiriladi, boshqa kompyuterlar esa tranzit yo’llar orqali bog’lanib axborot almashinishi mumkin bo’ladi.
Umumiy shinali topologiya – Ethernet texnologiyasining avval ishlab chiqarilgan standartlari hisoblangan, 10Base-5 va 10Base-2 standartlari, ana Shu topologiya asosida qurilgan edi. Bunda kompyuterlar bitta koaksial kabelga ulangan bo’lib, ma’lumoto’zatilayotgan paytda u kabel bo’ylab ikki tomonga tarqaladi. Umumiy shinali tarmoqlar nisbatan arzon hisoblanadi, ularda kabelni tortish va qo’shimcha kompyuterlarni ulash osonlik bilan bajariladi. Ammo bu xildagi tarmoqning eng jiddiy kamchiligi, uning ishonchliligining pastligidir, ya’nikabeldagi har qanday o’zilish yoki kompyuterlar ulangan o’zgich-ulagichlardan birining o’zilishi butun tarmoqni ishini izdan chiqaradi.
Yulduzsimon topologiya – bunda har bir kompyuter alohida kabel yordamida tarmoq markazida joylashgan qurilmaga, ya’ni konsentratorga yoki kommutatorga ulangan bo’ladi. Ethernet texnologiyasining 10Base-T va 10Base-F standartlari ana Shu topologiya asosida qurilgan edi. Bu topologiyaning umumiy shinaga nisbatan asosiy afzalligi, uning ishonchliligining ancha yuqoriligidir. Biron bir kabeldagi nosozlik faqatgina Shu kabelga ulangan kompyuternigina tarmoqdan o’zilib qolishiga sabab bo’lishi mumkin. Konsentrator yoki kommutator ishdan chiqsagina tarmoq ishlamay qolishi mumkin.
Ierarxik yulduz topologiyasi - bir nechta konsentratorlarni yoki kommutatorlarni ierarxik tarzda - qavatma-qavat, yuldo’zsimon ko’rinishda ulab tarmoqni kengaytirish, ya’nikompyuterlar sonini oshirish mumkin. Hozirda ierarxik yuldo’z topologiyasi – lokal va global tarmoqlarda ham keng tarqalgan topologiya hisoblanadi. Fast Ethernet texnologiyasining 100Base-TX, 100Base-T4 va 100Base-FX spetsifikatsiyalari va Gigabit Ethernet texnologiyasining barcha spetsifikatsiyalari ana Shu topologiya asosida qurilgan.

Yüklə 19,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə