O'zbekiston respublikasi oliyta’lim, fan vainnovatsiyalar vazirligi


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUSTA'LIM VAZIRLIGI



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə19/35
tarix29.11.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#140522
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   35
50710101 Kimyoviy texnologiya ishlab chiqarish turlari bo‘yicha

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUSTA'LIM VAZIRLIGI
O'RTA MAXSUS PROFESSIONAL TA'LIMNING
50710101- Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo'yicha)
mutaxassisligi bo'yicha
UMUMIY KIMYOVIY TEXNOLOGIYA FANIDAN O'QUV DASTURI
Kvalifikatsiya(lar) nomi: Texnik-texnolog
O'quv rejadagi tartib raqami: 2.04
Ajratilgan soat: 40
Toshkent - 2023

  1. Professional ta'limni rivojlantirish instituti tomonidan ISHLAB CHIQILDI VA TASDIQLASHGA TAQDIM ETILDI.

  2. O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi yo'nalishlari bo'yicha o'quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2023-yil 25-sentyabrdagi 5-son yig'ilishida ma'qullangan va Vazirlikning 2023-yil 29- sentyabrdagi 438- son buyrug'i bilan TASDIQLANDI VA JORIY ETILDI.



Tuzuvchilar:

B.K.Muminov
H.Mirxalikov
M.A.Mavlanova
L.A.Bayjumanova
Toshkent kimyo texnologiya instituti huzuridagi Angren texnologiya texnikumi O'TIBDO'
Toshkent kimyo texnologiya instituti huzuridagi Angren texnologiya texnikumi ICHTBDO'
Toshkent kimyo texnologiya instituti huzuridagi Angren texnologiya texnikumi o'qituvchisi
Toshkent kimyo texnologiya instituti huzuridagi Angren texnologiya texnikumi o'qituvchisi


Taqrizchilar:

Dastur nomi

Umumiy kimyoviy texnologiya

Ajratilgan soat

40

Mavzular soni

19

Dasturning maqsadi

O'quvchilarga kimyo fani haqida dastlabki tushunchalarni hamda kimyo fanini boshqa fanlar qatoridagi o'rnini tushuntirib berish. Kimyoviy hodisalarning tabiatdagi, shuningdek tirik mavjudotlar: inson, hayvon va o'simliklar hayotidagi rolini tushuntirish hamda insoniyatning farovonlikda hayot kechirishlari uchun kimyo fani va sanoatining ahamiyatini tushuntirish bilan o'quvchilarning kimyo faniga bo'lgan qiziqishini shakllantirib borish. Kimyoning fan sifatida shakllanish tarixini bayon etish o'quvchilarda ajdodlarimiz bilan faxrlanish tuyg'usini rivojlantirib berish.

O'zlashtirish (o'qitish) natijalari

"Umumiy kimyo texnologiyasi" fanini o'zlashtirish uchun o'qitishning ilg'or va zamonaviy usullaridan foydalanish hamda Yangi informatsion-pedogogik texnologiyalarni o'quv jarayoniga tatbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o'zlashtirishda zamonaviy axborot texnologiyalari: eng oxirigi, Yangi darslik, o'quv va uslubiy qo'llanmalar, ma'ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, virtual stendlar hamda ishchi holatdagi asbob-uskunalar va apparatlarning tayyor dori turlarini laboratoriya sharoitida tayyorlanish texnologiyasidagi namunalari va maketlaridan foydalaniladi.

Bilimlar

  • sulfat kislotasi ishlab chiqarish texnologiyasi

  • bog'langan azot birikmalari

  • ammiakning fizik-kimyoviy xususiyatlari

  • ammiakni ishlab chiqarish asoslari

  • nitrat kislotasining fizik-kimyoviy xususiyatlari va qo'llanishi

  • mineralo'g'itlar texnologiyasi

  • silikat materiallarining turlari.

  • nodir metallar

  • oltin,kumush va ular birikmalarining fizik-kimyoviy xossalari

Ko'nikmalar

  • sulfat kislota ishlab chiqarish ko'lami va korxonalari

  • azot birikmalarining ahamiyati va xom-ashyolari

  • -kuchsiz nitrat kislotasi ishlab chiqarish usullari

  • -mineral o'g'itlarning ahamiyati va assortimenti.

O'quv rejasiga muvofiq o'zaro boqliq bo'lgan fanning nomi

"Umumiy va noorganik kimyo", "biotexnologiya"

O'qitishning tashkiliy shakli

N -nazariyta'lim;
A -amaliy ta'lim;
L -laboratoriya mashgulotlar;

Dasturga qo'yilgan talab

Majburiy

O'qitish tili

Guruhga tayinlangan dars tili asosida






Mavzular nomi

Mavzuning qisqacha mazmuni

Jami

O'qitishning tashkiliy qismi

Mustaqil
ta'lim

1

Sulfat kislota haqida umumiy tushunchalar

H2SO4 2 asosli kuchli kislota. Oddiy sharoitda hidsiz, rangsiz, og'ir moysimon suyuqlik; zichligi 1,83 g/sm3(15° da), qotish temperaturasi 10,45°, qaynash temperaturasi 296,2°. Sulfat kislota suvni o'ziga yutib, ko'p miqdorda issiklik chiqaradi. Shu sababli uni suyultirishda kislotaga suv qo'shish salbiy oqibatlarga olib keladi (kuchli portlash sodir bo'lishi mumkin). Sulfat kislotani suyultirish uchun uni ozozdan suvga qo'shiladi. Sulfat kislota ning suvdagi eritmalarini sovitish yo'li bilan uning H2SO4H2O, H2SO42H2O, H2SO44H2O tarkibli gidratlari olingan. Sulfat kislota sulfatlar va gidrosulfatlar hosil qiladi

2

N

1

2

Azotli brikmalar haqida umumiy tushunchalar

Azot sanoatida maxsulot olish uchun asosiy xom ashyo atmosfera havosi va bazi bir yoqilgilar hisoblanadi. Kimyoviy sanoatda havoning xom ashyo sifatidagi belgilari 2 bobda berilgan. Havoni bir qismi azot bo'lib, u amiak, kalsiy sianid va azot texnologiyalarini boshqa maxsulotlarini olishda ketadigan jarayonlarda ishlatiladi. Bazi bir azot texnologiyalarida havoni toza xolda ajratib olish shartmas, N2:H2=1:3 stexiometrik korinishga keltirish uchun havo gaz aralashma xolatiga keltiriladi. Boshqa sxemalarda sintez gazini ortiqcha aralashmalardan tozalash uchun suyuq azot ishlatiladi, va gaz xoldagisi konversiyalangan gazga aniq belgilangan nisbatda qoshiladi.

2

N

1

3

Ammiakning fizik
kimyoviy
xususiyatlar

Azotning vodorod bilan hosil qilgan eng oddiy birikmasi; o'tkir hidli, rangsiz, zaharli gaz, kaynash temperaturasi 33,35°, suyuqlanish temperaturasi - 77,7°. 1 l A.ning og'irligi 0,7713 g, suvda yaxshi eriydi. A.ning suvdagi eritmasi kuchsiz asos. U tabiatda sof holda nihoyatda oz miqdorda uchraydi, azotli organik mod-dalarning parchalanishidan hosil bo'lib turadi.

2

N

1

4

Ammiakni ishlab

Toshko'mirni quruq haydashda qo'shimcha

2

A

1







chiqarish asoslari

mahsulot sifatida olinadi, ammo, asosan, azot bilan vodoroddan sin-tetik usulda hosil qilinadi: N2=3H2 2NH3=22 kkal, reaksiya faollovchi oksidlar (A12O3, KjO, CaO, SiO2, goho MgO) yordamida suyuqlantirilgan Fe,O4dan qaytarish usuli bilan olingan temir (katalizator) ishtirokida, 00-1000 atm bosim va 500-550° temperaturada olib boriladi










5

Nitrat kislota haqida umumiy tushunchalar

HNO3 - kuchli bir asosli kislota. Suvsizi beqaror suyuklik. Mol.m. 63,016. Suvsiz Nitrat kislotaning suyuqlanish temperaturasi — 41,59°,kaynash temperaturasi 84°, zichligi 1,513 g/sm Nitrat kislota suv bilan istalgan nisbatda aralashadi. Suvsiz Nitrat kislota (98—100%li) xona haroratida tutab parchalanadi, bunda hosil bo'lgan NO2 dan havo sariq tusga kiradi.

2

N

1

6

Mineral o'g'itlar va olinish
texnologiyasi

Azotli o'g'itlar Tuproqdagi organik moddalarning chirishda azot ammiakga, ammiak oksidlanib HNO3 aylanadi. Tuproqda HNO3 hosil bo'lishi bakteriyalar ta'sirida boradi va nitrolanish deyiladi. CaCO3 + 2HNO3 = Ca(NO3)2+ CO2 + H2O O'simliklar HNO3 ning suvda eriydigan birikmalaridan, masalan kalsiy nitratdan azotni yaxshi o'zlashtiradi.

2

N

1

7

Silikatlar haqida
umumiy
ma'lumotlar

Silikat materiallarining olinishi. Silikat materiallarining turlari. Silikat materiallarining ishlstilishi.

2

N

1

8

Nodir metallar

Nodir metallar guruhiga oltin, kumush va platina guruhi metallari ruteniy, palladiy, osmiy, iridiy, platina kiradi.
Oltin, kumush, mis va sof temir bilan birga 4 N 2 birinchi metall sifatida qadimdan insoniyatga ma'lum. O'zining jozibadorligi va jilosi bilan odamlar e'tiborini o'ziga tortib kelgan bu metall eramizdan avvalgi 8000-12000 yillarda qazib olina boshlagan. O'sha davrdayoq oltin taqinchoq, zeb-ziynat va boshqa maishiy jihozlar ishlab chiqarishda ishlatilgan.

2

A

1

9

Mineral tuzlarning olinishi

Mineral tuzlarning ishlatilishi. Tuzlar.

4

N/A

2

10

Fosforlio'g'itlar.
Fosforli
o'g'itlarning
ahamiyati

Tarkibida fosfor bo'lgan mineral va organik moddalar; o'simliklarning fosfor bilan oziklanishini yaxshilash uchun ishlatiladi. O'simliklar o'zlashtirgan fosforning tuprokdagi jamg'armasini to'dirishning birdan bir manbaidir.

2

N

1




11

Kimyoviy reaktorlar

Ishlab chiqarish reaktorlariga qo'yilgan asosiy talablar. Moddiy balansning differensial tenglamasi

2

N

1

12

Katalitik jarayonlar va Kataliti kreaktorlar

Ulaning qo'llash soxalari va axamiyati. Katalizning turlari: gomogen, geterogen va mikrogeterogen. Katalitik aktivlik. Katalizatoralrni zaxarlanishi va ularni tozalash. Qo'zg'almas katalizator qatlami, mavxum qaynash katalizator qatlami, to'xtovsiz xarakatdagi katalizator qatlami va yuza bo'yicha ta'sirlanuvchi katalizator bo'lgan katalitik reaktorlar.

2

N

1

13

Kimyoviy texnologik sistemalar. KTS da texnologik bog turlari.

KTS bir-biri bilan bog'langan elementlarning yo'nalishini ifodalovchi sistema. Ochiq va siklik zanjirli sxemalar KTSning modellari: matematik, unumlashtirilgan. KTS da texnologik bog turlari Texnologik bog'lar: ketma-ket aylanma, parallel, siklik, kesishma. Energotexnologik sxemalar

2

A

1

14

Energetik muammolar. Yoqilgi turlarini qayta ishlash

Yoqilg'i xaqida tushuncha. Qazilma boyliklarni kimyoviy qayta ishlash. Neftni qayta ishlash va neft maxsulotlarini olish. Krekinglash jarayoni. Termik va katalitik krekinglash. Kokslash jarayoni. Kokslash pechining ishlash prinsipi. Vodorodni sanoatda sintez qilish usullari: koks gazini parchalash, suvning gidrolizi, elektroliz, termokimyoviy. Vodorodning kelajakda yoqilgi sifatida qo'llanilishi

2

N

1

15

Yuqori molekulyar birikmalar sintezi

Xalq xo'jaligida yuqori molekulyar birikmalarga bo'lgan extiyoj. YMBni olish usullari va turlari. Kauchuk va rezina olish. YMB ni olishda qollaniladigan reaktorlar va inisiatorlar. Atsetat, viskoza tolalarini ishlab chiqarish.

2

N

1

16

Kimyoviy tolalar olish

Kimyoviy tola olishda qollaniladigan xom ashyo turlari, ishlatiladigan apparatlar. Kimyoviy tolalarning xalq xojaligidagi ahamiyati.

2

N

1

17

Karbamid ishlab
chiqarish
texnologiyasi

Karbamidning jahon sanoat ishlab chiqarishining 90% dan ortig'i azot ajratadigan o'g'it sifatida

2

N

1










foydalanishga mo'ljallangan. Karbamid umumiy
foydalanishdagi barcha qattiq azotli o'g'itlarning eng yuqori azotli tarkibiga ega. Shuning uchun u azot birligi uchun eng past transport xarajatlariga ega ozuqa moddasi.










18

Kaustik soda ishlab
chiqarish
texnologiyasi,

Kaustik soda - natriy gidroksidi (NaOH) uchun
keng tarqalgan nomlardan biri bo'lib, u shuningdek lye sifatida ham tanilgan. Uning
umumiy nomi natriy gidrat sifatida kimyoviy
o'ziga xosligidan kelib chiqadi va u kaustik yoki
korrozivdir. Sof shaklda kaustik soda mumsimon, oq rangli qattiq moddadir. U tezda suvni shimib oladi va suvli eritmalar hosil qiladi

2

N

1

19

Polimer ishlab chiqarishning texnologik usullari

Polimerlarni monomer deb ataluvchi quyi molekulali moddalardan sintez qilib olinadi. Polimer makromolekulasining tarkibiga kirgan va uning ko'p marta qaytaruvchi atomlar guruhini tashkil qilgan monomer" bo'g'ini yoki oddiy bo'g'in deb ataladi. Bo'g'inning kimyoviy brutto formulasi monomernikig a teng. Makromolekuladagi bo'g'inlar soni makromolekulaning nechta monomerni kimyoviy bog'lab sintez qilinganini bildiradi. Shuning uchun makromalekulalarning bo'g'inlar soni "n" polimerlanish darajasi deyiladi.

2

N

1

Jami:

40




20




  1. O'quvchilarning bilim va ko'nikmalarini baholash

O'quv dasturi asosida o'quvchilar tomonidan o'zlashtirilgan bilim va ko'nikmalar ichki nazorat bo'yicha amaldagi tartib asosida baholanadi. Baholash usullari yozma, og'zaki, savol-javob, test, amaliy topshiriklardan iborat bo'lib, ular o'quv elementini qzlashtirish natijalarini aniqlashga imkon beradi. Nazorat savollari va topshiriqlar qo'yilgan maqsadga muvofiq bo'lishi lozim.

  1. Tavsiya etiladigan adabiyotlar ro'yxati:

  1. Shavkat Mirziyoev "Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib,yangi bosqichga ko'taramiz" Toshkent - "0'zbekiston"-2018.

2.Shavkat Mirziyoev "Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy baxodir" Toshkent - "0'zbekiston"-2018.

  1. Shavkat Mirziyoev "Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz"Toshkent - "0'zbekiston"-2016.

  2. Shavkat Mirziyoev "Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak"Toshkent - "0'zbekiston"-2017.

  3. Shavkat Mirziyoev "Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi"Toshkent - "0'zbekiston"-2017.

  4. Shavkat Mirziyoev "Buyuk kelajagimizni mard va olijanob halqimiz bilan birga quramiz"Toshkent - "0'zbekiston"-2018.

  5. Shavkat Mirziyoev "Niyati ulug' xalqning ishi ham ulug', hayoti yorug' va kelajagi farovon bo'ladi"Toshkent - "0'zbekiston"-2019.

  6. Organik chemistry [ Francis A.Carey University of Virginia] fourth edition- 2012-2012 (darslik)

  7. F.M.Shohidoyatov, H.O'.Xo'janiyozov, H.S.Tojimuhamedov "Organikkimyo" Fan

vatexnologiyanashriyoti, 2014

  1. Abdusamatov "Organikkimyo" Toshkent - 2005(darslik)

  2. R.Ziyaev, A.A.Abdusamatov, S.Zakirov. "Organikkimvo" (Muammolima'ruzalarmatni) ToshdAU 2004.

  3. R. Ziyaev. A. Abdusamatov. Organikkimyodanamaliylaboratoriyamashg'ulotlar. Tosh DAU - 2003.48 bet

13.Inorganic Chemistry" 6 edition ©2014 W. H. Freeman and Company 41 Madison

  1. Ixtiyarova G.A. "Kimyo" Darslik, T.: O'zbekiston. 2020y.

  2. Axmerov Q. Jalilov A. Sayfuddinov R. Akbarov A., Turobjonov S.M. "Umumiyvaanorganikkimyo" T. 0'zbekiston.2017 y.

  3. Theodore L. Brown et all. CHEMISTRY the central science. United States of America, (Urbana-Chanmpaign), 2014 y.

  4. Ixtiyarova G.A., Yoriyev O.M. Umumiykimyodanelektrondarslik. DGU 03425.2015 y.

Internet manbalari

  1. https://uz.wikipedia.org/wiki/Organik_kimyo

  2. http://tkti.uz/uploads/52984904d6 1585812089.pdf

  3. https://hozir.org/iii-bolim-organik-kimyo-1-maruza-mavzu-organik-kimyo-fani-pred.html

  4. https://n.ziyouz.com/books/kollej va otm darsliklari/kimyo/Qrganik%20kimyo%20(A.Abd usamatov,%20R.Mirzayev,%20R.Ziyayev).pdf


Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə