O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə51/92
tarix29.06.2022
ölçüsü1,01 Mb.
#90229
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   92
Fizika 3 kitob Ma\'ruzalar matni A No\'monxo\'jayev, M Fattohov va

Qo‘shimcha adabiyotlar


[9] — 220—34- betlar, [1] — 460—66- betlar,
[8] — 308- betlar, [7] — 775—78- betlar.


Nazorat uchun savollar


  1. Eynshteyn tenglamasini yozing va uni tushuntiring.

  2. Fotoeffektni kvant nazariyasi asosida tushuntiring.

  3. Fotoeffektning qizil chegarasi deganda nimani tushunasiz? Nima uchun „qizil chegara“ deb nomlanadi?

  4. Òashqi fotoeffekt nima?

  5. Ichki va tashqi fotoeffekt orasidagi prinsipial farqlarni ko‘rsating.

  6. Fotoelementning tuzilishi va ishlash prinsipini tushuntiring.

  7. Fotoelementning fan va texnikada qo‘llanishiga misollar keltiring.



23- ma’ruza


Fotonlar. Yorug‘lik bosimi. Yorug‘likning kimyoviy ta’siri. Yorug‘lik tabiatini tushuntirishdagi
dualizm yorug‘likning to‘lqin va kvant xossalari
Kvant tasavvurlarga ko‘ra yorug‘lik — bu maxsus zarralar —
„foton“lar oqimidir. Fotonlar yorug‘lik tezligida tarqalib, ma’lum energiya va impulsga ega. Foton energiyasi
E= hv (22.1)
ifoda orqali, impulsi esa
104

c
p hv (22.2)
ifodadan aniqlanadi. Har bir foton tinchlikdagi massaga ega emas (m0= 0) va yorug‘lik tezligida

m E
c2

yoki
m hv


c2

massaga ega bo‘ladi. Ushbu mulohazalardan shunday deyish mumkin: tinchlikda foton mavjud bo‘lmaydi.
Monoxromatik yorug‘likda barcha fotonlar bir xil energiya, impuls va massaga ega. Fotonlar — elektromagnit nurlanish kvantlari vakuumda 3·108 m/s tezlik bilan tarqaladi. Ammo ularning biror muhitdagi tezligi shu muhitning absolut sindirish ko‘rsatkichiga

n
bog‘liq bo‘ladi, ya’ni v c .
Fotonlar atom, molekula va ionlarning biror „g‘alayonlangan“ energetik holatdan „turg‘un“ holatga o‘tishida hosil bo‘ladi. Shuningdek, biror zaryadli zarralarning tezlanishi yoki tormoz- lanishida ham fotonlar yuzaga keladi va ular zaryadga ega emas.
Yorug‘likning moddaga ko‘rsatilgan ta’sirlarini o‘rganishni davom ettiramiz. Yorug‘likning yana muhim bir ta’siri uning bosimidir. Yorug‘likning bosimi yorug‘lik elektromagnitik nazariyasining rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Yorug‘lik o‘zi yoritayotgan jismlarga bosim berishini Kepler aytgan bo‘lib, u o‘zining bu g‘oyasini kometalar quyruqlari shaklini o‘rganishi asosida ilgari surdi.
Yorug‘lik bosimi haqidagi g‘oyani Nyutonning yorug‘likning zarralar nazariyasidan ham tushuntirish mumkin. Bu nazariyaga muvofiq, yorug‘lik zarralari yorug‘lik nurini qaytaradigan yoki yutadigan jism sirtiga tushganida foton impulslarining qiymati o‘zgaradi, ya’ni bosim vujudga keladi. Maksvell yorug‘likning elektromagnit nazariyasi asosida yorug‘lik bosimi mavjudligini nazariy hisoblab chiqdi. Ushbu nazariyaga ko‘ra yorug‘lik ko‘ndalang elektromagnit to‘lqin bo‘lgani uchun o‘tkazgich (ko‘zgu yoki yutuvchi jism) sirtiga tushganda, sirt tekisligida yotgan elektr vektori o‘sha vektor yo‘nalishi bo‘yicha tok hosil qiladi. Yorug‘lik- ning magnit maydoni o‘sha tokka Amper qonuniga asosan shun- day kuch bilan ta’sir qiladiki, bu kuchning yo‘nalishi yorug‘likning tarqalish yo‘nalishi bilan bir xil bo‘ladi. Bosim kuchi yorug‘lik intensivligiga proporsional bo‘ladi. Maksvell yorug‘lik dastasini par- allel deb, yorug‘lik bosimi P ni yorug‘lik energiya zichligi U ga
105

teng deb qaradi. Bunda yorug‘lik ta’sir qilayotgan modda absolut qora jism deb qaraladi. Agar jismning qaytarish koeffitsiyenti nolga teng bo‘lmay, biror R qiymatga ega bo‘lganda, yorug‘lik bosimi

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə