O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə50/92
tarix29.06.2022
ölçüsü1,01 Mb.
#90229
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   92
Fizika 3 kitob Ma\'ruzalar matni A No\'monxo\'jayev, M Fattohov va

qizil chegarasi deyiladi. Metalldan elektronlarning chiqishi qanchalik yengil bo‘lsa, qizil chegara shuncha katta, masalan, ishqoriy metallar (seziy, kaliy, natriy) uchun yorug‘likning ko‘rinuvchi diapazonida ham fotoeffektni kuzatish mumkin. Aksincha, qiyin eruvchan metallarda fotoeffektni kuzatishda yorug‘likning ultrabinafsha sohasi bilan ishlashga to‘g‘ri keladi.
Òurli jismlarda yuqorida qayd qilganimizdek, fotoeffekt hodisasi turlicha chastotalardan boshlab kuzatiladi. Fotoeffekt hodisasini osonroq kuzatish uchun, odatda, ishqoriy metallar birikmasidan tashkil topgan katodlardan foydalaniladi. Amalda tashqi fotoeffekt hodisasi asosida yorug‘lik energiyasini elektr energiyasiga aylantiruvchi asboblar — fotoelementlardan keng foydalaniladi.
Òashqi fotoeffektga asoslanib ishlaydigan fotoelementlar quyidagicha tuzilgan.
Ichidan havosi so‘rib olingan shisha ballonning yorug‘lik tushadigan sirti yorug‘likka sezgir yupqa qatlam bilan qoplanadi. Bu qatlam, odatda, ishqoriy metallarning turli birikmasidan iborat bo‘lib, katod vazifasini o‘taydi.
Ballon ichiga yorug‘lik o‘tishi uchun maxsus shishadan uncha katta bo‘lmagan shaffof O „darcha“ qoldiriladi (79- rasm). Ballon markaziga A metall halqa — anod o‘rnatiladi. K yorug‘lik sezgir qatlamdan va A halqadan elektr tarmoqqa ulash uchun ulash uchlari chiqariladi. Yorug‘likning sezgir qatlami sifatida ko‘pincha
101



79- rasm.
surma — seziyli qotishmalardan foyda- laniladi, chunki bunday metallarning chiqish ishi kichik va ular ko‘rinuvchan yorug‘likda ham ishlayveradi.
Shuningdek, faqat ultrabinafsha yorug‘likka sezgir bo‘lgan fotoelementlar ham tayyorlanadi. Òashqi fotoeffektli fotoelementlarda nurlanish energiyasining faqat bir qismigina elektr energiyasiga aylanadi, shuning uchun ulardan elektr energiyasi manbayi sifatida foydalanil-

maydi. Odatda, bunday fotoelementlar ko‘rinadigan va ultrabinafsha nurlar hosil qilgan signallar yordamida elektr zanjirlarni avtomatik boshqarishda ishlatiladi (masalan, avtomatik ishlovchi kalitlar). Òashqi fotoeffektli fotoelementlarning afzalliklari ularning no- inersialligi (t =10–610–7s) va fototok kuchining nurlanish inten- sivligiga chiziqli bog‘lanishidir. Bu esa fotoelementlardan fotometrik kattaliklarni o‘lchashda foydalanish imkoniyatini yaratadi. O‘z navbatida, tashqi fotoeffektli fotoelementlarning kamchiligi ham mavjud. Fotoelement yordamida hosil qilinadigan toklar juda kichik to‘lqinli uzun nurlanishlarga yetarlicha sezgir bo‘lmasligi va tayyorlanish texnologiyasining murakkabligi ularning kamchilik- lariga kiradi.
Fotoelementlardagi tokni kuchaytirish maqsadida ba’zan shisha ballon biror siyraklashgan gaz bilan to‘ldiriladi. Katoddan uchib chiqayotgan elektronlar gaz atomlari bilan to‘qnashib ularni ionlashtiradi. Biroq endi bunday fotoelementlarda tok kuchi yorug‘lik intensivligiga proporsional bo‘lmaydi. Fotoelementlar sanoatda Ô =1, Ô = 3 va h.k. nomlar bilan ishlab chiqariladi.
Òashqi fotoeffektdan farqli o‘laroq, ichki fotoeffektda yorug‘lik energiyasini „o‘zlashtirgan“ elektronlar endi modda (yarim o‘tkazgich)dan butunlay uchib chiqmasdan, balki uning ichida qolib ketadi. Aniqrog‘i, yorug‘lik kvanti ta’sirida moddadagi atomga bog‘langan elektronlar ozod elektronlarga aylanadi Hosil bo‘lgan ozod eletkronlar jism ichidagi ozod elektronlar sonini ko‘paytiradi, yarim o‘tkazgichda qarshilikni sezilarli darajada kamaytiradi.

Yarim o‘tkazgichlarni nurlantirish natijasida yarim o‘tkazgichda erkin zaryad tashuvchilarning hosil bo‘lishi ichki fotoeffekt deb ataladi.


102

Òashqi va ichki fotoeffekt o‘rtasidagi asosiy farqlardan biri — ichki fotoeffektda erkin zaryadli zarralar hosil qilishda ancha kichik energiya sarf bo‘ladi. Ikkinchisi, tashqi fotoeffektga nisbatan ichki fotoeffekt nisbatan katta to‘lqin uzunliklarda ham kuzatiladi. Ichki fotoeffektni bir jinsli yarim o‘tkazgichlarni yoritganda ular o‘tka- zuvchanligining o‘zgarishidan aniqlash mumkin. Fotoo‘tkazuv- chanlik deb ataladigan bu hodisa asosida yorug‘lik qabul qilgichlar — fotorezistorlarning katta gruppasi kashf qilingan. Fotorezistorlarda, asosan, kadmiy selenid va kadmiy sulfid qo‘llaniladi. Bir jinsli bo‘lmagan yarim o‘tkazgichlarda o‘tkazuvchanlikning o‘zgarishidan tashqari potensiallar farqi — fotoelektr yurituvchi kuch paydo bo‘ladi. Ushbu hodisaga fotogalvanik effekt deb ataladi. Bu hodisaning sababi shundaki, yarim o‘tkazgichlar bir tomonlama o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgani uchun o‘tkazgich hajmidagi optik jihatdan uyg‘otilgan va manfiy zaryadga ega bo‘lgan elektronlar o‘z elektronlarini yo‘qotgan atomlar yaqinida paydo bo‘ladigan kovaklardan fazoviy ajratiladi. Elektron va teshiklar yarim o‘tkazgichning qarama-qarshi uchlarida yig‘iladi. Natijada foto EYK hosil bo‘ladi. Òashqi kuchlanish berilmasa ham yoritilgan yarim o‘tkazgichga parallel ulangan iste’molchi orqali elektr toki o‘ta boshlaydi. Shu tarzda yorug‘lik energiyasi elektr energiyasiga bevosita aylantiriladi. Demak, fotogalvanik elementlarda yorug‘lik signallari qayd qilinibgina qolmay, elektr zanjiriga ulangan fotogalvanik element elektr energiyasi manbayi sifatida ham ishlatiladi. Quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantiradigan fotogalvanik elementlar kosmik tekshirishlarda kema ichidagi kichik bir elektr stansiya bo‘lib xizmat qiladi. Ularning foydali ish
koeffitsiyenti ~10% bo‘lib, kosmik kemalar uchun juda qulay. Zamonaviy quyosh batareyalarida yarim o‘tkazgich turiga qarab
foto EYK 1—2 V ni, 1sm2 yuzadan olinadigan tok bir necha o‘n milliamperni tashkil etadi.
Hozirgi zamon fotometeriyasi, spektrometriyasi, modda spektral analizi, astrofizika, bilologiya va boshqalarni fotoelement- larsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Infraqizil spektrlar ko‘pincha spektrning uzun to‘lqinli sohasida ishlaydigan maxsus fotoele- mentlar yordamida qayd qilinadi. Ular texnikada ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish va kontrol qilish, tasvir uzatish va televideniyada lazerlarga asoslangan optik aloqa va hokazolarda ishlatiladi.
103
Ichki fotoeffektga asoslangan birinchi fotoelement 1875- yilda, tashqi fotoeffekt asosida ishlaydigan birinchi vakuum fotoelementi 1889- yilda yasalgan. Rossiyada dastlabki fotoelementlar 1930 yilda
P.F. Òimofeyev boshchiligida ishlab chiqarila boshlandi.
Òashqi fotoeffektga asoslangan fotoelementlarning yana bir afzalligi — fototokning nagruzka o‘zgarganda o‘zgarmasligidir. Demak, fototok qiymati qanchalik kichik bo‘lmasin qarshiligi katta bo‘lgan iste’molchiga ulash mumkin, ikkinchi tomondan, qarshilik o‘rniga sig‘im ulash va sig‘imdagi kuchlanishni o‘lchab, bir qator muhim kattaliklarni, masalan, stabillashmagan manbadan tushayotgan yorug‘lik oqimini, fotosignallarni o‘lchash mumkin.



Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə