O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə55/92
tarix29.06.2022
ölçüsü1,01 Mb.
#90229
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   92
Fizika 3 kitob Ma\'ruzalar matni A No\'monxo\'jayev, M Fattohov va

Qo‘shimcha adabiyotlar


[1] — 515—17- betlar, [2] — 216—20- betlar,


[3] — 191—94- betlar,
[4] — 456—57- betlar, [5] — 436—39- betlar.



8— Fizika, 3- qism




113

Nazorat uchun savollar


  1. Atom fizikasi nimani o‘rgatadi?

  2. Atomning Òomson modelini ta’riflang.

  3. Atom radiusining tartibi qanday?

  4. Rezerford tajribasining maqsadini ayting.

  5. - zarra nima?

  6. Atomning yadroviy planetar modelini ta’riflang.

  7. Rezerford formulasidan qanday xulosa kelib chiqadi?



25- ma’ruza


Bor postulatlari. Frank Gers tajribalari
Klassik elektrodinamika asoschilaridan Maksvell nazariyasiga ko‘ra, tezlanish bilan harakatlanuvchi har qanday zaryad uzluksiz ravishda elektromagini to‘lqinlar nurlantirishi kerak. Yadro atrofida aylanuvchi elektronlar markazga intilma tezlanish bilan harakat- lanadi, binobarin, Maksvell nazariyasiga ko‘ra, uzluksiz ravishda elektromagnit to‘lqinlar nurlantirishi kerak. Ammo elektromagnit to‘lqinlar nurlantirgani sababli, yadro atrofida aylanuvchi elektron- larning energiyasi uzluksiz ravishda kamayishi va yadroga yaqinlashib borib, oxiri unga „tushishi“ kerak edi. Hisoblashlarning ko‘rsa- tishicha, elektronlarning yadroga „tushish“ jarayoni 10–8s ichida tugashi kerak. Demak, atom yo‘qolishi kerak. Aslida esa mutlaqo bunday bo‘lmaydi.
Bu mushkul ahvoldan qutulish yo‘lini 1913- yilda daniyalik buyuk fizik Nils Bor o‘zining uchta postulatini yaratib topdi va klassik fizikani kvant fizikasiga qo‘llab bo‘lmasligini ko‘rsatib berdi. Bor postulatlari quyidagicha ta’riflanadi.

    1. Statsionar (turg‘un) holatda bo‘lgan atom tarkibidagi elektronlar, klassik mexanika nuqtayi nazaridan mumkin bo‘lgan cheksiz ko‘p elektron orbitalaridan, faqat ma’lum kvant shartlarni qanoatlantiruvchi diskret orbitalardagina (E1, E2En energiyali)

bo‘lishlari mumkin. Bu orbitalardan birida turgan elektron, u
tezlanish bilan harakat qilishiga qaramay, o‘zidan energiya- elektromagnit to‘lqinlar chiqarmaydi va yutmaydi.

    1. Atom tarkibidagi elektron bir statsionar m- holatdan ikkinchi n-holatga o‘tganda o‘zidan biror chastotali nur chiqaradi yoki yutadi. Nurlanish yoki nur yutish chastotasi quyidagi shartdan topiladi:

114

v Em En .
h

(25.1)


Yuqoridagi ifodaga Borning chastotalar sharti deyiladi.

    1. Biror-bir orbita bo‘ylab yadro atrofida harakat qilayotgan eletkronning impuls momenti (harakat miqdori momenti) Plank doimiysiga karralidir:

M= mvr = nh (25.2)
bunda: M elektronning impuls momenti, v — uning orbita bo‘yicha harakat tezligi, r — orbita radiusi, n = 1,2,3¾ — butun

son,
h h 1, 05 1034 J s Plank doimiysi.




2

Bor postulatlarining to‘g‘riligini tekshirish maqsadida Frank va Gers 1913- yilda tajriba o‘tkazdilar. Òajribalarning asosida atom uchun statsionar holatlarni aniqlash va uning mavjudligini tek- shirish yotadi. Agar statsionar holatlar yo‘q bo‘lsa, ya’ni atomning ichki energiyasi har qanday qiymatlar qabul qila olsa, u holda biz atomga energiya berishda uni albatta uyg‘otgan, ya’ni uning energiyasini orttirgan bo‘lamiz. Agar statsionar holatlar bor bo‘lsa, u holda energiyani orttirish uchun atomga uning ikki quyi statsionar holatlari energiyalarining farqidan katta bo‘lgan energiya berish kerak. Bu miqdordan kam energiya berganda atom uyg‘onmaydi va unga berilayotgan energiya faqat atomning kinetik energiyasini orttirishga ketadi, xolos.
Atomlarga ma’lum energiya berishning eng oson yo‘li ularni elektr maydonda tezlashtirilgan elektronlar bilan bombardimon qilishdir. Elektron U potensiallar farqini o‘tganda kinetik energiya oladi:




Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə