O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi samarqand qishloq xo’jalik instituti



Yüklə 227,86 Kb.
səhifə9/69
tarix26.02.2022
ölçüsü227,86 Kb.
#84170
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   69
Va qayta ishlashni tashkil etish kafedrasi-fayllar.org

001.004.012.BMI. 2013 y. 

 


 



mayda karam boshchalar chiqaradi. Bu karam ham pishirilgan holda, sho’rvalarga 

va marinadlarga ishlatiladi. 

Barg  karam  poyasi  baland,  barglari  cho’ziq  va  etli  bo’ladi.  u  mollarga 

beriladi.  Yangi  barglarigina  sho’rvalarga  solinadi  va  pyure  tayyorlashda 

foydalaniladi. Barg karam ba’zi formalari manzarali o’simlik sifatida o’stiriladi. 

Xitoy va pekin karamlari poyasining rivojlanmaganligi va ba’zan uncha qattiq 

bo’lmagan  karamdosh  hosil  qiladigan  nozik  barglardan  tuzilgan  tupbargi  bilan 

boshqa tur karamlardan farq qiladi. 

Bu  karamlar  turli  koreys  va  xitoy  milliy  taomlari  tayyorlashda  ishlatiladi. 

Karamning  xo’jalik-ishlab  chiqarish  jihatdan  eng  ahamiyatlisi  va  keng  tarqalgan 

turi  oqbosh  karam  hisoblanadi.  U  karam  ekilgan  jami  maydonning  98-99%  ini, 

umumiy  sabzavot  ekinlar  maydonining  dunyo  bo’yicha  25-30,  O’zbekistonda  esa 

12-15% ini egallaydi. 

Piyoz.  Oddiy  piyozning  O’rta  Osiyo  navlari  tarkibida  quruq  modda  14-

16,5%,  shakar  7,8-11,1%  va  shu  jumladan,  saxaroza  4,8-8,2%  va  1,37-6,9  mg% 

vitamin  S  borligi  aniqlangan.  Piyoz  A,  V

1

,  V



2

  vitaminlarga  ham  boy,  deb  habar 

qiladi N.N. Balashev va G.O. Zeman (1977). 

D.D.  Brejnevni  (1979)  habar  qilishicha  oddiy  piyoz  tarkibida  askorbin 

kislotasi  mavjud  bo’lib,  u  piyoz  bargi  tarkibida  20  mg  dan  35  mg  gacha  100  g 

massasida, 10 mg dan 15 mg gacha piyoz boshchasida bo’lar ekan. 

I.N.  Yershova,  A.A.  Kazakovalarning  (1967)  ma’lumotiga  ko’ra  piyoz 

tarkibida  vitamin  V

2

  0,016-0,123  va  RR  –  0,1-0,15  mg%  mavjud  ekan.  Bundan 



tashqari uni mineral tuzlari tarkibida kaliy – 15 mg, fosfor – 123 mg, kalsiy – 29 

mg,  temir  –  0,4  mg,  shuningdek,  ruh,  alyuminiy,  mis  va  boshqa  elementlar  ham 

mavjud ekan. 

Piyoz  bargi  va  piyozbosh  tarkibida  uchuchan  modda  fitonsidni  mavjud 

bo’lishi,  kasallik  tug’diruvchi  mikroblarni  o’ldirish  xususiyatiga  ega.  Uni  bu 

xususiyati piyoz qayta ishlanganida ham ma’lum darajada saqlanib qoladi. 

Bajardi 

Rahbar 

Yusupov A 

Mustafaev R 

 


Yüklə 227,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə