O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə52/92
tarix29.06.2022
ölçüsü1,01 Mb.
#90229
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   92
Fizika 3 kitob Ma\'ruzalar matni A No\'monxo\'jayev, M Fattohov va

P=(1+RU
ifoda orqali hisoblanadi. Sirt ideal ko‘zgu bo‘lsa, R=1 bo‘lib, bosim uchun P = 2U ifodani olamiz.
Agar 1 sm2 yuzaga 1 s ichida normal (tik) tushayotgan yorug‘lik energiyasi, ya’ni yoritilganlikni E orqali ifodalasak, u holda yorug‘-


c
lik energiya zichligini E
ifodaga almashtirsak bo‘ladi. Bu ifodada

c — yorug‘likning bo‘shliqdagi tezligi. Shunday ekan yorug‘lik bosimini yana quyidagi ko‘rinishda yozsak bo‘ladi:

c
P E (1  R).

Maksvell hisoblashi bo‘yicha, yorug‘ kunda quyosh nurlari 1 m2 qora sirtga 0,4 mkN kuch bilan bosim beradi.


Yorug‘lik bosimini birinchilardan bo‘lib P.N. Lebedev o‘lchadi. 1889—1900- yillarda o‘tkazilgan tajribalar o‘sha davrning eng ilg‘or laboratoriyalaridan birida (Moskvada) o‘ta nozik eksperimental qurilmada o‘tkazildi. Lebedev o‘tkazgan tajribada juda ingichka ipga osma o‘rnatilgan bo‘lib, osmada bir necha juft qanotchalar mavjud. Yupqa yengil qanotchalarning biri qoraytirilgan bo‘lib, ikkinchisi esa yaltiroq holda qoldirilgan. Havosi so‘rib olingan idish ichiga joylashtirilgan K osma juda sezgir burama tarozini tashkil qiladi. Osmaning burilishi ipga biriktirilgan ko‘zgucha va truba yordamida kuzatiladi (80- rasm).
Òajribalar turli shakldagi osmalar yor- damida o‘tkazilgan edi. Lebedev tajriba- sidagi asosiy qiyinchilik gazning kon- veksion oqimlari va radiometrik ta’sirlarning mavjudligi edi. Bu ta’sirlar kattaligi asosiy yorug‘lik bosimidan bir necha yuz ming marta katta bo‘lishi mumkin edi. Kon- veksion ta’sirlar osma qanotchalar biror burchakka og‘ib turganda seziladi. Bu ta’sir yorug‘likning tushish burchagiga bog‘liq



106

  1. rasm.

bo‘lmagani uchun Lebedev ushbu ta’sir-

larni yorug‘lik yo‘nalishini o‘zgartirish orqali bartaraf etdi. Endi radiometrik ta’sirlarni yo‘qotish ballondagi gaz bosimini keskin kamaytirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Radiometrik ta’sir siyraklashgan gazda qanotchaning yoritilgan va yoritilmagan tomonlari temperaturalari farqi hisobiga yuzaga keladi. Ballonda qolgan gazning molekulalari qanotchaning issiqroq tomonidan katta tezlikda qaytadi, o‘z navbatida osma tepki natijasida yorug‘lik tushayotgan yo‘nalishda burilishga majbur bo‘ladi. Demak, temperaturalar farqini yo‘qotish uchun juda yupqa qanotchalardan foydalanish va ballondagi bosimni keskin kamaytirish kerak, bunda radiometrik ta’sirlarni e’tiborga olmasa ham bo‘ladi. Lebedev o‘lchashlari yorug‘lik bosimining Maksvell hisoblagan nazariy qiymatlarini 20% aniqlik bilan tasdiqladi. Keyinroq 1923- yilda Gerlax tajribalarida olingan natijalar nazariy hisoblashlarda 2% farq borligini ko‘rsatdi.
Yorug‘likning kimyoviy ta’siridan fotografiyada foydalaniladi. Fotoplastinka sirtiga yorug‘likka sezgir Ag Br qatlami qoplanadi. Yorug‘lik tushganda qatlamni Ag va Br molekulalariga parchalab, sof kumush zarralarini ajratib chiqaradi. Hosil bo‘lgan sof kumush zarralari soni yorug‘lik intensivligi va uning tushish vaqtiga bog‘liq bo‘ladi. Plastinkaning yorug‘lik ko‘proq tushgan joylarida kumush bromid kristallchalarining ko‘pchiligida AgBr ning ba’zi mole- kulalari sof kumushgacha tiklanadi. Natijada plastinkada fotosuratga olinayotgan predmetning ko‘zga ko‘rinmaydigan (yashirin) tasviri hosil bo‘ladi.
Ochiltirgich ta’sirida hech bo‘lmaganda bitta Ag Br molekulasi sof kumushni hosil qilgan kumush bromid kristallarining har qaysisi sof kumushga aylanadi. Ag Br molekulalari bo‘lgan kristallar ochiltirgich bilan reaksiyaga kirishmaydi. Demak, fotosuratga olish vaqtida plastinkaning qaysi joyiga yorug‘lik ko‘p tushsa, o‘sha joyi kuchliroq qorayadi. Shu usul bilan negativ tasvir olinadi.
Fotosurat olishda negativ ostiga yorug‘likka sezgir qog‘oz qo‘yiladi va unga yorug‘lik tushiriladi. So‘ngra qog‘ozdagi tasvir ochiltiriladi va mustahkamlanadi. Shunday tarzda pozitiv tasvir olinadi.
Ko‘z bilan bevosita kuzatish mumkin bo‘lmagan ultrabinafsha va infraqizil nurlarni qayd qilishdan tashqari, juda qisqa muddatda o‘tadigan jarayonlar (ekspozitsiya vaqti 10–5—10–12s bo‘lgan impulslar)ni suratga olishda yoki intensivligi juda kam bo‘lgan
107


    1. rasm.

yorug‘lik chiqadigan va uzoq vaqt ekspozitsiyalashni talab qila-digan jarayonlarni suratga olishda fotografiya katta yordam beradi. Kinematografiya texnikasi butunlay fotografiya yutuq- lariga asoslangandir.
Yuqorida qayd qilganimizdek, kinoda ovoz yozib olish yoki qayta eshittirish uchun yorug‘likka sezgir kinolentaga elektr signallariga aylan- tirilgan tovush to‘lqinlari yozib olinadi.
Optik tovush yozib olish quril-

masining umumiy sxemasini quyidagi 81- rasmda keltiramiz.
M mikrofon tovush tebranishlarini elektr signallariga aylantirib beradi. Bu tok K kuchaytirgich orqali kuchaytirilib P „optik pichoq“ orqali o‘tadi. „Optik pichoq“ magnit qutblari orasida bir-biriga juda yaqin joylashgan ikki metall plastinkadan iborat. O‘zgaruvchan elektr tok hosil qilgan magnit maydon plastinkalarni harakatga keltiradi, bunda ular orasidagi tirqish goh kattalashadi, goh kichiklashadi, ya’ni kinolenta yo‘liga goh ko‘p, goh kam yorug‘lik o‘tkazib, tovushni optik usulda yozadi.
Òovushni qayta eshittirishda tovush yo‘li orqali F fotoelement- ga ingichka yorug‘lik dastasi yuboriladi. Òovush yo‘lidagi qorong‘i- lik yorug‘lik oqimining bir qismini yutadi. Kinolenta harakat- lanayotganda tovush yo‘li o‘tkazayotgan yorug‘lik oqimining katta- ligi uzluksiz o‘zgarib turadi, shuning uchun fotoelement zanjiri- dagi tok ham o‘zgaradi. Hosil bo‘layotgan elektr signallari kuchay- tirilib karnayga uzatiladi va qayta tovush to‘lqinlariga aylanadi.

  1. asrga kelib fizika fanida yorug‘lik xossalarini qator tajribalar orqali o‘rganilib, yorug‘lik o‘zini bir vaqtning o‘zida ham to‘lqin, ham zarra kabi tutishi to‘liq isbotlandi. Masalan, fotoeffektni, yorug‘lik bosimini tushuntirishda yorug‘likni zarra deb qarash maqsadga muvofiqdir. Yorug‘lik interferensiyasi, difraksiyasi va dispersiyasi kabi hodisalarni tushuntirishda yorug‘likning to‘lqin tabiati orqali mulohazalar yuritiladi. Infraqizil nurlanishlardan boshlab, rentgen nurlanishlariga qadar yorug‘likning to‘lqin va kvant xossalari aynan namoyon bo‘lar ekan. Gamma-nurlanishlar chastotasidan boshlab va undan katta chastotalarda yorug‘likning kvant xossalari ko‘proq namoyon bo‘ladi.

108

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə