Oʻzbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti


-rasm. Telekommunikatsiya infratuzilmasining holati



Yüklə 15,27 Mb.
səhifə5/20
tarix14.06.2023
ölçüsü15,27 Mb.
#117256
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
G.K.B dissertatsiyasi

1-rasm. Telekommunikatsiya infratuzilmasining holati.



2020-yil axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasi uchun, shubhasiz, sermahsul boʻldi desak mubolag‘a boʻlmaydi. Oʻtgan yilda telekommunikatsiya infratuzilmani rivojlantirish borasida ​ keng koʻlamli ishlar va qator yirik loyihalar amalga oshirildi. Optik tolali aloqa liniyalarini qurish loyihasini amalga oshirish boʻyicha qator ishlar olib borilmoqda. 2018-yilda optik tolali tarmoqlarning umumiy uzunligi 26,6 ming kilometrni tashkil etgan boʻlsa, 2020-yilda esa 68,6 ming kilometrgacha yetkazildi. Joriy yil oxiriga qadar esa ushbu koʻrsatqichni 118,6 ming kilomertgacha yetkazilishi rejalashtirilgan. Bugungi kunda 1 millionta Internet tarmog‘iga keng polosali ulanish portlari oʻrnatilib, ularning umumiy soni 3 millionga yetkazildi. 2021-yil oxiriga qadar portlarning soni 3,9 milliongacha yetkaziladi.
Majvud boʻlgan ishlab chiqarish quvvatlarni modernizatsiya qilish ishlari natijasida Xalqaro Internet tarmog‘iga ulanishning umumiy oʻtkazuvchanlik qobiliyati 10 baravar oʻsib, 1200 Gbit/s. gacha yetkazildi. Maʻlumotlar uzatish tarmog‘ining oʻtkazuvchanlik qobiliyati viloyat markazlari darajasida 2 barobarga, tuman markazlari darajasida esa 4 barobar oshdi.
Mobil aloqa tarmoqlarni rivojlantirish boʻyicha ham jadal ishlar olib borilmoqda. Hozirgi kunda Respublika boʻyicha 31,7 mingdan ortiq mobil aloqa baza stantsiyalari mavjud boʻlib, aholi punktlarni mobil aloqa bilan qamrash darajasi 98 foizgacha yetkazildi. Joriy yilda mobil aloqa baza stantsiyalari sonini 33,7 minggacha yetkazilishi va mobil aloqa bilan qamrov darajasini 99 foizgacha koʻtarilishi rejalashtirilgan. Ijtimoiy soha obyektlarini yuqori tezlikdagi Internet bilan taʻminlash doirasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Respublikada 10154 ta umumtaʻlim maktablari, 5781 ta maktabgacha taʻlim muassasalari va 3 527 ta sog‘liqni saqlash obyektlari mavjud boʻlib, joriy yil 1 dekabr holatiga 7150 ta (70 foiz) xalq taʻlimi, 4 581 ta (80 foiz) maktabgacha taʻlim muassasalari va 2747 ta (78 foiz) sog‘liqni saqlash obyektlariga jami 12867 kilometr optik tolali aloqa liniyalari tashkil etilgan va yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘iga ulanish imkoniyati yaratilgan.
Telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishi, oʻz navbatida, munosib ravishda maʻlumotlarni saqlash quvvatlarni talab etadi. Shu maqsadda 2020-yilda 5 Petabayt sig‘imli maʻlumotlarni saqlash va qayta ishlash markazi ishga tushirildi.
Mazkur choralar, birinchi navbatda, asosiy vazifani amalga oshirishga qaratilgan, yaʻni keng koʻlamli raqamli islohotlarni amalga oshirishga imkon beradigan barqaror va zamonaviy texnologik platformani yaratish.
Telekommunikatsiya tarmoqlarining tadrijiy rivojlanishini mamlakatimizda aloqa tarmoqlarini raqamlashgan tizimga oʻtkazish boʻyicha bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan keng koʻlamli loyihalar bilan chambarchas bog‘lash mumkin.
2019-yilda telekommunikatsiya sohasini rivojlantirishda amalga oshirilgan ishlar quyida koʻrsatilgan (2-rasm).



Yüklə 15,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə